Авторы

  • Sofiya Abduraximova
    NDU Tillar fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.103409

Ключевые слова:

Okkazional birliklar lingvopoetikka badiiy-estetik mazmun

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida munosib iz qoldirgan Rauf Parfi ijodida uchraydigan okkazional birliklar lingvopoetik xususiyatlari va uning mazkur birliklarni qo‘llashdagi individual usullari tahlil etiladi. Shoirning  o‘ziga xos poetik tafakkuri, obrazlar tizimi va so‘z yaratuvchilik qobiliyati orqali badiiy-estetik mazmun hosil qiluvchi birliklar ko‘rib chiqladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

68

RAUF PARFI IJODIDA POETIK OBRAZ YARATISHNING

LINGVOPOETIK XUSUSIYATI

Abduraximova Sofiya

NDU Tillar fakulteti

2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15601575

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatida munosib iz qoldirgan

Rauf Parfi ijodida uchraydigan

okkazional birliklar lingvopoetik xususiyatlari va

uning mazkur birliklarni qo‘llashdagi individual usullari tahlil etiladi. Shoirning
o‘ziga xos poetik tafakkuri, obrazlar tizimi va so‘z yaratuvchilik qobiliyati orqali
badiiy-estetik mazmun hosil qiluvchi birliklar ko‘rib chiqladi.

Kalit so‘

zlar. Okkazional birliklar, lingvopoetikka, badiiy-estetik mazmun

Til va adabiyot – bu tilning lingvistik va badiiy ifoda shaklaridan foydalanib

milliy tafakkur mahsulini yuzaga keltirishdir. Adabiy asarlar tilning oddiy
vositalaridan farqli o‘laroq, uni yangicha talqin etish, yangi g‘oyalarni asarga
singdirish, ifodaning badiiy qatlamini chuqurlashtirish orqali estetik ta’sirga ega
bo‘ladi. Shu boisdan har bir ijodkorning o‘ziga xos ijodiy stilli mavjud. Rauf Parfi
o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozga ega shoirlardan biridir. Uning ijodida
ko‘plab okkazional birliklar – ya’ni she’riyatiga xos o‘sha matnda qo‘llaniladigan,
yangi so‘zlar, iboralar mavjuddir.

Okkozional birliklar – bu muallif tomonidan tilning imkoniyatlari asosida

yaratilgan, ammo umumiy til me’yorlaridan tashqaridagi birliklar bo‘lib, ular
ko‘pincha adabiy matn doirasida bo‘ladi. Ijodkorning erkin ijod mahsuli
hisoblanadi.A. G. Reformatskiy bunday birliklarni “konkret kontekstdan
tashqarida o‘z funksiyasini yo‘qotadigan birliklar” sifatida tavsiflaydi

1

.

Quyida biz Rauf Parfining “Ona” nomli she’rida uchraydigan okkazional

birliklarni tahlil ostiga tortamiz. Bu she’rda ichki kechirmalar, yurakdan chiqqan
sog‘inch ohanglari va badiiy ifoda vositalarining yuksak darajada uyg‘unlashuvi
bilan ajralib turadi. Sherning dastlabki satrlariga nazar soladigan bo‘lsak :

Yana qaytib keldim. Chang to‘zgan
Yo‘limizni sog‘indim, ona.
Tom ustida maysalar o‘sgan
Uyimizni sog‘indim, ona.
Yuqorida parchada

tom ustida maysalar o‘sga

n okkazional obrazini

uchratishimiz mumkin. Bu obraz hozirgi kunimizda kam uchraydigan holatdir.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

69

“Tom ustida maysalar” – bu tashlandiq, uzoq yillar davomida qarovsiz qolgan,
ammo tabiat o‘z holicha yashayotgan uy manzarasini bildiradi. Bu yerda vatan
sog‘inchi, ota uyga bo‘lgan muhabbat poetik obraz orqali ifodalangan. Estetik
jihatdan – ona uyi abadiy va hayotiy jarayonlarda qatnashayotgan “tirik” makon
sifatida tasvirlangan.

Keyingi misrada shoir har bir insonga bolalik xotiralarini yodiga solmoqchi

bo‘lgandik .

“To‘yib-to‘yib sopol kosada
Muzdek quduq suvin ichayin”

To‘yib-to‘yib”

– bir xil so‘zning takrorlanishi orqali ekspressivlik

kuchaytirilgan. “

Sopol kosada muzdek quduq suvi”

– etnik, milliy konnotatsiyaga

ega okkazional obraz. Bu ifoda orqali ona yurt, bola-chaqalik, totli xotiralar,
bolalik davri kabi tushunchalar uyg’unlashtirilgan. Bu esa tilning metaforik
kuchini oshiradi.

O, qishloqning munis chiroyi...
Achchiq piyoz to‘g‘rayin o‘zim.
Dil sog‘inib yig‘laydi doim
Hozir, mayli, yig‘lasin ko‘zim.
Yuqoridagi parchada “

munis chiroy

” nomli okkazional birlik ifodalangan. Bu

birlik “

go‘zallik”

so‘zidan farqli o‘laroq, mehr, muruvvat, ruhiy iliqlik,

oddiylikdagi muqaddaslikni ifodalab kelmoqda. Bu okkazional birlik orqali
qishloq manzarasini emas, balki uning ruhiy holatiga urg‘u berilgan. Rauf Parfi
qisqa satrlar orqali butun borlig‘ni qalam ostiga oladigan buyuk shoirdir.

Og‘ushimda zangori sezgi,
Kiprigimda suyuq hayajon.
Ko‘zlarimda yumaloq sevgi,
Salomatman men ham, onajon
Yuqoridagi parchada shoir metaforik okkazional birliklardan unumli

foydalangan. Misralarga e’tibor beradigan bo‘lsak, “

kiprigimda suyuq hayajon

,

ko‘zlarimda yumaloq sevgi”

kabi metaforalarni uchratamiz. Suyuq hayajon va

yumoloq sevgi kabi birliklar – sintagma oddiy til birligiga xos emas. Suyuqlik va
yumoqloqlik so‘zlari hususiyat bildiruvchi sifat guruhiga mansubdir. Yumalo
odatda shaklga tegishli so‘z, bu yerda sevgining obrazli hajmi sifatida berilgan.
Bu yangi bog‘lanma orqali sevgi hissining butunligi, to‘liqligi va sof shakldagi
ko‘rinishi anglatiladi.

Rauf Parfi ijodida okkazional birliklar judayam ko‘p uchraydi, buning sababi

okkazional birliklar she’riyatga o‘ziga xos estetik zavaq bag‘ishlaydi. O‘quvchiga


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

70

noaniq bo‘lgan terminlar bilan emas, hammaga ma’lum so‘zlar orqali yangi
fikrlarni ilgari so‘rgan. Rauf Parfi ijodi tilning badiiy imkoniyatlarini
kengaytirgan holda, yangi obrazlar, semantik konstruksiyalar va poetik birliklar
yaratishga boydir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Мороховский А.Н. и др. Стилистика современного английского языка. —
Киев: Вища школа, 1984. — 254с.
2.Turaeva M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2011. – 168 b.
3. Parfi R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Yozuvchi, 2002.–148b
4.G‘ulomov N. She’riyatda obraz va ifoda vositalari. – Toshkent: O‘zbekiston,
1998.

Библиографические ссылки

Мороховский А.Н. и др. Стилистика современного английского языка. — Киев: Вища школа, 1984. — 254с.

Turaeva M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2011. – 168 b.

Parfi R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Yozuvchi, 2002.–148b

G‘ulomov N. She’riyatda obraz va ifoda vositalari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998.