DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
59
O‘ZBEKISTONDA BOLALAR MUSIQASINING RIVOJLANISH TARIXI
Shodiyeva Shahinabonu Shoirjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti
Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti
“Musiqa ta’limi va madaniyati” kafedrasi
Musiqa ta’limi yo‘nalishi
2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15773222
Аnnotatsiya:
O‘zbekistonda bolalar musiqasining rivojlanish tarixi,
jamiyatning kelajagi, ravnaqi va taraqqiyoti tarbiya bilan bevosita mutanosibligi
hamda bir qator masalalar har tomonlama ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
qo‘shiq, bolalar, kompozitor, vokal, xor, musiqa, tarbiya, kelajak,
Jamiyatning kelajagi, ravnaqi va taraqqiyoti tarbiya bilan bevosita
bog‘liqdir. Zero, tarbiya inson tafakkurini yuksaltiradi, maamlakatimiz
mustaqilligiga erishgach, yurtboshimiz o‘zining ilk nutq va ma’ruzalarida,
birinchi asarlaridayoq tarbiya masalasini to‘g‘ri qo‘yishga e’tiborini qaratdi.
Ayniqsa, “o‘z-o‘zini aniqlashini tiklashi”, har bir fuqaroning “mustaqil davlat
bilan mag‘rurlanishi”, “O‘zbeklarning milliy g‘ururini ma’naviy yuksaltirish”, “O‘z
xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni
tarbiyalash” haqidaki fikrlar tarbiya muammolarini to‘la hal qilish uchun
berilgandir. Tarbiya, xususan, milliy tarbiya, davlat va jamiyat taraqqiyotida
muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbek xalqining tarixiga nazar tashlansa, bir umr
tarbiya muammosini hal qilish asosiy o‘rinni egallagan.
1
Yusuf Xos Hojib, Al-Beruniy, Al-Farobiy singari olimu-shoirlarimiz
asarlarida ham tarbiya masalasiga alohida e’tibor berilgan.Yuqoridagi dalillar
har bir tarixiy davrda, har qanday jamiyatda tarbiyaning zarurligini ko‘rsatadi.
Jamiyat taraqqiyotining inson farovonligini tarbiyasiz tasavvur qilish qiyin.
Odam tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha tarbiyalanadi, tarbiya
oladi. Demak, inson kelajagi, hayot va turmushi, ko‘pincha tarbiya bilan bog‘liq.
Shunday ekan inson tarbiyasi chaqoloqlikidan boshlanadi. U bolaligida qanday
tarbiyalangan bo‘lsa, uning xulq-atvori, axloq odobi shunga qarab shakllanadi.
Shuning uchun bizning jamiyatimizda bola tarbiyasiga asosiy diqqat- e’tibor
qaratilgan. xalqimizda “Bolalar kelajagimiz” degan hikmat bor. “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”da shu hikmat o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda erkin
fuqorolik jamiyatning ma’naviy barkamol, e’tiqodini butun, axloqiy pok, odobli
avlod bunyod eta olishi alohida qayd qilingan. Yosh mustaqil O‘zbekiston
1
Musiqa ta’limi va tarbiya birligi (ilmiy, metodik maqollar to‘plami). Toshkent. 1996 yil.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
60
jamiyati taraqqiyoti va uning kelajagi asosini bola tarbiyasi tashkil qiladi.
Jamiyat ravnaqi bilan bola tarbiyasi mushtarakdir.
2
30-40 yillarda ilk bor bolalar musiqasi to‘plab va yaratish uchun
Yе.Ramonovskiy, Il.Akbarov, Yu.Rajabiy kabi kompozitor va bastakorlar o‘zbek
xalq qo‘shiqlari, folklor asarlarini to‘plab bolalar uchun 1936 yili “30 ashula”
nomli to‘plam nashr etdilar. 1942 yili Nadejdin “Yosh bolalar”, Shu yili
Il.Akbarov tomonidan “Bolalar ashulasi” kabi to‘plamlar nashr qildilar. Mana shu
davrda bolalar qo‘shiqlarida yangi mavzularga e’tibor qaratildi. Jumladan:
maktab, bolalik, Vatanga, do‘stlikka, mehnatga oid qo‘shiqlar shular
jumlasidandir. Ushbu yaratilgan asarlar bir ovozda bolalar va bolalar xorlari
uchun yaratildi.
Ushbu qo‘shiqlar bolalar ijrosida tanlovlarda, bayramlarda kuylandi. Shu
davrda bolalar va o‘smirlar uchun birinchi pyesalar yaratildi. Ushbu bolalar
mavzusida ijod etgan kompozitorlardan biri B.Nadejdin edi. Uning yozgan
asarlarida O‘zbek xalq qo‘shiqlarining ohanglari ritmlari o‘rin olgan. Masalan:
bolalar musiqa maktablari repertuaridagi asarlar: “G‘amgin qo‘shiq”, “Quvnoq
marsh”, “Do‘mbira”, “Musiqa darsi”, “Buvijonning hikoyasi”va boshqalar.
Uning asarlarida mumtoz kompozitorlarning an’analari davom etadi.
Shuningdek bolalarda insonlarga, tabiatga, atrofdagi dunyo olamiga, o‘zbek xalq
musiqasiga muhabbat uyg‘otadi. XX asrning 30-40 yillari ijodiga bo‘lgan
tayyorgarligi o‘smirlar, bolalar musiqalarini yaratilishiga va ravnaq topishiga
yo‘llanma bo‘ldi.
30-40 yillarda Konservatoriya va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ochildi
shuninkdek, O‘zbekiston Respublikasini madaniy hayotida muhim voqealar
bo‘ldi. Bolalar musiqalari yaratildi. O‘zbekiston kompozitorlarini aynan shu
davrda bolalar va o‘smirlar musiqalariga katta e’tiborni qaratdilar. Mana shu
davrda O‘zbekiston kompozitorlari G‘.Qodirov, M.Nasimov, D.Zokirova,
B.Giyenko, S.Yudakov, Sh.Ramazonov, F.Nazarov, G.Mushel, A.Muhamedov,
S.Varelaslarning ijodi gurkiragan edi. Ularning yaratgan qo‘shiqlarini avlod
ijrochilari va tinglovchilar ijobiy qabul qilishdi. O‘zbekistonning eng yetakchi
nashriyotlari (G‘.G‘ulom va O‘qituvchi) eng ko‘p sonda bolalar va o‘smirlar uchun
to‘plamlar nashr eta boshladilar.
XX asrning 30-40 yillardagi kompozitorlarni ijodini to‘lishga tayyorgarlik
bo‘lsada, bolalar musiqasini yaratish, yoshlar ijodini eng gurkiragan davri 50-70
yillarga to‘g‘ri keldi. 50-70 yillarni O‘zbekiston kompozitorlarining bolalar va
o‘smirlar ijodiga bo‘lgan qiziqishni yangi pog‘ona davri deb atash mumkin edi.
2
Omonullayeva D. “Umumiy ta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi konsepsiyasi” Toshkent. 1992 yil.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
Aynan mana shu davrda O‘zbekiston kompozitorlarning tajribali
mutaxassislarni qo‘shiq janr ijodi gurkiradi. Bular: T.Sodiqov, M.Ashrafiy,
M.Burxanov, K.Abdullayev, D.Zokirov, G‘.Qodirov, B.Giyenko, I.Hamroyev,
Il.Akbarov, S.Boboyev M.Nasimov, S.Yudakov, Sh.Ramazonov, F.Nazarov,
G.Mushel, A.Muhammedova, S.Varelas, kabilardir.
Boris Nadejdinni tahriri asosida 1950 y.da – “Bolalar qo‘shiqlari”, “Yoshlik
qo‘shig‘i” 1955y.da “Bolalar ashulasi” nomli to‘plam; G.Goncharovaning
1951yilda “Boshlang‘ich maktabda musiqa”, I.Akbarovning 1959 y.da “Biz
kuylaymiz” qo‘shiqlari yaratildi.
3
60 yillarga kelib bolalar uchun yozilgan to‘plamlari nihoyat yuksak darajada
ko‘paydi. O‘quv qo‘llanmalar xrestomatiyalar nashr etildi. Umumta’lim
maktablarini musiqiy adabiyotlarida asosan bolalar qo‘shiqlari joy oldi. 50-70
yillardagi kompozitorlarni ijodi yangi avlod ijrochilari va tinglovchilari ichida
hozir ham mashhurdir Barcha yetakchi nashriyotlar kichik ijrochilar, bolalar va
o‘smirlar uchun katta to‘plamlar nashr etishdi.
60-70- yillarda bolalar musiqasini yaratishda kompozitorlar S.Babayev,
Ye.Shvars, K.Abdullayev, S.Abramova, A.Berlin, Sh.Yormatov, H.Rahimov kabi
kompozitorlar ajoyib mutaxassis kompozitorlar safini to‘ldirdilar. O‘sha davrda
O‘zbekistonda bolalar uchun yangi sahifa ochildi. 30-60 yillarda bolalar
asarlarida tertsoviy 2 va 3 ovozli bo‘lsa. 70-80 yillarga kelib folklorga qaytish,
bolalar qo‘shiqlarini ko‘p ovozda kuylash, xalq polifoniya elementlaridan
foydalanish, bolalar musiqasiga ko‘p ovozli garmonik elementlar kiritildi.
70 yillarga kelib birinchi kontata va syuitalar, vokal xor a capella asarlari,
bolalar, solistlari va orkestrlari uchun yangi asarlar yaratila boshlandi. 60-70
yillarda ajoyib kasb egalari bolalar uchun nodir asarlar yaratishgan. Bular: 2, 3
ovozli qo‘shiqlar mualliflari S.Boboyev, Ye.Shvars, K.Abdullayev, S.Abramova,
A.Berlin, Sh.Yormatov kabilardir. Mana shu davrlarda ularning ijodi gurkiradi.
70-yillarda xalq qo‘shiqlari va vokal xor va ko‘p ovozli kuylashlarga, e’tibor
berildi. Ushbu yillarda kontata va syuitalar bolalar uchun vokal –xor, a capella
asarlari, syuitalar bolalar uchun vokal-xor a capella asar, solist va orkestr
uchun asarlarini birinchi bor yozila boshlandi. Misol uchun G‘.Qodirovning
“Maktabjon oftobjon- oftobjon” (1974 yil) o‘quvchi yoshlar ichida eng sevimli
syuitalardan, “O‘qituvchimiz” asaridir.
Yosh avlodni ajoyib xalq musiqalari bilan tanishtirib uni qayta ishlab
folklorga qiziqish uyg‘otila boshlandi. O‘zbek xalq musiqalar qayta ishlanib
pyesalar yaratildi. Masalan: “Dilbar”, “Chamanda gul” va boshqalar. Kichik
3
Tursunov R. Xalq musiqa ijodiyoti va amaliyoti. Toshkent. “Ma’rifat-madadkor” nashriyoti. 2002 yil.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
fortepiano ijrochilari uchun X.Azimov bolalar pyesalarini katta hajmda
fortepiano darslari o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. So‘ngra I.Akbarov tomonidan
ajoyib fortepiano miniatyuralari yaratildi. Uning asarlari xalq musiqalaridan
ajralib turadi va ayniqsa an’anaviy xalq janrlariga obrazlar yaratishga
intiluvchan, bolalar dunyosi bilan bog‘langan yorqin va aniqdir. Masalan
“Bekinmachoq o‘yini”, “Quvnoq kayfiyat ”, hazil toifali o‘zbek ohanglaridan
iborat bo‘lgan bolalar qo‘shiqlaridir.
4
“Karvon” nomli pyesa qo‘shiq va raqsona xarakterga ega. Kompozitor
tomnidan yaratilgan (Alla) qo‘shig‘i esa, yevropa miniatyuralari ham
hamohangligida yaratilgan .O‘sha davrda o‘zbek kompozitorlari juda ko‘p ajoyib
asarlarni bolalar uchun yaratishdi. B.Giyenko, S.Varelas, F.Nazarov kabi
kompozitorlarining pyessalari to‘plam kichik ijrochilar uchun yaratilgan.
1975 yili arab xalq ertaklari asosida yana bir bolalar uchun opera yaratildi.
Kompozitor bolalar diqqatini murakkab janrga qaratadi. Unda bolalar uchun
mashhur bo‘lgan xalq qo‘shiqlaridan foydalanadi. Kompozitor bolalarni yosh
xususiyatini hisobga olib musiqani qabul qilishda qahramonlarni tasvirlaydi.
Masalan: “Etik kiygan mushuk” , “1001 kecha”, “Aloudinning sehrli chirog‘i” va b.
1970 yillarning boshida bolalar estrada janri qo‘shiqlari rivojlana
boshlanadi. Ushbu jarayon ayniqsa kompozitor N.Norxo‘jayev, X.Rahimov,
Sh.Yormatov kabilarda namoyon bo‘ladi. Kompozitorlar bolalar uchun vokal –
xor syuitalari va kontatalar yarata boshlaydilar. Har bir kompozitorlar xalq
qo‘shiqlariga folklorga murojat etishadi. Asarlar ohanglarida ritmik talaffuz,
kuychanlik xarakter bilan hamohang bo‘ladi. Bolalar uchun yaratilgan vokal xor
asarlari zamonaviy musiqiy madaniyatga yo‘naltirilib teatrlashtirildi.
Misol uchun: xor teatrlari uchun moslashtirilgan qo‘shiqlardan “Dangasa”,
“Dakang xo‘roz”, “Oq terakmi-ko‘k terak” va boshqalar. Mana shu davrga kelib
K.Kenjayev va Sh.Yormatovlarning bolalar xorlari uchun a capellalar yaratishda
qiziqishi o‘sdi.
5
1970 yillarda ijldi gurkiragan kompozitorlardan Nadim Norxo‘jayev
Ozbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Davlat
konservatoriyasi professori, kompozitor. U uzining musiqiy asarlari, ayniqsa
estrada va bolalar uchun yaratgan qo‘shiqlari bilan el – yurt hurmatiga sazovar
bo‘ldi.
4
Qodirov R. Boshlang‘ich maktabda ko‘povozli kuylash. Toshkent. “O‘qituvchi” 1997 yil.
5
Fayziyev O. O‘zbekiston maktablarida musiqiy nafosat tarbiyasini tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanma.
Toshkent. 1992 yil.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
63
N.Norxo‘jayev 1963 yili Xamza nomidagi musiqa bilim yurtiga o‘tkaziladi.
Mashhur kompozitor Rumil Vildanovdan musiqa sirlarini o‘rganadi. 1967 yili
simfonik orkestr uchun bastalagan “Syuita”si bilan a’lo baholarga o‘qishni
bitiradi. O‘sha yili Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik
fakultetiga o‘qishga kiradi. U o‘z faoliyatida qo‘shiq janriga ko‘proq ahamiyat
beradi. 1972-1975 yillari Bekobod musiqa bilim yurtida, musiqa maktabida
o‘qituvchi va bo‘lim mudiri bo‘lib ishlaydi. 1975–1976 yillarda “Melodiya”
firmasining ovoz yozish studiyasida bosh muharrir vazifasida ishlaydi. A.Qodiriy
nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida o‘qtuvchi, katta o‘qituvchi,
dotsent bo‘lib, ayni paytdaToshkent Davlat konservatoriyasi estrda ijrochilik
kafedrasi mudiri, 2003-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda.
6
N.Norxo‘jayev fortepiano uchun 3 ta prelyudiya, 2 ta variatsiya, sonatina,
fortepiano uchun 2 ta sonata, skripka va simfonik orkestr uchun “Konsertino”, 4
qismli simfonik syuita, 1 qismli va simfoniya va ko‘pgina qo‘shiqlar yaratdi.
N.Norxo‘jayev ijodida qo‘shiq ustivor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar
bilan hamkorlikda 100 dan ortiq estrada va bog‘cha bolalari hamda maktab
o‘quvchilariga atab qo‘shiqlar yaratadi. Yosh bolalar uchun 1975 yilda yozilgan
“Xakkalar”ilk estrada qo‘shig‘i “Paxtaoy” nomli vokal cholg‘u ansambli ijrosida
mashhur bo‘lib ketdi. Jumladan: “Yaxshi bola”, “Dangasa”, “Eh orzular”, “Antiqa
musobaqa”, “Diyor madhi”, “Balig‘im”, “Salom bergan bolalar”, “Surxondaryo”,
“Chamandagi gullarmiz”, “Boboxo‘roz”, “Dono bolam” kabi qo‘shiqlari
“Bulbulcha” xori ijrosida ommalashib ketgan. Bolalar xori uchun “Xafta”
kantatasi, “Daraxtlar suhbati” xor syuitasi, o‘zbek xalq qo‘shiqlarini xor uchun
qayta ishlaydi. “Osmondagi oy”, “Choriy chambar”, “Chuchvara qaynaydi”
qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Nadim Norxo‘jayev O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Respublika
“Ofarin-2000” ko‘rik tanlovi sovrindori, O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi
a’zosi va Respublikamizda o‘tkazilayotgan turli ko‘rik tanlovlarda hakamlar
hayati a’zosi.
Nadim Norxo‘jayev zamonaviy o‘zbek kompozitorlaridandir. U bolalar
uchun ko‘plab qo‘shiqlar yaratgan. Nadim Norxo‘jayevning «Diyor madhi», ona
Vatan haqidagi qo‘shiqlari bolalarga ritimini tushunarli va kuychanligi qulay
ijrosi, yoqimli va esda saqlab qoluvchanligi bilan boshqa kompozitorlardan farq
kiladi. Biz o‘zbek kompozitorlarining qo‘shiqlari mazmunini o‘quvchilarga
gapirib, suhbat o‘tkazib Ona Vatan haqida kelajak haqida, har xil hunarlar
haqida, tabiat haqida, albatta o‘quvchilarni orzulari kelajakdagi ishlarga
6
Yuldasheva N., Raxmatova N. O’zbek musiqa adabiyoti. Toshkent. “Iqtisod- moliya” 2010 yil.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
64
intilishining ulkanligi haqida o‘zbek kompozitorlari qo‘shiqlari orqali bolalarni
Vatanni va Vatan obro‘sini asrash kabi ichki his tuyg‘ularini tarbiyalaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Musiqa ta’limi va tarbiya birligi (ilmiy, metodik maqollar to‘plami).
Toshkent. 1996 yil.
2.
Omonullayeva D. “Umumiy ta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi
konsepsiyasi” Toshkent. 1992 yil.
3.
San’at yo‘nalishlarida yoshlarni ma’naviy- axloqiy tarbiyalash: izlanish,
echim va istiqbollar mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari to‘plami 24-25 mart Buxoro. 2013 yil.
4.
Tursunov R. Xalq musiqa ijodiyoti va amaliyoti. Toshkent. “Ma’rifat-
madadkor” nashriyoti. 2002 yil.
5.
Qodirov R. Boshlang‘ich maktabda ko‘povozli kuylash. Toshkent.
“O‘qituvchi” 1997 yil.
6.
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti va o‘quv dasturi. Musiqa
“Sharq” nashriyoti-matbaa konserni. 1999 yil. 6-maxsus son.
7.
Umumta’lim maktablari musiqa darslari dasturi. Toshkent. 1992 yil.
8.
O‘zbekiston – Vatanim manim. Birinchi kitob. Toshkent. 1996 yil
9.
O‘zbekiston – Vatanim manim. Ikkinchi kitob. Toshkent “Mehnat” 1997 yil
10.
O‘zbekiston – Vatanim manim. Uchinchi kitob. Toshkent. 1998 yil.
11.
O‘zbekiston – Vatanim manim. To‘rtinchi kitob. Toshkent. “G‘afur G‘ulom”
nashriyoti. 2000 yil.
12.
Fayziyev O. O‘zbekiston maktablarida musiqiy nafosat tarbiyasini tashkil
etish bo‘yicha metodik qo‘llanma. Toshkent. 1992 yil.
13.
Sharipova G. Musiqa o‘qitish metodikasi (ma’ruzalar matni) Toshkent.
2008 yil.
14.
Yuldasheva N., Raxmatova N. O‘zbek musiqa adabiyoti. Toshkent. “Iqtisod-
moliya” 2010 yil.
15.
M.Achildiyeva 2021 Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heristage
Annals of Romanian Society for Cell Biology 25(4) 9092-9100
16.
Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom
saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR
ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58
17.
Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS
PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
65
18.
Achildiyeva M, Ikromova F (2021) TANBUR ONE OF ANCIENT
INSTRUMENTS GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH
JOURNAL (GIIRJ) 9(6) 302-308
19.
Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR
UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7
54-56
20.
Achildiyeva M, Ikromova F (2021) “The third renaissance towards
ascending” EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL “An open access, peer reviewed
multidisciplinary journal” 2 (9) 17-20
21.
Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova
(2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS
EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL “An open access, peer reviewed
multidisciplinary journal” 2 (4) 460-463
22.
Achildiyeva M, Xojimamatov A,Yuldasheva D, Ikromova F (2021) Uyghur
Folk Singing Genre Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry 12 (10) 3510-
3515
23.
Ikromova F O‘ZBEKISTON XALQ HOFIZI OCHILXON OTAXONOVNING
HAYOT YO‘LI CHIZGILARI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL
SCIENCE Vol. 1 No. 3 (2022): 151-156
24.
Achildiyeva M, Ikromova F РЕЙНГОЛЬД ГЛИЭР ВА ТОЛИБЖОН
СОДИҚОВНИНГ«ЛАЙЛИ
ВА
МАЖНУН»
ОПЕРАСИДА
МАҚОМ
ЙЎЛЛАРИНИНГ ҚЎЛЛАНИЛИШИ UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 23-28 bet
25.
Xojimamatov A, Ikromova F МУСИҚИЙ САҲНАВИЙ АСАРЛАРНИНГ
ИЖРОЧИЛИК МУАММОЛАРИ (ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ИЖОДИ
МИСОЛИДА) UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 29-33 bet
26.
Ikromova F SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI UIF-2022:
8.2 SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL 2022 №4 29-33 bet.