Авторы

  • Oynisa Umirova
    Samarqand davlat Pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.115608

Ключевые слова:

Oltin yorugʻ buddaviylik yodgorlik sudur eʼtiqod.

Аннотация

Ushbu maqolada insoniyatni toʻgʻri yoʻlga, komillikka daʼvat qiluvchi "Oltun yorugʻ" qadimiy yozma yodgorligining g’oyaviy-badiiy mazmuni tahlil etiladi. Shuningdek, "Oltun yorugʻ"ning mazmun-mohiyati, qanday tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va bugungi yosh avlodlar uchun ibrat boʻlishi  haqidagi fikrlar bayon etiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

51

TURKIY ADABIYOT TARIXIDAGI "OLTUN YORUGʻ " QADIMIY

YOZMA YODGORLIGI TAHLILI

Umirova Oynisa Sirojiddin qizi

Samarqand davlat Pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15771651

Annotatsiya.

Ushbu maqolada insoniyatni toʻgʻri yoʻlga, komillikka daʼvat

qiluvchi "Oltun yorugʻ" qadimiy yozma yodgorligining g’oyaviy-badiiy mazmuni
tahlil etiladi. Shuningdek, "Oltun yorugʻ"ning mazmun-mohiyati, qanday
tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va bugungi yosh avlodlar uchun ibrat boʻlishi
haqidagi fikrlar bayon etiladi.

Kalit soʻzlar:

Oltin yorugʻ, buddaviylik,yodgorlik,sudur, eʼtiqod.

Qadimgi yozma obidalar badiiy adabiyotimizning muhim yodgorliklari

boʻlib, qadimgi madaniy til, yozuv, ijtimoiy hayot haqida maʼlumot beruvchi
manba sifatida qadrlidir. "Oltin yorug’" — buddaviylikka eʼtiqod qilgan turkiy
qavmlar orasida mashhur boʻlgan qadimiy yozma yodgorlik. Asl nomi
"Suvarnaprabxasa" boʻlib, sanskrit tilidan qadimiy xitoy tiliga tarjima
qilingan.Oltun yorug‘” asarining qadimgi turkiydagi to‘liq nomi "Altun onglug,
yaruq, yaltiriqligh, qopta kotiilmsh nom iliki atligh nom bitig — Oltin rangli,
yorug', yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘mpodshohi nomli no ‘m
bitigi” deb nomlanib, hozirgacha “Oltun yorug” deb nomlanib keladi. X asrda
Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qadimiy turkiy tilga
"Oltun yorugʻ" nomi bilan tarjima qilgan va eski uygʻur-turk yozuvida
koʻchirgan.Oʻnta afsonani oʻz ichiga olgan "Oltun yorugʻ" 675 sahifadan iborat.
Barcha afsonalarda ham buddaviylikning asosiy taʼlimoti ("najot topish"
taʼlimoti) birinchi oʻrinda turadi. Mazmuni turlicha boʻlgan afsonalarning
hammasini birlashtirib, yaxlit asar holiga keltirilishining bosh omili ham ana shu
taʼlimotdir. Unda aks etgan "toʻrt oliy haqiqat" bosqichi ham Oʻrta Osiyo
xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi. "Oltun yorugʻ"ning hozirgi
turkiyshunoslar koʻp foydalanadigan nusxasi XVIII asrda koʻchirilgan. Bu
qoʻlyozma Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyida saqlanadi. “Oltun yorugʻ” budda
diniga oid sutra - muqaddas kitoblardan biri hisoblanib, u hozirda Peterburgdagi
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. “Oltun yorugʻ” uyg‘ur
yozuvida bitilgan yirik tarjima asaridir.

Insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga, komillikka da’vat qiluvchi bu asar milodiy I asrdan

boshlab XVIII asrgacha xitoy, mo‘g‘ul, tibet, yapon kabi bir qator Sharq xalqlari
tillariga tarjima qilingan, turkiy tilda qayta-qayta ko‘chirilgan. “Oltun yorug‘”
sudurlardan tashkil topgan. “Sudur” sanskritcha so‘z bo‘lib, “pand-nasihat, o‘git”
ma’nolarini bildiradi. Bu asarni qadimgi turkiydan hozirgi o‘zbek tiliga professor


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

52

Nasimxon Rahmon bir necha yil davomida tabdil qilib, dastlab “O‘zbek tili va
adabiyoti”da, so‘ngra jurnal variantini qayta ishlab, ikki kitob holida chop ettirdi.
Har ikki kitobga taniqli tilshunos olim, professor Hamidulla Dadaboyev mas’ul
muharrirlik qilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Oltun yorug‘” —
umumturkologik yodgorlik, ammo jahon turkiyshunosligida mukammal tarzda,
izohlar va kattagina so‘z boshi bilan ilk bor O‘zbekistonda chop etildi. Bu
adabiyotimiz, umuman, madaniyatimiz tarixiga qo‘shilgan katta hissadir. Asar
qadimgi turkiy qavmlarning yozma yodgorliklari manzarasi naqadar kengligini,
turkiy xalqlar badiiy tafakkuri jarayonini belgilashda muhim manba ekani bilan
ham ahamiyatli. Ayni paytda turkiy xalqlarning IX-X asrlardagi o‘ziga xos til
xususiyatlarini, turkiy adabiy til taraqqiyotini “Oltun yorug‘” o‘zida to‘liq
mujassam etadi. “Oltun yorug‘” bir necha asrlar davomida Turonzamin ma’naviy
muhiti barqarorlashuviga katta xizmat qilgan noyob asar – hujjat. Doston
buddaviylik g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, alohida ilm sifatida xalqning shuuriy
izlanishlari, e’tiqod butunligi orqali paydo bo‘lgan. Ayniqsa, turkiy tilli xalqlar
orasida shuhrat topib, X-XVIII asrlarda o‘n martacha ko‘chirilgan va sharqning
ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Asarning asl matni taxminan milodiy I asrda
sanskrit tilida yaratilgan. Olimlar o‘rtasida ushbu dostonning yaratilishida turkiy
qavmlar ham ishtirok etgan degan fikrlar mavjud. Asar yozma adabiy manba
sifatida qadimgi turkiy qavmlarning jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rnini
belgilovchi muhim omillardan biri bo‘lgani bilan ham qadrlidir.

"Oltun yorug‘”ning yaratilishida turkiy qavmlaming ishtiroki. Bunga,

birinchidan, Oʻrta Osiyoning qadimiy mifologiyasi va afso nalaridagi
qahramonlar ismining mazkur yozma yodgorlikda uchrashi bir dalildir.
Jumladan, “Oltun yorug‘”ning birinchi kitobida Erlik xon (Erklig deb ham
aytiladi) timsoli bor. Erlik xon turk-mo‘g‘ul mifologiyasida keng tarqalgan."Oltun
yorug‘”da bayon etilishicha, Buddaning insoniyatga ko'rsatadigan cheksiz
inoyati va marhamati ta’rifi yer yuzida mavjud bo‘lgan ta’rif-u tavsiflarning
hammasini qamrab oladi. Insoniyatni solihlikka yetaklashda insonga imkonsiz
narsa Budda uchun imkonli. Qolaversa,

Buddaning

o‘nta

va’dasi

va

buddaviylikning tub mohiyati- insoniyatni komilikka yetaklash uchun ulami
illatlardan xalos qilib, amaliy natijaga olib keladi. Asarda insonlami
nuqsonlardan tamomila xoli, pok, ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash
yo‘l-yo‘riqlari Buddaning sifatlariga mos o‘gitlarining amaliy natijasidir.

"Oltun yorug‘”da burxonning e'tirof etishicha, Xo‘rmuzd jamiki insonlami

qilmishlari, gunohlari uchun pus haymon qildirib, tavbaga olib keladi. U,
insonlami yovuz qilmishlaridan poklagin, deb burxondan iltimos qiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

53

Xo‘rmuzdning bu ishini Tangrilar tangrisi ma’qullaydi va jamiki insoniyat
gunohlaridan pokla nishi uchun qanday amallami bajarishi lozimligi to‘g‘risida
Xo‘rmuzdga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Bu amallar - hamma burxonlarga ta’zim qilish,
ya’ni ulami izzat-hurmat qilish, zehni ochilganlarga ta’zim qilish, maxayana
ta’limotini targ‘ib qiluvchilarga ta’zim qilish va hokazolardan iborat.

Asarda uch qimmatbaho xazina tushunchasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu

uch xazina quyidagilardan iborat: Yovuzlik qilmaslik. Yaxshilik qilish. Aqlni
poklash. Buddaviylikda uch xazina nihoyatda qadrlangan, shuning uchun ham
har doim buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar bu uch xazinani ko‘z-ko‘z qilib emas,
balki o'z zimmalariga majburiyat sifatida olib, e’tiqodning asosiy tayanchi sifati
deb bilganlar. Bu uch xazina “uch zahar” yoki uch turli yomon qilmish deb atala
digan zararli odat va ko'nikmalarga - ochko'zlik yoki shahvoniy istak, nafrat,
yo'ldan ozish yoki nodonlikka qarshi qo'yiladi. Asarda quyidagi afsonalar
keltirilgan:

-"Udaqatati tabib va uning o‘g‘li” afsonasi
-"Ku tau "afsonasi
-“Shahzoda va bars” afsonasi
“Oltun yorug‘”da zamon tushunchasi. Darma. “Oltun yorug‘”da buddaviylik

tizimiga mansub zamon, xususan, uch zamon muhim kategoriyalardan biridir.
Uch zamon abadiylik demakdir. Buddaning qiyofasi ham, burxonlar ham uch
zamonda talqin etiladi. Shuningdek, uch zamonga tegishli darma (sanskr.
dharma) ham uch zamonga mansubbo‘lib, “Oltun yorug‘”da ma’no va vazifa
jihatdan o‘ziga xos maqomga ega. Darma muhim maqom sifatida “Oltun
yorug‘”ning o‘nta bo‘limi boshlanmasida “Buddaga ta’zim, Darmaga ta’zim.
Sangaga ta'zim’’ tarzida qo‘llanadi. Bu o‘rinda darmanig maqomi belgilab
berilgan - uning maqomi Buddaning maqomi bilan baravar.

Xullas, “Oltun yorugʻ” tarjima asar bo‘lsa-da, kuchli his-hayajon, ehtiros

bilan o‘qiladi. Undagi lirizm ruhining balandligi asar asli she’riy yo‘lda
yaratilganidan dalolat beradi. “Oltun yorugʻ” diniy asar hisoblansada, unda real
hayot manzaralari inson vujudini larzaga solarli darajada yaratilgan. Oʻz
farzandidan judo bo‘lgan ota - ulug‘ elig va ona-malika kechinmalari asarning
estetik kuchini oshirishga xizmat qilgan. “Oltun yorugʻ” yig‘i va judolik ruhining
kuchligi bilan toshbitiklardagi ayriliq tasvirlariga juda ham ohang turadi.

Botinan va zohiran komil, ruhan sobit insonni tarbiyalash masalasi

islomiyatdan oldin ham jiddiy masala bo‘lib ko'tarilgan. “Oltun yorug”dagi bu
singari aqidalar ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash da bugun ham katta
ahamiyatga ega.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

54

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbek adabiyoti tarixi. -Toshkent: Sano standart, 2017.

2.

Turkiy adabiyotning qadimgi davri. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005

3.

Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5 jildli, 1-jild. Toshkent, 1997;

4.

4. Rahmonov N., Toshga bitilgan kitoblar, Toshkent, 1983.

5.

5. OʻzME.Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil.

Библиографические ссылки

O‘zbek adabiyoti tarixi. -Toshkent: Sano standart, 2017.

Turkiy adabiyotning qadimgi davri. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005

Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5 jildli, 1-jild. Toshkent, 1997;

Rahmonov N., Toshga bitilgan kitoblar, Toshkent, 1983.

OʻzME.Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil.