Авторы

  • Biybisanem Akmuratova
    Qoraqalpoq davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.115609

Ключевые слова:

Istiqlol o‘zbek she’riyati folklor mifologiya janrlar sintezi epos baxshi xalq og‘zaki ijodi zamonaviylik talmeh.

Аннотация

Mazkur maqolada istiqlol davri o‘zbek she’riyatida folklor sinteziga murojaat qilish tamoyili tahlil qilinadi. Shoirlarning xalq og‘zaki ijodiga xos janr, obraz, mifologik qarashlar, musiqiy shakllarni zamonaviy she’riyat bilan uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishi yoritiladi. Usmon Azim, Yo‘ldosh Eshbek,  Mahmud Toir kabi shoirlar ijodi misolida folklor va poetik tafakkur sintezi orqali vatan, insonparvarlik, tarixiy xotira kabi mavzular yoritilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

46

HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLORIZMLARNING

AHAMIYATI

Akmuratova Biybisanem

Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15771313

Annotatsiya.

Mazkur maqolada istiqlol davri o‘zbek she’riyatida folklor

sinteziga murojaat qilish tamoyili tahlil qilinadi. Shoirlarning xalq og‘zaki ijodiga
xos janr, obraz, mifologik qarashlar, musiqiy shakllarni zamonaviy she’riyat
bilan uyg‘unlashtirishga bo‘lgan intilishi yoritiladi. Usmon Azim, Yo‘ldosh
Eshbek, Mahmud Toir kabi shoirlar ijodi misolida folklor va poetik tafakkur
sintezi orqali vatan, insonparvarlik, tarixiy xotira kabi mavzular yoritilgan.

Kalit so‘zlar

. Istiqlol, o‘zbek she’riyati, folklor, mifologiya, janrlar sintezi,

epos, baxshi, xalq og‘zaki ijodi, zamonaviylik, talmeh.

Аннотация

. В статье анализируется тенденция обращения к синтезу

фольклора в узбекской поэзии эпохи независимости. Раскрывается
стремление поэтов объединить жанры, образы, мифологические
представления и музыкальные формы устного народного творчества с
современной поэтикой. На примере творчества Усмона Азима, Йулдоша
Эшбека, Махмуда Тоира рассматривается отражение тем Родины,
гуманизма и исторической памяти

через призму фольклорного синтеза.

Ключевые слова.

Независимость, узбекская поэзия, фольклор,

мифология, синтез жанров, эпос, бахши, устное народное творчество,
современность, талмех.

Annotation.

This article analyzes the tendency toward folkloric synthesis

in Uzbek poetry of the independence period. It explores how poets integrate
traditional genres, mythological concepts, musical elements, and folkloric
imagery with modern poetic expression. Using the works of Usmon Azim,
Yo‘ldosh Eshbek, Mahmud Toir as examples, the article highlights how themes of
homeland, humanism, and historical memory are conveyed through folkloric-
poetic fusion.

Keywords.

Independence, Uzbek poetry, folklore, mythology, genre

synthesis, epic, baxshi, oral tradition, modernity, talmeh.

Folklor va yozma adabiyot munosabati masalasi dolzarb masalalardan biri

boʻlib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doir koʻplab tadqiqotlar yaratilgan.
N.Mallayev, M.Hakimov, J.Qobulniyozov kabi olimlarning Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning
folklordan foydalanish mahoratiga doir tadqiqotlari mavjud. Yozma
adabiyotdagi folklorizmlarning badiiy xususiyatlari, manbalari, tasnifi,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

47

tipologiyasiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov kabi folklorshunoslarning qator
maqolalari e’lon qilingan. XX asr oʻzbek adabiyoti namoyandalari asarlarida
folklor elementlarining badiiy talqini masalasi Gʻ.Jalolov, Gʻ.Moʻminov,
A.Sabirdinov, L.Sharipova singari tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan.
Ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida adabiyotimizda folklor an’analaridan
ijodiy foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi.

Shoir va adiblarimiz oʻz badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari

va voqealar talqinining xususiyatlarini ta’minlash maqsadida xalqimizning milliy
qadriyatlariga, xususan, folklor asarlaridagi badiiyat durdonalariga murojaat
qila boshladilar. Bu ijodiy jarayon hozirgi o‘zbek she’riyatida yaqqol koʻzga
tashlanadi. Shu bois folklor va o‘zbek she’riyati munosabati masalasini tadqiq
etishda bugungi adabiy jarayonning badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqib ish
koʻrish, shoirlarning uslubi va ijodiy oʻziga xosligini ularning folklorga
munosabatisiz tasavvur qilish mumkin boʻlmay qoldi. Shu jihatdan qaraganda
shoirlarning folklor namunalaridan foydalanish mahoratini oʻrganish masalasi
adabiyotshunoslik oldidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Folklor – xalq og‘zaki ijodining boy manbai bo‘lib, xalqning dunyoqarashi,

axloqiy me’yorlari, estetik didi va tarixiy xotirasini mujassamlashtiradi. Adabiyot
esa bu boylikni zamonaviy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirib, yangi poetik
shakllarda qayta talqin qiladi. Ayniqsa, hozirgi o‘zbek she’riyatida
folklorizmlarning (ya’ni, xalq og‘zaki ijodiga xos unsurlar, obrazlar, uslublar va
shakllarning) faol qo‘llanilishi zamonaviy shoirlarning milliylik, badiiylik va
xalqona ruhga intilishidan dalolat beradi.

Folklorizm – bu adabiy asarda xalq og‘zaki ijodi elementlarining, ya’ni

maqollar, topishmoqlar, afsonalar, xalq qo‘shiqlari, doston motivlari, arxaik
obrazlar kabi unsurlarining qayta ishlangan holda badiiy matnga kirib kelishidir.

Adabiyot va folklor sintezi qadimdan mavjud bo‘lgan jarayon bo‘lib, turli

davrlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar va epos
sintezi munosabati haqida N.Rahmonov: “Eposlar yodnomalar uchun murakkab
adabiy sintez komponentlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Adabiy sintez
yodgorliklarning butun tarkibida bor”

1

deydi. Eng qadimgi turkiy adabiyot

folklor zaminida, folklor sintezi asosida shakllanishining o‘zi folklor sintezining
turli davrlar adabiyotida yetakchi tamoyil sifatida muhim ahamiyat kasb etishini
anglatadi. Istiqlolga erishilgandan so‘ng adabiyotda evrilishlar, yangilanishlar
yuz berdi, bu holat ijodkorlarning folklor an’analari va folklorizmlardan
foydalanishdagi estetik pozitsiyasining yangilanishiga, adabiyot va folklor

1

Rahmonov. N. Folklor va yozma adabiy aloqalar. T, 2022. 32-bet


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

48

sinteziga murojaat qilish tamoyilining kuchayishiga, folklor sintezi ta’sirida
she’rlar yaratilishiga zamin yaratdi. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida tom
ma’noda turli ohanglar, an’analar, janrlar, obrazlar, mifologik qarashlar sintezi
yuz berdiki, bu holat mazkur davrda ijod qilgan shoirlar ijodida ham yaqqol bo‘y
ko‘rsatdi. “Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida folklor sintezining quyidagi shakllari
namoyon bo‘lmoqda:

1.Epos va she’riyat sintezi.
2.Mifologik qarashlar sintezi.

1. Epos va She’riyat Sintezi .

Istiqlol davrida xalq eposlari va she’riyatning

sintezlashuv jarayonlari yuz berdi. Mazkur davrda ijod qilgan Usmon
Azim,Yo‘ldosh Eshbek kabi shoirlar eposlarga murojaat etish orqali, ya’ni
o‘tmish va bugun (yangi zamon)ni sintezlash orqali o‘z davri muammolarini,
o‘ziga zamondosh bo‘lgan insonlarning millat, uning o‘tmishi, kelajagi haqidagi
kechinmalarini yoritdilar. Natijada epos va she’riyatning sintezlashuvi yuz berdi
va eposga xos voqelik tasviri, ifoda usuli, obrazlar sintezi shoirlarga g‘oyaviy
maqsadini ifodalashda cheksiz imkoniyatlar berdi”

2

.

Zamonaviy o‘zbek she’riyatida folklor an’analariga murojaat qilish ikki

asosiy yo‘nalishda namoyon bo‘ladi:

1. Shoirlik uslubida xalqona ruhga intilish
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Shuhrat, Halima

Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf kabi shoirlar o‘z she’rlarida xalqona
soddalik, xalq tiliga xos obrazlilik va jo‘shqinlikni saqlagan holda, ularni
zamonaviy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashtirgan.

2. Mavzular va obrazlarda xalq og‘zaki ijodining yangicha talqini
Zamonaviy shoirlar Alpomish, Ravshan, Go‘ro‘g‘li singari qahramonlarni

yangi davr timsollariga aylantiradilar. Ota-ona duosi, yor-yor, kelin salom kabi
milliy qadriyatlarni poetik ifodalaydilar.

Demak, hozirgi o‘zbek she’riyatida folklorizm – bu nafaqat badiiy bezak,

balki milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash va zamonaviy jamiyat
muammolarini xalqona idrok orqali ifodalash vositasidir. Shoirlar folklor
an’analaridan ilhom olib, ularni zamonaviy ruhda qayta talqin etmoqdalar. Bu
esa o‘zbek she’riyatining boyishi, xalq va ijodkor o‘rtasidagi bog‘liqlikning
mustahkamlanishini ta’minlaydi.

Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani

tiklash va xalqning ruhiy-madaniy merosini badiiy anglash jarayoni kuchaygan

2

Eshanova Z.Istiqlol davri o’zbek she’riyatida folklor sintezi. Comparative Turkish Dialects and Literatures, 2024(5), 1-

7.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

49

bo‘lsa, bu holat eng avvalo folklor unsurlariga murojaat qilish tamoyilining
kuchayishida o‘z ifodasini topdi. Shoirlar o‘z zamonasi ruhini anglatishda, xalq
kayfiyatini aks ettirishda xalq og‘zaki ijodi an’analaridan samarali foydalanishga
intildilar.

Ayniqsa, Usmon Azim, Yo‘ldosh Eshbek, Ismoil To‘lak, Mahmud Toir va

Guljamol Asqarova kabi shoirlar ijodida folklor sintezi shunchaki an’anaga
murojaat emas, balki badiiy-falsafiy izlanish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ular xalq dostonlari, xalq qo‘shiqlari, allalar, baxshilik an’anasi, mifologik
qarashlar, afsona va rivoyatlardagi obrazlarni zamonaviy muammolar bilan
bog‘lab, she’riyat va epik tafakkur, lirik tuyg‘u va mifologik ong sintezini
yaratdilar.

Ushbu davr shoirlari, xususan Usmon Azim va Yo‘ldosh Eshbek, xalq

dostonlaridagi arxetipik obrazlar va dramatik syujetlardan foydalanib, ularni
zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy kontekstda qayta talqin etdilar. Doston obrazlariga
(Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Ravshan) talmeh (ishora) vositasi orqali murojaat qilish
bilan birga, ularning g‘oyaviy-falsafiy mohiyatini yangi davr kontekstida ochib
berishga intilindi

Shuningdek, zamonaviy o‘zbek she’riyatida alla, qo‘shiq, baxshilik kabi

musiqiy folklor shakllari bilan she’riyat o‘rtasida jonli, hissiyotlarga boy sintez
yuzaga keldi. Bu sintez orqali she’r musiqiylashdi, tinglovchining qalbiga yanada
yaqinlashdi. Ayniqsa, Guljamol Asqarova va Yo‘ldosh Eshbek ijodida allaga xos
intonatsiya, baxshilikka xos urg‘u va ichki dramatizm she’rda yangi poetik
ohanglar yaratdi.

Rustam Musulmon, Mahmud Toir va Yo‘ldosh Eshbek singari shoirlar

ijodida mifologik obrazlar va qadimiy arxetiplar sintezi faqat folklor
yodgorliklariga sadoqat emas, balki davr muammolarini falsafiy nuqtai nazardan
anglashning badiiy shakli sifatida xizmat qiladi. Ularning she’riyatida mifologik
obrazlar insonparvarlik, ozodlik, vatanparvarlik, ma’naviy uyg‘onish g‘oyalari
bilan boyitilgan.

Bu sintez xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan

tarixiy tajribasi asosida hozirgi davr voqeligini badiiy anglash, g‘oyaviy va ruhiy
kamolot sari yo‘naltirishga xizmat qildi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, istiqlol davri o‘zbek she’riyatida folklorga

murojaat – bu shunchaki xalq og‘zaki ijodini eslatish emas, balki milliy o‘zlikni
badiiy anglashning, zamonaviy ongni tarixiy xotira bilan uyg‘unlashtirishning
murakkab va sermazmun poetik jarayonidir. Shoirlar folklor janrlari, obrazlari,
mifologik tushunchalar bilan chuqur ishlash orqali o‘z davrining ruhiy-falsafiy


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

50

talqinini yaratishga, folklor va adabiyot orasidagi badiiy ko‘prikni
mustahkamlashga erishdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi, 2008. – B. 216.

2.

Sarimsaqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – T.: BOOKMANY PRINT,

2022. – B. 44
3.

Meliev S. She’riy so‘z va estetik ta’sir // O‘zbek tili va adabiѐti. – T.,

1982. - №2. – B. 27-28
4.

Hakimov M.Navoiy lirikasida xalq maqollari. O‘zbek mumtoz adabiyoti.

Antologiya. T. O‘zME. 2016. 248-b.

Библиографические ссылки

Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi, 2008. – B. 216.

Sarimsaqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – T.: BOOKMANY PRINT, 2022. – B. 44

Meliev S. She’riy so‘z va estetik ta’sir // O‘zbek tili va adabiѐti. – T., 1982. - №2. – B. 27-28

Hakimov M.Navoiy lirikasida xalq maqollari. O‘zbek mumtoz adabiyoti. Antologiya. T. O‘zME. 2016. 248-b.