Авторы

  • Durdona Alijonova
    Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.120251

Ключевые слова:

tovush fe’llari semantik tasnif insonlarga xos tovush fe’llari: fiziologik psixik hamda nutqiy tovush fe’llari uslubiy xususiyatlar emotsional-ekspressivlik.

Аннотация

O‘zbek tilshunosligida tovush fe’llari semantik maydonida insonlarga xos tovush fe’llari mikromaydoni dastlabki o‘rinda turadi. Bunday birliklar o‘zining semantik qiymati hamda nutqda muntazam ishlatilishi bilan farqlanadi. Insonlarga xos tovush fe’llari nutqning ovoz tomonini, tovush talaffuzi tomonini ifodalaydigan fe’llardir. Aynan tovush chiqarish xususiyati tovush fe’llarining yetakchi elementi hisoblanadi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

33

INSONLARGA XOS TOVUSH FE’LLARINING SEMANTIK TASNIFI

Alijonova Durdona Farxodjon qizi

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15860354

Annotatsiya:

O‘zbek tilshunosligida tovush fe’llari semantik maydonida

insonlarga xos tovush fe’llari mikromaydoni dastlabki o‘rinda turadi. Bunday
birliklar o‘zining semantik qiymati hamda nutqda muntazam ishlatilishi bilan
farqlanadi. Insonlarga xos tovush fe’llari nutqning ovoz tomonini, tovush
talaffuzi tomonini ifodalaydigan fe’llardir. Aynan tovush chiqarish xususiyati
tovush fe’llarining yetakchi elementi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

tovush fe’llari, semantik tasnif, insonlarga xos tovush fe’llari:

fiziologik, psixik hamda nutqiy tovush fe’llari, uslubiy xususiyatlar, emotsional-
ekspressivlik.

Tovush fe’llari – jonli va jonsiz narsalarning mexanik tebranma harakati

natijasida: insonlarning gapirish, kuylash, qichqirish, yig‘lash jarayonida;
hayvonlarga hamda parrandalarga xos tovushlarni ifodalashda; shuningdek,
tabiat hodisalari natijasida vujudga keladigan har qanday quloq eshitadigan
ovozni bildiruvchi, “ovoz chiqarish” xususiyatiga ega fe’llardir.

Tovush fe’llari tovushning o‘zini emas, tovush chiqaruvchining faol

harakati hamda tovush hosil qilish qobiliyatini ham ifodalaydi. Shuning uchun
ham, ular harakat fe’llari, nutq va tafakkur fe’llaridan ajralib turadi

1

.

Tovush fe’llarida shakl va mazmun muvofiqligi mavjud: arrillamoq – ar-

ar tovush chiqarmoq: yig‘lash-baqirish holatini, ya’ni insonlarga xos,
shuningdek, hayvonlarga xos ovoz chiqarish jarayonini ham ifodalashi mumkin.

Tovush fe’llari o‘z semantikasida xilma-xildir. Jumladan, aksirmoq, aksa

urmoq, chuchkurmoq insonning dimog‘i qichishi sababli istalmagan tarzda
burun bo‘shlig‘idan havoning zarb bilan chiqarilish harakatidan vujudga keladi.
Odatda, og‘zaki nutqda chuchkurmoq leksemasi qo‘llaniladi

2

.

O‘zbek tilshunosligida dastlab I.Qo‘chqortoyev nutq fe’llari semantik

maydonini ishlab chiqdi. Hozirgi o‘zbek tilida nutq fe’llarining sakkizta semantik
guruhlarini ajratadi: demoq fe’li, gapiruv fe’llari, ifodalov fe’llari, talaffuz fe’llari,
subyektiv hukm fe’llari, nutqiy da’vat fe’llari, simmetrik nutq fe’llari, sukut
fe’llari

3

. Ushbu tadqiqotda talaffuz fe’llarining talqini tovush fe’llariga o‘xshash,

gapiruv fe’llari guruhi ichida ham ayrim tovush fe’llarei izohlangan. Tovush
fe’llari nutq fe’llari semantik maydonida o‘rganilgan.

1

Юлдашев А.А. Лексикографирование звукоподражательных и образных слов. – М.: Наука. 1972 стр. 163.

2

Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati 1-jild. – Toshkent. “G‘afur G‘ulom”, 2022.

3

Қўчқортоев И. Сўз маъноси ва унинг валентлиги. – Тошкент: Фан, 1977. Б. – 89.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

34

O‘zbek tilidagi tovush fe’llari umumturkiy til qatlamiga kiradi. Ular qadimgi

tabiiy va insonga xos tovushga taqlid so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘pincha
o‘zining morfologik tarkibi va semantik xususiyatlariga ko‘ra oraliq shaklli
so‘zlar qatoriga kiradi. Bu so‘zlarning tuzilishi turkiy tillardagi tovushdan
yasalgan so‘zlarning til imkoniyatlaridan dalolat beradi. Tovush fe’llarining
boshqa tillardan kirib kelishi kamdan kam holda uchraydi

4

, kabi fikrlar

X.Muhitdinovaning ishida bayon etilgan hamda tovush fe’llarini etimologik
jihatdan izohlangan bo‘lsa-da, bu tadqiqot ishi keying fe’l semantikasiga oid
ishlarda deyarli o‘z aksini topmagan. Darsliklarda tovush fe’llari fe’lning
semantik guruhlariga kiritilmagan. Semantik xususiyatiga binoan insonlarga xos
tovush fe’llarini bir necha guruhlarga ajratgan holda tahlil qilinadi:

1. Insonning fiziologik harakat-holatiga xos tabiiy tovush fe’llari.
2. Insonning psixik holatini ifodalovchi tovush fe’llari.
3. Nutqiy tovush fe’llari.

1. Insonning fiziologik harakat-holatiga xos tovush fe’llari – inson

fiziologiyasida, ya’ni organizmida ixtiyoriy bo‘lmagan tovush chiqarilishini
bildiradigan fe’llar. Aksirmoq, aksa urmoq, chuchkurmoq, chushkurmoq – nafas
yo‘llaridan chang yoki g‘uborni tozalash uchun kuchli havo chiqishi bilan
kechadigan fiziologik harakatni hamda ovozni ifodalaydi.

Inqillamoq kasallik va zaiflikdan qiynalib ovoz chiqarmoq. Toshpo‘latning

dadasi yotgan joyida inqillab belini changalladi (O‘.Hoshimov “Sirli yulduz” 189-
bet).

Ingramoq: Oyim do‘ppidagi suvdan ozgina ichib tag‘in ingradi. – Jon bolam,

yolg‘izim… (Ikki eshik orasi, 98-bet)

Hansiramoq yugurish, og‘ir yuk ko‘tarish, havo yetishmasligi, hayajonlanish,

kasallik natijasida tez-tez, og‘ir nafas olish hamda ovoz chiqarishni bildiradi;
halloslamoq, harsillamoq fe’llari bilan sinonimik qatorga ega.

Halloslamoq: Bir mahal Kimsan akam halloslab kelib qoldi. Xuddi shu payt

“Po-vago-nam” degan asabiy qichqiriq yangradi. (Ikki eshik orasi, 95-bet)

Harsillamoq: Toshpo‘lat hamon to‘xtamas, harsillab yugurib borar,

sirg‘anib- sirg‘anib ketardi (O‘.Hoshimov “Sirli yulduz” 205-bet).

Kekirmoq oshqozonda ortiqcha ovqat to‘lishi natijasida tasodifan

chiqariladigan qisqa, keskin tovush chiqarmoq. Yong‘oqning yana bitta fazilati
bor: qorinni to‘q tutadi. To‘rttasini yeb olsangiz, yarim kun kekirib yurasiz.
(Dunyoning ishlari, 21-bet)

4

Мухитдинова Х.С. Глаголы звучания в узбекском языке. Кандидат наук. Дисс. – Тошкент. 1979. – С. 40-41


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

35

Ping‘illamoq og‘riq natijasida chiqariladigan tovush jarayoni hisoblanib,

insonning nazal tizimi bilan bog‘liq. Nazal tovushlar: b, p, m kabilarning
talaffuzida o‘zgarish kuzatiladi, dimog‘da sekin-sekin ovoz chiqarib gapirmoq. U
dimog‘da gapirar edi. Uning ovozi ping‘illab eshitilgani uchun, Begimxon piqillab
kuldi (I.Rahim, Chin muhabbat).

Pishillamoq yengil va yuqori tonli tovush chiqarish jarayoni bo‘lib, og‘riq

yoki noqulaylikda vujudga keladi, burun orqali ovoz chiqarib nafas olmoq.
Hojimurod nihoyatda ochiqqan edi, hech qayoqqa qaramay, pishillab, lunjiga
ovqat tiqardi (S.Ahmad, Jimjitlik).

Pishnamoq aynan pishillamoq, so‘zlashuv nutqi hamda badiiy adabiyotda

qo‘llanadi. Shoto‘ra muallim pishnab, ko‘zlarini pirpiratar edi (Sh.Xolmirzayev,
Saylanma).

Puflamoq, pufpuflamoq ko‘pincha kuchli nafas olish yoki chiqarishda

amalga oshadigan fiziologik harakatni ifodalaydi: Anvar cho‘nqayib olgancha
bor kuchi bilan puflayverib tomoqlari achishib ketdi (O‘.Hoshimov “Bahor
qaytmaydi”).

Tuflamoq – organizmdan ortiqcha narsani chiqarib yuborish jarayonida

chiqadigan tovushni bildiradigan fiziologik jarayonni ifodalaydi. Ana endi, tuflab
tugadurgan pullar ham chiqdi…Otangga rahmat, dadasi ko‘rgan! (A.Qodiriy,
felyeton).

Xirillamoq tovush fe’li insonning nafas yo‘llaridagi o‘zgarishni ifodalaydi.

1. Faqat sal xirillagan tovush bilan aytilgan ashula ovozi kelib turardi. 2.–Suv –
dedi xirillab. 3. Bilagimdan tutib, xirillab kuldi (O‘. Hoshimov “Cho‘l havosi” 142-
159-betlar).

Chapillamoq, chapillatmoq insonlarning ovqat yeyish jarayonida tez nafas

olish va yeyishda vujudga keluvchi tovush fe’li. Qodir qalin lablarini chapillatib,
nonni uzoq chaynadi (E.Usmonov, Yolqin).

G‘ijillamoq: ammam yana jimib qoldi. Nafasining g‘ijillashi kuchayib ketdi. (

Ikki eshik orasi, 22-bet)

Shuningdek, insonlarning fiziologik holatiga xos tovush fe’llari mavjudki,

ularni ayni quloq bilan emas, maxsus apparatlarda yoki past ovozda eshitilib,
ifodalanishi mumkin: dukillamoq, gupillamoq – yurak urishini ifodalaydi. Uning
[Mirvalining] yuragi dukillab ura boshladi (S.Ahmad, Jimjitlik).

Gupillamoq tovush fe’li. [Otabekning] Haligi bosinqirashdan yuragi gupillab,

vujudini ter bosgan edi (A.Qodiriy, O‘tkan kunlar). Qirqkokil sochining yarmisi
yelkasidan oshibnyerga tegay-tegay deb turibdi. Yuzini aniq ko‘rmasam ham
yuragim gupillab ketdi. (Ikki eshik orasi, 239-bet)


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

36

Qurillamoq, qulduramoq – ichaklardagi harakat natijasida yuzaga keluvchi

tovushlarni ifodalovchi tovush fe’llaridir. Bashirjon qovun rastalari oralab ketar
ekan, yangi chiqqan bodringga ko‘zi tushib, qorni qulduradi. (N.Aminov,
Qahqaha).

Insonning psixik holatini bildiruvchi tovush fe’llari kulish hamda yig‘lash

holatini ifodalaydi. Insonlarning kulish holatini bildiruvchi tovush fe’llariga
hihilamoq, hiringlamoq, hingillamoq, hingirlamoq, qahqahlamoq, qiqirlamoq,
qixqixlamoq, xaxalamoq, xexelamoq, xixilamoq, sharaqlamoq (ko‘chma
ma’noda) kabilarni kiritish mumkin. Ammo ular qanday emotsional holatni
ifodalashiga ko‘ra farqlanadi. Bu tovush fe’llarining barida salbiy emtosionallik
ifodalanadi. Asosan, so‘zlashuv va badiiy uslubda qo‘llaniladi.

Hiringlamoq tovush fe’li: Mamat hiringlab kuladi (O‘.Hoshimov “Cho‘l

havosi” 189-bet).

Hingillamoq aynan hiringlamoq. Hingillab kulishar, kattalardek qo‘llarini

harakatga solib gaplashishar va yana kulib qo‘yishardi. (Mirmuhsin, Umid).

Qahqahlamoq qattiq kulmoq. Hamma qahqahlab kuldi (N.Safarov,

Saodatning qissasi).

Qah-qah urmoq, otmoq, solmoq.

Shunaqa qah-qah solib, beg‘ubor

kulishardiki, daraxtlarda tunagan qushlar cho‘chib qanot qoqadi. (Shuhrat,
Shinelli yillar).

Qixqixlamoq shu kabi tovush chiqarmoq. Jamolboy hammaga bir-bir qarab,

qixqixlab kulib qo‘ydi. (Oybek, Tanlangan asarlar).

Sharaqlamoq ko‘chma ma’noda qattiq kulmoq ma’nosini ifodalaydi. Shoir

bo‘lsa hamon sharaqlab kular, chiroyli ko‘zlari suzilib ketgan edi (O‘.Hoshimov,
Nur borki, soya bor).

Insonlarning yig‘lash holatini bildiruvchi tovush fe’llariga big‘illamoq,

bo‘zlamoq, ho‘ngillamoq, ho‘ngramoq, ho‘ngurak otmoq, ingalamoq, ingillamoq,
uvvos solmoq (tortmoq, ko‘tarmoq), piqillamoq, o‘kirmoq, o‘kramoq,
chinqiramoq kabilarni kiritdik. Ulardan quyidagilar: big‘illamoq, ingalamoq,
ingillamoq, chinqiramoq go‘dak yig‘isini ifodalovchi tovush fe’llari hisoblansa;
bo‘zlamoq, ho‘ngillamoq, ho‘ngramoq, ho‘ngurak otmoq, uvvos solmoq (tortmoq,
ko‘tarmoq), o‘kirmoq, o‘kramoq kabilar kattalarga xos yig‘lash jarayonini
bildiradi.

Big‘illamoq qattiq ovoz chiqarib yig‘lamoq; asosan, chaqaloq yig‘isini

ifodalashda qo‘llaniladi. Bola big‘illab yig‘lar, Munisa esa bunga e’tibor bermasdi.
(F.Musajonov, Himmat).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

37

Bo‘zlamoq o‘kirib, nolalar qilib, uvvos solib yig‘lamoq. Har vodiyni bir-bir

izladim, Yetim qo‘zi yanglig‘ bo‘zladim. (H.Olimjon)

Hiqillamoq hiq-hiq ovoz chiqarib yig‘lamoq. Nurxon hiqillab ko‘zlarini arta

boshladi. (O.Yoqubov, Larza).

Ho‘ngillamoq tovush fe’li. Chidolmadim sira yig‘lab yubordim, Maro

ho‘ngilladi. Bir azo turdi (U.Nosir).

Ho‘ngramoq shu kabi tovush chiqarib yig‘lamoq. Daraxtlar orqasidan

ho‘ngrab yig‘lagan tovush eshitildi. (Oybek, Tanlangan asarlar).

Ho‘ngurak otmoq yig‘lamoq. [Sultonxon] Umriniso bibining darchasidan

hatlar-hatlamas ho‘ngurak otib yig‘lab yuborgan edi. (Cho‘lpon, Kecha va
kunduz).

Piqillamoq tovush fe’li. Komila piqillab yig‘lagancha yugurib chiqib ketdi

(A.Muxtor, “Chinor”).

O‘kirmoq kuchli yig‘i ovozini chiqarmoq. Kutilmaganda Rixsi xolaning

ko‘ngli yumshadi-yu, o‘kirib yig‘lab yubordi. (P.Qodirov, Qora ko‘zlar).

O‘kramoq: O‘krab yig‘lab yubordim. – nega kutmas ekanman? Sizdan

boshqa kimim bor! (Ikki eshik orasi, 90-bet)

Nutqiy tovush fe’llari bugungi kungacha nutq fe’llari semantik maydoni

tarkibida tadqiq qilingan, lekin nutqiy jarayonda ovoz va uning xususiyatlari
ham namoyon bo‘ladi. Do‘rillamoq, guvranmoq, ming‘irlamoq, pichirlamoq,
po‘ng‘illamoq,

to‘ng‘illamoq,

visirlamoq,

g‘ovurlashmoq,

g‘udranmoq,

g‘udullamoq,

g‘udurlamoq,

g‘udunglamoq,

g‘o‘dranmoq,

g‘o‘ldiramoq,

shang‘illamoq, shang‘imoq, shivirlamoq tovush fe’llari nutqiy jarayondagi
emotsional-ekspressivlikni ham bildiradi, “ovoz chiqarish” semasi bilan birga
kishining nutq jarayoniga munosabati ham tushuniladi.

Do‘rillamoq yo‘g‘on, titroq, biroz bo‘g‘iq ovoz chiqarmoq, shu kabi ovoz

bilan gapirmoq ma’nolari mavjud. Qodirjonning ovozi do‘rillab qoldi.
(S.Zunnunova, Go‘dak hidi). Ushbu misoldan ayonki, do‘rillamoq tovush fe’li
balog‘atga yetgan o‘smirlarga (erkak jinsi) nisbatan qo‘llanadi, chunki bu davrda
ovoz tembri ham o‘zgaradi.

Guvranmoq noaniq, tushunib bo‘lmaydigan ovoz chiqarmoq, noaniq

gapirmoq. Javob eshitilmagach, chol o‘zicha guvranib ko‘chaga chiqdi.
(X.Sultonov, Onamning yurti). Uchi to‘ziq dumini tagiga yig‘ib olgach: “Ha,
jinqarchaxon, taxtga o‘tirgilari kepqoldimi?” – deb guvrandi. (A.Obidjon,
Kezorgan Boychechak).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

38

Pichirlamoq past ovozda gapirmoq, shivirlamoq. Abduvali o‘n so‘mlik, besh

so‘mlik, uch so‘mlik pullarni olib, pichirlab sanay boshladi (O‘.Hoshimov, Ikki
eshik orasi).

G‘udranmoq baland, shovqinli tarzda ovoz chiqarishni, tushunarsiz

ohangda gapirishni ifodalaydi. Vafo attor: “Betavfiq, imonsiz”, deya g‘udranib,
eski sholchasini ostiga to‘shab, oldiga klyonkani yozdi (N.Aminov, Qahqaha, 138-
bet).

Shang‘illamoq tovush fe’li: Talabalardan kimdir rubob chalib qo‘shiq aytar,

birov birov bilan shang‘illab gaplashar, xullas, hammayoq shodlikka to‘lgan edi
(O‘.Hoshimov “Shamol esaveradi”). Shang‘illamoq insonlarga xos tovush fe’li
baland ovozda gapirish semasi bilan salbiy emotsionallikni ifodalash uchun
badiiy matnda qo‘llanadi, lekin bu o‘rinda, ijobiy ma’noda qo‘llangan.

Qichqirmoq: “Kvazar!” dermish u qichqirib, “kvaza-a-r!” dermish yana

qichqirib (O‘.Hoshimov “Shamol esaveradi”). Bu kabi tovush fe’llari baland va
yo‘g‘on ovozda gapirish, xabarni yetkazishda qo‘llanadi. Qichqirmoq,
chinqirmoq, chiyillamoq, hayqirmoq kabi tovush fe’llari bolalar nutqida yoki
hayvonlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, masofaning
uzoqligi kabi ma’nolar ham mavjud.

Past ovozda gapiruv amalini bildiruvchi tovush fe’llariga umumiy sema

“past ovozda gapirmoq”dir. Shivirlamoq, pichirlamoq, shipshimoq tovush fe’llari.

Shivirlamoq tovush fe’li. Ko‘rpani ko‘tarib qaradi-yu, Muqaddamga o‘girilib,

shivirladi. – Uxlab qolibdi-ku… – Mayli, – dedi pichirlab (O‘.Hoshimov).
Shivirlamoq, pichirlamoq tovush fe’llarining nutqdagi, suhbat jarayonidagi
sirlilik, g‘iybat, chaqimlik kabi semalari bilan birga suhbatdoshlarning ham
o‘zaro sirdosh ekanligini ham bilishimiz mumkin.

Shuningdek,

insonlarga xos shunday tovush fe’llari borki, ularda ovozning baland yoki past
darajada ekanligi muhim emas, balki talaffuz holati muhim hisoblanadi. Shu
xususiyatga ko‘ra noaniq tovushda gapirishni ifodalaydigan insonlarga xos
tovush fe’llarini: do‘ng‘illamoq, guvranmoq, po‘ng‘illamoq, to‘ng‘illamoq,
g‘o‘ng‘illamoq, g‘o‘ldiramoq, g‘udranmoq, ming‘illamoq, ming‘irlamoq,
ping‘illamoq, ping‘irlamoq, g‘iringlamoq kabilarni kiritildi. Fonetik variantlar:
do‘ng‘illamoq, to‘ng‘illamoq, po‘ng‘illamoq, g‘o‘ng‘illamoq; ming‘illamoq,
ming‘irlamoq; ping‘illamoq, ping‘irlamoq kabilar. Do‘ng‘illamoq, to‘ng‘illamoq,
po‘ng‘illamoq, g‘o‘ng‘illamoq fe’llarida qo‘pollik va dag‘allik ma’nolari mavjud:

G‘o‘ldiramoq, g‘udranmoq fe’llarida esa hayajonlanish, qo‘rquv holatlari

bilan birga nutqning tugal emasligini ham, kishilardagi psixologik-patalogik
holatlarni ham ifodalaydi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

39

Ming‘irlamoq yoki ming‘illamoq tovush fe’llarining salbiy ma’no ottenkasi

mavjud:– Domla bormilar? – dedi ming‘illab. (O‘.Hoshimov “Nur borki soya
bor”). Misoldagi fe’lda nutqning noaniqligi, ovozning past va tushunarsizligi kabi
ottenkalari ham borligini ko‘rish mumkin.

Demak,

fe’l

semantikasida

tovush fe’llarining ham maydoni mavjud. Tovush fe’llari semantik maydonining
markazida insonga xos tovush fe’llari turadi. Ushbu guruh uchta leksik-semantik
mikromaydonlarga ajratilib, tahlil qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Қўчқортоев И. Сўз маьноси ва унинг валентлиги. – Тошкент: Фан.

1977. – 152 b.
2.

Мухитдинова Х.С. Глаголы звучания в узбекском языке. Кандидат

наук. Дисс. – Тошкент. 1979. – С. 40-41
3.

Hoshimov O‘. Bahor qaytmaydi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 280.

4.

Hoshimov O‘. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Meriyus, 2017. – 543 b.

5.

Hoshimov O‘. Sirli yulduz. – Toshkent: Nurli dunyo, 2022. – 160 b.

6.

Hoshimov O‘. Cho‘l havosi. – Toshkent: Nurli dunyo, 2022. –128 b.

Библиографические ссылки

Қўчқортоев И. Сўз маьноси ва унинг валентлиги. – Тошкент: Фан. 1977. – 152 b.

Мухитдинова Х.С. Глаголы звучания в узбекском языке. Кандидат наук. Дисс. – Тошкент. 1979. – С. 40-41

Hoshimov O‘. Bahor qaytmaydi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 280.

Hoshimov O‘. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Meriyus, 2017. – 543 b.

Hoshimov O‘. Sirli yulduz. – Toshkent: Nurli dunyo, 2022. – 160 b.

Hoshimov O‘. Cho‘l havosi. – Toshkent: Nurli dunyo, 2022. –128 b.