DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
47
EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMi
S.R.Ahmadqulov
Guliston davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar” fakulteti o‘qituvchisi.
Abdujalilova.N.A.
G‘aniyeva.O.S.
1-bosqich talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15877200
Annotatsiya:
Ushbu maqolada global ekologik muammolar keltirib o‘tilgan.
Ushbu muammolarni yechish bo‘yicha maslahatlar berilgan.Mavjud ekologik
muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni yechish usullari jadval asosida
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ozon tuynugi, issiqxona
samarasi,
cho‘llanish, Xelsinki
deklaratsiyasi,
ftor,
ultrabinafsha nurlari, texnalogik yangilanish, strategik
yechim, qattiq qonun, qo‘riqlash dasturlari, ekologik ta’lim.
Insonning mehnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar
chiqariladi. Chiqindilar ( qattiq, gazsimon va suyuq ) ning bir qismi atmosferaga,
boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt
mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib
borishi turli muammolarni ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni
keltirib chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda.
Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar
kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”,
cho’llanish.
“Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50- yillaridan boshlab,
energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta
miqdorda chiqindilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan
chiqindilar miqdori yiliga 5 milliard tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin
orta boshladi. Bu esa Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 C dan 1980-
yilda 15,2 C ga, ya’ni 0,7 daraja-ga oshishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatgich yil
sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa “issiqxona samarasi” ning yuzaga
kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlarning fikricha, “issiqxona samarasi” ni vujudga
kelkeltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda
harorat 0,2-0,5 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon-
tundra, tayga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat
zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada
daryolarning suv oqimi ortadi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
48
Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean
suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX asr davomida
olimlarning hisobi bo’yicha okean sathi 17,5 santimetrga ko’tarilgan. Amerika
olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4-2,2
metrga ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik
davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi.
Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillaridan boshlab, havoda freon gazlarining
( xlor, ftor, uglerod ) miqdori ko’payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 25
kilometr balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki, ozon
qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon
qatlamining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynukdan
Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin
kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab
bo’lishi aniqlangan.
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutahassislari hamda davlat arboblari
qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-
yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kamaytirib
boorish tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning
maydoni qisqarib bormoqda.
Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning,
yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda.
Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi
Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li
maydonining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik
yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100-
150 kilometrga savannaga bostirib kirdi.
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda
hosildor yerlar cho’lga aylanmoqda.
Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr
maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq
buzilib cho’lga aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar
maydoni cho’lga aylanadi.
Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va
amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida
cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib
turibdi.
Ekologik Muammolar va Chora-Tadbirlar Jadvali
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
49
Quyidagi jadvalda ekologik muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha
asosiy choralar keltirilgan:
Ekologik
Muammo
Asosiy Sabablari
Strategik Yechimlar
Iqlim o'zgarishi
Issiqxona
gazlarining
ko'pligi,
sanoat
va
transport chiqindilari
Energiya
samaradorligi,
qayta tiklanadigan energiya
manbalari,
xalqaro
kelishuvlar
Ozon
qatlamining
yemirilishi
Freon
va
ozonni
buzuvchi
kimyoviy
moddalar
Montreal protokoli, zararli
moddalardan voz kechish
Havo ifloslanishi
Sanoat
chiqindilari,
transportning
ifloslantiruvchi gazlari
Texnologik
yangilanish,
chiqindilarni
tozalash
tizimlari
Suv ifloslanishi
Sanoat
va
qishloq
xo'jaligi
chiqindilari,
maishiy chiqindilar
Suv
tozalash
texnologiyalari,
qattiq
qonunlar va nazorat
O'rmonlarning
yo'qolishi
Qishloq
xo'jaligi
kengayishi, sanoat rivoji
O'rmonlarni qayta tiklash,
qo'riqlash dasturlari
Cho'llanish
Tuproq
eroziyasi,
noto'g'ri qishloq xo'jaligi
amaliyotlari
Tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish,
tuproqni
saqlash
Biologik xilma-
xillik
Yovvoyi hududlarning
kamayishi,
tabiat
resurslarining
isrof
qilinishi
Ekologik
ta'lim
va
qo'riqxona tizimlari, milliy
bog'lar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://ithy.com/article/environmental-challenges-overview-62pxkvmm
2.
ekologik muammolar va ularning yechimi — Яндекс: нашлось 6 тыс.
результатов
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
50
3.
https://www.savol-javob.com/ekologik-muammolar-va-ularning-
yechimi-referat/?ysclid=mb6nel3vio280410235