Авторы

  • Laziza Toshpo‘latova
    Samarqand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.127580

Ключевые слова:

baxt konsepti lisoniy vositalar semantik tahlil ekspressiv leksika metafora O‘tkir Hoshimov

Аннотация

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarida “baxt” konsepti qanday lisoniy va semantik vositalar orqali ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Tahlil davomida “baxt” tushunchasi muallif tilida quvonch, mehr, muhabbat, iliqlik va ruhiy yuksalish kabi holatlar bilan bog‘liq holda metafora, epitet, ekspressiv leksik birliklar orqali berilgani aniqlanadi. Leksik-semantik tahlil shuni ko‘rsatadiki, baxt romanda doimiy holat emas, balki lahzaviy tuyg‘ular, shaxsiy kechinmalar va ijtimoiy munosabatlar fonida shakllanadigan hissiy konsept sifatida talqin etiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

85

O‘. HOSHIMOV ASARLARIDA “BAXT” KONSEPTINING LISONIY

IFODASI (NUR BORKI, SOYA BOR ASARI MATERIALIDA)

Toshpo‘latova Laziza Jahon qizi

Samarqand davlat universiteti

O‘zbek filologiyasi fakulteti

1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16253375

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor”

asarida “baxt” konsepti qanday lisoniy va semantik vositalar orqali
ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Tahlil davomida “baxt” tushunchasi muallif
tilida quvonch, mehr, muhabbat, iliqlik va ruhiy yuksalish kabi holatlar bilan
bog‘liq holda metafora, epitet, ekspressiv leksik birliklar orqali berilgani
aniqlanadi. Leksik-semantik tahlil shuni ko‘rsatadiki, baxt romanda doimiy holat
emas, balki lahzaviy tuyg‘ular, shaxsiy kechinmalar va ijtimoiy munosabatlar
fonida shakllanadigan hissiy konsept sifatida talqin etiladi.

Kalit so‘zlar

: baxt konsepti, lisoniy vositalar, semantik tahlil, ekspressiv

leksika, metafora, O‘tkir Hoshimov

Annotation. This article focuses on the linguistic and semantic features of

how the concept of “happiness” is expressed in O‘tkir Hoshimov’s novel “Where
There Is Light, There Is Shadow”. The analysis highlights how happiness is
conveyed through metaphors, epithets, expressive lexical units, and emotionally
charged language. The lexical-semantic interpretation reveals that happiness in
the novel is not portrayed as a permanent state, but rather as a fleeting
emotional experience that emerges in the context of personal feelings,
relationships, and intimate moments of joy and connection.

Keywords

: concept of happiness, linguistic devices, semantic analysis,

expressive vocabulary, metaphor, Utkir Khoshimov

O‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri O‘tkir Hoshimov ijodi o‘zining

hayotiylik, badiiylik va emotsional kuchi bilan ajralib turadi. Adibning “Nur
borki, soya bor” romani inson ruhiyatining murakkab kechinmalarini yuksak
badiiy ifoda orqali tasvirlaydi. Asarda jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar fonida
insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, mehr, quvonch, yo‘qotish va eng muhimi, baxt
kabi insoniy tushunchalar tasviriy va falsafiy yondashuvda yoritiladi.

Ushbu maqolada romandagi “baxt” konsepti lisoniy, semantik va pragmatik

jihatdan tahlil qilinadi. Baxt tushunchasi bu asarda odatiy “xursandchilik” yoki
“farovonlik” ma’nosida emas, balki inson qalbidagi mayin tuyg‘ular, lahzaviy
quvonch, ona mehri, do‘stlik, muhabbat, ilhom kabi ichki hissiyotlar orqali
ifodalangan. Ushbu kichik tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘tkir Hoshimovning


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

86

badiiy tilida baxt konseptining lisoniy ifodasini tahlil qilish hamda ushbu
vositalarning semantik-pragmatik yukini ochib berishdir.

“Konsept” atamasi kognitiv tilshunoslikda inson tafakkurida shakllangan,

madaniy va shaxsiy tajriba orqali boyigan mantiqiy-emotsional birlik sifatida
qaraladi [Karasik 2002; Kubryakova 2004]. U faqat so‘z emas, balki inson
ongidagi tushunchaning ko‘p qirrali semantik modelidir. “Baxt” esa insoniyat
tarixida doimo markaziy axloqiy va emotsional kategoriya bo‘lib kelgan. Har bir
madaniyatda baxtga bo‘lgan qarash, uni anglash va ifodalash uslublari
farqlanadi.

Lisoniy nuqtai nazardan, baxt – bu subyektiv holat bo‘lib, u turli lisoniy

vositalar orqali ifodalanadi: quvonch bildiruvchi so‘zlar (xursand, yayradi,
yuragi urdi), metaforik ifodalar (yorug‘lik, osmonda uchish), hissiy dialoglar va
obrazlar orqali. Kognitiv yondashuvda esa “baxt” konsepti tajriba asosida
shakllangan ramziy tuzilma sifatida o‘rganiladi [Lakoff, Johnson 1980].

Pragmatik nuqtai nazardan, baxt tushunchasi shaxslararo muloqotda

qanday til vositalari yordamida anglashiladi, qanday kontekstda qanday ma’no
kasb etadi – bu muhim jihat sanaladi. Adabiy matnda esa bunday tushunchalar
obrazlar, detallar, ruhiy tafakkur va his-tuyg‘ular orqali badiiy ifodalanadi.
Ayniqsa, O‘tkir Hoshimov ijodida bu kabi murakkab tushunchalar hayotiylik va
emotsional chuqurlik bilan beriladi.

Asardan tahlilga tortilgan misollarga asoslanib aytish mumkinki, muallif

“baxt” konseptini odatiy tarzda emas, balki inson ruhiyatining muayyan
qatlamlarida aks ettiradi. “Baxt” – bu qahramonlar hayotida to‘satdan keladigan
quvonch, qalbdagi iliqlik, o‘zaro mehr, samimiy hazil yoki unutilgan eshikdan
kirayotgan guldasta hididek sezilarli bo‘lgan holatlardir. Har bir misolda bosh
qahramon Sherzod va boshqa obrazlar tomonidan his etilgan quvonch, ilhom,
mehr va muhabbat aslida baxtning badiiy-lisoniy ifodalanishidir. Demak, “baxt”
bu yerda faqat ma’rifiy-falsafiy kategoriya emas, balki muallif tilida
estetiklashtirilgan emotsional-konnotativ tajriba sifatida ifoda topadi. Misollar
tahlili davomida “baxt” konsepti ifodalangan semantik qatlamlar quyidagicha
guruhlandi:

Quvonch va xursandchilik mazmuni

: Asarda quvonch hissi turli holatlarda

gavdalanadi. Sherzod obraziga doir ko‘plab parchalar uning qalbidagi
xursandlikni mayda tafsilotlargacha yetkazadi. Masalan, “

qalbida quvonch

aralash g‘ururga o‘xshash iliq, osuda bir tuyg‘u uyg‘ondi

” (173 b.) jumlasida

Sherzod o‘z yutug‘i yoki ko‘rgan manzarasidan faxrlanib quvonganini sezamiz.
Bu iborada “iliq, osuda tuyg‘u” – ko‘ngil xotirjamligi va mamnunlik holati,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

87

“g‘ururga o‘xshash” deyilishi esa bu quvonchning biroz faxr tuyg‘usi bilan
qorishganini anglatadi. Demak, oddiy “xursand bo‘ldi” deyish o‘rniga, muallif
birikma orqali murakkab hissiy holatni semantik jihatdan aniq ifodalagan.
Shunga o‘xshash, “

Sherzodning yuragi quvonchdan gursillab urib ketdi

” (81 b.)

jumlasida quvonch shunchaki ichki hissiyot emas, balki jismoniy sezgi darajasiga
– yurak urishiga – chiqqanini bilamiz. Bu semantik obraz quvonchning
kuchliligini ko‘rsatadi. Yoki “

chehrasida allanechuk quvonch porlar

” (68 b.) degan

tasvirda quvonch his-tuyg‘usi inson chehrasida yorug‘lik kabi aks etishi –
semantik metafora sifatida xizmat qiladi. “Porlash” so‘zining tanlanishi
quvonchni yorug‘likka qiyoslab, uni yanada ravshan his etishga yordam beradi.

Hayrat va ilhom mazmuni

: Sherzodning tong manzarasini kuzatib ilhom

olishi bilan bog‘liq parchada bir qancha chuqur ma’no mavjud. Quyoshning
ko‘tarilganini tasvirlash bilan birga “

Sherzod ... qalbida yana o‘sha qadrdon bir

tuyg‘uni – vujudini larzaga solgan yozish tuyg‘usini his etdi

” jumlasida “yozish

tuyg‘usi” deb atalgan narsa oddiy ma’noda “ilhom”ni anglatadi – ya’ni ijodiy
ehtiyoj, yozgisi kelish hissi. “

Vujudini larzaga solgan

” iborasi esa bu ilhomning

qanchalik kuchli, butun vujudini titratib yuborgudek hayajonli ekanini
ko‘rsatadi. Tong manzarasidagi yorug‘lik va iliqlik Sherzod kayfiyatini ko‘tarib,
uning ruhiyatidagi og‘ir “soyalar”ni quvib yuborganini semantik jihatdan
anglaymiz. Bu misolda tabiat tasviri va qahramon tuyg‘usi o‘rtasida parallel
ma’no bor: quyosh chiqib, atrof yorishganidek, Sherzodning diliga umid nuri
kiradi.

Mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlik mazmuni

: Parchalarda insonlararo

munosabatlarning samimiyati ham so‘z va iboralar orqasida yashiringan
ma’noda berilgan. Masalan, Doktor opa (Shoira) har kuni bemor Sherzodni
holidan xabar olib turadi: “

har kuni Sherzoddan qandoq ovqatlangani, qandoq

uxlaganiyu hatto nima tush ko‘rganigacha so‘raydi

” (239 b.) Bu jumlada yuzaki

qaralganda oddiy savollar qatori ko‘rinadi, lekin semantik tahlilda bu so‘rashlar
ortida chuqur mehr va g‘amxo‘rlik yotibdi. Sherzodning “ko‘nglida
minnatdorchilik tuyg‘usi aralash allanechuk bir iymanish hissi uyg‘onadi” – ya’ni
u Doktor opaning mehribonligidan minnatdor bo‘lib, bir oz xijolat (iymanish)
ham bo‘ladi. “Iymanish hissi” bu yerda uyalishdan ko‘ra ko‘proq hayo va tabiiy
tortinish ma’nosini beradi, ya’ni Sherzod yotgan joyida onadek parvarish
qilayotgan bu ayol oldida o‘zini qarzdor, ehtiromli his qilmoqda. Demak, til
yuzasidan aytilmagan bo‘lsa-da, kontekst semantikasi Doktor opa va Sherzod
o‘rtasida ona-bola kabi iliq munosabat shakllanganini ko‘rsatadi. Semantik
nuqtai nazardan, bu holatda “baxt” tushunchasi moddiy farovonlik emas, balki


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

88

insoniy mehr, samimiy muloqot, beg‘araz g‘amxo‘rlik orqali vujudga keladigan
ruhiy yengillik va ichki osoyishtalik holati sifatida namoyon bo‘ladi

Samimiy hazil mazmuni

: Sherzod va do‘sti Abduvohid o‘rtasidagi

muloqotlardan semantik jihatdan do‘stlikning samimiy ko‘rinishlarini ilg‘ash
mumkin. Ular uchrashganda Sherzod quvonib ketib do‘stini quchoqlaydi, “

terlab

ketgan yuzidan o‘pib oladi

”. Bu harakatiy semantika – o‘pib qo‘yish, quchoqlash –

ularning qanchalik yaqin do‘st ekanini so‘zsiz anglatadi. So‘zlarda esa bir-birini
hazilomuz atash orqali mehr ifodalanadi:

“– Ovsar!... – O‘zing ovsar! – ... –

Eshitdingmi, o‘zing darvishsan!

” (283 b). Bu dialogda “ovsar” (ya’ni “tentak,

sodda”) va “darvish” so‘zlari haqorat ma’nosini anglatsa-da, kontekstda ular
o‘zaro hazil sifatida, mehr bilan qo‘llanadi. Semantik nuqtai nazardan, bunday
so‘zlashuv do‘stlarning o‘zaro ishonchi va yaqinligini anglatadi – ya’ni yashirin
ma’no jihatdan bu haqorat emas, balki hazil, samimiyat ifodasi. Shuningdek,
Abduvohidning “piyozdog‘ hidi” kelayotgani tasviri ham do‘stning qo‘pollik yoki
badbo‘yligini emas, balki uning Sherzodga mehrini.

Muhabbat va sog‘inch mazmuni

: Zuhra obraziga doir parchada Sherzodning

hissiyoti nafis semantika bilan berilgan. U mototsiklda Zuhrani olib kelib,
qizning qirda yayrab gul terishini kuzatadi: “...

guldan gulga yengilgina parvoz

qilayotgan chiroyli kapalakka o‘xshab ketgan edi

” (199 b.). Bu tashbeh Zuhrani

kapalakka qiyoslab, uning yengil, erkin va go‘zal qiyofasini tasvirlaydi. Sherzod
ko‘nglida tug‘ilayotgan muhabbat hissi ham shu manzara orqali berilgan: “

Zuhra

... juda tanish, juda yaqin bir qiyofaga kirib qoldi-yu, Sherzodning yuragi tag‘in
hayajon bilan qattiq-qattiq ura boshladi

” (88 b.) deb tasvirlanadi. “Yuragi qattiq

ura boshladi” – bu aniq muhabbat hayajonining belgisi. “Tanish va yaqin qiyofa”
esa Sherzod Zuhrada o‘zining sevgan insoni siymosini ko‘rgandek bo‘lganini
bildiradi. Bu o‘rinda muallif xuddi Farida va Zuhra timsollarini qiyoslab, Sherzod
uchun qadrli obraz yaratilganini nozik ma’no bilan ifodalaydi.

Xulosa qilib aytganda, “Nur borki, soya bor” asarida “baxt” konsepti muallif

tilining lisoniy va semantik imkoniyatlari orqali nozik va ko‘p qirrali tarzda
yoritilgan. Tahlil qilingan misollarda baxt tushunchasi quvonch, samimiy
do‘stlik, mehr-muhabbat, ilhom, ruhiy osoyishtalik kabi emotsional holatlar
orqali ifodalanadi. Bu holatlar esa lisoniy jihatdan metaforalar, epitetlar,
ekspressiv iboralar, emotsional ohangli so‘zlar yordamida boyitilgan.

Semantik tahlil shuni ko‘rsatadiki, muallif uchun baxt bu – barqaror

farovonlik emas, balki lahzaviy ichki yuksalish, insoniy yaqinlik, oddiy ammo
samimiy so‘zlar ortidagi mehrdir. Har bir obrazning ichki kechinmalari orqali
baxtga oid semantik qatlamlar ochiladi: Sherzodning minnatdorlik va iymanish


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

89

hissi, Abduvohid bilan do‘stona hazil, Doktor opaning mehrli e’tibori, Zuhra
obrazida jonlangan muhabbat xotiralari – bularning barchasi baxt konseptining
badiiy ifodalaridir.

Demak, asarda “baxt” tushunchasi nafaqat semantik, balki madaniy va

estetik jihatdan ham yuksak darajada talqin etilib, o‘quvchi qalbida hayot, tuyg‘u
va qadriyatlar haqida mushohada uyg‘otadi. Ushbu lisoniy-semantik yondashuv
orqali O‘tkir Hoshimov hayotiylik va badiiylikni uyg‘unlashtirgan holda baxtning
insoniy mohiyatini ochib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. – М.:

Гнозис, 2002. – 390 с.
2.

Кубрякова Е.С. Язык и знание: На пути получения знаний о языке:

Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. – М.:
Языки славянской культуры, 2004. – 560 с.
3.

Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of

Chicago Press, 1980. – 242 p.
4.

O‘tkir Hoshimov. Nur borki, soya bor. – Toshkent: Sharq, 2000. – 304 b.

5.

Muhamedova S., Saparniyazova M. Matn lingvistikasi. – Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2021. – 256 b.
6.

Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi.-Toshkent: Fan, 2008.- 160 b.

Библиографические ссылки

Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. – М.: Гнозис, 2002. – 390 с.

Кубрякова Е.С. Язык и знание: На пути получения знаний о языке: Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. – М.: Языки славянской культуры, 2004. – 560 с.

Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980. – 242 p.

O‘tkir Hoshimov. Nur borki, soya bor. – Toshkent: Sharq, 2000. – 304 b.

Muhamedova S., Saparniyazova M. Matn lingvistikasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2021. – 256 b.

Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi.-Toshkent: Fan, 2008.- 160 b.