DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
77
MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA INFLATSIYANING TA’SIRI
D.Jabborov
Jizzax politexnika instituti
Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi
J.Xoliqov
Kibersport fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16081754
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati, asosiy
sabablari va turlari tahlil qilingan. Maqolada talab va taklif inflyatsiyasi,
inflatsiyaning sur’ati, ko‘rinishlari hamda ularning iqtisodiyotga ta’siri
yoritilgan. Shuningdek, inflatsiyaga qarshi kurashish choralariga alohida e’tibor
qaratilgan. Inflatsiya — iqtisodiy siyosatning muhim obyekti sifatida ko‘rib
chiqiladi va uning salbiy oqibatlarini kamaytirish usullari tavsiflanadi.
Kalit so‘zlar:
Inflatsiya, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi,
giperinflyatsiya, pul-kredit siyosati, narxlar darajasi, iqtisodiy siyosat, byudjet
taqchilligi.
Annotation.
This article analyzes the economic essence, main causes, and
types of inflation. It discusses demand-pull and cost-push inflation, the pace and
forms of inflation, and their impact on the economy. Special attention is given to
anti-inflationary measures. Inflation is examined as a key object of economic
policy, with an emphasis on methods to mitigate its negative effects.
Key words:
Inflation, demand-pull inflation, cost-push inflation,
hyperinflation, monetary policy, price level, economic policy, budget deficit.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarning barqarorligi, aholining sotib olish
qobiliyati va ishlab chiqarish jarayonining izchilligi iqtisodiy siyosatning eng
muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonlarga eng katta ta’sir
ko‘rsatuvchi omillardan biri bu —
inflatsiya
dir. Inflatsiya — bu mamlakat
iqtisodiyotidagi umumiy narxlar darajasining doimiy o‘sishidir. U iqtisodiy
o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aholining real daromadlarini pasaytirishi va
ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirishi mumkin.
Inflatsiya — bu muomaladagi pul massasi bilan tovarlar va xizmatlar hajmi
o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida narxlar umumiy darajasining ko‘tarilishi. U
iqtisodiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. Inflatsiyaning past darajasi
iqtisodiy o‘sishga yordam berishi mumkin, ammo uning yuqori yoki nazoratsiz
shakli salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Inflatsiyaning asosiy sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Pul massasining haddan tashqari ko‘payishi;
Ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
78
Narxlar bozorida monopolistik holat;
Davlat byudjeti taqchilligi va uni qoplash uchun pul bosib chiqarish.
Inflatsiyani turli mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin:
A) Kelib chiqish sabablari bo‘yicha:
1.
Talab inflatsiyasi (Demand-pull inflation):
Bu holat bozor
talabining taklifdan ortib ketishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, aholining
daromadlari oshsa-yu, ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishsiz qolsa, talab inflatsiyasi
yuzaga keladi.
2.
Taklif inflatsiyasi (Cost-push inflation):
Ishlab chiqarish
xarajatlarining, xususan xomashyo va ishchi kuchi narxining oshishi narxlar
ko‘tarilishiga olib keladi. Bu turdagi inflatsiyada ishlab chiqaruvchilar narxlarni
majburan oshirishadi.
B) Sur’atiga qarab:
1.
Mo‘tadil inflatsiya (Creeping inflation):
Narxlar yiliga 10% gacha
o‘sadi. Bu turdagi inflatsiya nazorat ostida bo‘ladi va iqtisodiyotga jiddiy zarar
yetkazmaydi.
2.
Tez inflatsiya (Galloping inflation):
Narxlar yiliga 10–100%
oralig‘ida o‘sadi. Bu holat aholining real daromadiga salbiy ta’sir qiladi.
3.
Giperinflatsiya (Hyperinflation):
Narxlar oylik asosda 50% dan
ko‘proq o‘sadi. Pul qadrsizlanib, iqtisodiy tartibsizliklar vujudga keladi.
C) Oqibatlariga qarab:
1.
Ochiq inflatsiya:
Narxlar oshishi ochiq bozor sharoitida sodir
bo‘ladi. Davlat narxlarni nazorat qilmaydi.
2.
Yashirin inflatsiya:
Davlat narxlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatgan
bo‘lsa-da, mahsulotlar sifati pasayadi, defitsit paydo bo‘ladi.
D) Boshqa shakllari:
1.
Import qilingan inflatsiya:
Tashqi bozorlarda narxlar o‘sib
ketganida, bu ichki narxlarning ham oshishiga sabab bo‘ladi.
2.
Pul inflatsiyasi:
Pul massasining haddan tashqari ko‘payishi sababli
yuzaga keladi.
Inflatsiya har doim ham salbiy holat emas. Ma’lum darajadagi inflatsiya
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi mumkin. Biroq inflatsiyaning yuqori darajasi
quyidagi oqibatlarga olib keladi:
Aholi real daromadlarining pasayishi;
Moliyaviy tizimga ishonchning yo‘qolishi;
Valyuta kursining beqarorlashuvi;
Sarmoyalar oqimi kamayishi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
79
Inflatsiyaga qarshi kurash usullari
Inflatsiyani jilovlash uchun quyidagi iqtisodiy choralar qo‘llaniladi:
Pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish (markaziy bank foiz stavkalarini
oshiradi);
Byudjet taqchilligini kamaytirish;
Bozor raqobatini kuchaytirish;
Import siyosatini liberallashtirish;
Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish.
Inflatsiya — bu zamonaviy iqtisodiy tizimlarning ajralmas qismi bo‘lib, u
turli shakllarda va darajalarda namoyon bo‘ladi. Inflatsiyaning mohiyatini,
sabablari va shakllarini chuqur o‘rganish — iqtisodiy barqarorlikka erishish
yo‘lida muhim qadamdir. Inflatsiyaga qarshi kurashda samarali monetar va
fiskal siyosat muhim rol o‘ynaydi. Aynan shunday yondashuvlar orqali o‘z
iqtisodiy muvozanatini saqlab qolishi va aholining farovonligini ta’minlashi
mumkin.davlat o‘z iqtisodiy muvozanatini saqlab qolishi va aholining
farovonligini ta’minlashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy materiallari –
www.cbu.uz
2.
Barro, R. J. Makroiqtisodiyot. – T.: “Fan va texnologiya”, 2022.
3.
Krugman, P., Wells, R. Makroiqtisodiyot asoslari. – Moskva: 2020.
4.
G‘ofurov U.T., Narzullayev T. Makroiqtisodiyot nazariyasi. – T.: Iqtisodiyot,
2021.
5.
Statistika agentligi va Jahon banki hisobotlari.