Авторы

  • Hayotxon Yoqubova
    Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.129427

Ключевые слова:

fidoyilik ijtimoiy psixologiya xorijiy tadqiqotlar prososial xatti-harakat empatiya fidoyilik motivlari shaxslararo munosabatlar ijtimoiy ong madaniyatlararo psixologiya g‘amxo‘rlik normativ xulq evolyutsion psixologiya ijtimoiy ta’sir fidoyilik va shaxsiy manfaatlar psixologik empatiya simpatik reaktsiya ijtimoiy javobgarlik hissi individualizm va kollektivizm xulq-atvor modellar ijtimoiy-emosional rivojlanish fidoyilikning psixologik modeli.

Аннотация

yoshlarda fidoyilik tushunchasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, ularning mazmun-mohiyatini ochib berish, shuningdek, fidoyilikni shakllantirishga xizmat qiluvchi psixologik omillarni empirik jihatdan asoslash va ularni rivojlantirishga qaratilgan psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

103

XORIJ PSIXOLOGIK TADQIQOTLARIDA FIDOIYLIK

TUSHUNCHASINIТП IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

O’RGANILISHI

Yoqubova Hayotxon Abduqahhor qizi

Andijon davlat universiteti

Umumiy psixologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16519351

Annotatsiya:

yoshlarda fidoyilik tushunchasining ijtimoiy-psixologik

xususiyatlari shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, ularning mazmun-
mohiyatini ochib berish, shuningdek, fidoyilikni shakllantirishga xizmat qiluvchi
psixologik omillarni empirik jihatdan asoslash va ularni rivojlantirishga
qaratilgan psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so’zlar:

fidoyilik, ijtimoiy psixologiya, xorijiy tadqiqotlar, prososial

xatti-harakat, empatiya, fidoyilik motivlari, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy
ong, madaniyatlararo psixologiya, g‘amxo‘rlik, normativ xulq, evolyutsion
psixologiya, ijtimoiy ta’sir, fidoyilik va shaxsiy manfaatlar, psixologik empatiya,
simpatik reaktsiya, ijtimoiy javobgarlik hissi, individualizm va kollektivizm,
xulq-atvor modellar, ijtimoiy-emosional rivojlanish, fidoyilikning psixologik
modeli.

Аннотация:

Цель исследования – выявить факторы, влияющие на

формирование социально-психологических особенностей концепции
самоотверженности у молодёжи, раскрыть их содержание и сущность, а
также

эмпирически

обосновать

психологические

факторы,

способствующие формированию самоотверженности, и разработать
психологические рекомендации, направленные на их развитие.

Ключевые слова:

альтруизм, социальная психология, зарубежные

исследования, просоциальное поведение, эмпатия, мотивы альтруизма,
межличностные отношения, общественное сознание, кросс-культурная
психология, забота, нормативное поведение, эволюционная психология,
социальное влияние, альтруизм и эгоизм, психологическая эмпатия,
сочувственная

реакция,

чувство

социальной

ответственности,

индивидуализм и коллективизм, поведенческие модели, социально-
эмоциональное развитие, психологическая модель альтруизма.

Annotation:

the aim of the study is to identify the factors influencing the

formation of the socio-psychological features of the concept of selflessness in
young people, to reveal their content and essence, as well as to empirically
substantiate the psychological factors that serve to form selflessness and to
develop psychological recommendations aimed at their development.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

104

Keywords:

altruism, social psychology, foreign studies, prosocial behavior,

empathy, motives for altruism, interpersonal relationships, social consciousness,
cross-cultural psychology, caring, normative behavior, evolutionary psychology,
social influence, altruism and self-interest, psychological empathy, sympathetic
reaction, sense of social responsibility, individualism and collectivism,
behavioral models, socio-emotional development, psychological model of
altruism.


Mustaqillikdan keyingi davrda O‘zbekistonda insonparvarlik, axloqiy

tarbiya, milliy qadriyatlar va shaxsning ma’naviy-psixologik rivojlanishi bilan
bog‘liq masalalar ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan
biriga aylandi. Ayniqsa, fidoiylik, mehribonlik, altruizm, empatiya, shaxslararo
munosabatlar va axloqiy fazilatlarning shakllanishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy
izlanishlar yosh avlod tarbiyasini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan chuqurroq
ochib berishga xizmat qilmoqda.

O‘zbek psixologik maktabida fidoiylik va mehr-oqibat kabi fazilatlar,

odatda, xalqning tarixiy-madaniy merosi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari hamda
milliy o‘zlik bilan uzviy bog‘liq holda talqin qilinadi. Bu fazilatlar ko‘plab olimlar
tomonidan shunchaki shaxsiy sifat emas, balki ijtimoiy shartlangan, ijtimoiy
ongda mustahkam o‘rin egallagan va tarbiyaviy omillar ta’sirida shakllanuvchi
murakkab xususiyatlar sifatida baholanadi.

Fidoiylik, ayniqsa, shaxsning o‘z manfaatlarini umumiy manfaatlar yo‘lida

ongli ravishda cheklay olishi, maqsadga yo‘naltirilgan va ijtimoiy jihatdan foydali
harakatlarni amalga oshirishga tayyorligi bilan tavsiflanadi. Bu jihatlar yosh
avlod uchun ayniqsa dolzarb bo‘lib, ularning jamiyatga nisbatan mas’uliyat hissi,
ijtimoiy faolligi va ongli fuqarolik pozitsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fidoiylik fazilatining shakllanishida shaxsiy tajriba, ijtimoiy normalar, ma’naviy
muhit va axloqiy tamoyillar asosiy psixologik determinantlar sifatida namoyon
bo‘ladi.

O‘zbek olimlaridan V.M. Karimova, G‘.T. Jo‘rayev, M.A. Nurmatova, Sh.

Karimova, E. Musaev, S. Tursunov, D. Nurmatov, B.M. Botirov, N.B. Atabayeva va
boshqalar o‘z ilmiy tadqiqotlarida shaxsning axloqiy rivojlanishi, ijtimoiy
ongning shakllanishi, shaxslararo ta’sirlar va psixik yetuklik kabi masalalarni
yoritganlar. Ularning ilmiy ishlari orqali yoshlar shaxsiyatida fidoiylik, mehr-
oqibat, empatiya kabi ijtimoiy-axloqiy fazilatlarning psixologik shakllanishi,
ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va tarbiya muhitining roli chuqur tahlil etilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

105

O‘zbekistonning yetuk psixolog olimasi, professor Vasila Karimova o‘zining

“Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” hamda “Nikoh oldi yetuklikni
shakllantirish muammosining ilmiy-nazariy asoslari” kabi ilmiy asarlarida
fidoiylik tushunchasini shaxsning ijtimoiy-axloqiy fazilati sifatida chuqur tahlil
qiladi. Olimaning fikriga ko‘ra, fidoiylik – bu shaxsning boshqalarga, oilaga va
jamiyatga nisbatan mas’uliyatli, mehrli va sadoqatli munosabatda bo‘lishidir.

Vasila Karimovaning tahlilicha, fidoiylik insonning ma’naviy dunyosi bilan

uzviy bog‘liq bo‘lib, u empatiya, altruizm va axloqiy yetuklik kabi sifatlar bilan
chambarchas aloqador. U bu fazilatga quyidagicha ta’rif beradi: “Fidoiylik – bu
insonning o‘z manfaatlaridan voz kechib, boshqalar manfaati yo‘lida harakat
qilishi. Bu esa uni ijtimoiy jonzot sifatida kamolga yetkazadi”[1].

Professorning

ta’kidlashicha,

bunday

xulq-atvor tabiiy holatda

shakllanmaydi. Aksincha, u bolalikdan boshlab beriladigan tarbiya, qadriyatlar
tizimi, ijtimoiy muhit ta’siri va shaxsning individual fazilatlari orqali rivojlanadi.

“Oila psixologiyasi” asarida Vasila Karimova fidoiylik tushunchasini ayniqsa

oilaviy qadriyatlar kontekstida chuqur tahlil etadi. U bu borada shunday deydi:
“Fidoiylik – oilaviy muhabbat, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitida
shakllanadi. Farzandlarda bu sifatni shakllantirish – ota-onalarning asosiy
ijtimoiy burchidir” [2]. Boshqacha aytganda, fidoiylik avvalo oilaviy
munosabatlarda – yaqinlarga nisbatan sadoqat va yordam ko‘rsatish orqali
namoyon bo‘ladi. Mazkur xatti-harakatlar esa keyinchalik bosqichma-bosqich
kengroq ijtimoiy qadriyatlarga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2024-yilda chop etilgan maqolasida Vasila Karimova fidoiylikni nikohga

psixologik tayyorgarlik darajasining muhim mezoni sifatida baholaydi. Uning
fikricha, haqiqiy nikoh mas’uliyatli va yetuk shaxslar o‘rtasida tuziladi, bu esa,
o‘z navbatida, fidoiylik fazilatini talab etadi. U shunday yozadi: “Nikohdagi
fidoiylik – bu faqat romantik tuyg‘ular emas, balki bir-biriga nisbatan mas’uliyat,
sadoqat va fidokorlik bilan yondashish fazilatidir. Nikohga yetuklik darajasi
fidoiylik darajasidan ajralmasdir” [1].

Xulosa qilib aytganda, V.Karimovaning ilmiy qarashlari fidoiylik

tushunchasini faqat axloqiy ideal sifatida emas, balki shaxsiyat psixologiyasining
asosiy unsurlaridan biri, ijtimoiy ong, mas’uliyat va madaniyatni
shakllantiruvchi vosita sifatida yoritadi. U o‘z ishlarida bu sifatni rivojlantirishda
tarbiya, shaxsiy qadriyatlar tizimi va ijtimoiy modelning roli katta ekanligini
isbotlaydi.

Shuningdek, G‘.T. Jo‘rayev o‘zining dissertatsiyasida fidoiylikni shaxsning

ijtimoiy-hissiy va axloqiy sifatlar tizimida muhim ijtimoiy-psixologik


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

106

konstruktor sifatida ko‘rib chiqadi. Unga ko‘ra, fidoiylik - bu nafaqat shaxsning
o‘z oilasi, do‘stlari yoki guruhiga sadoqatlilik hissi, balki kengroq ijtimoiy
identitet va axloqiy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq murakkab psixologik
holatdir[3]. Uning fikricha, fidoiylik yoshlarda shaxsning o‘ziga xos ijtimoiy
motivatsiyasi, axloqiy e’tiqodlari va o‘zini jamiyat a’zosi sifatida anglash bilan
mustahkamlanadi.

Mazkur ijtimoiy-psixologik konstruktor bir nechta o‘zaro bog‘liq

komponentlardan iborat: altruizm, mas’uliyat, fidoyilik, shuningdek, ijtimoiy
identitet. Bu komponentlarning o‘zaro ta’sirini tahlil qilib, fidoiylikni individual
shaxsiy xususiyatlar doirasidan tashqarida, ijtimoiy va madaniy kontekstda
tushunishga urg‘u beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhat:

1.

Karimova V., Oila psixologiyasi,2007,122-bet

2.

Leontyev, A. N. (1975). Deystviye, soznaniye, lichnost [Faoliyat, ong,

shaxs]. Moskva: Politizdat
3. Jo‘rayev, G‘.T. Yoshlarda fidoiylik hissi shakllanishining psixologik
xususiyatlari: Psixol.fan.nomzodi dissertatsiyasi. – Toshkent, 2013

Библиографические ссылки

Karimova V., Oila psixologiyasi,2007,122-bet

Leontyev, A. N. (1975). Deystviye, soznaniye, lichnost [Faoliyat, ong, shaxs]. Moskva: Politizdat

Jo‘rayev, G‘.T. Yoshlarda fidoiylik hissi shakllanishining psixologik xususiyatlari: Psixol.fan.nomzodi dissertatsiyasi. – Toshkent, 2013