Авторы

  • Azimjon Xojimamatov
    Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.132084

Ключевые слова:

milliy musiqiy meros integratsiya tafakkur did nafosat didaktik tarbiya estetik ideal terma maqom mumtoz meros san’at

Аннотация

Mazkur maqolada davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi, tarbiya shaxsni jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash, shuningdek, uning ma’naviy, aqliy, jismoniy va musiqiy rivojlanishiga muntazam ta’sir etib boruvchi uzluksiz jarayonlar, endilikdagi asosiy vazifa ana shu yoshlarga ta’lim va tarbiya berish, ularning kuch va sadoqatini ana shu Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va osoyishtaligi, respublika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida safarbar etish kabilar ko’rsatilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

140

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY MUSIQIY MEROSNING

QADRIYATLI MUNOSABATINI SAQLAB QOLISH VA MUSIQA

TA’LIMINING KELAJAKDAGI VAZIFALARI

Xojimamatov Azimjon Fayzullo o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti

Farg‘ona, O‘zbekiston

azimjonxojimamatov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16742723

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib

kelgan har qanday jamiyatda yosh avlod tarbiyasi, tarbiya shaxsni jamiyatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash, shuningdek,
uning ma’naviy, aqliy, jismoniy va musiqiy rivojlanishiga muntazam ta’sir etib
boruvchi uzluksiz jarayonlar, endilikdagi asosiy vazifa ana shu yoshlarga ta’lim
va tarbiya berish, ularning kuch va sadoqatini ana shu Vatanga muhabbat, yurt
tinchligi va osoyishtaligi, respublika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida
safarbar etish kabilar ko’rsatilgan.

Tayanch so‘zlar:

milliy

musiqiy meros, integratsiya, tafakkur, did, nafosat,

didaktik tarbiya, estetik, ideal, terma, maqom, mumtoz, meros, san’at

Аннотация

В данной статье одним из наиболее актуальных вопросов, стоящих

перед государством, является воспитание молодого поколения в любом
обществе,

подготовка

человека

к

социально-экономическим

производственным отношениям в обществе, а также непрерывные
процессы, регулярно влияющие на его духовное, умственное, физическое и
музыкальное развитие показано.

Ключевые слова:

национальное музыкальное наследие, интеграция,

мышление, вкус, изысканность, дидактическое образование, эстетика,
идеал, термин, статус, классика, наследие, искусство

Musiqiy didaktik tarbiya asosida musiqaning tarbiyaviy ahamiyatiga urg‘u

berish, uzluksiz ta’limda musiqa didaktikasi imkoniyatlaridan ratsional
foydalanish talab etiladi. Bolada juda yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini
tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi. Darhaqiqat,
musiqa nafaqat insonning ruhiyatiga samarali ta’sir etuvchi vosita, balki o‘z
mohiyati va jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko‘ra, tarbiya vositasi hamdir.
Musiqa shaxs ma’naviy barkamolligining tarkibiy va o‘z o‘rnida ajralmas
qismlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Musiqa san’atining yosh avlodga
kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi faqat uni tinglash yoki chuqur idrok etishni emas,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

141

balki o‘quvchilarning shu san’at bo‘yicha musiqa madaniyati darslari jarayonida
o‘rganilayotgan kuy-qo‘shiqlarni ularning tafakkurida shakllantirish va
rivojlantirishni taqozo qiladi.

Musiqa ta’limining asosiy maqsadi va vazifasi o‘sib kelayotgan barkamol

avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qiladigan, millat va g‘ururni
umumbashariyat oldida o‘zining nafisligi, milliy kuy ohanglari ila ajralib
turadigan jihatlari bilan ko‘rsata oladigan, o‘ziga xosligini har qanday tashqi
ta’sirlardan saqlay oladgan bo‘lishi lozim. Musiqiy merosimizni qadrlaydigan
iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, bu
borada ularning zaruriy bilim va amaliy malakalarini tarkib toptirish uchun
zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish barchamizning asosiy vazifamizdir.

Musiqa ta’limi va didaktik tarbiya integratsiyasi ta’lim oluvchilarning

estetik-axloqiy dunyoqarashini rivojlantiradi. Xalqimiz asrlar davomida juda
katta hayotiy tajriba to‘pladi, uni takomillashtirdi va ijtimoiy hayotida turli
vositalar orqali kelajak avlodga meros qoldirdi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli
ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega, o‘quvchi-yoshlarni va talabalarni nafosat
olamiga olib kirish va axloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning muhim vositasi sifatida
xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al-Forobiy «Bu fan
tanning sog‘ligi uchun foydalidir» degan edi, bobomiz Shayx Saodiy esa «Musiqa
odam ruhining yo‘ldoshidir», deb ta’kidlaydi

1

.

Musiqa ta’limi o‘quvchi-yoshlar va talabalarning ma’naviy va madaniy

dunyosini har tomonlama takomillashtirib, ularda olijanob fazilatlarni kamol
topishida ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchi-yoshlar va talabalarni
doimo go‘zallikka intilib va kundalik hayotida ana shu go‘zallik qoidalariga amal
qilib yashashga o‘rgatish nafosat tarbiyasini amaliy belgilaridan biridir. «Musiqa
madaniyati» fanining Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi

2

asosida

o‘quvchilarda ijodkorlik, kuzatuvchanlik, musiqiy did, musiqiy madaniyat,
tashabbuskorlikni shakllantirish, taassurot olamini boyitish, tafakkur ko‘lamini
kengaytirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Musiqiy ta’lim jarayonida o‘quvchi-yoshlar va talabalarda musiqa san’atiga

nisbatan qiziqish va havasning ortib borishi, musiqa mashg‘ulotlari asosida
ularda hissiyot, idrok tarbiyasining o‘sib borishi, qo‘shiqlarni xushohang
kuylash, musiqani ishtiyoq bilan tinglash, asarlarni tahlil qilish orqali
musiqadagi xushsozlik, xushovozlik, ya’ni go‘zallikni sezadi. Shuni ta’kidlash
joizki, musiqiy ta’limning asosiy maqsadi - o‘quvchi-yoshlar va talabalarning

1

Интернет сайти. Hozir.оrg. 2017 йил 5 майда мурожаат қилинган.

2

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги «Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-

ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида»ги 187-сон қарори.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

142

nafosat, didlarini badiiy asarlar orqali shakllantirishdir. Keyingi kuzatuvlar
shundan dalolat bermoqdaki, ko‘pchilik yoshlarimiz nafosat, did haqida yetarli
ma’lumotlarga ega emaslar. Ushbu masalalarni hayotga tatbiq etishda nafosat
tarbiyasi katta o‘rin egallaydi. Nafosat tarbiyasi o‘quvchi-yoshlar va talabalarni
voqelikdagi, san’at va tabiatdagi kishilarning ijtimoiy va mehnat
munosabatlaridagi, shuningdek, turmushidagi go‘zallikni idrok qilish hamda
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zalikka
muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni
tushunish, xullas o‘z hayotini go‘zallik qonunlari asosida ko‘ra olish komil
insonning eng zaruriy fazilatidir. Insonda go‘zallikni tushunish birdaniga
vujudga kelmaydi, balki u jamiyat va odamlar, atrof-muhit ta’sirida shakllanib
boradi. Shunga ko‘ra, insonning badiiy rivojlanish qonunlari ijtimoiy rivojlanish
qonunlari bilan bog‘langan.

Innovatsion uzluksiz musiqa ta’limi va didaktik tarbiya integratsiyasi

jarayonida yoshlarda badiiy-estetik tarbiyaga alohida e’tibor qaratish talab
etiladi. “Badiiy tarbiya asosan ijtimoiy-estetik ideallar orqali namoyon bo‘ladi.
Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot tuyg‘ularini badiiy
tarbiyalashdir”

3

. Bunday yuksak nafosatlilik aql-zakovatdan xoli bo‘ladi, degan

ma’noni tushunmaslik kerak. O‘quvchi-yoshlarning va talabalarning barkamol
inson bo‘lib shakllanishida bu ikki tomon bir-birini to‘ldiradi. Chinakam san’at
asarida hissiyot chuqur g‘oyaviy, aqliy mazmun bilan idrok qilish birikib ketadi.
Nafosat tarbiyasi aql bilan hissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda,
hissiyot vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir. Bu ikki tomon bir-biri bilan uzviy
bog‘liqdir.

Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, tuyg‘ular va ko‘nikmalarning

o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma’naviy boyib, olijanob bo‘lib
boradi, uning hayoti yanada sermazmun bo‘ladi. Har bin insonning o‘zi
yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning
hammasi har bir insonda go‘zallikni his etish, bilish kabi qobiliyatni
shakllantiradi va uni yanada rivojlantiradi. Chinakam nozik did, haqiqiy
go‘zallikdan lazzatlana olish, mehnat, turmush, yurishturish, san’atda nafosatni
idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish demakdir.

Didsizlik kishining voqelikka bo‘lgan ijobiy munosabatini buzib yuboradi.

Natijada u nafosatga loqayd qaray boshlaydi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda
shuning uchun ham muhimki, did, idrok-farosatlilik mehnat, ishlab chiqarish,

3

Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. 274 рage. 58-69. www.сompletevocalinstitute.com.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

143

kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan.
Ba’zan hayotda past didli, ma’naviy qashshoq kishilarni ham uchratib qolamiz.
Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruhan zaifligini yashirish uchun soxta xatti-
harakatlar qiladilar, o‘zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar,
maza-matrasiz, shovqin-surondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar.
Bundaylarni kuzatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot
tashvishlariga beparvo loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Buning uchun esa innovatsion uzluksiz musiqa ta’limi va didaktik tarbiya
integratsiyasi asosida yoshlarda musiqa madaniyatini shakllantirish, u asosida
did va nafosatni anglash tizimini yaratish talab etiladi.

Shuning uchun ham uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi-yoshlar va

talabalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishi
lozim. Chunki alla, qo‘shiq, yalla, terma, lapar, yor-yor, o‘lan, terma, ashula, katta
ashula va hatto mumtoz musiqa asarlarining ritmik ohangi, usullari, o‘ziga xos
koloritmik xususiyatlari bilan xalqimizning udum, urf-odatlari va an’analari

4

asosida musiqiy ohanglar orqali tarannum etiladi va har bir o‘quvchi yosh uni
eshitadi, tushunadi, idrok etadi va zavq oladi. Pedagoglar ta’lim-tarbiya birligiga
erishmoqchi ekan, shuni alohida nazarda tutmog‘i lozimki, bu tarbiyaning
muvaffaqiyati quyidagi pedagogik shart-sharoitlar asosida amalga oshirib
borilishi mumkin:

har bir darsni estetik nuqtai nazardan aniq maqsadga qaratilgan holda

tashkil etish;

dars uchun musiqiy materiallar, o‘rgatish uslub va vositalarni to‘g‘ri

tanlay olish;

ta’lim oluvchilarda musiqiy estetik madaniyatni shakllantirishga

qaratilgan mantiqiy va maqsadga yo‘naltirilgan uzluksizlikni ta’minlash;

musiqiy tarbiyada ta’lim bilan tarbiyaning mushtarak bo‘lishligi o‘quv

jarayonni tashkil etishda ta’limning ilmiyligi, ko‘rgazmali, tushunarli,
o‘zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo‘lishi kabi tamoyillarga jiddiy amal
qilgan holda olib borilishiga erishish lozim. Musiqa ta’limida pedagog o‘z oldiga
ta’lim oluvchilarning musiqiy estetik madaniyatni shakllantirishni maqsad qilib
qo‘ysa, u holda quyidagi asosiy xulosalarni bayon etish lozim bo‘ladi. Yuksak
badiiy didni tarbiyalashda san’atning hamma turlari muhim va ularning har biri
o‘z xususiyati va imkoniyatiga ega. Maktab ta’limida estetik tarbiyani amalga
oshirish o‘quvchilarda yuksak estetik badiiy didni shakllantirish uchun zaruriy
zaminni hozirlab berish va yoshlarga san’at asarlarining estetik mohiyatini

4

Панжиев Қ. Сурхондарё вилояти ўзбек халқ мусиқа ижоди. Монография. - ТДПУ. 2016. –Б.56-66.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

144

singdirishning muhim tarmog‘idir. Shu munosabat bilan musiqa tarbiyasini
amalga oshirishda o‘quvchilarning musiqaviy ma’lumotlariga alohida e’tibor
berish, ularni dastur talablariga muvofiq musiqaviy bilim bilan qurollantirish,
musiqa haqida bilim, ma’lumotlarni puxta o‘zlashtirishlariga erishish eng muhim
vazifalardandir.

O‘quvchi-yoshlarning badiiy did tarbiyasining asosi ham maktabda dars

jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida vujudga keladi. Xo‘sh, hozirgi
maktablarimizda

o‘quvchilarning

badiiy

didlari

biz

xohlagandek

shakllanayotganmikan? Savol tariqasida shularni aniqlash mumkinki, ko‘pchilik
o‘quvchilarimizda g‘arb musiqasiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Ularni maktab dasturidagi qo‘shiqlar borgan sari qiziqtirmay qo‘ymoqda. Hatto
ulardan «qanday kuy va qo‘shiqlarni yoqtirasizlar?» deb so‘ralsa, albatta g‘arb
davlatlaridagi hozirgi mashhur qo‘shiqlarni misol tariqasida keltiradilar.
Ularning bu darajada g‘arb davlatlari madaniyatiga ixlos qo‘yishlari natijasida
badiiy didlari ham shunga moslashib borishi ommalashmoqda. Buni ba’zi
o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishlari ham isbotlab turibdi. Biz esa maktablarimiz
qat’iy suratda, faqat ta’lim maktabi emas, balki estetik maktab bo‘lishiga
intilamiz. O‘quvchilarda estetik didni tarbiyalashda maktabning butun hayoti
barobar qatnashsa-da, musiqa darsining alohida ahamiyati bor. Ya’ni musiqa
darsi badiiy didni tarbiyalashda ta’sirchan vositadir. Bu borada eng mas’uliyatli
vazifa musiqa o‘qituvchilariga topshiriladi. Zero, “musiqa madaniyati va san’ati
insonning ijtimoiy faol mavjudot bo‘lib shakllanishi bilan hamohang tarzda
odamzodning tabiat va jamiyatdagi o‘rni va faoliyatini begilovchi mehnat, ijod va
yashash sharoitlari natijasi sifatida paydo bo‘ladi

5

”. Demak, musiqa madaniyati

olamni bilish, his qilish, idrok etish va uning go‘zalliklaridan lazzatlanishning
alohida bir shaklidir. U go‘zallik va mukammallik qonunlari asosida yashaydi va
rivojlanadi. U shu ma’noda musiqa – din, fan va falsafa bilan bir qatorda turadi,
insondagi insoniylikni kamol toptiradi, olam sirlarini kashf etadi..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3160-son “Ma’naviy ma’rifiy

ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga
ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori. // Xalq so‘zi. 2017 yil 28 iyun.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarori./ Xalq so‘zi.
2017 yil 16 may.

5

Феруза Асқар. Мусиқа ва инсон маънавияти. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий

нашриёти. 2000. –Б. 31


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

145

3.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston,

2021. – B.464.
4.

Ayxodjayeva Sh.I. Maqom taronalari (janr xususiyatlari, ijro an’analari):

Avtoref. dis. ... san’atshunoslik fan. nom. – Toshkent: O‘zbekiston davlat
konservatoriyasi, 2007. –B.15
5.

Asqar F. Musiqa va inson ma’naviyati. Mas’ul muharrir: M.Hamidova. -

Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. –B. 96
6.

Jakbarov M. Komil inson g‘oyasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati, 2002. –B.32.
7.

Is’hoq Rajabov. Maqomlar. Toshkent.: San’at nashriyoti. 2006. –B.19.

8.

Karimova D.A. “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchisining zamonaviy

pedagogik mahorati. // Zamonaviy ta’lim. 2018. №5. –B. 7.
9.

Mannopov S. O‘zbek xalq musiqa madaniyati. –Toshkent.: Yangi asr avlodi.

2004. –B, 12.
10.

Uspenskiy V.A. Klassicheskaya muzыika uzbekov// V.A.uspenskiy. –

Toshkent, 1980. –S. 33.
11.

Shermuxamedov S. Falsafa fani yangilanishining ba’zi muammolari. –

Toshkent: Fan, 1996. –B.31.
12.

Yakovlev

Ye.V.

Realizasiya

aksiologicheskogo

podxoda

v

pedagogicheskom issledovanii // Vestnik YuUrGU. Seriya: Obrazovaniye.
Pedagogicheskiye nauki. – 2012. – № 4(263). – S. 26-29.
13.

Yunus Rajabiy. O‘zbek xalq cholg‘u musiqasi. –Toshkent:A.Qodiriy

nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1981. –B.126.
14.

Fitrat A. O‘zbek xalq musiqasi va uning tarixi. – Toshkent: Fan, 1993. – 124

b.
15.

Oripov Zokirjon. Sharq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar). O‘quv

qo‘llanma. Mas’ul muharrir: O. Ibrohimov. –Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika metodika va axborot markazi,
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi. 2008. –B.162.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3160-son “Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori. // Xalq so‘zi. 2017 yil 28 iyun.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarori./ Xalq so‘zi. 2017 yil 16 may.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B.464.

Ayxodjayeva Sh.I. Maqom taronalari (janr xususiyatlari, ijro an’analari): Avtoref. dis. ... san’atshunoslik fan. nom. – Toshkent: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, 2007. –B.15

Asqar F. Musiqa va inson ma’naviyati. Mas’ul muharrir: M.Hamidova. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. –B. 96

Jakbarov M. Komil inson g‘oyasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2002. –B.32.

Is’hoq Rajabov. Maqomlar. Toshkent.: San’at nashriyoti. 2006. –B.19.

Karimova D.A. “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchisining zamonaviy pedagogik mahorati. // Zamonaviy ta’lim. 2018. №5. –B. 7.

Mannopov S. O‘zbek xalq musiqa madaniyati. –Toshkent.: Yangi asr avlodi. 2004. –B, 12.

Uspenskiy V.A. Klassicheskaya muzыika uzbekov// V.A.uspenskiy. –Toshkent, 1980. –S. 33.

Shermuxamedov S. Falsafa fani yangilanishining ba’zi muammolari. – Toshkent: Fan, 1996. –B.31.

Yakovlev Ye.V. Realizasiya aksiologicheskogo podxoda v pedagogicheskom issledovanii // Vestnik YuUrGU. Seriya: Obrazovaniye. Pedagogicheskiye nauki. – 2012. – № 4(263). – S. 26-29.

Yunus Rajabiy. O‘zbek xalq cholg‘u musiqasi. –Toshkent:A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1981. –B.126.

Fitrat A. O‘zbek xalq musiqasi va uning tarixi. – Toshkent: Fan, 1993. – 124 b.

Oripov Zokirjon. Sharq musiqiy manbashunosligi (X-XI asrlar). O‘quv qo‘llanma. Mas’ul muharrir: O. Ibrohimov. –Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika metodika va axborot markazi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi. 2008. –B.162.