DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
135
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MODAL SOʻZLARNING IZOHLI
LUGʻATLARDA BERILISHI: MUAMMO VA TAHLIL
Mustafayeva Maftuna Bohodir qizi
Qarshi davlat texnika universiteti
Xorijiy tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi
Elektron pochta: maftunamustafayeva993@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16735090
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek tillarida modal soʻzlarning
izohli lugʻatlardagi aks etishi, ularni tavsiflashdagi muammolar va
lugʻatchilikdagi metodik farqlar tahlil qilinadi. O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarning
uch nashri (1981, 2008, 2022) asosida statistik tahlil oʻtkazilib, modal so‘zlar
pometalari, misollar bilan berilishi, semantik aniqlik darajasi o‘rganiladi. Ingliz
tilidagi “Macmillan” va “Oxford” lugʻatlarida modal so‘zlarning ifodalanishi esa
taqqoslash orqali ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, o‘zbek
tilidagi
izohli
lugʻatlarni
zamonaviy
metodlarga
tayangan
holda
mukammallashtirish zarurligi asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar
: modal so‘zlar, izohli lugʻat, leksikografiya, Macmillan, O‘zbek
tili
Annotation:
This article examines the representation of modal words in
English and Uzbek explanatory dictionaries, focusing on the structural
differences, semantic inconsistencies, and descriptive shortcomings found in
both languages. The study conducts a comparative and statistical analysis of
three editions of the Explanatory Dictionary of the Uzbek Language (1981, 2008,
2022), highlighting how modal words are labeled, defined, and exemplified.
Additionally, modal verbs in English dictionaries such as
Macmillan English
Dictionary for Advanced Learners
and
Oxford Learner’s Dictionary
are analyzed in
terms of their formatting, clarity, and user-friendliness. The research reveals
gaps in the Uzbek lexicographic tradition and emphasizes the need for
systematic and modernized approaches to presenting modal expressions, taking
into account international best practices.
Keywords:
modal words, explanatory dictionary, lexicography, Macmillan,
Uzbek language
Аннотация:
В данной статье рассматривается представление
модальных слов в толковых словарях английского и узбекского языков, а
также проблемы их описания и методические различия в
лексикографическом подходе. На основе трёх изданий «Толкового словаря
узбекского языка» (1981, 2008, 2022 гг.) проведён статистический и
сравнительный анализ: изучены пометы, наличие примеров и степень
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
136
семантической точности. Также рассмотрено, как модальные слова
представлены в английских словарях, таких как
Macmillan
и
Oxford
, с точки
зрения их структуры, полноты и удобства для пользователя. По
результатам
исследования
обоснована
необходимость
усовершенствования узбекской лексикографии с учётом современных
международных стандартов.
Ключевые слова:
модальные слова, толковый словарь,
лексикография, Макмиллан, узбекский язык
Ingliz tilidagi izohli lug‘atlar tuzilishi va ishlash algoritmi o‘tgan asrlardan
to hozirgi kungacha bosqichma-bosqich yangilanib, zamon talablari va
texnologik taraqqiyotga mos ravishda rivojlanib bordi. Dastlab oddiy bosma
shakldagi lug‘atlar faqatgina matnga asoslangan izohlarni taqdim etgan bo‘lsa,
bugungi kunda ularning elektron versiyalari ovozli, rasmli va interaktiv
formatlarda foydalanuvchilarga yetkazilmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt
asosidagi platformalar tomonidan yaratilgan izohli lug‘atlar turli internet
bazalaridan real vaqt rejimida to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil
qilib, so‘zlarning izohlarini yanada aniqroq, kontekstga yo‘naltirilgan va ko‘p
funksiyali shaklda taqdim eta boshladi. Bu esa nafaqat til o‘rganuvchilar, balki
tarjimonlar va tadqiqotchilar uchun ham katta metodik yordam bo‘lib xizmat
qilmoqda. Mashhur rus leksikografi V.Dubichinskiy: “Lugʻat – milliy madaniyat
mahsuli va fenomenidir”, – deb aytgan edi [1]. So‘nggi yillarda leksikografik
faoliyatda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi kengaymoqda. Lug‘atlar
tilning asosiy manbasi sifatida nafaqat lingvistik balki madaniy ma’lumotlar
hamda pragmatik ko‘rsatkichlarni ham qamrab oladi. Modal so‘zlar ifoda
etayotgan emotsional va mantiqiy baholar ularning izohli lug‘atlardagi
yoritilishini dolzarb qiladi. Ingliz tilida modal birliklarning izohi ko‘pincha
grammatik, fonetik, stilistik va semantik aspektlar bilan to‘ldiriladi. O‘zbek tilida
esa ularning tavsifi ayrim hollarda umumiy, kontekstsiz yoki to‘liq bo‘lmagan
tarzda beriladi. Leksikografik tafovutlar foydalanuvchi uchun noaniqliklar
tug‘diradi va tarjima, talqin, o‘qitish jarayonlariga ta’sir qiladi. Shuning uchun
ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi modal so‘zlarning izohli lug‘atlarda
qanday yoritilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot ushbu lug‘atlar tuzilmasi, metodikasi
va semantik aniqligini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Modal birliklarning ifodalanishi
har bir til leksikasining pragmatik va ijtimoiy funksiyalarini ham aks ettiradi.
Mazkur maqola natijalari lug‘at tuzuvchilar uchun metodik asos bo‘lib xizmat
qilishi mumkin.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
137
Metodologiya.
Ushbu tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillarida modal
so‘zlarning izohli lug‘atlarda berilishi holati qiyosiy-lisoniy yondashuv asosida
o‘rganildi. Tahlil davomida sinxron va diakron metodlardan foydalanildi, ya’ni
har ikki til lug‘atlarining turli davrlardagi nashrlari solishtirildi. O‘zbek tilining
izohli lug‘atlarining 1981, 2008 va 2022-yilgi nashrlari asosiy tadqiqot materiali
sifatida tanlab olindi. Ushbu nashrlar tarkibida modal birliklarning mavjudligi,
ularning pometalangan holati, izohlarining aniqligi va misollarning kontekstual
qiymati tahlil qilindi. Ingliz tilidagi “Macmillan English Dictionary for Advanced
Learners” hamda “Oxford Learner’s Dictionary” lug‘atlari esa xorijiy tajribani
baholash mezoni sifatida tanlandi. Modal birliklarning berilishi, ularning
semantik tavsifi, grammatik ko‘rsatkichlari, fonetik shakllari va stilistik belgilari
sinchiklab o‘rganildi. Statistik yondashuv asosida lug‘atlardagi modal
birliklarning son jihatidan ko‘rsatkichi chiqarildi va o‘zgarish dinamikasi
aniqlashtirildi. Shuningdek, modallik ifodalovchi birliklarning sinonimik,
funksional va stilistik tahlili ham amalga oshirildi. Tadqiqotda tizimli yondashuv
tamoyillari asosida lug‘atchilikning nazariy va amaliy jihatlari uyg‘unlashtirildi.
Natijalar umumlashtirilgan holda, o‘zbek va ingliz tillaridagi lug‘atlar orasidagi
strukturaviy va metodik tafovutlarni aniqlashga xizmat qildi.
Natijalar.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida
modal so‘zlarning berilishi tizimli bo‘lishiga qaramay, ularning semantik aniqligi
va pometalanishida barqarorlik yetishmaydi. Xususan, 1981-yilgi ikki jildlik
nashrda 18 ta modal birlik aniqlangan bo‘lsa [2], 2008-yilgi besh jildlik nashrda
bu ko‘rsatkich 29 taga [3], 2022-yilgi oltita jildli nashrda esa 31 taga yetgani
qayd etildi [4]. Bu esa vaqt o‘tishi bilan izohli lug‘atlarda modal birliklarni qayd
etish darajasining oshganligini ko‘rsatadi. Biroq ayrim modal so‘zlar faqatgina
izoh matnida berilib, leksik pometa orqali ajratilmagan, bu esa foydalanuvchida
semantik noaniqlik uyg‘otadi. Ingliz tilidagi “Macmillan” lug‘atida esa modal
fe’llar alohida [modal verb] belgisi bilan ko‘rsatilgan bo‘lib, har bir birlik uchun
kontekstual misollar, grammatik shakllar va qo‘llanish chastotasi asosida izohlar
taqdim etilgan [5]. Ayniqsa, “can” modal fe’lining berilishi misolida leksikografik
tizimlashtirish darajasi yuqori ekanligi kuzatildi. “Oxford Learner’s Dictionary”
lug‘atida esa modal birliklar grammatik guruh doirasida joylashtirilgan bo‘lsa-
da, ularning stilistik va semantik xususiyatlari kontekst asosida yoritilgan.
Qiyosiy natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz lug‘atlarida modal birliklarning
qo‘llanish doirasi va grammatik imkoniyatlari kengroq yoritilgan.
B.Bahriddinovaning tadqiqotlarida o‘quv lug‘atlarining mohiyati, ularning
tuzilish tamoyillari va boshqa lug‘at turlaridan farqlovchi jihatlari atroflicha
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
138
yoritiladi. Muallifa ko‘ra, o‘quv lug‘atlari nafaqat til o‘rgatuvchi vosita, balki
didaktik-maqsadli leksikografik manba sifatida shakllanadi. U bunday lug‘atlarni
yaratishda asosiy mezon sifatida foydalanuvchining bilim darajasi, yosh
xususiyatlari va kommunikativ ehtiyojlarini e’tiborga olish zarurligini
ta’kidlaydi. Tadqiqotda, shuningdek, rivojlangan davlatlarning o‘quv
leksikografiyasi o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega ekani, bu soha
bosqichma-bosqich shakllanganligi qayd etiladi. Bahriddinovaning fikricha,
aynan shu jarayonda leksikograflar o‘quvchilar ehtiyojiga yo‘naltirilgan,
antropotsentrik yondashuv asosidagi yangi tipdagi lug‘atlar ustida ishlamoqda.
Bu esa o‘quv leksikografiyasining zamonaviy janrlarini nazariy va amaliy
jihatdan rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Muallif o‘z kuzatuv va tahlillari orqali
o‘quv lug‘atlari uchun konseptual asoslar ishlab chiqishni taklif qiladi [6]. O‘zbek
tilidagi lug‘atlarda esa ayrim modal birliklar (masalan, “xayr”, “nasib bo‘lsa”)
izohlangan bo‘lsa-da, ular umumlashtirilmagan va ko‘p hollarda sinonimik qiyos
asosida tahlil qilinmagan. Umuman olganda, izohli lug‘atlardagi natijalar til
birliklarining leksik-semantik tizimi va zamonaviy talablar bilan uzviy
bog‘liqligini taqozo etadi.
Muhokama.
O‘zbek va ingliz tillaridagi izohli lug‘atlarni qiyosiy tahlil qilish,
modallikni ifodalovchi birliklarning lug‘atchilikda qay darajada va qanday
mezonlar asosida tasvirlanishini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot davomida
o‘zbek tilidagi lug‘atlarda modal birliklarning belgilanishi va izohlanishida bir
xillik yetishmasligi, ayrim hollarda esa semantik noaniqliklar mavjudligi
kuzatildi. Modal so‘zlar pometasiz berilganda ularning grammatik vazifasi va
semantik yuki foydalanuvchi tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Ingliz
lug‘atlarida esa har bir modal fe’lga alohida grammatik va stilistik sharhlar,
qo‘llanish chastotasi, misollar va hatto fonetik transkripsiyalar bilan boyitilgan
izohlar keltirilgan. Bu esa lug‘atning nafaqat axborot manbai, balki o‘quv vositasi
sifatidagi funksiyasini kuchaytiradi. Ayniqsa, “Macmillan” lug‘atida modal
birliklarning vizual belgilar bilan ko‘rsatilganligi, ularning semantik holatlarda
qanday qo‘llanishi aniq ajratib berilgani o‘zbek lug‘atchiligi uchun ibratli
metodik yechim bo‘la oladi. O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda esa darsliklarda
mavjud bo‘lgan sof va vazifadosh modal birliklar orasidagi tafovutlar amalda
qo‘llanilmagan. Bu esa foydalanuvchining lingvistik kompetensiyasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, sinonimik modal birliklar o‘zaro bog‘liq tarzda
berilmagani ham izohli lug‘atning amaliy qamrovini cheklaydi. Xulosa qilib
aytganda, modallik kategoriyasini izohli lug‘atlarda ifodalashda metodik
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
139
yondashuv, stilistik tafsilotlar va semantik qatlamlar uyg‘unligiga ehtiyoj
mavjud.
Xulosa.
O‘rganilgan materiallar asosida aytish mumkinki, o‘zbek va ingliz
tillaridagi izohli lug‘atlar orasida modal birliklarni berish tamoyillarida muhim
tafovutlar mavjud. Ingliz leksikografiyasida modallik qatlamlari tizimli,
kontekstual va ko‘p qirrali tarzda izohlangan bo‘lsa, o‘zbek lug‘atlarida bu
jarayon ko‘proq umumiy semantik yondashuv bilan cheklangan. Modal birliklar
foydalanuvchining tilni to‘g‘ri anglashida muhim vosita bo‘lganligi uchun ularni
zamonaviy lug‘atlarda keng qamrovda ifodalash zarur. O‘zbek lug‘atchiligida
modal so‘zlarga oid birliklar alohida pometalar, kontekstual misollar, va
sinonimik bog‘liqlik asosida takomillashtirilishi lozim. Shuningdek, xorijiy
leksikografik tajribalarni o‘rganish orqali milliy lug‘atlarni yangi metodologik
yondashuvlar asosida boyitish mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari lug‘atchilik
amaliyotiga ilmiy asoslangan takliflar kiritish imkonini beradi.
Adabiyotlar roʻyxati:
1.
Дубичинский В.В. Теоретическая и практическая лексикография.
Вена: Харьков, 1998. – 160 с.
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 jildlik. Toshkent: Fan, 1981.
3.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. Toshkent: “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” DK, 2008.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildlik. Toshkent: 2022.
5.
Macmillan English Dictionary for Advanced Learners. Macmillan
Publishers, 2007.
6.
Баҳриддинова Б.М. Ўзбекистонда ўқув луғатчилиги: лингвистик
асослари, тарихи ва истиқболлари: Филол. фан. доктори (DSc) дисс.
– Самарқанд: СамДУ, 2020. – 248 b.