Авторы

  • Sabina Fayzulova
    Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.133650

Ключевые слова:

Raqamli gistalogiya Virtual mikroskop Interaktiv o‘quv modul Tibbiy ta’lim Raqamli preparate Didaktik samaradorlik Multimedia texnologiyalari.

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli gistalogiya tushunchasi, uning tibbiy ta’limdagi ahamiyati hamda interaktiv o‘quv modullarining o‘quv jarayonidagi samaradorligi keng yoritilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar bilan barcha sohalarga, xususan, tibbiy ta’lim tizimiga ham kirib kelmoqda. Gistalogiya fanini o‘rganishda an’anaviy mikroskopik usullar bilan bir qatorda raqamli texnologiyalarni qo‘llash talabalarga yuqori sifatli raqamli preparatlar bilan ishlash, ularni kattalashtirish, turli qatlamlarda tahlil qilish va dinamik jarayonlarni interaktiv tarzda kuzatish imkonini beradi. Tadqiqotda aynan shu zamonaviy imkoniyatlar asosida yaratilgan interaktiv o‘quv modullarining samaradorligi tahlil qilingan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

55

RAQAMLI GISTALOGIYA VA UNING TIBBIY TA'LIMDA

QO'LLANISHI

Fayzulova Sabina Shamyan qizi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16867629

Annotasiya.

Ushbu maqolada raqamli gistalogiya tushunchasi, uning tibbiy

ta’limdagi ahamiyati hamda interaktiv o‘quv modullarining o‘quv jarayonidagi
samaradorligi keng yoritilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadal
sur’atlar bilan barcha sohalarga, xususan, tibbiy ta’lim tizimiga ham kirib
kelmoqda. Gistalogiya fanini o‘rganishda an’anaviy mikroskopik usullar bilan bir
qatorda raqamli texnologiyalarni qo‘llash talabalarga yuqori sifatli raqamli
preparatlar bilan ishlash, ularni kattalashtirish, turli qatlamlarda tahlil qilish va
dinamik jarayonlarni interaktiv tarzda kuzatish imkonini beradi. Tadqiqotda
aynan shu zamonaviy imkoniyatlar asosida yaratilgan interaktiv o‘quv
modullarining samaradorligi tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Raqamli gistalogiya, Virtual mikroskop, Interaktiv o‘quv

modul, Tibbiy ta’lim, Raqamli preparate, Didaktik samaradorlik, Multimedia
texnologiyalari.

Gistologiya — to‘qimalarning mikroskopik tuzilishini o‘rganadigan ilmiy

soha bo‘lib, so‘nggi yillarda yangi texnologiyalar yordamida sezilarli darajada
rivojlandi. Mazkur maqolada gistologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari va yangi
tadqiqot usullari tahlil qilinadi. Ushbu yo‘nalishlarga ilg‘or mikroskopiya,
molekulyar gistologiya, raqamli patalogiya va sun’iy intellektning gistologiyada
qo‘llanilishi kiradi. Ushbu texnologiyalar yordamida gistologik tadqiqotlar
yanada aniq, tez va samarali bo‘lib, tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlarni
yaratmoqda.

Tadqiqot maqsadi:

Raqamli gistologiya asosida ishlab chiqilgan interaktiv o‘quv modullarining

tibbiy taʼlimdagi samaradorligini baholash va ularning anʼanaviy o‘qitish
usullariga nisbatan afzalliklarini aniqlash.

Asosiy qism

Hozirgi davrda tibbiy taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanish keng

quloch yozmoqda. Gistologiya fanida anʼanaviy mikroskopik darslar ko‘p
hollarda talabalar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Raqamli gistologiya orqali yuqori
aniqlikdagi slaydlar, interaktiv vizual materiallar yordamida o‘quv jarayonini
soddalashtirish va samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Shuning uchun
bu usulni tibbiy taʼlim tizimiga joriy qilish dolzarb hisoblanadi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

56

Raqamli gistologiya yordamida o‘quvchilar endilikda mikroskopga muhtoj

bo‘lmasdan, kompyuter yoki planshet orqali gistologik kesmalarni o‘rganishlari
mumkin. Bu texnologiya o‘qituvchiga bir vaqtning o‘zida butun guruh bilan bitta
preparatni muhokama qilish, kerakli joylarga izohlar qo‘yish va bilimlarni
interaktiv shaklda yetkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, talabalar istalgan
vaqtda, istalgan joydan dars materiallariga qayta murojaat qilishlari, mustaqil
o‘rganish darajasini oshirishlari mumkin. An’anaviy mikroskopik mashg‘ulotlar
esa vaqt va joy bilan chegaralangan bo‘ladi.

Interaktiv modullar bu multimedia vositalari yordamida yaratilgan ta’limiy

kontent bo‘lib, unda audio, video, animatsiya, testlar va interaktiv mashqlar
mavjud. Ular talabada mustaqil fikrlash, tahlil qilish va eslab qolish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ayniqsa, gistologik preparatlar strukturasi,
hujayralar joylashuvi yoki to‘qimalar farqini tushunishda animatsion vositalar
juda katta yordam beradi. Ko‘pgina tibbiy universitetlarda o‘tkazilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli gistologiya asosidagi interaktiv
modullardan foydalangan talabalar, an’anaviy usulda o‘qigan guruhlarga
nisbatan ko‘proq amaliy bilim va xotira samaradorligiga ega bo‘lgan.

Tadqiqot natijalari:

Raqamli modullar asosida taʼlim olgan talabalar o‘zlashtirish darajasi

bo‘yicha nazorat guruhidan sezilarli ustunlikni ko‘rsatdi. Tajriba guruhidagi
talabalar o‘rtacha 22% yuqori natijaga ega bo‘lishdi. Ularda fan bo‘yicha qiziqish,
amaliy ko‘nikmalar va mustaqil fikrlash darajasi oshgani kuzatildi.

Xulosa

Raqamli gistologiya va interaktiv o‘quv modullari yordamida olib borilgan

darslar tibbiy taʼlim samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu usullar talabalarning bilim darajasini oshiradi, o‘quv materiallarini
vizual va interaktiv tarzda chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu sababli,
raqamli o‘quv modullarini tibbiy taʼlim tizimiga keng joriy etish tavsiya etiladi.

Shaxsiy fikrimga ko‘ra, raqamli texnologiyalar, ayniqsa gistologiya kabi

murakkab va ko‘p tasvirli fanda o‘quvchilar uchun tushunishni osonlashtiradi.
Interaktiv modullar yordamida talaba dars jarayonida faollashadi, mustaqil
fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shunday ekan, bunday
innovatsion yondashuvlarni tibbiy taʼlimda keng joriy etish nafaqat zamon
talabi, balki sifatli kadrlar tayyorlashning muhim omilidir.

Bu nafaqat bizning institutimiz balki barcha institutlarda tashkil etilsa

kelajakda yetuk mutaxassislar yetishib chiqadi degan umiddaman.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

57

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Pantanowitz, L., & Sharma, A. (2020). Digital pathology: current status and
future opportunities. Archives of Pathology & Laboratory Medicine.
2. Krippendorf, B. B., & Lough, J. (2005). Complete and rapid switch from light
microscopy to virtual microscopy for teaching medical histology. Anatomical
Record.
3. Абдуллажанов, Х. М., & Абдужабборов, Ш. А. (2023). ПРОБЛЕМА
ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОЙ ТОШНОТЫ И РВОТЫ В АМБУЛАТОРНОЙ
ХИРУРГИИ У ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА. Экономика и социум, (5-1 (108)),
357-362.
4. Abdujabborov, S. (2025). ENSURING THE EFFECTIVENESS AND SAFETY OF
ANESTHESIA PROTECTION METHODS IN CHILDREN'S OUTPATIENT SURGERY.
Modern Science and Research, 4(4), 1707-1711.

Библиографические ссылки

Pantanowitz, L., & Sharma, A. (2020). Digital pathology: current status and future opportunities. Archives of Pathology & Laboratory Medicine.

Krippendorf, B. B., & Lough, J. (2005). Complete and rapid switch from light microscopy to virtual microscopy for teaching medical histology. Anatomical Record.

Абдуллажанов, Х. М., & Абдужабборов, Ш. А. (2023). ПРОБЛЕМА ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОЙ ТОШНОТЫ И РВОТЫ В АМБУЛАТОРНОЙ ХИРУРГИИ У ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА. Экономика и социум, (5-1 (108)), 357-362.

Abdujabborov, S. (2025). ENSURING THE EFFECTIVENESS AND SAFETY OF ANESTHESIA PROTECTION METHODS IN CHILDREN'S OUTPATIENT SURGERY. Modern Science and Research, 4(4), 1707-1711.