DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
40
O’ZBEK ADABIYOTIDA AYOLLAR OBRAZI
Abduqodirova O’g’ilxon Abdurahmon qizi
Namangan davlat universiteti magistranti
https://orcid.org/0009-0005-6263-402X
https://doi.org/10.5281/zenodo.16812451
Kalit so’zlar:
O‘zbekcha: O‘zbek adabiyoti, ayol obrazi, xalq og‘zaki ijodi, Barchinoy, Layli,
Qutlug‘ Nigorxonim, mumtoz adabiyot, jasorat, sadoqat, ayol siymosi, tarixiy
ayollar, estetik ideal, ruhiy dunyo, saroy ayollari, oila va qadriyatlar.
English:Uzbek literature, female image, oral folklore, Barchinoy, Layli,
Qutlug‘ Nigorxonim, classical literature, bravery, loyalty, literary womanhood,
historical female figures, aesthetic ideal, spirituality, court women, family values.
Русский:Узбекская литература, образ женщины, устное народное
творчество, Барчиной, Лайли, Кутлуг Нигорхоним, классическая
литература, храбрость, верность, женские образы, исторические женщины,
эстетический идеал, духовность, придворные женщины, семейные
ценности.
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida ayol obrazining badiiy talqini, tarixiy
shakllanishi va o‘zgarib borishi tahlil etiladi. Adabiyot – xalq ruhiyati, ijtimoiy
ong va qadriyatlarning ifodasi sifatida, ayol siymosini hamisha jamiyatdagi
o‘rniga qarab turlicha yoritgan. Xalq og‘zaki ijodida Barchinoy, Bibihonim kabi
jasoratli, vafodor va dono ayollar timsoli o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, mumtoz
adabiyotda Layli kabi muhabbat va sadoqat ramziga aylangan obrazlar namoyon
bo‘ladi. Yozma adabiyotda esa tarixiy ayol siymolari – Qutlug‘ Nigorxonim,
Malika Bu’ani kabi obrazlar orqali ayolning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi faol
ishtiroki ko‘rsatiladi. Maqolada ayollar obrazining faqatgina maishiy emas, balki
madaniy-estetik, tarbiyaviy, falsafiy qatlamlari ham ochib beriladi. Ayol obrazi
milliy adabiyotimizda nafaqat oila va muhabbat timsoli, balki xalqning or-
nomusi, sabr-matonati va donoligining timsoli sifatida talqin qilinganligi asosli
misollar bilan yoritilgan.
This article explores the artistic representation, historical evolution, and
thematic depth of female images in Uzbek literature. Literature, as a reflection of
the people's spiritual world and social values, has portrayed women differently
depending on societal roles and historical periods. In folklore, heroic and wise
female figures like Barchinoy and Bibihonim symbolize loyalty and courage. In
classical literature, the character of Layli epitomizes sincere love and
unwavering devotion, becoming an eternal symbol of feminine dignity in Eastern
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
41
literature. Later, in written historical texts, the article highlights strong and
influential female figures such as Qutlug‘ Nigorxonim and Malika Bu’ani, who
played significant roles in political and family life. The study also focuses on how
women are portrayed not only as mothers or beloveds but as carriers of national
identity, cultural ethics, and philosophical strength. Thus, the article reveals the
multi-layered role of women in Uzbek literature as both aesthetic figures and
moral paragons.
В статье рассматривается художественное отражение, историческая
эволюция и тематическая глубина образа женщины в узбекской
литературе. Литература как зеркало духовного мира народа и его
социальных ценностей по-разному изображала женский образ в
зависимости от времени и общественных реалий. В устном народном
творчестве образцы женской отваги и верности находят отражение в
таких персонажах, как Барчиной и Бибихоним. В классической литературе
Лайли становится символом искренней любви и преданности, воплощая
идеал женской добродетели Востока. В письменной литературе также
особое внимание уделяется историческим женским персонажам — таким
как Кутлуг Нигорхоним и Малика Бу’ани, сыгравшим заметную роль в
политической и семейной жизни. Женщина в узбекской литературе
представлена не только как хранительница домашнего очага, но и как
носительница национального духа, мудрости и нравственности. Таким
образом, статья раскрывает многогранный образ женщины как
эстетический, так и нравственный идеал узбекской культурной традиции.
Adabiyot inson ruhiyatining, jamiyat tarixining aksidir. O‘zbek adabiyotida
ayol obrazi qadimdan muhim o‘rin egallab kelgan. Ayol qahramonlar ba’zan
mehribon ona, sadoqatli yor, donishmand tarbiyachi sifatida tasvirlangan bo‘lsa,
ba’zan esa fojiali qismat sohibasi, zulm qurboni sifatida ko‘rsatilgan. Asrlar
o‘tishi bilan adabiyotda ayol obrazining talqini ham o‘zgarib bordi. O‘zbek
adabiyotida ayol obrazining tarixiy shakllanishini dastavval xalq og’zaki ijodi
bilan bog’liqligi hech birimizga sir emas.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi – dostonlar, ertaklar, maqollar va rivoyatlarda ayol
obrazi turli xil qiyofalarda gavdalanadi. “Alpomish” dostonidagi Barchinoy
jasoratli va vafodor yor sifatida tasvirlangan bo‘lsa, “Go‘ro‘g‘li” eposidagi
Bibihilol ayolning donishmandligi va aql-zakovati bilan ajralib turadi.
“Alpomish” dostonidagi Barchinoy obrazi O’zbek adabiyotining chinakam
mo’jizasidir.Dostonda Barchinoyning go’zalligi haqida ko’p ta’rif beriladi.U
nafaqat tashqi ko’rinishi bilan, balki aql-zakovati, odob-ahloqi bilan ham o’z
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
42
zamondoshlaridan ajralib turadi. Dostonda Barchinoy oddiy malikalar singari
tasvirlanmaydi, balki jang qilishni bilgan, ot minish va kamon otishda mohir ayol
sifatida namoyon bo’ladi.Bu esa uning jasorat va qahramonlik ruhiyatiga ega
ekanini ko’rsatadi. Asar davomida uning hayoti oson kechmaydi.Alpomish uzoq
yillar asirlikda bo’lganida, u ko’plab sinovlardan o’tadi.Biroq oxir-oqibat sevgilisi
bilan uchrashadi va baxtga erishadi.Barchinoy obrazi nafaqat Alpomishning
sevgilisi sifatida, balki o’ziga xos kuchli xarakterga ega bo’lgan o’zbek ayoli
sifatida namoyon bo’ladi.U o’zining jasorati, vafodorligi va aqlli harakatlari,
qarorlari bilan xalq dostonlaridagi ayol qahramonlar orasida yorqin timsol
bo’lib qolgan.
Mumtoz o‘zbek adabiyotida esa ayol go‘zallik va muhabbat timsoli sifatida
tasvirlangan. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida Layli – go‘zallik va
samimiy muhabbat timsolidir.Bilamizki, Sharq mumtoz adabiyotning eng
mashhur ayol obrazlaridan biri Layli . Layli Sharq adabiyotida ideal go‘zallik
timsoli sifatida tasvirlanadi. Dostonlarda uning husni, nafosati va odob-axloqi
haqida ko‘plab maqtovlar keltiriladi. Biroq uning go‘zalligi ko‘pincha jamiyat
tomonidan cheklangan muhabbat bilan bog‘liq bo‘lib, u sevgan insoni bilan erkin
uchrasha olmaydi. Laylining eng asosiy fazilatlaridan biri – uning sadoqatidir. U
Majnunni chin dildan sevadi va unga hayotining oxirigacha vafodor qoladi.
Doston davomida Layliga boshqa kishilar turmush qurishni taklif qilsa ham, u
faqat Majnunni sevishini ta’kidlaydi va yuragida unga sodiq qoladi. Laylining
taqdiri faqatgina uning o‘z tanlovi bilan belgilanmaydi. U jamiyat va oilaning
qattiq qoidalariga bo‘ysunishi kerak bo‘ladi. Uning otasi va oilasi uni Majnunga
bermay, boshqa birovga turmushga uzatadi. Layli sevgisiga qarshi bunday
munosabat uning fojiaviy qismatining sabablaridan biridir. Bobur
“Boburnoma”da oltmishga yaqin xotin-qiz obrazini tasvirlab o‘tgan. Bu tasvirlar
faqatgina shaxsiy taassurotlar emas, balki asarning umumiy xarakteridan kelib
chiqqan holda, tarixiy asoslangan yondashuvlar bilan boyitilgan. Xotin-qizlar
obrazining bunday keng yoritilishi Bobur siymosining madaniyati, estetik
qarashlari va tarixiy shaxslarga bergan baholarini ochib beradi.Bobur o‘z asarida
ayollarni bevosita hayotiy voqealar orqali tasvirlashga intilgan. Ularning
lavozimi, qarindoshlik darajasi yoki saroydagi mavqei, ma’naviy-ruhiy holati
haqida fikr bildiradi. Masalan, "xonim" "begimlar, "og’acha","gʻumma" kabi
unvonlar orqali tarixiy va ijtimoiy tabaqalashtirish mavjud. Bobur hatto 96 nafar
nabira egasi bo‘lgan yuz o‘n bir yashar ayol — Ibrohimning onasi Malika Bu’ani
tilga olib, ayol obraziga hayrat va hurmat bilan yondashadi.Asarda temuriylar va
mo‘g‘ullar saroyi bilan bog‘liq bo‘lgan ayol obrazlari – ularning ijtimoiy, siyosiy
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
43
va oilaviy hayotdagi roli haqida ham muhim tarixiy ma’lumotlar keltiriladi.
Bobur onasi Qutlugʻ Nigorxonimni "Boburnoma"da o‘n uch marotaba tilga oladi.
U haqida “mening volidam”, “mening onam”, “volidam”, “onam”, “onam xonim”
kabi ifodalar bilan ko‘p bora eslaydi. Bobur qalamiga mansub ayollar tasvirining
eng chuqur, samimiy va ehtiromli ko‘rinishi aynan onasiga oid bo‘lib, bu obraz
orqali muallif faqat ona siymosini emas, balki o‘zining ichki dunyosi, ruhiy
kechinmalari, insoniy qadriyatlarini ham ifoda etgan.Qutlugʻ Nigorxonim haqida
yozilgan syujetlarni jamlaganda, u quyidagi fazilatlar bilan ajralib turadi:
Saroy ayoli bo‘lishiga qaramay, oddiy xalqona va fidoyi ona sifatida
tasvirlanadi;
Boburning ruhiy tayanchi, eng og‘ir pallalarda unga himoya bo‘lgan ayol
sifatida ko‘rsatiladi;
Uning nasab-nasabidan tortib, Boburga bo‘lgan mehr-muhabbatigacha
chuqur yoritiladi.Manbalarda u Yunusxon va Eson Davlatbegimning qizi,
Umarshayx Mirzoning rafiqasi, Sulton Ahmadxonning egachisi sifatida qayd
etiladi. Asarda u "aksar qazoqliklarda va fataratlarda o‘g‘li Bobur bilan birga
bo‘lgan fidoyi ona", "o‘g‘lining yagona chodirida panoh topgan mushtipar ona",
"rioyate va shafqate ko‘rmagan zaifa xonim" kabi ifodalar bilan tilga olinadi.
Bularning har biri uning faqat shaxsiy emas, balki ijtimoiy, tarixiy va maʼnaviy
oʻrni bor obraz ekanini isbotlaydi.
U o‘z sa’y-harakati bilan Boburga yaqin bo‘lgan qizlarni —
Oyshabegim,Zaynab Sultonbegim singarilarni Boburga uylandirish orqali
o‘g‘lining siyosiy va ruhiy barqarorligini ta'minlashga intiladi. Bu orqali Bobur
onasining siyosiy idrok, sabr, jasorat va mehr-muhabbat bilan uygʻunlashgan
ayol sifatida tasvirlaydi.Qutlug’ Nigorxonim Bobur uchun nafaqat onalik, balki
vafodorlik, sadoqat va halollik timsolidir. Asarda uning g‘am-alamlarini bayon
qiluvchi “zamonaning nohamvoriqidin va davron nosozkorliqidin behuzur bo‘lib
dardlar topgan Qutluq Nigorxonim...” kabi jumlalar bu obrazga hayotiylik baxsh
etadi.
Barchamizga ayonki, O’zbek adabiyotini XX asr O’zbek adabiyoti ayollar
obrazisiz tasavvur etib bo’lmaydi.XX asr boshlarida jadid adabiyoti rivojlanishi
bilan ayol mavzusi yangi yo‘nalishga o‘tdi. Jadid yozuvchilar jamiyatda ayollar
huquqlari va ularning ilm olish zarurligini ko‘tarib chiqdilar.Xususan, Abdulla
Qodiriyning “O’tkan kunlar asarida Kumush-u Zaynab, Cho’lponning “Kecha va
Kunduz” asarida Zebi timsoli, Hanza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot
yohud ishq qurbonlari” asari qahramoni Maryam timsolida ko’rishimiz mumkin.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
44
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Kumush. Kumush obrazi-
nafaqat “O’tkan kunlar” romanining, balki butun bir O’zbek adabiyotining eng
yorqin va kitobxonning xotirasida qolarli vakillaridan biridir. U orqali Abdulla
Qodiriy o’zbek ayolining sabrli, fidoyi, mehribon, aqlli va sadoqatli bo’lishi
kerakligini namoyon qilgan.Kumush – o’z muhabbatini, oilaviy baxtini, eriga
bo’lgan vafosini hayotining mazmuni deb bilgan , chinakam milliy ayol
obrazidir.Shuningdek, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida Zebi obrazi
orqali yozuvchi ayollarning ilm olish, o‘z mustaqilligiga erishish orzusini
ko‘rsatadi. Zebi- hurkak ohudek juda go’zal va ilojsiz. Uning qalbi shu qadar
musaffoki, yomonliklar haqida zinhor o’ylamaydi.U insonlarni o’zi kabi bilib,
sevib, ardoqlab yashaydi.Razolat to’lib yotgan dunyoga muhabbat ko’zi bilan
qaraydi.Biroq jaholat go’zallik va tozalik bilan kelishmaydi, go’dakday beg’ubor
bo’lgani uchun ham bag’ri ifloslik va kirga to’la hayot uni o’z bag’riga
sig’dirmaydi, shudringdek toza va chechakdek pokiza bo’lgani uchun hayotning
shafqatsiz va badbo’y havosida bo’g’iladi.Zebi ketma-ket baxtsizliklarga uchrasa
ham romanga qanday kirib kelgan bo’lsa shundayligicha qoladi.
Sovet davri adabiyotida ayol obrazi yangi ideologiya ta’sirida shakllandi.
Endi ayol faqat oilada emas, balki jamiyat hayotida ham muhim rol o‘ynaydigan
shaxs sifatida tasvirlandi.O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridagi
Robiya, Ra’no, Munavvar timsollari, Shuhratning “Oltin zanglamas” asaridagi
Jannat, Musharraf , Adolat xola va Aziza timsollari o’sha davrning qora kunlarida
o’zbek ayollarining sabr-matonati, vafosi, muhabbati haqida ro’yi rost hikoya
qiladi. Robiya oddiy bir qiz boʻlishiga qaramay, uning ichki dunyosi, orzulari va
tuyg‘ulari nihoyatda chuqur. U unashtirilgan qaysi qaylig‘i urushga ketib, undan
biron bir darak bo‘lmasa-da, yillar davomida uni sadoqat bilan kutadi. Bu kutish
faqat tashqi ko‘rinishda emas, balki Robiyaning qalbida, o‘y-fikrlari va
xotiralarida ham iz qoldiradi. Hatto taqdir uni boshqa kishiga turmushga
chiqishga majbur etsa ham, Robiya bir lahza boʻlsa-da chin dildan sevgan yorini
unutmaydi. Uning nomini muqaddas yodlab, yuragining eng nozik burchagida
abadiy saqlaydi.Robiyaning bu fazilatlari oʻzbek ayolining milliy xarakteriga xos
bo‘lgan sadoqat va vafoning yorqin timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Zero,
Robiyaning taqdiri nafaqat shaxsiy fojia, balki oʻsha davr hayotining, urushning,
kutishning og‘ir sinovlari oldida ham insoniy qadr-qimmatni saqlay olish
namunasi sifatida qimmatlidir.Shunday qilib, Robiya obrazi nafaqat bir badiiy
qahramon, balki oʻzbek ayolining sadoqati, mehr-muhabbati va vafosi ramziga
aylangan o‘lmas siymo sifatida qalblarda o‘chmas iz qoldiradi. Uning hayoti va
ruhiy kechinmalari bugun ham o‘quvchini chuqur o‘ylantiradi, sadoqatning
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
45
qanchalik muqaddas tuyg‘u ekanini yana bir bor yodga soladi.Mustaqillikdan
keyingi adabiyotda ayol obrazi yanada murakkab va realistik tarzda tasvirlana
boshladi. Endilikda ayol nafaqat go‘zallik yoki fidoyilik timsoli, balki murakkab
qismat sohibasi sifatida ham gavdalanmoqda.Bugungi adabiyotda ayol
qahramonlar jamiyatdagi muammolar – gender tengligi, oilaviy zo‘ravonlik,
ta’lim va erkinlik masalalari bilan bog‘liq holda tasvirlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda,O‘zbek adabiyotida ayol obrazi asrlar davomida turli
xil talqin qilingan. Qadimiy eposlardan tortib, mumtoz adabiyot, jadid adabiyoti,
sovet davri va zamonaviy adabiyotga qadar ayol obrazlari o‘zgarib, rivojlanib
kelgan. Agar qadimda ayol asosan go‘zallik va sadoqat timsoli sifatida
tasvirlangan bo‘lsa, zamonaviy adabiyotda u mustaqil shaxs, jamiyatning faol
a’zosi sifatida gavdalanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.Qodiriy, A. (2019). O‘tkan kunlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti.
2.Qodiriy, A. (2018). Mehrobdan chayon. Toshkent: Sharq.
3.Vohidov, E. (2005). Devon. Toshkent: Yozuvchi.
4.Hamdam, U. (2010). Dahshat. Toshkent: Adabiyot.
5.Karimov, N. (1991). O‘zbek romani poetikasi. Toshkent: Fan.
6.Yo‘ldoshev, Q. (2007). O‘zbek adabiyotida obraz yaratish mahorati. Toshkent:
Sharq.
7.O‘rinboyeva, N. (2021). O‘zbek adabiyotida ayol obrazining o‘ziga xosligi.
O‘zbek tili va adabiyoti, (5), 42–48.
8.Saidov, S. (2014). XX asr o‘zbek adabiyotida ijtimoiy obrazlar. Toshkent: Fan va
texnologiya.
9.G‘aniyeva, S. (2020). Adabiy tanqid va tahlil. Toshkent: Akademnashr.
10.Abdullayeva, Z. (2022). Ayol obrazi talqini: an’ana va yangilanish. Filologiya
masalalari, (2), 33–39.