Авторы

  • O‘. Baytanov
    Jizzax politexnika instituti dotsenti v.b
  • Z. Rasulova
    Kibersport fakulteti 531-22 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.134561

Ключевые слова:

raqamlashtirish raqamli iqtisodiyot elektron tijorat raqamli texnologiya.

Аннотация

So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida  raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida  esa  iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

93

IQTISODIYOT TARMOQLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

ORQALI RIVOJLANTIRISH

O‘.Baytanov

Jizzax politexnika instituti dotsenti v.b

Z.Rasulova

Kibersport fakulteti 531-22 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16891897

Annotatsiya:

So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning
natijasida esa iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu
sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga
sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan
kechirmoqda.

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, raqamli

texnologiya.

Аннотация:

В последние годы большое внимание уделяется

развитию цифровой экономики во всех сферах нашей страны. В результате
доля электронной коммерции в экономике растет. Поэтому наша
экономика переживает критический период, связанный с цифровизацией
экономики, мобилизацией, внедрением искусственного интеллекта в
отрасль.

Ключевые слова:

оцифровка, Цифровая экономика, электронная

коммерция, цифровые технологии.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli texnologiyalarning
rivojlanishi sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo‘lmaydi.
Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi
iqtisodiyot”ni vujudga keltirmoqda. Kam o‘rganilgan va kun sayin chuqur tomir
otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali
marketing kompaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda
olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim
etadi. Iste’molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu
vaqtingiz tig’iz paytida internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova
orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo’natishdan ko’ra kengroq
imkoniyatlar bo’lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon,
masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

94

Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes,
elektron tijorat bilan bog’langan, raqamli Tovar va xizmatlar ishlab
chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir.
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish,
ishlab chiqarishda o’sish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, mahsulot tannarxini
kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar
natijalariga ko’ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga
oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi.
Aql-zakovat va ilm – taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho’qqisi
yuqori texnologiyalarda, raqamli olmda ko’zga tashlanadi. To’rtinchi sanoat
inqilobi taraqqiyotning yangi ko’rinishi – “raqamli iqtisodiyot” boshlanganini
anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20
mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan.
Mamlakatimizda 2020-yildan boshlab transport, geologiya, ta’lim, arxiv kabi
sohalarni to’liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib
borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo’lgan “IT-park”lar ham fikrimiz
dalilidir.
Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa
shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib
chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirilgani raqamli
iqtisodiyot rivoji yo’lidagi muhim qadamlardir.
Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o’zlashtirgan
kadrlarni tayyorlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishlab chiqilib,
loyiha doirasidagi mashg’ulotlarni tashkil etish uchun uzbekcoders.uz o’quv
portali ishga tushirildi.
2020-yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi
bosqichga ko’tarilib, Prezident Farmoni bilan mamlakatning “Raqamli
O’zbekiston - 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo‘l xaritasi”
tasdiqlandi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va
elektron infratuzilmani takomillashtirish alohida ahamiyatga ega. Albatta,
aholini internet tarmog’idan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa
raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron hukumat tizimi ham shuncha
samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz bo’yicha internet foydalanuvchilari soni jami


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

95

aholiga nisbatan 2018-yilda 46 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2023-yilda bu
ko’rsatkich 60 foizdan yuqorini tashkil etmoqda.
Reallik bilan bog’laganda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM
hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini ko’rishimiz
mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda mazkur masalaga e’tibor
qaratish yagona maqsadni ko’zlaydi, u ham bo’lsa, aholining yashash sharoitini
yaxshilash, aholini real daromadini oshirish, qolaversa tadbirkorlikni va
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdir.
“Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi,
ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga
soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir illat – korrupsiya balosini yo’qotishda
ham samarali vositadir” – Prezidentimizning mazkur so’zlari raqamlashtirish
nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta’minlashi,
balki korrupsiya va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun samarali vosita
sifatida qayd etilishi bilan ahamiyatlidir.
Xulosa o’rnida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy
jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to’liq amal qiladigan demokratik
davlat qurishga hamda mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash,
tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish,
yangi innovatsion g’oyalar realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan
biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-4699-sonli qarori
2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5953-
sonli farmoni
3. O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi rasmiy sayti https://stat.uz
4.O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti https://cbu.uz/oz/
5.O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti ma'lumotlari https://mitc.uz/news/513

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4699-sonli qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5953-sonli farmoni

O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi rasmiy sayti https://stat.uz

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti https://cbu.uz/oz/

O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti ma'lumotlari https://mitc.uz/news/513