Авторы

  • Mushtariybegim Yusufaliyeva
    Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.135574

Ключевые слова:

Psixologiya rivojlanish yosh psixologiyasi Individ bola psixikasi olimlar fikri.

Аннотация

Taqdim etilayotgan ushbu maqolada rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning sirli tarixi va ushbu sohaga oid izlanishlar, bola psixologiyasidagi ahamiyatli jihatlar borasida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

130

RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

Yusufaliyeva Mushtariybegim Qosim qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy psixologiya

yo’nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16994363

Annotatsiya:

Taqdim etilayotgan ushbu maqolada rivojlanish psixologiyasi

va pedagogik psixologiyaning sirli tarixi va ushbu sohaga oid izlanishlar, bola
psixologiyasidagi ahamiyatli jihatlar borasida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Psixologiya, rivojlanish, yosh psixologiyasi Individ, bola

psixikasi, olimlar fikri.

Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga

oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining
bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular
aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning
tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy
ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni
muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har
bir o‘qituvchi predmetni o‘qitish metodikasini, maktab o‘quvchilarining
fiziologiyasi asoslari, maktab o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas,
balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim.

Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar

o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs
sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot
jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi,
ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his
qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.

Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir

bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh
psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin.
Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan
bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh
xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida
ular sinonim sifatida qo‘llaniladi. Rivojlanish psixologiyasi —inson
psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar
sohasi. Rivojlanish — bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski
holatdan yangi sifat bosqichiga o‘tish,

oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir. Yosh

psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, o‘zgarmas deb qarash mumkin emas.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

131

Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan
tasavvur qilib bo‘lmaydi.[6]

Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga

o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, bir necha oydan
(go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu
o‘zgarishlar «doimiy ta’sir etib turuvchi» omillar — biologik yetilish hamda
inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida
erishgan darajasiga bog‘liq bo'ladi.[7]

Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh jihatdan

taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini
o‘rganishdan iborat.

Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib

topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va
ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya
berish mumkin emas. Kelajak avlodni har tomonlama manaviyatli va yuksak
salohiyatli qilib ulg‘aytirish nafaqat pedagogning, balki barchamizning
yelkamizdagi eng muhim mas’uliyatimizdir. Har bir bolaning yoshi ulg‘aygan
sari o‘ziga xos yosh davrlarini boshidan kechiradi. Bolaning har bir yoshi
qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni
talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan
to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan
yaroqsiz va xato bolishi mumkin. Biroq o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum
yoshdagi o‘quvchi bi­lan emas, balki konkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs
bilan ishlaydi.[11]

Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya

o‘rganadigan obyektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish obyekti
—bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti
bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi
sifati­ da, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan
ta’siri sifatida o‘rganadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaga psixologik
yondashuvlar, psixologik bilimlarning yuqoriligi va shaxsga individual
yondashuvdagi muhim ko‘nikmalarning shakllanganligi pedagog va psixologning
kasbiy salohiyatining yana bir ustuvor tomonini belgilaydi. yosh psixologiyasi va
pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept
yoki tavsiyanomalar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va pedagogik psixologiyaning


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

132

materiallari va xulosalaridan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda
foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham ta’kidlab o‘tgan
edi:«Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz, ammo biz
ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini
o‘rganing va bu qonunlarga amal qiling hamda ularni tatbiq qilmoqchi bo‘lgan
sharoitlarini hisobga

olib ish qiling, deb aytamiz». [12]

Bola psixikasini o'rganish.

Bolalar psixologiyasi ong va faoliyat birlikligi

metodologik printsipiga asoslanadi. Bolaning psixikasi uning faoliyatida -
harakatlarida, so'zlarida, mimikasida va hokazo shakllanib, namoyon bo'lgani
sababli, biz ushbu tashqi namoyonlar asosida, xulq-atvor harakatlari asosida
ichki psixik jarayonlar va holatlar haqida hukm chiqarishimiz mumkin.
Psixologik tadqiqot usuli sifatida kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu
yerda tadqiqotchi sinovdan o'tayotganlarning ruhiy ifodalariga aralashmaydi va
ular tabiiy ravishda, «hayotdagidek» o'tadi. Ushbu «aralashmaslik» pozitsiyasi
kuzatuvchining nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Har
qanday, hatto maxsus belgilangan bolalarning xulq-atvorini kuzatish ilmiy
kuzatuv deb hisoblanmaydi. Ilmiy tadqiqotning haqiqiy usuli bo'lishi uchun
kuzatish to'g'ri tashkil etilishi kerak. Avvalo, kuzatish maqsadini aniq belgilash
zarur, bu esa tadqiqot vazifalaridan kelib chiqadi. A. S. Zalujniy ta’kidlaganidek,
«o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ymagan kuzatuvchi qo'liga birinchi uchragan
narsani ushlab, boshqa uning uchun jozibadorroq narsani topmaguncha u bilan
manipulyatsiya qiladigan bolaga o‘xshaydi». Kuzatish tizimli va rejalashtirilgan
bo'lishi kerak. Asosiy seriyalarni o‘tkazishdan oldin, qaysi bolalar yoki bolalar
guruhlari kuzatilishi, kuzatish qachon, bolalarning hayotidagi qanday voqealar
kuzatilishi haqida batafsil reja tuzilishi lozim.

Muayyan psixologik tadqiqotda deyarli har doim bir nechta usullar

qo'llaniladi. Har bir bolalarning psixikasini o'rganish bosqichi o'z usuliga yoki
bir necha usullar birlashmasiga talab qiladi. Odatda, bolalar bilan psixologik
tadqiqotlarda, allaqachon nutq qobiliyatiga ega bo'lgan bolalar bilan suhbat
o'tkaziladi, bu esa bola o'zi biron bir vaziyatni qanday tushunishini, u haqida
qanday fikrda ekanligini, muayyan hodisalarga qanday munosabatda bo'lishini
aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, bolalarning javoblari yakuniy natija
sifatida emas, balki keyingi tahlil uchun zarur bo'lgan material sifatida ko'rib
chiqiladi.

Xulosa:

Bugungi kunda Psixologlar hozirgi pedagogika oliy o‘quv yurti

talabalari rivojlanish psixologiyasi, pedagogik psixologiya fanlarini chuqur


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

133

bilishlari maqsadga muvofiq. Aynan pedagogik bilimlarning yuqori darajada
shakllanganligi, shaxs bilan ishlashda psixologik jihatdan yondashuvlar, psixolog
yoki pedagogning shaxs kamolotidagi muhim o‘ringa ega ekanligi muhim
jihatlardan biridir. Ta’kidlab o‘tish kerakki bola hayotida ota-ona, oila
a’zolaridan tashqari ustoz va o‘quvchi tengqurlarining ham alohida o‘rni mavjud.
Bolada kechadigan yosh davrlari va unda o‘ziga xos shakllanuvchi xulq-atvor
ko‘nikmalarining sabablari, psixologik holati tahlili, ma’lum muammolariga
yechim topish pedagog va psixologning asosiy vazifasidir..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn] : darslik /
Z.T. Nishanova va boshq. — Toshkent: « 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati» nashriyoti, 2018. —600 b.
2. Залужный А. С. Детский коллектив и методы его изучения. М., 1931. С. 35.
3. Коломинский Я. П., Панько Е. А., Игумнов С. А.
К61 Психическое развитие детей в норме и патологии: психо­
логическая диагностика, профилактика и коррекция. —
СПб.: Питер, 2004. —480 о: ил.

Библиографические ссылки

Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn] : darslik /

Z.T. Nishanova va boshq. — Toshkent: « 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati» nashriyoti, 2018. —600 b.

Залужный А. С. Детский коллектив и методы его изучения. М., 1931. С. 35.

Коломинский Я. П., Панько Е. А., Игумнов С. А.

К61 Психическое развитие детей в норме и патологии: психо­

логическая диагностика, профилактика и коррекция. —

СПб.: Питер, 2004. —480 о: ил.