DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
123
O`QISH DARSLARI - O`QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASHGA
O`RGATISH ASOSI
Amonova Amina Shavkatovna
Osiyo xalqaro universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14211955
Annotatsiya:
maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativ fikrlashni
o`rgatishda Finlyandiya ta’lim dasturining ahamiyati, o`quvchilarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish, o`qish va savodxonlik malakalarini oshirishda ko`p
qirrali ijodiy topshiriqlar tahliliga o`rgatishning ayrim tamoyillari haqida fikr
yuritilgan.
Kalit so`zlar
: kreativ fikrlash, modifikatsiya, PIRLS, EGRA, EGMA, savodxon,
ijodiy tafakkur, texnologiya, badiiy matn, robototexnika, axborot
Ta’lim tizimidagi islohotlar hamisha yosh avlodni raqobatbardosh, yuksak
intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashga yo`naltirilgan. Mustaqillik yillaridagi
ilm-fan taraqqiyoti boshlang`ich sinflarning ta’lim mazmuniga ham
o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Negaki, ilm-fan yangiliklari, zamonaviy
texnologiyalar yosh avlod ma’naviy qiyofasini ham tobora o‘zgartirib
bormoqda.
Natijada, turli o‘quv predmetlarini o‘qitishda soatlarning qisqarishi, o‘quv
materiallari mazmunining ilmiy jihatdan murakkablashishi o‘quvchilarga
qo‘yilayotgan talablarning kuchayishi, ta’lim sohasidagi yangilanishlarga ehtiyoj
tug`dirmoqda. Maktab ta’limida bugungi kunda erkin fikrlovchi, ijodkor, serqirra
hamda fan va texnikaning eng so`nggi yutuqlaridan keng foydalana oladigan
barkamol avlodni tarbiyalash va bunda eng avvalo boshlang‘ich ta’lim tizimidagi
samaradorlikni oshirish taqozo etilmoqda.
Boshlang‘ich sinflarning Ona tili va o`qish savodxonligi darsliklari shu ma’noda
chet el ta’lim tizimiga tayanilib tuzilgan dastur hisoblanadi. Unda
o`quvchilarning nafaqat savod chiqarishi, balki ona tili, o`qish, badiiy matn
tahlili, tabiatshunoslik, geografiya, rabototexnika, fan va texnologiya kabi
bilimlarga ijodiy tafakkurlash asosida tasavvurga ega bo`lishi ko`zda tutilgan.
Endilikda boshlang‘ich sinf faqat o‘qish, yozish va sanashni o‘rgatishi haqidagi
tasavvur o`zgardi. Har bir bolaning shakllanishi davrida uning intellektual
faolligini rag‘batlantirish, ijodiy qobilyatlarini o‘tsirish uning keyingi
muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishda
chet el ta’limi mexanizmlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, ona tili va o`qish savodxonligi darsliklari yangi mazmun va mohiyat,
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
124
qiyofa kasb etishini taqozo etdi. Aniqrog`i uning modifikatsion imkoniyatlari
kengaydi. Binobarin, modifikatsiya – predmet yoki hodisaning asli, mohiyati
saqlangan holda yangi xossalar paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladigan shakliy
oʻzgarishi, shunday oʻzgarishga uchragan predmet yoki hodisa, koʻrinish
demakdir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu
bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi
kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat
durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk
ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan
sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga
ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud
kundalik kreativlik (masa lan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan
joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki
ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi ijodiy fikrlashga
qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Shundan kelib chib fikr yuritsak, boshlang`ich sinflarning ona tili va o`qish
savodxonligi darsligini mavzu-mundarijasi, shakily va mazmuniy o`zgarishlarini
tahlil va tadqiq etish zarur. Ma’lumki, respublikamizdagi ta’lim tizimi
islohotlarida xorijiy mamlakatlar, jumladan Finlyandiya ta’limiga xos bo`lgan
omillar, fin ta’limining muvaffaqiyat tamoyillari muhimlik kasb etadi. Ayniqsa,
bolalarni kreativ fikrlashga o`rgatishda o`qish darslari muhim rol o`ynashi
nazarda tutilsa, bunga erishish usullari haqida mulohaza yuritish o`rinli. Zotan,
Finlyandiya taʼlimida nimaga urgʻu berilsa, PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; EGRA va EGMA
esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga
baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quvdasturlari, o‘qitish uslubi va
yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun
moslashtiriladi dasturidagi baholashlar ham aynan shular bilan chambarchas
bogʻliqligi ahamiyatlidir. PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading
Literacy Study – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro
tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat
bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul
qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga
sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va
baholashdan iborat.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
125
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng
qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot
olish va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish,
kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
O‘qish savodxonligining maqsadi: – badiiy tajriba orttirish;
– axborotni olish va undan foydalanish.
Tushunish jarayoni: – diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni
topish; – to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;- g‘oyalar va axborotni talqin qilish
va uyg‘unlashtirish; – kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish .
Yaʼni oʻquvchilarga faqat bilim berish oʻrniga, savodxonlik qobiliyatlarini
rivojlantirish Finlyandiya taʼlimining markazida turadi, bu fin oʻquvchilariga
PISA kabi savodxonlikka yoʻnaltirilgan baholash tizimida ustunlik beradi.
O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga faol qo`shilib borishi milliy ta’lim tizimini
jahon andozalariga muvofiqlashtirishni talab qilayotgan ekan, bu borada
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, deyish mumkin. Oliy va o`rta maxsus
ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga, mutaxassislar tayyorlashda ko`p
bosqichli tamoyilga amal qilishga, O`zbekiston o`quv-ta’lim amaliyotiga kadrlar
tayyorlashning jahon tajribasi yutuqlarini tatbiq etnshga katta ahamiyat berib
kelmoqda.
Negaki, bolalar olami ancha murakkab. Jamiyat, ijtimoiy muhit insonni
o`zgartirib, tafakkurini yangilab boraversa-da, tabiat qonuniyatlari singari
bolalik olamiga xos o`zgarishlar ham yangilanib boraveradi.
Shunga ko`ra, boshlangi`ich sinf o`quvchilarining ong va tafakkuri avvalo
boshlang`ich sinflarda olgan bilimi, o`qigan kitoblari, estetik zavqi, hayotga
munosabati bilan to`lishib boradi. Bunda ayniqsa, o`qish kitoblari muhim omil
sanaladi. Undagi ta’limiy, tarbiyaviy va badiiy ijod namunalari mantiqan bir-
birini taqozo etsa, o`quvchilarda to`laqonli tafakkur shakllana borishiga
poydevor yaratiladi. O`qish darslarining yangi namunalari bu jihatlarga alohida
e’tibor qaratgani bilan muhim, albatta.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va qiziqishlariga
e’tibor qaratish ham aslida xorijiy ta’lim tizimi an’analariga xos, deyish mumkin.
O`quvchilar nima bilan shug‘ullanishni xush ko‘rishi, ularda qanday qobiliyatlar
mavjudligi, ularda qaysi ko‘nikmalar ustunligini aniqlab olish endilikda har bir
boshlang`ich sinf o`qituvchisining asosiy maqsadiga aylangan.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
126
Jumladan, o`qish darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqishlari,
intilishlari hamda ularning hayotidagi muhim voqea, hodisa va munosabatlar
tizimini chuqur o‘rganishga imkoniyat yaratiladi. Boshlang`ich sinf
o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish va qiziqarli voqea- hodisalar
talqiniga o`rgatishda ham an’anaviylik hamda innovatsion usullar mavjuddir.
Shunisi diqqatga sazovorki, jahon ta’lim tizimida Sharq mutafakkirlari yaratgan
tarbiyaviy qadriyatlar asosida takomillashtirish istiqbolli omil hisoblanib, yosh
avlodning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishda bu qadriyatlardan foydalanish
ustuvorlik qilmoqda. YUNESKO Bosh Assambleyasida o‘rta asrlar Sharq
allomalarining dunyo tamaddunida tutgan o‘rni, bu mutafakkirlarining boy ilmiy
merosi, ularning asarlarini muntazam o‘rganish, erishilgan natijalar
monitoringini olib borish, shu orqali fan va ta’lim tizimini rivojlantirishga oid
ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida olib
borilayotgan izlanishlarda ham Sharq mutafakkirlari asarlarida xalqlarning kelib
chiqishi va etnopedagogik xususiyatlari, IX-XII asrlar Sharq mutafakkirlari
asarlaridagi shaxsning ma’naviy-ma’rifiy fazilatlari haqidagi qarashlari,
allomalarning ilmiy merosi mazmuni, jahon ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasini o‘rganish asosida ta’lim tizimini takomillashtirish vazifalari
qo‘yilmoqda. Chindan ham Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy, fazoviy,
matematik qarashlari, shaxs kamoloti va odob-axloq masalalari muhim ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega.
Zotan, Sharq mutafakkirlari qoldirgan qadriyatlar, ularning qarashlari vositasida
o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda bir qator pedagogik
yondashuvlar, masalan, tarbiya jarayonida o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini Sharq
mutafakkirlari tomonidan yaratilgan qadriyatlar asosida shakllantirishga
qaratish; tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy hayot va kasbiy mehnat sirlarini
egallash bilan uyg‘unlashtirish; yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida
shakllantirishga yo‘naltirish, o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi tarbiyalash, sezgirlik,
ogohlik ko‘nikmalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor qaratilmoqda.
Shu ma’noda ham aytish mumkinki, xalqimizning ming yillik tarixi, madaniyati,
adabiyoti, san’ati mavjud ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida ajdodlarimiz yaratgan
bebaho ma’naviy-pedagogik merosdan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Xorijiy ta’lim tizimi tamoyillari, boshlang`ich sinf o`quvchilariga munosabatdagi
ijodiy yondashuv ular o`rtasidagi o`xshash va farqli tomonlar qiyosida ham
yorqinroq ko`rinadi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
127
O`qish darslarni tashkil etishning didaktik asoslari o`quvchilarni qiziqargli
bilimga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari ularni
o`tishda pedagogik mahoratlari – notiqlik, san’atkorlik, rejissor va savodxonlik
qobiliyatlarini to`liq namoyon eta olsalar har bir darsdan ko`zlangan samarali
natijaga erishiladi. Bunda interaktiv metodlar ham albatta har bir o`quvchi
shaxsi, kichik guruhlar, sinf qiziqishining yo`nalishiga, salohiyatiga ko`ra tashkil
etiladi.
Binobarin, boshlang`ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi kitobidagi mavzular,
shе'r va hikoyalar, ular ustida samarali ishlash va ilg`or pеdagogik
tеxnologiyalarni faol qo`llash muammosini kiritish mumkin. Uzluksiz ta’limning
boshqa bosqichlaridan farqli o`laroq, boshlang`ich sinflarning ona tili va o`qish
savodxonligi darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini shakllantirish, asar
matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. Shunga ko`ra,
bunday darslarining yеtakchi xususiyati o`quvchilar savodxonligini ta’minlash
bilan birga, badiiy adabiyotning sеhrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida
yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Bunda ona tili fani
topshiriqlari bajarish bilan birga hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tеz
aytish, shе’r, latifa, lof kabi janrlar namunasini o`qishga erishish; o`zbеk va
xorijiy bolalar yozuvchilar asarlarini o`qish; yozuvchilarning ismi sharifi,
asarlarining nomlari haqida to`laroq tushuncha hosil qilish; badiiy asarlarni
sharhi, ifodali o`qish; asar mazmuni va voqеalari o`rtasidagi bog`lanishni,
qahramonlarning fе’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash; badiiy asarlarni
estеtik tahlil qilish; nasriy asar mazmunini to`liq, qisqartirib, shaxsini o`zgartirib
hikoyalash; badiiy asarlarni o`zaro qiyoslab, tеgishli xulosalar chiqarish kabilar
alohida ta'kidlab ko`rsatilgan.
Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya
uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang‘ich ta’limni
integratsiyalash masalasiga keyingi paytda bir qancha yondashishlar paydo
bo‘ldi: darsni ikki fan o‘qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga
birlashtirib, uning bir o‘qituvchi tomonidan o‘tilishidan to integratsiyalangan
kurslar tashkil etish, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirishgacha.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan o‘qish, ona tili, tabiatshunoslik, tasviriy
san’at, mehnat, musiqa, matematika kabi o‘quv fanlari o‘quvchilarning ilmiy
dunyoqarashi va axloqiy fazilatlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bir-
birini to‘ldiruvchi ushbu o‘quv fanlari yordamida o‘quvchilar tabiat, jamiyatdagi
hodisa va jarayonlar, san’at haqidagi umumiy tushunchalar, til xususiyatlari,
og‘zaki va yozma nutq shakllanishini tarixiylik tamoyili yordamida haqqoniy
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
128
dalillar, voqeliklar asosida o‘rganadilar. Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi o‘quv
fanlarini o‘rganish jarayonida fanlararo aloqadorlik asosida matematika bilan
bog‘liq tarzda o‘tmishdagi buyuk shaxslarning tug‘ilgan va yashab o‘tgan vaqti,
asarlari yozilgan sanalar, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ilmiy merosi va axloqiy
qarashlari bilan o‘quvchilar tanishtiriladi. Bunda o‘quvchilar xotirasi, his-
tuyg‘usiga
ta’sir
ko‘rsatishi,
o‘z-o‘zini
tarbiyalashida
matematik
tushunchalarning o‘rni beqiyosdir. Tarixiylik tamoyili o‘quvchilarni
o‘rganilayotgan o‘quv faniga nisbatan qiziqishini oshiradi, ilmiy dunyoqarashini
shakllantiradi, ularda axloqiy sifatlarni tarkib toptiradi.
Misol uchun “Men, sen, u va ular” boʻlimiga eʼtibor qaratilsa, birinchi sinfda bu
boʻlim orqali oʻquvchilarga oila aʼzolari, yaqinlari, kun tartibi va bayram kunlari
haqida maʼlumot va topshiriqlar berilgan boʻlib, ikkinchi sinfdagi bu boʻlimda
yuqorida berilgan mavzular atroflicha kengaytirilib, oʻquvchilar bilimiga maktab,
mahalla kabi tushunchalar asosida ot yasovchi “- dosh” qoʻshimchasi kiritiladi.
Oʻquvchilar nutqida qoʻllanib kelayotgan sinfdosh, partadosh, mahalladosh kabi
soʻzlar sinf, parta, mahalla soʻzlariga “-dosh” qoʻshimchasi qoʻshilishi natijasida
hosil boʻlganini bilib olishadi.
“Tabiat neʼmatlari” boʻlimi ham ikkala sinf doirasida uchrab, birinchi sinfda
tabiat hodisalari, moʻjizaviy hasharot, yaʼni asarlari, uy hayvonlari haqida
maʼlumot berish bilan birgalikda hayvonlarga qoʻyilgan nomlarni bosh harf bilan
yozish koʻnikmasi hosil qilinadi.
Ikkinchi sinfda bu bilimlar kengaytirilib, qishda uxlaydigan hayvonlar, yer osti
qazilmalari, sayohat qiladigan qushlar haqida maʼlumot berilib, “Yer ostida nima
bor?” mavzusida oʻquvchilarga narsalarning nomini bildiruvchi soʻzlar nima?
yoki nimalar? soʻrogʻiga javob berishi oʻrgatiladi.
Bu kabi integratsiyalashgan boʻlimlar darslikda koʻplab uchrab, biri
ikkinchisining mazmunini toʻldirishga, boyitishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yo’ldoshev J.G’. Хorijiy mamlakatlarda ta’lim. – Тoshkent: Sharq, 1995.
2.
Abdullev Yu. Jahon oliy maktabi:qiyosiy tahlil.–Тoshkent: G.G’ulom, 2001.
– 288 b.
3.
Rajabova K. O`zbekiston ta’limining Finlyandiya ta’limi bilan
integratsiyalashuvida xalqaro baholash dasturlarini qo`llash imkoniyatlari.
“Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar “, 2023. – №2, –B.244
4.
Bashorat Jamilova . Description of the spirit of teenagers in uzbek
children's prose . MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
129
5.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
Milliy markazi. O‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqot dasturi haqida qo‘llanma.-T.:2019.-6-be
6.
https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5613
7.
https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/134/13
6https
8.
https://uz.wiktionary.org/wiki/modifikatsiya
9.
https://baxtiyor.uz/wp-
content/uploads/2022/10/Kreativ_2020_PRINT.pdf