DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
96
MANBALARDA MUQANNA SHAXSIGA OID QARASHLAR XUSUSIDA.
(MUQANNA QAHRAMONMI, YOKI “SOXTA” VATANPARVARMI?)
Fatxullayev Nuriddin Faxriddin o‘g‘li
Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Gavhar
ko‘chasi 1-uy, Tashkent 100149
_nfatxullayev77@gmail.com
Samandarov Qalandar Daniyor oʻgʻli
Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi
samandarovq766@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14184375
Kalit so‘zlar.
Muqanna, Beruniy, Narshaxiy, Napaleon Bonapart,
payg‘ambarlik da’vosi, Abu Said Gardiziy, S.P. Tolstov.
Annotatsiya:
Fan-texnika rivojlangan zamonamizda, har kim o‘zi istagan
kontentni (ma’lum bir mavzu bo‘yicha ma’lumot, xabar) topishi va undan qaysidir
faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Bugungi ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan
davrda insonlar biror-bir mavzuga bag‘ishlangan video yoki o‘qigan mal’um bir
xabarlari ostiga o‘zlari istagan izohlarni yozib qoldirishlari mumkin. Biz yuqorida
sanab o‘tgan holatlar ayniqsa diniy yoki tarixiy mazmundagi kontent bo‘lsa, izoh
yozayotganlar aksariyat hollarda ikki guruhga ajraladilar. Biz ushbu maqolamiz
nomida tilga olingan “shaxs” ham hozirda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama
mavzularidan biriga aylanib ulgurdi. Bir taraf Muqanna shaxsiyatini buzg‘unchi
va fribgar desa, boshqa bir taraf uni tarixda vatan qahramoni sifatida olqishlaydi
va uni “bosqinchi arablarga” qarshi kurashgan xalq himoyachisi deb e’tirof
etishadi. Maqolada ushbu holatga oid qarashlarni tarixiy manbalarda keltirilgan
ma’lumotlar asosida tahlil qilamiz.
KIRISH
Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘alon O‘zbekiston tarixidagi alohida o‘ringa
ega bo‘lgan tarixiy-siyosiy voqealardan biri sifatida tadqiqotchilar tomonidan bir-
necha bor tadqiq qilingan. O‘tgan asr va hozirda ham “Oq kiyimlilar” harakati va
uning rahbari haqida bir qancha asarlar yaratilgan. Masalan, Sadriddin Ayniy,
adabiyotshunos olim Hamid Olimjonning asarlari shular jumlasidandir. Jahon
xalqlari tarixida yirik sarkardalardan biri bo‘lgan Napaleon Bonapart ham
o‘zining Muqanna timsoliga bag‘ishlangan “Le masque prophete” ya’ni,
“Payg‘ambar niqobi” nomli kichik tarixiy risolasida ikki betli Muqanna haqida
ma’lumot yozilgan. Napaleon Bonapart bu risolada Muqanna to‘g‘risida
shunchaki hikoya qiladi va uning hikoyasida Muqannaning oqlanishi yoki
qoralanishi deyarli aks ettirilmagan. Napaleon ushbu shaxsiyatni yoritishda
Narshaxiyning asaridan ham foydalanganligini istisno etmaydi. Bundan farqli
ravishda Hamid Olimjon asarlarida Muqannaning vatanparvarligi va xalq ozodligi
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
97
yo’lidagi harakatlari, yuqori baholanib, tahsinga sazovor shaxs ekanligi
ta’kidlanadi. Ammo qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy (973-1048) va tarixchi
Narshaxiy Muqanna shaxsiyatiga anchayin salbiy munosabat bildirishgan.
Xolbuki biz yuqorida nomini sanab o’tgan vatandoshlarimiz davr va yashagan
yillari nuqtayi nazaridan Muqannaga “eng yaqin” hisoblanadilar. Xususan,
Narshaxiy 899-959-yillarda yashab o‘tgan. Masalani yanada soddalashtiradigan
bo’lsak Narshaxiy tug’ilishidan 116 yil oldin, ya’ni 783-yilda Oq kiyimliklar
qo‘zg’aloni barham topgan. Nima uchun Muqannaga yaqin bo‘lgan davrda
yashagan qomusiy allomar va XX asrda hayot kechirgan vatandoshlarimizning
Muqanna haqidagi fikrlari bir-biriga qarama-qarshi? Shuni yoddan chiqarmaslik
kerakki, bu vaziyatda har bir davrning tarixiy-siyosiy muhiti ham turlicha
munosabatlar bildirilishiga ta’sir qiladi. Mazkur maqolamiz davomida Muqanna
shaxsiga doir “chizgilar”ni manbalar asosida tahlil qilamiz.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada keltirilgan ma’lumotlar analiz metodi, sintez, qiyosiy tahlil, tarixiy
taqqoslash kabi usullar asosida tahlil qilingan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqolani yozishda foydalanilgan adabiyotlar asosan mahalliy va xorijlik
tadqiqotchi, siyostchilar tomonidan yozilgan kitoblar hisoblanadi. Bu
adabiyotlarni arab, fors tili va boshqa chet tillarida yozilgan manbalar
mazmundagi tasniflarga ajratish mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
“Axbori Muqanna”ning muallifi Ibrohim va Muhammad ibn Jarir at-
Tabariylarning yozishlaricha, “Muqanna Marv atrofi aholisidan, Koza deb
ataladigan qishloqdan bo’lib, nomi Xoshim ibn Xakim edi. U ilgari kudungarlik
qilar edi, keyin esa ilm o‘rganishga mashg‘ul bo‘ldi va har xil ilmlarni:
Ko‘zboyamachilik, sexr va tilsim ilmlarini o’rgandi. Ko‘zboyamachilikni yaxshi
bilib olib, payg‘ambarlik da’vosini ham qildi va uni Maxdiy ibn Mansur xijratning
bir yuz oltmish yettinchi yilida o’ldirdi. Muqanna ko’zboyamachilikni o‘rgangan
va g‘oyatda ziyrak bo’lib qadimgi ilmlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qigan va
jodugarlikda ustoz bo’lgan edi.” [1.37-b.]
Ko‘rinib turibdiki Muqannaning asl kelib chiqishi Marv shahridan bo‘lib, asl
ismi Xoshim ibn Xakim edi. U hunarmand ya’ni, matoga ohor bosuvchi bo‘lgan.
Bo‘sh vaqtlarida esa turli-xildagi ilmlarni o‘rgangan. Lekin Muqanna odatiy bilim
sohalaridan tashqari, o‘z davri uchun taqiqlangan sexr va shunga o‘shash tilsim
ilmlari bilan shug‘ullangan. To‘g‘ri bu ilmlar avval ham barcha xalqlarda
kuzatilgan. Lekin islom dini kirib kelib, bu kabi holatlarga ta’qiq qo’yilgan. Bu
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
98
odatlar bartaraf etilayotgan bir davrda Muqannaning tarixiy vaziyat nuqtayi-
nazardan aytadigan bo‘lsak “dunyo va oxirat” uchun foyda bermaydigan ilmlarni
o‘rganishi ajablanarli. Balki bu ilmlarni o‘rganishdan ko’zlangan maqsad
kelgusidagi g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun bo’lgandir. Muqanna agar yuqoridagi
ilmlarni o‘rganib indamasdan yurganida yoki ushbu ilmlardan yashirin
foydalanib yurganida ham, balki unga hech kim e’tiroz bildirmasligi mumkin edi.
Biz ham uni garchi da’volari islom diniga qarshi qaratilgan bo‘lsa-da, hech
bo‘lmasa o‘z vatanini sevuvchi va o‘z ajdodlariga sodiq bir shaxs sifatida yodga
olar edik. Lekin u “payg’ambarlikni” da’vo qilib, o‘zi kirib qolgan “boshi berk
ko‘chadan yonib turgan tandirga o‘zini otib” chiqdi. Ya’ni uning bu da’vosi oxir-
oqibat uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Albatta, Muqannaning payg‘ambarlikni
da’vo qilishi har bir musulmon kishining “nafrat”iga sababchi bo‘lishi tabiiy.
Undan tashqari o‘sha davrda asta-sekinlik bilan so‘nib borayotgan zardushtiylik
dini ham Muqannaning payg‘ambarlik da’vosini qabul qilmagan bo‘lar edi.
Narshaxiy asarining obyektivlik darajasiga baho beradigan bo‘lsak, yuqoridagi
satrlar Narshaxiyning Muqanna haqidagi g‘azab va nafrat bilan yozgan satrlaridir.
Ayni vaqtda Narshaxiy “g‘azab va nafrat” bilan yozilgan yuqoridagi fikrlarda
Muqannaning aqlli va zukko bo‘lganini ham istisno qilmaydi. O‘zi tanqid qilgan
shaxsning kerak paytda ijobiy xislatlarini ko‘ra-bilish muallifning tarixiy
jarayonlarni aks ettirishda nisbatan xolislik bilan yondashganligidan dalolat
beradi.
Narshaxiy asarida yana quyidagicha keltiradi: “Muqanna Abbosiylar
da’vatchisi Abu Muslim zamonida Xuroson lashkarboshilaridan biri hisoblanib,
Abduljabbor Azdiyga vazir bo‘ldi va payg‘ambarlik da’vosini qildi va bir qancha
vaqt shu da’voda turdi. Abu Jafar Davonakiy odam yuborib uni Marvdan
Bag‘dodga oldirib keldi va bir necha yil davomida zindonda tutdi. Shundan keyin
u zindondan qutulib yana Marvga qaytib keldi va odamlarni yig’ib: “Mening kim
ekanimni bilasizmi?” deb so‘radi. Odamlar “Xoshim ibn Xakimsan” dedilar. U
“Yanglishdingiz, men sizning va butun olamning Xudosiman” og‘ziga tuproq.! Va
yana O‘zimni qanday nom bilan atashni istasam atayveraman dedi.......”[1,.37-bet]
Shu yerda yana bir qiziq holatga ko‘zimiz tushadi. Muqanna Arab qo’shinida
lashkarboshi bo‘lgan. Demak katta ehtimol bilan Muqanna ma’lum vaqt bo‘lsada
musulmon bo‘lishi mumkin. Chunki o‘sha davr uchun oddiy xalqdan chiqqan
insonni lashkarboshi qilish uchun u katta ehtimol bilan musulmon kishi bo’lishi
kerak bo‘lgan. Shuni aytish kerakki, Muqanna payg‘ambarlik da’vosini qilganidan
keyin, unga qarshi darhol kurash olib borilmagan. Bu holatga tarixdan boshqa bir
misolni keltirsak, o‘z vaqtida arab xalifaligining yirik sarkardalaridan biri bo‘lgan
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
99
Xolid ibn Valid ham payg’ambarlik da’vosini qilgan Musaylamaga o’zining
da’vosidan kechsa, unga tegmasligini bildirgan.[5.45 b] Ya’ni Muqannaga ham
boshida shunday munosabat bildirilgan bo’lishi mumkin, balki da’vosidan,
g‘oyasidan voz kechib, to‘g‘ri yo’lga qaytar degan umidda. Lekin Muqanna o‘z
da’vosidan kechmaydi va payg’ambarlik da’vosidan tashqari endi u Xudolik
da’vosini ham qila boshlaydi. Bu da’vo o’z davri uchun ham va bizning hozirgi vaqt
uchun ham na islom diniga, na insoniylikka, na huquqiy asosga, na dunyoviy ilm-
ma’rifatga to‘g‘ri kelmaydi.
Asarning davomida yana shunday keltiriladi: “Abu Ali shunday deydi
.....Keyin Muqanna o‘rnidan turib qarab, hamma xotinlarining o‘lib yotganini
ko‘rdida, o’z qulining oldiga bordi va qilich bilan uning kallasini kesdi.
Muqannaning farmoni bilan uch kundan beri tandir qizitayotgan edilar. Muqanna
o’sha tandir oldiga borib kiyimini yechdi va o‘zini tandirga otdi. Tandirdan bir
tutun chiqdi. Men u tandirga borib uning vujudidan hech narsa ko‘rmadim.”[1,.41-
bet]
Shu o‘rinda biz Muqanna haqidagi birgina manbaga to‘liq suyanib
qolmasdan, Narshaxiyning Muqannaning o‘limiga bag‘ishlangan qismi haqida
to‘xtalishni lozim topdik. Chunki birgina Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobiga
to‘liqligicha suyanib qoladigan bo’lsak, bunda biz asarning ko’proq sharhini
bayon qilgandek bo’lib qolamiz. Bu holatda esa Muqanna haqida bir kishining
aytgani bo‘yicha xulosa qilgan bo‘lamiz va tabiiyki bu yondashuv tarixiylik
tamoyili uchun mos kelmaydi. Ko‘rinib turibdiki Muqanna o‘limidan avval barcha
ayollarini ham o‘ldirgan va o‘zini yonib turgan tandirga tashlab xalok bo‘lgan.
Manbada yonib ketgan vujuddan hech narsa qolmagani bayon qilingan bo’lsa-da,
ba’zi bir qarashlarga ko’ra (konspirologik) tandirda yonish qismatini tanlaganda
ham Muqanna o‘z manfaatlarini o‘ylagan, ya’ni yuqorida takidlab o‘tganimizdek
Muqannaga “Payg‘ambarlikni” o‘zi kamlik qildi va bir yo‘la Xudolikni da’vo qiladi.
Tabiiyki Xudo birovning qo‘lida asir bo’lmaydi va Xudoning jasadi ham birovning
qo‘liga tushib qolishi aql qabul qilmaydigan, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan
holatdir. Muqanna o‘zini olovga tashlash orqali jasadini oshkor (“Xudo
emasligini”) bo’lishini istamadi. Lekin uning bu g’oyasi amalga oshmadi, bu
haqida biz Beruniyning qarashlarini bayon qilganimizda alohida to‘xtalamiz.
“Payg‘ambarlikni da’vo qilgan kishilar va ularning aldangan ummatlari-
ularga olamlar egasining lanati bo’lsin-tarixlari ustida so‘z” [2.,247-bet] ushbu
so‘zlarni Abu Rayhon Beruniy o‘zining, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
kitobida bir bobga mavzu o‘laroq ishlatadi va ushbu sarlavha ila yozilgan bobda
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
100
ko‘plab “kazzoblar” nomlariga duch kelamiz. Ular ichida biz Muqannani ham
uchratamiz.
“Muqanna o‘zining Xudo ekanligini davo qildi va jasadga kirganini, chunki
jasadga kirmasdan oldin birov unga qaray olmaganini (Aytdi). U Amudaryo orqali
Kesh va Nasafga o’tdi. Xoqonga xat yozib, undan yordam so’radi, “Oq kiyimliklar”
va Turklar uning atrofida yig’ildilar. Muqanna ularga mollari va xotinlarini halol
qildi, qarshilik ko’rsatganlarni o’ldirdi. [2.,247-bet]
Bu yerda ham biz Muqannaning Xudolik da’vosini qilganligini
ko’rmoqdamiz. Ya’ni Muqanna nima uchun jasadga kirganini ustamonlik bilan
izohlanayotganini ko‘rishimiz mumkin. U hukmdor (hokim)ga xat yozib, yordam
so‘ramoqda va boshqalarning moli va xotinlarini izdoshlariga “Halol” qilib
bermoqda. Bunday holat albatta ayrim kishilarga: “talonchi”, “fikri buzuq”
kimsalarga yoqib tushadi va ular tabiiyki ushbu da’vo egasini o‘zlariga oliy
rahnamo deb biladilar.
“Muqanna o‘rab olingach, jasadi yo‘q bo’lib ketishi va tobelari uning
(yuqoridagi) gapiga ishonishlari uchun o‘zini olovga tashlagan edi. uning
kuyamanu, yo‘q bo‘laman istagi muyassar bo‘lmadi. Balki uning jasadi tanurdan
topildi. Uning kallasi olinib o‘sha kunlarda Xalabda bo’lgan Amiril-Mo‘minin Al-
Mahdiyga yuborildi.” [2,.247-bet]
Ko‘rib turganimizdek Muqannaning jasadi butkul yo‘q bo‘lib ketmaydi va
uning boshi Xalifaga yuboriladi.
Shu holatni ham alohida takidlash lozimki, Abu Rayhon Beruniy Muqanna
masalasiga batafsil to‘xtalmaydi. Chunki Beruniy ushbu asarida yuqorida nomi
keltirilgan bob ichiga, ko‘plab insonlarni kiritgan. Ular qatorida Zardusht, Moniy,
Mazdak va Mansur-Xallojlarni ham uchratish mumkin.
Endi esa tarixchi Abu Said Gardiziyning ma’lumotlarini keltirib o’tsak. “Juda
ko‘p gumroh odamlar, Muqanna sari intildilar va unga sajda qildilar. Jang
maydonida ular “Yo, Hoshim madad ber” deb, go‘yo ulug’ va qudratli Xudodan
yordam so’ragandek suron ko‘tarardilar. Muqanna atrofiga ko‘p odam to’plandi.
U Kesh tumanidagi Siyom q’alasini qarorgoh deb tanladi va bu q’ala atrofiga
istehkom qurishdi. Buxoro va Sug’dda ham oq kiyimlilar paydo bo‘lishdi va
Muqannani qo‘llab-quvvatlashdi. Muqanna kofir Turklarni ham yordamga
chaqirdi. Ular musulmonlarning mol-mulkini g’orat qildilar va bu ishlar ko’proq
Sug’dda sodir bo’ldi. ...” [3]
Bu o‘rinda Gardiziy Muqannaga ergashganlarni “Gumrohlar” deya
ta’riflamoqda. Gumrohlar deb ko‘proq to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, “gunoh ish qilib
yuradigan” kimsalarga nisbatan ishlatiladi. Islom dini qonun-qoidalari bo‘yicha
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
101
ham insonga nisbatan, Xudoga qilgandek muomala qilish gumrohlik deb qaraladi.
E’tibor beradigan bo‘lsak, Buxoro aholisi ham Muqannani qo‘llab-quvvatlagan.
Ammo undan keyingi ikki yuz yil davomida Buxoro hududidan shunday
allomlalar, hadis ilmi bilimdonlari va boshqa qomusiy siymolar yetishib chiqib,
ushbu shahar “Qubbat ul-islom” (“Islom dining gumbazi”) deya ulug‘landi va
“Buxoroyi-sharif” deya e’tirof qilina boshlangan.
Shu o‘rinda biz kelgusida “faqat Arab xalifaligi va islom ta’siri keng yoyilgan
yillarida faoliyat ko‘rsatgan, aksariyati musulmon bo‘lgan mualliflar Muqannani
yomonlab yozgan va bu yerda ular o’z davrining siyosiy muhitidan kelib chiqib
uni salbiy obraz qilib gavdalantirganlar. Boshqa bir tarafdan esa mualliflar
Muqanna to‘g‘risida shunday yozishga majbur bo’lgandirlar.?” degan e’tirozlarga
javob sifatida musulmon bo‘lmaganlarning ham Muqanna haqidagi fikrlarini
havola qilishga qaror qildik.
Arxeolog tarixchi S.P. Tolstov o’zining “Qadimgi Xorazm” asarida Muqanna
masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. Jumladan ushbu asarda Tolstov o‘sha davrlarda
O‘rta Osiyoda “Guruh” nikohi mavjud bo‘lganini bayon qiladi. Qo‘polroq qilib
aytadigan bo’lsak ushbu xolatda bir ayolga aka-ukalar ham yaqinlik qilishi
mumkin edi. Shuningdek Tolstov Mazdakiylik harakatini Muqannaga uzviy
bog‘laydi va 775-yildagi (Aslida qo‘zgalon 769-yilda boshlangan va 783-yilda
tugatilgan.) Kesh, Naxshab va Buxoroni qamrab olgan qo‘zg‘alon haqida qisqagina
fikr yuritadi. Muqanna va Karmatiylarni esa yonma-yon tariflab “Anti-feodal”
kurashchilar sifatida tariflaydi. Shuningdek Muqanna Islomning ko‘p taqiqlariga
amal qilmagani, oila azolarini zaharlaganini ham takidlab o‘tadi. Shuningdek
Muqannaning shuhrati asrlar osha saqlanib qoldi va qolgan izdoshlari XII
asrgacha ham uning Mahdiy sifatida qaytishini kutishgan. Muqannaning
mag‘lubiyati O‘rta Osiyoda Islomning to‘la-to‘kis qaror topishiga sabab bo‘ldi va
keyingi qo‘zg‘alonlarda Islomga bo‘lgan qarshilik deyarli kuzatilmaydi. [4]
Napaleon Bonapart o‘zining “Yakuniy maftunkorlik” deya nomlagan 2 betlik
hikoyasida ushbu satrlarni yozadi. “Niqob yordamida siyosiy hukmdorlikka
urinish Xurosonning pardali payg‘ambari Hakim al-Muqannaning VIII asrning
so’nggi yillarida yuz bergan. U yuziga ko‘k niqob taqib olgan va hech qachon olib
tashlamagan. U o’zini Xudoman deya e’lon qildi va yuzini berkitganini aytdi.
Chunki hech bir odam uning yuzini ko’ra olmaydi. Darhol uning dushmanlari
uning da‘volarini qattiq muhokama qilishdi. Solnomachilar va xalifaning barcha
tarixchilari - kal, bir ko‘zi ko’r va jirkanch bo’lgani uchun uning shunday yo’l
tutganini (yani doimiy niqobda yurganini) yozishadi. ......Al-Muqannaning 50 ming
askari uni ko‘rishni talab qilishadi va qal’a eshigi oldida norozilik bildirishadi. Ular
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
102
o’z Xudolarini yuzini ko‘rsagina unga bo‘ysunishlarini ma‘lum qilib, unga iltijo
qildilar. Al-Muqanna o’zining Hojib ismli xizmatkoriga aytdi: Bandalarimga
ayting, Muso alayhissalom mening yuzimni ko‘rishga ruhsat so‘radi , lekin men
unga ko‘rsatishga rozi bo‘lmadim, chunki u mening qarashlarimga dosh bera
olmas edi. meni ko‘rsa bir zumda o‘qa
Q2lardi. ......... “[5]
Yuqoridagi ma’lumotlar hikoyaning bir qismi. Napaleon Bonapart o‘z
asarida Narshaxiyning ham ma’lumotlarini keltirgani ahamiyatlidir. Sababi
hikoya davomida Narshaxiyning ham ismi tilga olinadi. Muqannaning o‘limi
haqida esa ozgina farqliroq uch xil voqea keltiriladi:
– Muqanna o‘zini yonib turgan ohak chuqurga tashlagan.
– yonib turgan simob qozonga tashlagan.
– nitrat kislotasi bilan to’lgan idishga tashlagan.
“Shunga qaramay xiyla muvafaqqiyat qozondi, ya’ni bu orqali Payg‘ambar
go‘yoki yo‘q bo‘lib osmonga ko‘tarildi va “ummatlarini” yana yerga tushishiga
ishontirdi. Xuroson yana uzoq vaqt tinchlik topolmadi. .....” deyiladi hikoyaning
oxirgi betida.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Muqanna haqidagi voqealar tariximizning bahsli mavzularidan biri
ekanligini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Xulosa o’rnida aytish mumkinki maktab
darsliklarimizda “Erkparvar” deya o‘qitilgan Muqanna aslini olganda mavjud
siyosiy qarashlar nuqtayi-nazaridan yaratilgan bir “qahramondir.” Albatta har bir
xalq o‘zining qahramonlari va jasur sarkardalari bilan faxrlanadi. Lekin buyuk
ajdodlar bilan faxrlanish qahramonni qo‘rqoqqa, yoki “firibgar”ni sodiqqa
aylantirish uchun asos sifatida ko‘rilmasligi lozim. Yuqorida guvohi bo‘lganingiz
manbalar asosida Muqanna hayoti va faoliyati tahlil qilindi. Kerak paytda uning
“aqlli va ziyrak” bo‘lganini ham manbalarda yoritib o‘tilganini ko‘rdik. Lekin
aksariyat manbalar Muqannaning “nayrangboz” inson timsoli ekanligini
ko‘rsatyapti. Aslini olganda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, XX asrning
boshlarigacha ham Muqanna haqida ijobiy ma’lumot topish mushkul edi. Xattoki
oxirgi ikki asrda islomni va turkiy xalqlarni o‘zlariga “dushman” deb biladigan
mamlakatlar ichidan chiqqan ikki shaxsning ham Muqanna qo’zg’alonini
“oqlamaganiga” guvoh bo’ldik. Manbalardagi bu shaxsning ta’rifini sizlar bilan
bo‘lishdik. Sovet davrida dinga nisbatan ateistik tuzum sababidan bo‘lsa kerak
davlat tashkil topgan dastlabki yillardayoq go‘yoki davlatda hal qilinishi kerak
bo’lgan muhim masalalar qolmagandek, aynan Muqanna masalasini ko‘tardi va
uni “qahramon” qilish haqidagi harakatlarining uddasidan chiqdi. Biz esa
maqolamizda so‘zimizning isboti o‘laroq manbalarni ham keltirib o‘tdik. Ta’lim
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
103
tizimida Muqanna “xalqparvar” deya o‘qitiladigan bir vaqtda ushbu maqola
o‘quvchilarimizda norozilik uyg‘otishi mumkin. Shuning uchun ham o‘quvchidan
yakuniy iltimosimiz shundan iboratki, ushbu maqolani bir o‘qishdayoq unga
hukm bermasin va har bir o‘quvchi aniq ishonch hosil qilish uchun manbalarni
o‘qib chiqish imkoniyati bor ekanligini yodida tutsin!
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Abu Bakr Narshaxiy. Buxoro tarixi. – Toshkent, 1958. – 63 b.
2.
Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар - I. – Тошкент: “Фан”, 1968. –
488 б.
3.
Абу Саид Гардизий. Зайн ул-ахбор. – Тошкент: “Фан”, 1991. – 113 б.
4.
C.П. Толстов. Древний Хорезм. – – Москва, 1948.
5.
Napaleon Bonapart. Le masque prophet. 2003-reservados todos los
derechos.