DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
196
O‘ZBEK BASTAKORLIK IJODIYOTINING O‘RGANILISHI
Madinaxon Turg’unboyeva
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12528262
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bastakorlik ijodiyoti xususida qadimgi
musiqiy risolalar, tazkira va adabiy asarlardan bizgacha yetib kelgan qimmatli
ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, yaqin o‘tmishda o‘zbek bastakorlik san’ati
musiqashunoslar tomonidan qanday masalalar kesimida o‘rganilganligi bayon
qilingan.
Kalit so‘zlar:
bastakor, musannif, mulahhin, risola, ilmi ta’lif, tazkira,
“kuychi-kompozitor”.
O‘zbek xalqi musiqa merosi ko’hna tarix va boy an’analarga ega. U
zamonlar osha ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga an’ana sifatida o‘tib,
hozirgi kunga qadar rivojlanib, sayqallanib, turfa yangi ijod mahsullari bilan
boyib bormoqda. Badiiy tafakkur mahsuli bo’lgan musiqa san’atida ijodkorlik
muhim tarmoq sifatida davrlar surib, o‘z rivojini topgan, shuningdek, ijodkorlik
hamda ijrochilik mahoratini o‘z faoliyati davomida mushtarak olib borgan yetuk
musiqachilar doimo xalq e’tirofida bo‘lgan. Ular asosan, xalqning ijtimoiy va
madaniy hayoti, uning his-tuyg’ulari, orzu-umidlarini tarannum etuvchi ijod
mahsullari yaratishgan. Bunday iste’dodli, hassos san’atkorlar b a s t a k o r
nomi bilan atadi.. “Bastakor (forscha – bog‘lash, bog‘lov, mashg‘ulot, ish) – 1.
Musiqiy asarlarni yaratuvchi ijodkor; 2. Ashula yo‘llariga yangi she’rlarni
bog’lovchi san’atkor; xalq kuyi va ashulalariga yangi kuy jumlalarini bog’lab,
ovoz, muayyan cholg’u yoki jo‘rnavozlik uchun moslashtiradigan, qayta
ishlaydigan ijodkor”
1
dir. Yaqin va O‘rta Sharq manbalarida bastakorlar
musannif, mulahhin, ohangdon, navosoz, nag’masoz, nag’mapardoz kabi
atamalar bilan ham nomlangan. Bu nomlar bastakorlarning uslubiy tamoyillari
hamda ayrim xos qirralaridan kelib chiqqan holda ishlatilgan.
Bastakorlik san’atining tarixiy ildizlari juda qadim zamonlarga, soha
mutaxassislarining ta’kidlashicha, VI asrlarga (Borbad Marviy ijodiga) borib
taqaladi. 15 asrlik qadimiy tarixga ega o‘zbek bastakorlik san’atining paydo
bo‘lishi va taraqqiyot yo‘lini belgilashda, avvalo, yozma manbalar – ya’ni musiqiy
risolalar hamda buyuk allomalarning ilmiy hamda nasriy asarlariga tayanamiz.
Bastakorlik ijodiyotining nazariy va amaliy jihatlari xususida Abu Nasr Forobiy,
Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher
1
Ражабов И. Шарқ мусиқа атамаларининг қисқача луғати. Нашрга тайёрловчи махсус муҳаррир изоҳлар
муаллифи О.Иброҳимов. “TAMADDUN” нашриёти, Тошкент, 2023, 34-бет.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
197
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kavkabiy, Darvishali Changiy kabi
mutafakkir olimlarning risola hamda tazkiralarida qimmatli ma’lumotlar
berilgan.
Asrlar mobaynida milliy madaniyat, adabiy-badiiy ijodning yanada rivoj
topishi, ayniqsa, o‘rta asrlar tarixida “Sharq Renessansi” (“Musulmon uyg’onish
davri” (IX-XII)) deya nom olgan
2
davrda o’zining yuksak in’ikosini topdi. Ushbu
davrda ilm-fan, madaniyat shu jumladan, musiqa ilmi ham o‘z tarixida yangi
yuksalish davrini boshdan kechirdi. Alxusus, “X-XIII asrlar - Sharq
musiqashunosligining mumtoz davrining yuqori bosqichi sanalib, arab tilidagi
ilmiy adabiyotda “Kitabul-musiqa” ya’ni Musiqa kitobi atalmish janr paydo
bo‘ldi.”
3
Mazkur janrdagi risolalar, asosan, musiqa ilmining ham nazariy, ham
amaliy jihatlarini, xususan, nag’malar, bo‘dlar, jinslar, jamlar, alhon, iyqo,
musiqiy janrlar, musiqiy cholg’ular, kuylarning yaralishi kabi masalalarni
qamrab oladi. Ularda, odatda, kuylarning yaralishiga bag’ishlangan “Ilmi ta’lif”
nomli maxsus bo‘lim yoki maqola mavjud bo‘lgan. “Ilmi ta’lif (arab. ta’lif ilmi) –
qadimiy musiqa risolalarida kuyni yaratish masalalaridan baxs etuvchi qismi,
sohasi”
4
hisoblanadi.
“Ilmi ta’lif” haqida ilk nazariy-amaliy ma’lumotlarni “Sharq Arastusi”,
“Ikkinchi muallim” nomlari bilan fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va
mavqeyiga ega bo‘lgan buyuk mutafakkir olim Abu Nasr Forobiyning “Musiqa
haqida katta kitob” risolasidan topish mumkin. Keyinchalik Ibn Sinoning “Najot
kitobi”, Safiuddin Urmaviyning “Sharafli risola” va “Musiqa va ritm doiralari
kitobi”, Mahmud Sheroziyning “Deboj ko‘rkidagi toj durri gavhari”, Abdulqodir
Marog’iyning “Kuylarning o‘rni” va “Kuylar to‘plami”, Abdurahmon Jomiyning
“Musiqiy risolasi” va boshqa allomalar asarlarida kuy yaratilishi “ilmi ta’lif” ni
o‘rganish masalalari bo’yicha qimmatli amaliy ko‘rsatmalar berilgan hamda
oldin ijod qilgan va zamonasining mashhur bastakorlari haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Biroq, yuqorida nomlari keltirilgan manbalarni tadqiq qilish hamda
mavzu yuzasidan o‘rganishlar natijasida bastakorlik san’atining VI asrdan to XIV
asrgacha bo‘lgan davri va bastakorlik amali bilan shug’ullangan musiqachilar
hayoti va ijodi yetarlicha ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan degan xulosaga
kelish mumkin.
O‘rta Osiyo hududidagi davlatlar Amir Temur (1336-1405) hokimiyati
ostida birlashtirilishi natijasi o‘laroq XIV asrning ikkinchi yarmidan madaniyat
2
Qarang: Мец А. Мусульманский ренессанс. Москва, “Наука”, 1966.
3
Орипов З. X-XV асрлар Марказий Осиё мусиқа манбашунослиги. Тошкент, 2017, 4-бет.
4
Ражабов И. Шарқ мусиқа атамаларининг қисқача луғати. Нашрга тайёрловчи махсус муҳаррир изоҳлар
муаллифи О.Иброҳимов. “TAMADDUN” нашриёти, Тошкент, 2003, 81-бет.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
198
va san’atda yangi yuksalish davri boshlandi. Tarixiy manbalarning darak
berishicha, buyuk sarkarda turli san’at turlarining bilimdoni va ishtiyoqmandi
bo‘lganligi uchun, bosib olingan Xuroson, Eron, Suriya kabi mamlakatlarning
madaniy markazlaridan san’at ustalari, xususan, iste’dodli musiqachilar keltirar,
o‘z saroyida haqiqiy ijodiy jarayon muhiti paydo bo‘lishi hamda madaniyat va
san’at sohasi rivojlanishi uchun kerakli shart-sharoit yaratar edi. Movaraunnahr
zamirida Amir Temur asos solgan yangi davlat Islom madaniyatining “Ikkinchi
Uyg’onish davri” deb e’tirof etilgan.
XIV-XVI asrlar bastakorlik san’atining gullab-yashnagan davri hisoblanib,
ushbu davrda juda ko‘p serqirra musiqachi va bastakorlar yetishib chiqqan
hamda bastakorlik ijodida yangi musiqiy janr va tamoyillar shakllangan. Bular
haqida Amir Temur va temuriylar hukmdorligi davrida yozilgan tazkira
5
lar,
tarixiy, adabiy, she’riy asarlardan qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Avfiyning “Lubobul-albob”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush-shuaro”,
Navoiyning “Majolis un-nafois”, Boburning “Boburnoma”si, Vosifiyning “Badoye
ul-vaqoe” kabi manbalar shular jumlasidandir.
Bastakorlik ijodiyoti tarixini o‘rganishda Temuriylar hukumdorligidan
keyingi davrlarda yozilgan musiqiy risolalardan Najmiddin Kavkabiyning
“Risolayi musiqiy” va Darvish Ali Changiyning “Tuhfat us-surur” risolalari
alohida ahamiyatga sazovordir. Ayniqsa, Darvish Ali Changiyning “Tuhfat us-
surur” asarlarida o‘rta asrlar so‘nggi yillarida bastakorlik ijodida chuqur
yoritilgan bo‘lib, unda musiqashunos olim o‘z davrining mashhur xonanda,
sozanda, bastakor, shoir va olimlari ijodiy merosiga oid qimmatli faktlarni
keltiradi. Risolada 350 ga yaqin musiqachilar nomlarini uchratish mumkin,
ulardan 25 dan ko’prog’i, aynan, bastakorlik amali bilan shug’ullangan.
Shuningdek, asarda bastakorlar ijod qilgan asosiy musiqiy shakllar – naqsh,
peshrav, amal, qavl, savt, chorzarb, jir, tarona kabilar haqida ma’lumotlar
keltiradi.
Endi esa yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Sobiq Ittifoq
hukmdorligi musiqa madaniyatimizga Yevropa musiqa an’analari kirib kelib,
kompozitorlik ijodiyoti shakllandi va keng quloch yoydi. Buning pirovardida,
ko‘p asrlik milliy bastakorlik ijodiyoti bir chetga surib qo‘yildi, bastakorlar
kasbiy xo‘rlanib, “oqinlar”, alohida professional ma’lumotga ega bo‘lmagan, o‘z
ijodlarida faqat kuylar yaratish bilan chegaralangan “kuychi-kompozitorlar” kabi
kamsituvchi nomlar bilan atalib kelindilar. Shunday mafkuraviy qarama-
5
Tazkira (arab. – eslatmoq, zikr etmoq) –keng ma’noda – tarix, tasavvuf, san’at sohasidagi voqea va shaxslar
haqida esdalik ruhidagi asar, tor ma’noda – shoirlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot, asarlaridan namunalar
keltirib tuzilgan to‘plam.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
199
qarshiliklar, kasmitishlarga qaramay, bastakorlik an’analari yo‘qolib ketmay,
asta-sekin o‘z mavqeyini tiklay boshladi.
Bastakorlar ijodini o‘rganishga qiziqish XX asrning so‘nggi choragida bir
muncha ortdi. Mahmud Ahmedovning “Yunus Rajabiy” (1967), “Hoji Abdulaziz
Rasulov” (1974), hayoti va ijodiga bag’ishlangan ocherk janrida yozilgan bo‘lsa,
M.Ahmedovning “Yunus Rajabiy” (1980), “Doni Zokirov” (1995), I.Akbarovning
“To’xtasin Jalilov” (1978) kabi kitoblarda ijodkorning hayoti va ijod yo‘li bilan
bir qatorda, aynan, bastakorlik faoliyati, bastalagan kuy, qo’shiqlari, shuningdek,
nota misollari va asarlarning janr, mavzu, shakl, lad kabi musiqiy unsurlari
qisqacha tahlili bilan taqdim etilgan.
Mustaqillik yillaridan boshlab bastakorlik san’atini nazariy jihatdan
o‘rganish va o‘zbek bastakorlarining hayoti va ijodini tadqiq qilishga qaratilgan
o‘quv qo’llanma hamda ilmiy monografiyalar soni ortib bordi. Ular milliy
bastakorlikning quyidagi masalalarini o‘rganishga qaratilgan:
- bastakorlar ijodining tahlili;
- bastakorlik ijodiyoti tarixini yaratish;
- o’zbek bastakorlari ijodida maqom an’analari;
- o‘zbek bastakorligida mualliflik masalalari;
- bastakorlar asarlarini notaga olish, audio yozuvlarini to’plash va boshqalar.
Istiqlol sharofati bilan S.Begmatovning “Orifxon Hotamov” o‘quv
qo‘llanmasi (2000), N.Qosimovning “Rahmatjon Tursunov” o‘quv qo‘llanmasi
(2003), R.Yunusovning “Faxriddin Sodiqov” monografiyasi (2005), S.Begmatov,
A.Zokirovlarning “Muxtorjon Murtazoyev” o‘quv qo‘llanmasi (2006),
N.Ahmedovaning “G’ulomjon Hojiqulov” monografik o‘quv uslubiy qo‘llanma
(2008), A.Jabborov “O’zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari”
ma’lumotnomasi (2015, 2-nashr), R.Yunusovning Fattohxon hofiz monografiyasi
(2022),
S.Ubaydulloyevning
“Sog‘inganimda
(Abduhoshim
Ismoilov)”
monografiyasi (2022) kabilar nashr yuzini ko‘rdi. Bu mualliflar hassos
bastakorlarning boy ijodiy merosini o‘rganish, tahlil qilish hamda ularni
madaniyat va san’at ahli, o‘zbek milliy musiqasi ixlosmandlariga tanishtirishni
o‘z oldiga maqsad qilgan.
Bastakorlik tarixini o‘rganishning ayrim masalalari, ya’ni Forobiy (X asr)
dan to Changiy (XVI asr) davrigacha yozilgan risolalarda bastakorlik tarixini
yoritilishi, o‘tmishda shakllangan “alhon” turlari, maqomlar shakllanishida
bastakorlarning o‘rni, bastakorlar ijod qilgan kuy va ashulalar shakllari haqida
manbashunos, maqomshunos olim Is’hoq Rajabovning “Maqomlar” nomli
monografiyasining “O’tmishda bastakorlik san’atining ba’zi masalalari va kuy
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
200
shakllari”
6
bayon etilgan. Darhaqiqat, bastakorlik san’ati tarixi, bastakorlik
ijodiyotining o‘zbek, shuningdek, Sharq musiqa madaniyatidagi kasbiy-ijodiy
o‘rni va mohiyatini aniqlashda san’atshunoslik fanlari doktori, professori
To‘xtasin Botirovich G‘ofurbekovning ilmiy tadqiqotlari natijasida nashr yuzini
ko‘rgan monografiya va maqolalari benihoya ahamiyatlidir. Avvalo,
“Фольклорные истоки узбекского профессионального музыкального
творчества” (1984) va Творческие ресурсы национальной монодии и их
преломление в узбекской советской музыке (1987) o‘quv qo‘llanmalari, turli
maqolalarida olimning dastlabki izlanishlar tahlili yoritilgan bo‘lsa, 2019-yilda
chop etilgan “Bastakorlik ijodiyoti: tarixi, tahlili, taqdiri” monografiyasi esa uzoq
yillik chuqur tadqiqotlar mahsuli sifatida o‘zini namoyon qiladi. Mazkur ilmiy
monografiyada bastakorlik san’atining Yaqin va O‘rta Sharqda yuzaga kelishi
shakllanish jarayoni ilk o‘rta asrlar (VI-VII) mashhur bastakori, xonanda va
sozanda Barbad Marviy ijodidan boshlab, XIV asr 1-o‘n yilligigacha Abu Nasr
Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Qutbiddin ash-Sheroziy kabi allomalarning
risolalari; o‘zbek madaniyati va san’atining uyg’onish davri hisoblanmish Amir
Temur va temuriylar davri (XIV asrning 2-yarmi va XV asr) da bastakorlik
ijodining yetuk avj pillalaridan to XIX asr ijodiy jarayonlarigacha; o‘zbek
bastakorligida mualliflik masalalari, XX asrda o‘zbek bastakorlik maktablari
shakllanishi; an’anaviy bastakorlik ijodiyotining hozirgi kunga qadar saqlanib
va sayqallanib kelgan uslubiy tamoyillari, shakl-tuzilmalari, janr turlari kabi
masalalar tadqiq etilgan. Yunus Rajabiy (XX asr o‘zbek musiqasi va Yunus
Rajabiy ) va To‘xtasin Jalilov ijodiy merosiga bag’ishlangan maqolalar ham o‘rin
olgan.
Ma’lumki, bastakorlar yangi kuy, qo‘shiq va ashulalar yaratish maqom
yo‘llari, zarb-usullaridan keng foydalanadilar. Shu sababli “O’zbek bastakorlari
ijodida maqom an’analari” masalasini o‘rganish bir qancha musiqashunoslar
diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Xalq musiqa merosi namunasi va uning
mualliflik asarlarida qo‘llangan variantini qiyosiy tahlil qilish, umumiy jihatlar
va farqlarini ochib berishni I.Rajabovning “Maqomlar masalasiga doir”
monografiyasida “Shashmaqom va xalq musiqa ijodiyoti” bo‘limida
birinchilardan tadqiq etgan bo‘lsa, keyinchalik T.G’ofurbekov “Maqomlar -
bastakorlik ijodiyotida” R. Yunusov “Fattohxon Mamadaliyev ijodida maqom
an’analari” maqolalari, yosh musiqashunoslarning ushbu mavzudagi bitiruv
malakaviy ishlari, shuningdek, 2024-yil “Maqom ijodoyotining dolzarb
6
Ражабов И. Мақомлар. Нашрга тайёрловчи ва масъул муҳаррир: О.Иброҳимов. Тошкент, 2006, 31-
43-бетлар.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
201
masalalari” I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
7
dagi ba’zi taqdimotlar
fikrimizning yorqin misoli bo‘la oladi.
Keltirilgan fikrlarni muxtasar qilib aytish mumkinki, bastakorlik ijodiyoti
shakllanishiga ko‘p asrlar bo‘lganiga qaramay, turli davr va turli siyosiy
jarayonlar ta’sirida o‘z taraqqiyot yo‘lini to‘xtatmadi. Ayniqsa, XX asr bu
san’atning rivoj topishida muhim davr vazifasini o‘tagan bo‘lib, aynan ushbu
davrda, bir tomondan, bastakorlik amaliyoti kesimida ko‘plab noyob ijod
mahsullari yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning nazariy masalalari
bo‘yicha ham bir qator qimmatli tadqiqotlar olib borildi. Bastakorlik san’ati
tarixiy davri, XX asrda ijod qilgan bir qancha yetuk bastakorlar ijodi tahlili
jarayonida milliy bastakorlikning ayrim umumiy muammolar yoritilganiga
qaramay, hali o‘rganilmagan, tadqiqotchilar e‘tiboridan chetda qolgan nazariy
masalalari bisyordir. O‘ylaymizki, kelgusida bu san’atga yanada qiziqish ortadi,
bastakorlik ijodiyoti bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlar, uning nazariyasi bilan
shug‘ullanuvchi musiqashunoslar soni ortib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Орипов З. X-XV асрлар Марказий Осиё мусиқа манбашунослиги.
Тошкент, 2017.
2.
Ражабов И. Мақомлар. Нашрга тайёрловчи ва масъул муҳаррир:
О.Иброҳимов. Тошкент, 2006.
3.
Ражабов И. Шарқ мусиқа атамаларининг қисқача луғати. Нашрга
тайёрловчи
махсус
муҳаррир
изоҳлар
муаллифи
О.Иброҳимов.
“TAMADDUN” нашриёти, Тошкент, 2023.
4.
Юнусов Р. Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005.
5.
Юнусов Р. Фаттоҳхон ҳофиз. “Adast poligraf”, Тошкент, 2022.
6.
Ғофурбеков T. Бастакорлик ижодиёти: тарихи, таҳлили, тақдири.
“Muharrir” нашиёти, Toшкент, 2019.
7
Maqom ijodiyotining dolzarb masalalari. I Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Mas’ul muharrir:
A.Sunnatillayev. Toshkent, 2024, 220 bet.