Авторы

  • Oygul Matkurbanova
    filologiya fanlari bo‘yicha (Phd) tayanch doktoranti Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53018

Ключевые слова:

hikoya ijtimoiy muammo inson taqdiri paxtachilik obraz talqin.

Аннотация

Ushbu maqolada yozuvchi Qamchibek Kenja ijodiga oid “Yashil barg” va “Chimildiqda berilgan so‘z” hikoyalaridagi aks etgan ijtimoiy muammolar talqini haqida so‘z boradi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

182

HIKOYALARDA IJTIMOIY MUAMMOLAR TALQINI

Matkurbanova Oygul Mamatsalayevna

filologiya fanlari bo‘yicha (Phd) tayanch doktoranti

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

E-mail: matkurbonova93@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.12514214

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yozuvchi Qamchibek Kenja ijodiga oid

“Yashil barg” va “Chimildiqda berilgan so‘z” hikoyalaridagi aks etgan ijtimoiy
muammolar talqini haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

hikoya, ijtimoiy muammo, inson taqdiri, paxtachilik, obraz,

talqin.

Abstract:

This article talks about the interpretation of social problems

reflected in the stories “Green leaf” and “The word given in Chimildik” related to
the work of the writer Kamchibek Kenja.

Key words:

story, social problem, human fate, cotton farming, image,

interpretation.

O‘zbek adabiyoti rivojiga o‘zining barakali ijod namunalari bilan hissa

qo‘shib kelayotgan iste’dodli yozuvchi Qamchibek Kenja o‘tgan asrning 70-
yillarida matbuotdagi dastlabki nasriy qadami bo‘lishiga qaramay, davr ijtimoiy
muammolarini o‘z hikoyalarida aks ettira olgan. Yozuvchi “Sharq yulduzi”ning
1974-yil 4-aprel sonida nashr etilgan “Yashil barg” nomli ilk hikoyasida xalqni
azob-u mashaqqatlarga duchor etgan pilla qurti boqish bilan bog‘liq dolzarb
muammolarni qalamga oladi. Bu davrda turli sohalar kabi badiiy adabiyotda
ham ijtimoiy muammolarni ko‘tarish masalasi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan edi. Ayni bu holat yosh ijodkorning adabiy jamoatchilik tomonidan
iliq kutib olinishiga zamin yaratdi. Ayniqsa taniqli adabiyotshunos olimlar
tomonidan berilgan baho yozuvchi uchun rag‘bat va ijodiy maktab vazifasini
o‘tadi. Bu haqda Qamchibek Kenja o‘zining “Inson farishta emas”

1

nomli

biografik asarida quyidagilarni qayd etadi: “Adabiyotning piri komillaridan biri,
atoqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori(keyinroq akademik bo‘lgan)
Matyoqub Qo‘shjonov shunday deb yozdi: “Ba’zi bir hikoyalarda yozuvchi
aytmoqchi bo‘lgan fikr ishlab chiqarishdagi ziddiyatlarga yo‘g‘rilgan holda
beriladi. Qahramonlar xatti-harakatlari o‘sha ziddiyatlar bilan dalillanadi,
bunday paytlarda hikoyanavis hayotga aktivroq aralashadi. Qamchibek
Kenjaning “Yashil barg” hikoyasi… tanlangan voqeaga qarab bu gazeta xabariga
tegishli gaplar-ku, degingiz keladi. Biroq yozuvchi bu oddiy bo‘lib ko‘ringan

1

Qamchibek Kenja. Inson farishta emas. T., “Yosh avlod matbaa”, 2023. 539-bet.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

183

voqeaga tushgan qahramonning holati, psixologik tasvirga bog‘liq detallar topa
olgan. Shu tufayli asar badiiylik kasb etgan”. Bu baho meni havotirlantirdi,
albatta (Aslida hikoyaning badiiy saviyasi u qadar yuksak emasligini o‘zim ham
bilardim, lekin unda ko‘tarilgan “ijtimoiy muammo” o‘sha davr nuqtayi
nazaridan ahamiyatli edi)”.

Bilamizki, XX asrning 60-70 yillarida xo‘jaliklarda pilla rejalari yildan yilga

oshirilardi-yu, biroq tut ekishga mutlaqo e’tibor berilmasdi. Kolxoz rahbarlari
ham pilla bir oylik kompaniya, o‘tadi-ketadi deb hisoblashardi. Butun qiyinchilik
pillakorlarning gardaniga tushardi. Natijada har yili pilla mavsumi har xil
ziddiyatlar va ko‘ngilsizliklar bilan to‘la bo‘lardi.

2

Yozuvchi “Yashil barg”

hikoyasi qahramoni Jabbor akaning boshdan kechirgan voqealari misolida
xalqni pilla qurti boqish, barg topish muammosi naqadar ruhiy va jismoniy
jihatdan azoblaganini hayotiy manzalarda tasvirlaydi. Asarni o‘qirkansiz, kezi
kelganda inson zotining pilla qurtichalik qadri yo‘qligi ko‘ngilni o‘rtasa,
jamiyatdagi adolatsizliklar, ayniqsa mas’ul xodim va rahbarlarning
ma’suliyatsizligi vijdoningizni sergak torttiradi.

Yuqorida so‘z borgan ipak qurti boqish bilan bog‘liq muammolar

xalqimizni qay darajada qiynagan bo‘lsa, yaqin yillargacha davom etgan
paxtachilik ham shu qadar azob-uqubatlarga giriftor etgan. Qamchibek
Kenjaning “Chimildiqda berilgan so‘z” hikoyasida aynan shu muammolar haqida
so‘z boradi. Hikoya qahramonlari yosh oila – Inomiddin va Oysara. Asarda sobiq
sho‘ro davrida paxtaning qiymati, hatto insondan aziz darajada ekanligi
Inomiddin tilidan ta’kidlanadi:
“- Bu savil paxtadan hech oshinasizmi?
Inomiddin xotiniga o‘qraydi.

-

“Savil”lama! Men o‘zimni “sen”lab, paxtani “siz”layman!” Bilasanmi shuni?!

-

Bilaman, paxta sizga mendanam, bola-chaqangizdanam aziz.

-

Xa, aziz! Nima deysan? To‘g‘ri gapiraver-da, dardingni, paxtaga til
tekkizmay”.
Hikoyada Inomiddin brigada boshlig‘i bo‘lsa-da, g‘ozaning maromida

yetilishi, oq oltinning hirmoni barakali bo‘lishi uchun chekkan zahmatlari,
uyqusiz tunlari, halovatsiz kunlari, ayniqsa rais bilan kechgan ziddiyatlar kuchli
ruhiy tasvirlar orqali talqin etiladi. Inomiddin dalani oilasi, farzandlaridan-da
ustun ko‘radi. Natijada bu holat oila baxtiga rahna soladi, er yigitning bergan
va’dasi buzilishiga sabab bo‘ladi: “ Endi u hammasiga tayyor edi, mayli, ursa ura
qolsin, kaltakdan qo‘rqib mute bo‘lib o‘tiraveradimi!

2

To’lqin Yo’ldoshev. Komolotning olis yo’li. T., “Navro‘z”, 2014. 74-bet.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

184

-

Gapir!

-

Senlamang! Chimildiqda so‘z bergansiz.

Inomiddin peshonasini eshik kesakisiga urib olganday o‘ziga keldi.

-

Xa, o‘sha chimildiqda so‘z berganni… Nima qilay, xonim, qaysi biringiznikini
ko‘taray?! ”.
Shunisi ayonki, Inomiddin kabi borini dalaga, paxtaga bag‘ishlagan insonlar

taqdiri yaqin o‘tmishimizgacha ijtimoiy muammo darajasida ko‘tarilgan edi.
Xalqimiz qalbida paxtachilik ortidan yuzaga kelgan ayanchli uqubatlar
chandig‘i hali hanuz unutilgan emas.

Qamchibek Kenja badiiy asar yaratar ekan, avvalo o‘zi ko‘rgan kechirgan, his
etgan hodisalar haqida yozadi. Bu esa undagi ijtimoiy dard bilan yuzaga chiqadi.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, badiiy adabiyotda
ijtimoiy muammolarni yoritish dolzarbdir. Uning tadqiqiga bag‘ishlangan qatar
ilmiy ishlar mavjud. Biroq hanuzgacha bu masala to‘liq yechimini topgani yo‘q.
Chunki, har bir davrda turli ijtimoiy muhit va masalalar yuzaga keladi va badiiy
adabiyot ularni o‘quvchiga imkoni boricha ochib berishga intiladi, uning o‘zi
ham mana shu taraqqiyotga muayyan ta’sir o‘tkazadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Boboyev T.Adabiyotshunoslik asoslari. –T., “Oʻzbekiston”, 2000

2.

Qamchibek Kenja. Bir kecha-ming kecha. T., “O‘zbekiston”, 2018.

3.

Qamchibek Kenja. Inson farishta emas. T., “Yosh avlod matbaa”, 2023. 539-

bet.
4.

Qozoqboy Y. Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. –T., “Kamalak”,

2016, 25-bet.
5.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent., “Fan”. 2007.

6.

To’lqin Yo’ldoshev. Komolotning olis yo’li. T., “Navro‘z”, 2014. 74-bet.

7.

Ulug‘ov A. Adabiy qahramon qadri. “Jahon adabiyoti”, 2015-yil, 5-son.

Библиографические ссылки

Boboyev T.Adabiyotshunoslik asoslari. –T., “Oʻzbekiston”, 2000

Qamchibek Kenja. Bir kecha-ming kecha. T., “O‘zbekiston”, 2018.

Qamchibek Kenja. Inson farishta emas. T., “Yosh avlod matbaa”, 2023. 539-bet.

Qozoqboy Y. Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. –T., “Kamalak”, 2016, 25-bet.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent., “Fan”. 2007.

To’lqin Yo’ldoshev. Komolotning olis yo’li. T., “Navro‘z”, 2014. 74-bet.

Ulug‘ov A. Adabiy qahramon qadri. “Jahon adabiyoti”, 2015-yil, 5-son.