Авторы

  • Go‘zal Qodirova
    O’zMU “Yurisprudensiya: biznes huquqi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
  • Shoxruxxon Saidov
    Ilmiy rahbar: O’zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53045

Ключевые слова:

Notiqlik sud notiqligi Qadimgi Yunoniston Qadimgi Rim tavsiyalar.

Аннотация

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarda yangicha dunyoqarashning shakllanishi va uning ifoda etilishida notiqlikning o‘rni kuchayib bormoqda. Shu maqsadda bir qator soha talabalari, xususan huquqshunoslik yo‘nalishi talabalarida notiqlik san’atining mavjud bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunos o‘z faoliyatida inson va mamlakat taqdiriga daxl qilar ekan, u bilimlarga ega bo‘lish bilan birgalikda savodli yoza bilishi, chiroyli gapirish va notiqlik san’atidan xabardor bo‘lishi darkor. Maqolada xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasida notiqlik san’ati borasidagi faoliyat tadqiq etilgan hamda huquqshunoslar uchun notiqlik borasidagi dastlabki bilimlar sifatida bir qator tavsiyalar berilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

163

HUQUQSHUNOSLIKDA NOTIQLIKNING AHAMIYATI

Qodirova Go‘zal Qodir qizi

O’zMU “Yurisprudensiya: biznes huquqi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Saidov Shoxruxxon Muzaffarovich

Ilmiy rahbar:

O’zMU “Huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik

fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.12205704

Annotatsiya

:

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarda yangicha dunyoqarashning

shakllanishi va uning ifoda etilishida notiqlikning o‘rni kuchayib bormoqda. Shu
maqsadda bir qator soha talabalari, xususan huquqshunoslik yo‘nalishi
talabalarida notiqlik san’atining mavjud bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqshunos o‘z faoliyatida inson va mamlakat taqdiriga daxl qilar ekan, u
bilimlarga ega bo‘lish bilan birgalikda savodli yoza bilishi, chiroyli gapirish va
notiqlik san’atidan xabardor bo‘lishi darkor. Maqolada xorijiy mamlakatlar va
O‘zbekiston Respublikasida notiqlik san’ati borasidagi faoliyat tadqiq etilgan
hamda huquqshunoslar uchun notiqlik borasidagi dastlabki bilimlar sifatida bir
qator tavsiyalar berilgan.

Kalit so

zlar:

Notiqlik, sud notiqligi, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim,

tavsiyalar.

Har bir malakali mutaxassislar kuchli bilim va ravon nutq orqali ko‘plab

insonlar orasida hurmat qozongan va qiyin vaziyatlardan chiqib keta olganlar.
Nutqning ravon bo‘lishi, omma oldida hayajonlanmaslik va kerakli gapni ayta
olish - muhtasar aytganda notiqlik inson uchun o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan
ko‘nikmalardandir. Ayniqsa u huquqshunoslar faoliyatining ajralmas ko‘nikmasi
hisoblanadi. Notiqlikdan, xususan huquqiy notiqlikdan to'g'ri foydalanish
qonunlarni muvaffaqiyatli talqin qilishda bahslashish yoki himoya qilishda hal
qiluvchi rol o'ynaydi. Uning ishlatilishi fikrlashni ma'lum bir maqsadga
yo'naltirish uchun aniq xabarlarni yetkazish strategiyalarini amalga oshirishni
o'z ichiga oladi. Biz xorijiy filmlarda advokatlarning sud jarayonlarida qanday
nutq so‘zlaganlarini ko‘rib, “Men ham shunday himoyachi bo‘lsam edi”, deya
havas bilan orzu qilamiz. Lekin huquqiy notiqlik uchun faqatgina istakning o‘zi
yetarli emas.

Huquqiy notiqlik - bu yuridik kasb bilan bog'liq protseduralar doirasida

muloqotga tatbiq etiladigan diksiya va tana tili texnikasi to'plami. Uning maqsadi
huquqiy jarayonda zarur bo'lgan dalillar va ma'lumotlarni aniq, to'g'ridan-to'g'ri
va tabiiy ravishda ifoda etishdir. Ko'plab mutaxassislar ushbu vositalarni sudya


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

164

oldida o'z dalillarini qo'llab-quvvatlash uchun ishontiruvchi elementlar sifatida
ishlatishadi. Yaxshi notiq bo‘lish uchun ko‘p narsani bilishning o‘zi yetarli emas.
Yaxshi notiq til, his-tuyg‘ular, tana, mantiqiy fikrlashdan unumli foydalangan
holda tinglovchilar oldida ommaviy nutqdan samarali foydalanishni ham bilishi
kerak. Ommaviy nutq muloqotning eng muhim va qo'rqinchli shakllaridan
biridir. Glossofobiya yoki nutq tashvishi - bu butun dunyo bo'ylab odamlarning
eng keng tarqalgan qo'rquvi. Ommaviy nutqning muhimligi shundaki, u insonlar
bilan muloqot qobiliyatini, kishining o‘ziga ishonchini oshiradi, ishontirish va
ta’sir qilish qobiliyatlarini yaxshilaydi, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.

“Moziyga qaytib ish ko‘rmoq hayrlidir”, deganlaridek quyida notiqlikning

tarixi haqida so‘z yuritamiz.

Notiqlik Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim va Xitoyda asosan taraqqiy

topgan desak yanglishmaymiz. Xitoy faylasufi Konfutsiy so‘zlar olamni
o‘zgartiradigan harakatlarni amalga oshirish kuchiga ega ekanligiga ishongan.
Yunon faylasufi Aristotel notiqlikni uch turga bo‘lgan: siyosiy notiqlik, sud
notiqligi, maqtov yoki ayblash nutqi. Qadimgi Rimning mashhur notiqlaridan
biri Sitseron sud notiqligiga alohida to‘xtalib, uning nazariyasini quyidagicha
talqin etgan:

“1. Ayblash nutqi;

2. Himoya nutqi.
Sitseron sud notiqligining manbayi va maqsadini quyidagicha tavsiflaydi:
-tabiiy iste’dod;
-nazariy bilim;
-amaliy mashqlar.
Sud notiqligining maqsadi:
-ishontirish;
-rohatlantirish;
-hayajonlantirish”.

1

Qadimgi Yunonistonda har bir fuqaro ijtimoiy hayotda, siyosatda muvaffaqiyat
qozonishni istasa, albatta notiqlikni o‘rganishi zarur edi. Avval boshida o‘zlarini
sofistlar deb atagan bir guruh o‘qituvchilar notiqlikdan saboq bera boshlashgan.
Keyinchalik Aristotel, Suqrot, Aflotunlar o‘zlarining notiqlik ilmiga bag‘ishlangan
nazariyalarini ishlab chiqdilar. Chunonchi Aristotelning “Ritorika” asarini
eshitmagan huquqshunos yoki notiq bo‘lmasa kerak. Aristotel ma’ruzachining
nutqi qay darajada o‘ziga ishongan bo‘lsa, tinglovchilar uning aytganlariga

1

V.R.Topildiyev, B.R.Topildiyev, M.Y.Usmonova. Rim huquqi. – T., «Yuridik adabiyotlar publish» 2022. 57 bet.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

165

ko‘proq ishonishadi deb hisoblaydi. Shunday qilib notiqlikning eng asosiy
ismlaridan biri bu ishontirishdir.
Bugungi kunda notiqlik ko‘plab sohalarda mustahkam aloqalarni o‘rnatish,
ishontirish vositasiga aylandi. Avvallari omma oldida jonli tarzda nutq
so‘zlangan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar yordamida minglab
tinglovchilar oldida nutq so‘zlash imkoni bor. Bu kabi imkoniyatlar, zamonaviy
texnologiyalar, notiqlik bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, asarlar bo‘lgani bilan,
ko‘pchilik insonlarda omma oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqish hissi bor. Bu esa
shaxsning muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy hissiyot sanaladi.
Ayniqsa huquqshunoslar bu “illat”laridan tezroq voz kechishlari darkor. Chunki
ular qo‘lida insonlarning taqdiri yotadi. Shu sababli ham huquqshunoslik
yo‘nalishi talabalariga ta’limning ilk yillaridanoq notiqlik darslari o‘tilishi ham
bejiz emas. Biroq faqatgina darsning o‘zi muvaffaqiyatli notiq bo‘lish uchun
yetarli emas. Umuman olganda o‘z nutqining omma oldida go‘zallashuviga
erishishni istagan har qanday inson o‘z nutqi ustida ko‘proq ishlashi zarur
bo‘ladi. Buning uchun turli metodlardan foydalanish yoki notiqlik kurslariga
yozilish mumkin. Bu ayniqsa chet el mamlakatlarida taraqqiy etgan. Masalan,
samarali ommaviy nutqni rivojlantirish uchun klublar, Toastmasters
International ma’ruzachilar klublari assotsiatsiyasi (ASC) yoki nutq
to‘garaklarini aytib o‘tsak bo‘ladi. Bundan tashqari Avstraliyada Rostrum deb
ataladigan notiqlik tashkiloti bor bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq
klublariga ega hisoblanadi. Ushbu tashkilot insonlarga yaxshi notiq bo‘lishlariga
yordam beradi. Ko‘plab dunyo mamlakatlarida ayollar uchun alohida notiqlik
klublari ham faoliyat ko‘rsatadi. Masalan Avstraliyada dastlab “Pingvin klubi”
deb atalgan bugungi kunda “Gapirish oson”, deya ataladigan klub mavjud bo‘lib,
u “ayollar tomonidan ayollar uchun yaratilgan”

2

.

Bugungi kunda mamlakatimizda ham nutq madaniyati va notiqlik san’atini
o‘rgatishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida notiqlik
san’ati kabi fanlar o‘qitilmoqda, sohaga oid kitoblar, qo‘llanmalar chop
etilmoqda. Yapon, fransuz, nemis tillarida notiqlik san’ati bo‘yicha tanlovlar
o‘tkazib kelinmoqda.
Yaxshi notiq bo‘lish nafaqat huquqshunoslikda balki barcha sohalarda kerak
bo‘ladigan ko‘nikmadir. Xodimlarni boshqarish ham, bolalarga g'oyalarni
singdirish ham, mamlakatni boshqarish ham notiqlikni talab qiladi. Yaxshi notiq
bo‘lish uchun avvalo muloqot qobiliyatini rivojlantirish zarur. Bu bizga

2

Wikipedia. https://en.wikipedia.org/


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

166

aloqalarni shakllantirish, qarorlarga ta'sir qilish va o'zgarishlarni
rag'batlantirish imkonini beradi.
Quyida huquqshunoslar uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni keltirib
o‘tmoqchimiz:

-

doimo muhokama qilinadigan masala bo'yicha avvaldan

tayyorgarlikka ega bo‘ling. Bu zarur, chunki masala huquq va boshqa
sohalarga bir vaqtning o‘zida tegishli bo‘lishi mumkin. Bunda esa siz
albatta bu soha terminlari va mavjud muammoga oid bilimlardan
xabardor bo‘lishingiz kerak;

-

muhokama qilinadigan masala yuzasidan faktlar bilan aniq va

mantiqiy bahslashish uchun nutqingizni tayyorlang. Huquqiy masala va
uning kelib chiqishi haqida umumiy ma'lumotga ega bo'lgandan so'ng,
himoya qilinadigan har bir nuqtaning argumentatsiyasi tayyorlanishi
kerak;

-

tana tilini yaxshilang. Bu tinglovchilarni o‘zingizga jalb etishingizda

muhim sanaladi. Gapirayotganingizda o‘zingizni noqulay his etmaslik
uchun qulay kiyimda, qulay joyda bo‘ling. Tanangizning turi qismlari
qo‘llar, bosh, oyoqlarni gapirayotgan gapingizga mos holatda harakatga
keltiring. Noto‘g‘ri jestlardan foydalanmang;

-

fikringizni imkon qadar qisqa satrlarda, aniq tushunchalarda

ifodalang. Zero, “Sitseron ta’biri bilan aytganda qisqartirish bu
notiqlikning ajoyib jozibasi”

3

Notiqlik bilan shug'ullanish kishida o'ziga ishonchni oshiradi. Tinglovchilar
oldida nutq yoki taqdimot qilganingizda, siz hukm va rad etish qo‘rquvini
yengasiz. Nutqlarni tayyorlash va nutq so‘zlashda siz o‘zingizning mavzuyingiz
bo‘yicha mahorat va uni samarali yetkazish qobiliyatiga ega bo‘lasiz. Tanqidiy
fikrlashingiz rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. V.R.Topildiyev, B.R.Topildiyev, M.Y.Usmonova / Rim huquqi / - «Yuridik
adabiyotlar publish» 2022. 208 bet.
2. https://www.pancommunications.com/
3. Wikipedia. https://en.wikipedia.org/
4.https://www.brainyquote.com/

3

Mark Tulliy Sitseron. https://www.brainyquote.com

Библиографические ссылки

V.R.Topildiyev, B.R.Topildiyev, M.Y.Usmonova / Rim huquqi / - «Yuridik adabiyotlar publish» 2022. 208 bet.