Авторы

  • Dildora Tashmuxamedova
    TDSHU, xitoy filologiyasi kafedrasi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53060

Ключевые слова:

morfologiya taqlid so‘zlar undov so‘zlar so‘z yasalishi ot sifat son fe’l.

Аннотация

Maqolada xitoy va o‘zbek tillarida taqlid so‘zlarning tilshunos olimlar tomonidan tadqiq qilinishi, taqlidlarning har ikki til grammatikasida tutgan o‘rni tahlil qilingan holda ularning qaysi turkumga xosligi borasida so‘z yuritiladi. Taqlid so‘zlarni tasniflashda so‘z turkumlarining ahamiyati va ularning turkumlanishi bilan bir qatorda muallif o‘zbek tilshunoslari Usmonov, Qo‘ng‘urov, Abdurahmonov; xitoy tilshunos olimlari Ding Shengshu, Ma Djen, Vang Li kabi bir necha tilshunos olimlar guruhi qarashlari va ular o‘rtasidagi farqlarni yoritib beradi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

148

XITOY VA O‘ZBEK TILIDAGI TAQLID SO‘ZLARNING MORFOLOGIK

TIPOLOGIYASI

Dildora Aziz qizi Tashmuxamedova

TDSHU, xitoy filologiyasi kafedrasi doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12177094

Annotatsiya:

Maqolada xitoy va o‘zbek tillarida taqlid so‘zlarning tilshunos

olimlar tomonidan tadqiq qilinishi, taqlidlarning har ikki til grammatikasida
tutgan o‘rni tahlil qilingan holda ularning qaysi turkumga xosligi borasida so‘z
yuritiladi. Taqlid so‘zlarni tasniflashda so‘z turkumlarining ahamiyati va
ularning turkumlanishi bilan bir qatorda muallif o‘zbek tilshunoslari Usmonov,
Qo‘ng‘urov, Abdurahmonov; xitoy tilshunos olimlari Ding Shengshu, Ma Djen,
Vang Li kabi bir necha tilshunos olimlar guruhi qarashlari va ular o‘rtasidagi
farqlarni yoritib beradi.

Kalit so‘zlar:

morfologiya, taqlid so‘zlar, undov so‘zlar, so‘z yasalishi, ot,

sifat, son, fe’l.

Abstract:

The article discusses the research of onomatopoeic words in

Uzbek and Chinese languages by the linguistic scientists, the role of
onomatopoeic words in the grammar of both languages, and what category they
belong to. In addition to the importance of word groups and their categorization
in the classification of onomatopoeic words, the author highlights the views of
several groups of linguists such as Uzbek linguists Usmonov, Qo‘ng‘urov,
Abdurahmonov; Chinese linguists Ding Shengshu, Ma Zhen, and Wang Li and the
differences between them.

Key words:

morphology, onomatopoeic words, interjection, derivation,

noun, adjective, quantitative words, verb.

Аннотация:

В

статье

рассматриваются

исследования

звукоподпажательных слов в узбекском и китайском языке учеными, роль
звукоподражательных слов в грамматике китайского и узбекского языка и
к какой категории они относятся. Помимо важности групп слов и их
категоризации в классификации звукоподпажательных слов, автор
выделяет взгляды ряд китайских лингвистов, как узбекские лингвисты
Усмонов, Кунгуров, Абдурахмонов, китайские лингвисты Дин Шэншу, Ма
Чжэнь и Ван Ли, И их различия между ними.

Ключевые слова:

морфология, звукоподражательные слова,

междометие,

деривация,

существительные,

прилагательные,

числительные, глагол.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

149

Turkologiyada taqlidiy so‘zlarni o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus ishlar

o‘tgan asrning yigirmanchi yillaridan keyin yuzaga kelgan va turkiy tillarning
ko‘pchiligida taqlidiy so‘zlar kategoriyasi u yoki bu darajada ishlangan. O‘zbek
tilshunosligida esa bu masala 60-yillargacha alohida tadqiqot obyekti sifatida
o‘rganilgan emas. O‘sha paytgacha o‘zbek tili bo‘yicha yozilgan grammatikalarda
va qo‘llanmalarda taqlidiy so‘zlarga juda kam o‘rin berilgan va ularning
ko‘pchiligida taqlidiy so‘zlar undov so‘zlarning ajralmas qismi sifatida ko‘rsatilar
edi.

Taqlidiy so‘zlarga tarixiy kategoriya sifatida qaraladi. Uning paydo bo‘la

boshlashi jamiyatning odamlar o‘z nutq organlarini ancha yaxshi boshqara olish
qobiliyatiga ega bo‘lgan davrlariga to‘g‘ri keladi. Qadim ibtidoiy davrlarda
tasviriy so‘zlar juda kam, hatto yo‘q darajada bo‘lgan. Bu borada B.
M.Yunusaliyev quyidagicha fikr yuritadi: “Urxun-Yenisey yodgorliklari
leksikasida tovushga taqlid so‘zlar hech qanday ifodasini topmagan”

1

.

Tadqiqotchining bu fikrlariga R. Qo‘ng‘urov ham qo‘shilgan.

O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab taqlidiy so‘zlar masalasi

olimlarimiz e’tiborini o‘ziga torta boshladi. Ular mavzu ustida ma’lum darajada
kuzatishlar olib borib, u yoki bu holatdagi o‘z fikrlarini o‘rtaga tashladilar.
Jumladan, A.N.Kononov “O‘zbek tili grammatikasi”

2

asarida taqlidiy so‘zlarga

juda katta e’tibor bermaydi, uning grammatikasida faqatgina tovushga taqlid
so‘zlar tilga olinib, ular o‘zbek tilida so‘z yasalishida ishtirok etuvchi asoslarning
katta qismini tashkil etishi ta’kidlangan. Taqlidlarga alohida ta’rif berilmagan
bo‘lsa-da, ular undov so‘zlarning 3 semantik turidan biri sifatida ko‘rsatilgan

3

.

1956-yili nashr qilingan “Hozirgi turk adabiy tilining grammatikasi”

4

asarida

ularni alohida so‘z turkumi qilib ajratadi. Demak, A.N.Kononov oldingi asarlarida
tasviriy so‘zlarni undovlarning bir turi sifatida ko‘rsatsa ham, 1956-yili ularni
mustaqil so‘z turkumi qilib ajratish kerak, degan xulosaga keladi va “Hozirgi
o‘zbek adabiy tili grammatikasi” asarida bu xulosasini qat’iy bayon qiladi.

N.I.Ashmarin o‘z asarlarida barcha tillardagi so‘zlar taqlidiy so‘zlardan kelib

chiqqanligi fikrida qat’iy turadi. Uning fikricha, til boshlangʻich davrlarda faqat
mimemalardan tashkil topgan boʻlib, keyingi davrlardagina undan nutqning
artikulyatsiyalashgan tovushlari kelib chiqqan. Mimemalardan nutq tovushlari
paydo boʻlguncha til nutq tovushlarini va boshlangʻich soʻzlarni tanlash va

1

Юнусалиев Б. М. Киргизская лексикология. – Бишкек: Киргизучпедгиз, 1959. – C. 156.

2

Кононов А. Н. Грамматика узбекского языка. – Ташкент: АН СССР, 1948. – C. 121.

3

Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. – Ташкент, Государственноеиздательство УзССР, 1948.

– C. 226.

4

Кононов А. Н. Грамматика современного турецкого литературного языка. – Москва: АН СССР,

1956. – C.72.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

150

toʻplash davrini boshidan kechirgan emish. N.I.Ashmarin hozirgi koʻpgina
narsalarning nomi taqlid bilan bogʻliq ekanligini aniqlay olmasligimizning sababi
biz oʻsha narsalarning doimiy nomiga aylanib ketgan mimemalarning chiqib
kelishi uchun oʻsha narsaning qaysi xususiyati sabab boʻlganligini
bilmasligimizdir, deb koʻrsatadi

5

. Shuning uchun u tirik va jonsiz tabiatning

taqlidiy soʻzlarda aksini topa oladigan hodisalarini qunt bilan oʻrganishni
taʼkidlash bilan birga, tilning kelib chiqishini, uning praobrazlarini topish uchun
mimikalarni, jestlarni, tana-gavda harakatlarini va ular bilan bogʻlangan tabiiy
tovushlarni, qushlar hamda hayvonlar tilini oʻrganish va ularni hozirgi til bilan
chogʻishtirish kerakligi haqida gapiradi

6

.

A.G‘ulomov o‘zining maktablar uchun tuzgan darsliklarida, “O‘zbek tili

morfologiyasiga kirish” asarida taqlidiy so‘zlarni undovlarning bir turi sifatida
ko‘rsatsa-da, 1957-yil avgustida maktablarda o‘zbek tilini o‘qitishni yaxshilash
masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan respublika konferensiyasida qilgan ma’ruzasida
taqlidiy so‘zlarni ayrim tur qilib ajratish lozimligini alohida qayd qiladi.
U.Tursunov va J.Muxtorov

7

, S.Mutallibov

8

, S.Usmonovlar

9

o‘z asarlarida tasviriy

so‘zlarni undovlardan ajratib, alohida so‘z turkumi sifatida qaraydilar.

S.Mutallibov o‘zining uzoq yillik tajribalariga tayanib, 1956-yili

“O‘qituvchilar gazetasi”da taqlid so‘zlar to‘g‘risida maqola e’lon qildi. Bu
maqolada tovushga taqlid so‘zlar ham, obrazli so‘zlar ham tovushga

taqlid so‘zlar

termini bilan ataladi. U har ikki turkum taqlidlarni ham birgina taqlid so‘zlar
termini ostida birlashtiradi. Ishda ancha chalkash fikrlar ham aytilgan. Ammo
S.Mutallibov keyinroq nashr qilgan ocherklarida

10

bu masalaga aniqliklar kiritdi.

Lekin har ikkala ishda ham tasviriy so‘zlarga oid ayrim misollarni izohlashda
ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, ko‘proq tovushga taqlid so‘zlarni
harakat va holat tasvirini bildiruvchi so‘zlar bilan aralashtirib yuborish hollari
uchraydi. Uning maqolasida

yaltiroq,

yalt-yult, lim-lim, g‘imir-g‘imir

so‘zlarini,

ocherklarida esa

dikillamoq

11

kabi so‘zlarni tovushga taqlid deb atashi

fikrimizning isbotidir. Keltirilgan so‘zlarni tovushga taqlid so‘z emas, holatga
taqlid (obrazli) so‘zlar deb hisoblash kerak.

5

Ашмарин Н. И. О морфологических категориях подражаний в чувашском языке. – Казань:

Советская наука, 1928. – C.1.

6

Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. – T.: Гос. издательство УзССР, 1948. – Б.7.

7

Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi zamon oʻzbek tili, morfologiya. – S.: O‘zbekiston, 1960. – B.260.

8

Mutallibov S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk. – T.: O‘qituvchi, 1959. – B.239.

9

Усманов C. Междометия в современном узбекском язьке. – Т.: Фан, 1952. – C.5.

10

Mutallibov S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk. – T.: O‘qituvchi, 1959. – B.239.

11

Mutallibov S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk. – T.: O‘qituvchi, 1959. – B.212.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

151

S.Mutallibov tovushga va holatga taqlid so‘zlarni

birlashtirib

, ularga

quyidagicha ta’rif beradi: “Hayvonlar, jonivorlar, qush-qurtlar va odamlar,
narsalar harakatidan paydo bo‘lgan tovushlarga shartlicha taqlid qilib yasalgan
so‘zlar tovushga

taqlidiy so‘zlar

deb ataladi”

12

.

Bu ta’rif taqlidiy so‘zlarning barcha xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtira

olmaydi. Olim bu ta’rifda holatga taqlid so‘zlarga fikr bildirilmagan.

S.Mutallibov taqlidiy so‘zlarning turlari haqida gapirib shunday yozadi:

“Tovushga taqlidiy so‘zlar tuzilishi asosiga ko‘ra ham ikkiga ayriladi:

a) eshitgan tovushga shartlicha taqlid qilib yasalgan so‘zlar:

pish-pish

uxlamoq, taq-taq yurmoq

;

b) narsalar va hodisalar ko‘rinishiga shartlicha taqlid qilib yasalgan so‘zlar:

yalt-yult, lim-lim

13

.

“Hozirgi zamon o‘zbek tili” asarida taqlidiy so‘zlar “mimemalar” termini

ostida, qisqa bo‘lsa-da, alohida kategoriya sifatida ajratilib ko‘rsatiladi

14

. Ammo

asarning ba’zi boblarida u undovlar sifatida qarayverilgan.

U.Tursunov, J.Muxtorovlarning “Hozirgi zamon o‘zbek tili. Morfologiya”

qo‘llanmasida taqlidiy so‘zlar qisqa bo‘lsa-da, alohida kategoriya sifatida
o‘rganilgan. Mualliflar taqlidiy so‘zlarga quyidagicha ta’rif beradilar: “Taqlidiy
so‘zlar shaxs, predmet va turli jonivorlar tovushining, harakat va holat
obrazining tashqi olamdan olgan taqlidi – kopiyasidir. Taqlidiy so‘zlar turli
xildagi ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tovush va qichqiriqlarni, harakat va holat
obrazini bildiradi”

15

.

Mualliflar taqlidiy so‘zlarni ikkiga: tovushga taqlidiy so‘zlar va obrazli

so‘zlarga bo‘lib, ularga ta’rif beradilar va misollar bilan izohlaydilar. Demak,
tabiatdagi turli hodisalarning, hayvon va insonarning tovushlariga hamda
harakat va holat obrazlariga nisbatan taqlidan hosil bo‘lgan so‘zlar taqlid so‘zlar
deb yuritiladi.

G‘.Abdurahmonovning umumiy tahriri ostida chop etilgan, E.Begmatov

tomonidan yozilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” asarida taqlidiy so‘zlar “Tasviriy
so‘zlar” termini ostida berilib, nisbatan kengroq ma’lumotlar berilgan. Unda
tasviriy so‘zlarga quyidagicha ta’rif beriladi: “Obyektiv olamdagi xilma-xil
tovushlar hamda narsa va hodisalar harakatining obrazli holatlariga taqlid qilish
orqali paydo bo‘lgan so‘zlar tasviriy so‘zlar deb ataladi”

16

.

12

Mutallibov S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk. – T.: O‘qituvchi, 1959. – B.210.

13

Mutallibov S. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk. – T.: O‘qituvchi, 1959. – B.214.

14

Ҳозириги замон ўзбек тили. –Тошкент: ЎзФА нашриёти, 1957. – Б.98.

15

Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi zamon oʻzbek tili, morfologiya. – S.: O‘zbekiston, 1960. – B.260

16

Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. – Тошкент, 1966. – Б.375.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

152

Biroq, keyinchalik muallif boshchiligida nashr etilgan “O‘zbek tilining

tarixiy grammatikasi. Fonetika. Morflogiya va sintaksis”

17

kitobida taqlid so‘z

turkumlari qatorida taqlid so‘zlarni sanamagan. Olim so‘z turkumlari mustaqil
va yordamchi so‘zlarga bo‘ladi. Mustaqil so‘zlar o‘z o‘rnida ism, fe’l va ravishga,
ismlar esa ot, sifat, son va olmoshga bo‘linadi. Yordamchi so‘zlar qatorida
ko‘makchi, bog‘lovchi, yukmala hamda shartli ravishda undov so‘zlar ham
mavjud bo‘lgani holda, taqlidlarni sanamagan.

Yana bir o‘zbek tilshunosi Shavkat Rahmatullayev ham taqlid so‘zlarni

tasvir birliklari nomi bilan grammatika tarkibiga kiritadi

18

. Olim atrofdagi turli

tovushlarning, harakat va holat ko‘rinishining til birliklari yordamida hosil
bo‘ladigan ramziy ifodasini taviriy birlik sifatida ta’riflaydi. U taqlid va tasviriy
so‘z o‘rtasida farq bor ekanligini ta’kidlaydi. Inson biror hayvon chiqaradigan
tovushni qaytarsa, o‘sha hayvonga taqlid qilayotgan bo‘ladi, lekin inson
tomonidan aytilgan bu tovushning o‘zida taqlid bo‘lmaydi, balki til vositalari
yordamida hayvon tovushining ramziy ifodasi hosil bo‘ladi va aynan shu orqali
Sh.Rahmatullayev taqlid va tasviriy so‘zning farqini tushuntirishga harakat
qiladi.

O‘zbek tilshunosligida tasviriy (taqlidiy) so‘zlarni o‘rganish borasida

R.Qo‘ng‘urovning xizmatlari katta.

R.Qo‘ng‘urovning tasviriy so‘zlar borasidagi ilmiy kuzatishlari natijasida

“O‘zbek tilida taqlidiy so‘zlar haqida ba’zi mulohazalar”

19

, “O‘zbek adabiy tilida

tasviriy so‘zlarning fonetik xususiyatlari haqida”

20

, “O‘zbek tilida taqlidiy

so‘zlarning o‘rganilishi haqida”

21

, “Tasviriy so‘zlarning leksik xususiyatlari

haqida”

22

, “Hozirgi zamon o‘zbek tilida tasviriy so‘zlarning semantik

klassifikatsiyasi”

23

kabi qator maqolalari yuzaga keldi. U bu boradagi, ya’ni,

o‘zbek tilshunosligida tasviriy so‘zlarning umum iy tavsifi, qurilish, so‘z yasash
tizimidagi o‘rni, fonetik, leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini

17

Abdurahmonov G‘. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent:O‘zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati nashriyoti, 2008. – B.75.

18

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik). – Toshkent:Universitet, 2006. – B.213.

19

Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тақлидий сўзлар ҳақида баъзи мулоҳазалар // Самарқанд

университетининг асарлари, Янги серия, 102-чиқариш. Ўзбек тилшунослиги кафедраси.– Самарқанд,
1960. – Б.12.

20

Қўнғуров Р. Ўзбек адабий тилида тасвирий сўзларнинг фонетик хусусиятлари ҳақида // Ўзбек тили

ва адабиёти. 4-сон. – Тошкент: Фан, 1961. – Б.44-48.

21

Қўнғуров Р.Ўзбек тилида тақлидий сўзларнинг ўрганилиш ҳақида // Адабиётшунослик ва

тилшунослик масалалари. 2-китоб. – Тошкент: Фан, 1961. – Б.56.

22

Қўнғуров Р. Тасвирий сўзларнинг лексик хусусиятлари ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти, 3-сон,

1962. – Б.32-35.

23

Қўнғуров Р. Ҳозирги замон ўзбек тилида тасвирий сўзларнинг семантик классификацияси //

Адабиётшунослик ва тилшунослик масалалари. 3-китоб. –Тошкент: Фан, 1961. – Б.89.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

153

umumlashtirib, 1962-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1966-
yilda “O‘zbek tilida tasviriy so‘zlar”

24

nomli monografiyasi nashr etildi. Bu ish

so‘nggida tasviriy so‘zlarning qisqacha lug‘ati ham berilgan.

R.Qo‘ng‘urov monografiyaning “Tasviriy so‘zlarning o‘rganilish tarixidan”

deb nomlangan qismida turkologiyada tasviriy so‘zlarning o‘rganilishi haqida
to‘xtalib, turkolog olimlarning tasviriy so‘zlar borasidagi qarashlariga u yoki bu
darajada fikr bildiradi.

1978-1980 yillarda R.Qo‘ng‘urovning “Hozirgi o‘zbek tilida o‘zgarmaydigan

so‘zlar” asari nashr etildi. Asarning ikkinchi qismi taqlidiy va modal so‘zlar
tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, muallifning bu boradagi avvalgi qarashlari
yangiliklar bilan to‘ldirildi va material o‘quv jarayoniga moslab bayon qilindi.

Jumladan, asarda taqlidiy so‘zlarning

fonetik shakllanishi

, ma’no turlari,

tuzilishi, so‘z yasalishidagi roli, gapdagi vazifalari singari bo‘limlar mavjud. Shu
bilan birga, unga “Tasviriy so‘zlarning stilistik xususiyatlari” degan qism
kiritilgan.

Asar muallifining qayd etishicha, tasviriy so‘zlar gapda ifodalangan

mazmunga aniqlik, tasviriylik kiritish uchun ishlatiladi. Ularning boshqa vazifasi
yo‘q. Gapning mazmuniga boshqa bir o‘zgartirish kiritmaydi. Shu sababli gap
tarkibidagi tasviriy so‘zni tushirib qoldirsak, uning ma’nosida katta bir o‘zgarish
yuz bermaydi, balki tasviriylik yo‘qoladi, xolos. Xuddi shuning o‘zi, birinchi
navbatda, tasviriy so‘zlarning stilistik kategoriya ekanligini ko‘rsatadi

25

.

Muallifning aynan shu fikrlari yuqorida keltirilgan Vang Lining fikrlari bilan
o‘xshash bo‘lib, tilshunoslar taqlid so‘zlarga grammatik hodisa emas, balki
stilistik hodisa deb qarashini sezishimiz mumkin.

Taqlidiy so‘zlar og‘zaki nutqda, badiiy adabiyotda, folklorda faol ishlatilib,

ular nutqqa badiiy bo‘yoq, ekspressivlik beradi. Shu bilan birga, umuman,
obyektiv borliqni aks ettiruvchi, kommunikativ aloqa bajaruvchi va tilda qurilish
material sifatida ham ahamiyatga egadir.

Xitoy olimlari va o‘zbek olimlarining taqlid so‘zlar borasidagi qarashlari va

fikrlari o‘rtasida ba’zi o‘xshashliklar hamda farqlarni ko‘rish mumkin. Buni
ko‘rsatib berish uchun ba’zi tilshunoslar fikrlarini ko‘rib chiqamiz.

Dju Desi (

朱德熙

) insonning biror vaziyatga munosabatini bildirib, tuyg‘u

va hislarini o‘zida aks ettirgan tovushlar his-hayajonni ifodalovchi so‘zlardir, deb

24

Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. Тошкент, 1966. – Б.154.

25

Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар. Тошкент, 1966. – Б.32.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

154

ta’riflaydi. Olim xitoy tili so‘zlarini 17 ta turkumlarga ajratadi va ulardan 2ta
katta guruh hosil qiladi (1.1. jadval)

26

.


1.1.

jadval






实词






1.

2.

处所词

3.

方位

4.

时间词

5.

别词

6.

7.

8.

谓词

9.

动词

10.

形容


11.

12.

连词

13.

14.

15.

语气词

16.

拟声词

17.

叹词

So‘roqqa javob bo‘la olishi nuqtai nazaridan

实词

(mustaqil so‘z turkumlari)

va

(yordamchi so‘zlar) kabi ikki guruhga ajratadi. U o‘z qarashlarini

so‘zlarning funksiyalarini tahlil qilish orqali izohlaydi.

实词

alohida ma’no

anglata oladigan, gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib kela oladigan,
narsa-buyum, ish-harakat, holat, sifat, joy va vaqt singari ma’nolarni bildiradigan

26

朱德熙文集

.

讲义

. –

北京

.

:北京商

书馆

, 1999. – 46

.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

155

so‘zlardir.

esa asosan, gap bo‘laklarini bog‘lab beruvchi so‘zlar yoki

grammatik strukturaning tarkibiy qismi bo‘lgan so‘zlar bo‘lib, ular o‘zi
bog‘langan so‘zning gapdagi vazifasiga asosan xoslanadi va yakka holda ma’no
anglatmaydi. Lekin, his-hayajonni bildirgan so‘zlar va ovozga taqlid so‘zlarni bu
ikki guruhga kiritmay, alohida holda qoldirgan. Taqlid so‘zlar so‘roqqa javob
bo‘lmasligi va nominativlik xususiyati yo‘qligi bilan yordamchi so‘zlarga xos
bo‘lsa, o‘zi alohida ma’no anglatishi, gapda sintaktik vazifa bajarishi bilan
mustaqil so‘zlarga yaqin. Balki shuning uchun ham Dju Desi bu ikkisini asosiy
guruhlar tarkibiga kiritmagan.

Shu tariqa xitoy zabardast tilshunoslari taqlidlarni turkumga xoslash

masalasida o‘z qarashlariga asosan bir necha guruhga ajralib qoldilar.

吕叔湘,

张静,廖序东

kabi olimlar taqlid so‘zlarni sifat turkumiga kiritish masalasini

ilgari surib, o‘z asarlarida fikrlarini dalillashga harakat qilganlar. Lyuy Shusyang
“Taqlid so‘zlar shakli sifatlarning shakliga juda o‘xshash, shuning uchun ham
ularni sifatlarning kichik bir turi sifatida e’tirof etish asossiz bo‘lolmaydi”

27

.

Djang Djing “Qadimgi va hozirgi zamon xitoy tilining qiyosiy grammatikasi” va
“Hozirgi zamon xitoy tili yangi kitobi” asarlarida taqlidlarni

象声形容

nomi

bilan sifatlar qatoriga kiritadi va sifat so‘z turkumi bilan taqlidlarning grammatik
vazifasi va shakli bir xil ekanligini ta’kidlaydi.
Asosiy vazifasi ma’no kasb etish emas, balki tovushlarni anglatish bo‘lgan so‘zlar
grammatikada o‘rganilmaydi, degan fikr, bizningcha, so‘zlarni morfologiya
doirasidan chiqarib yuborish uchun yetarli emas. Har bir so‘z qanday ma’no
anglatmasin, qanday grammatik funksiyani bajarmasin, tilda o‘z o‘rniga ega
bo‘lishi kerak. Semantik tahlil etish mumkin bo‘lsa, mustaqil so‘z turkumi
doirasida, ma’no anglatmay, faqatgina grammatik vazifa bajarsa, yordamchi so‘z
turkumi doirasida, ikki xil holatda ham ma’no anglatsa, oraliq so‘zlar doirasida
talqin etilib, aynan tilshunoslikda o‘rganilishi kerak. Bizningcha, stilistika
tovushlarni inson ongiga ta’siri va uning tilda qanday aks etishini o‘rgansa-da,
butun grammatik xususiyatlarini ochib bermaydi. Taqlid so‘zlar so‘roqqa javob
bermasa ham, tilda ma’no anglatadi, o‘zbek tilida so‘z yasash uchun asos bo‘la
oladi. Taqlidlar ma’no bera olar ekan, ular har bir til grammatikasi tarkibiga
kiritilishi kerak deb hisoblaymiz.

27

吕叔湘

.

现代汉语八百词

. –

北京

.

:商务印书馆

, 1996. – 14

.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

156

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdurahmonov Gʻ. (2008). Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent:

Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. – 530 b.
2.

Qo‘ng‘urov R. (1996). O‘zbek tilida Tasviriy so‘zlar. – Toshkent: Fan. – 155

b.
3.

Rahmatullayev Sh. (2006). Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik). – Toshkent.:

O‘qituvchi. – 432 b.
4.

Usmanov S. Hozirgi zamon o‘zbek tilida undov so‘zlar. (1952). – Т.: AN

SSR. – 210 b.
5.

Karimov A. Xitoy tilidagi hisob so‘zlar (leksik-semantik, structural va

funksinal tahlil). Monografiya. (2003). – Toshkent: Fan va texnologiyalar. – 120 b.
6.

Mustafayeva S. Xitoy tili tilshunoslik terminlari tizimining shakllanishi va

taraqqiyoti. (2016). – Toshkent: Sharq. – 196 b.
7.

Ma Dziandjong. Mashi wentong. (1987). – Pekin: Shangvu. – 231 b.

8.

Dju Desi. Dju Desi wenji. (1999). – Pekin: Shangvu. – 397 b.

9.

Vang Li. Hozirgi zamon xitoy tili grammatikasi. (2011). – Pekin: Shangvu. –

427b.
10.

Ding Shengshu, Lyuy Shusyang, Li Rong, Bo Tsing. Hozirgi zamon xitoy tili

grammatikasi borasida. (1999). – Pekin: Shangvu. – 243 b.

11.

Ma Djen. Amaliy xitoy tili grammatikasi. (2015). – Pekin: Pekin tillar

universiteti nashriyotiA. – 345b.

Библиографические ссылки

Abdurahmonov Gʻ. (2008). Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi. – Toshkent: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. – 530 b.

Qo‘ng‘urov R. (1996). O‘zbek tilida Tasviriy so‘zlar. – Toshkent: Fan. – 155 b.

Rahmatullayev Sh. (2006). Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik). – Toshkent.: O‘qituvchi. – 432 b.

Usmanov S. Hozirgi zamon o‘zbek tilida undov so‘zlar. (1952). – Т.: AN SSR. – 210 b.

Karimov A. Xitoy tilidagi hisob so‘zlar (leksik-semantik, structural va funksinal tahlil). Monografiya. (2003). – Toshkent: Fan va texnologiyalar. – 120 b.

Mustafayeva S. Xitoy tili tilshunoslik terminlari tizimining shakllanishi va taraqqiyoti. (2016). – Toshkent: Sharq. – 196 b.

Ma Dziandjong. Mashi wentong. (1987). – Pekin: Shangvu. – 231 b.

Dju Desi. Dju Desi wenji. (1999). – Pekin: Shangvu. – 397 b.

Vang Li. Hozirgi zamon xitoy tili grammatikasi. (2011). – Pekin: Shangvu. – 427b.

Ding Shengshu, Lyuy Shusyang, Li Rong, Bo Tsing. Hozirgi zamon xitoy tili grammatikasi borasida. (1999). – Pekin: Shangvu. – 243 b.

Ma Djen. Amaliy xitoy tili grammatikasi. (2015). – Pekin: Pekin tillar universiteti nashriyotiA. – 345b.