Авторы

  • Mirzohid Zokirjanov
    “Shon-Sharaf” davlat muzeyi kichik ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53092

Аннотация

Rossiya imperiyasi 1721-yildan  1917-yilning  fevral oyigacha  mavjud  bo’lgan  qudratli  davlatlardan  biri  dunyo  tarixida  o’zining  munosib  o’rniga  ega  davlat   hisoblangan bo’lib,   uning  tarkibiga   Sharqiy  va  Shimoliy  Yevropa,  Shimoliy  va  Markaziy  Osiyo,  Kavkaz hududlari kirgan. XIX  asrning   birinchi  yarmi   Rossiya tarixida   olamshumul  voqealarga  boy  bo’ldi. Ayni  shu  vaqda Rossiya imperiyasida  mamlakat  iqtisodiy tizimini  tubdan  o’zgartirish  uchun asosiy   shart-sharoit   ayni  shu  davrda  qo’yildi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYANING

TASHQI IQTISODIY ALOQALARINING HOLATI

Zokirjanov Mirzohid Shuhrat o’g’li

“Shon-Sharaf” davlat muzeyi kichik ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14044277

Rossiya imperiyasi 1721-yildan 1917-yilning fevral oyigacha mavjud

bo’lgan qudratli davlatlardan biri dunyo tarixida o’zining munosib o’rniga
ega davlat hisoblangan bo’lib, uning tarkibiga Sharqiy va Shimoliy Yevropa,
Shimoliy va Markaziy Osiyo, Kavkaz hududlari kirgan. XIX asrning birinchi
yarmi Rossiya tarixida olamshumul voqealarga boy bo’ldi. Ayni shu vaqda
Rossiya imperiyasida mamlakat iqtisodiy tizimini tubdan o’zgartirish uchun
asosiy shart-sharoit ayni shu davrda qo’yildi. Bu davr mamlakat hayotining
barcha jabhalariga o’zgartirishlar kiritdi. Feodal-krepostnoy tizimning inqirozi
boshlandi, iqtisodiyotda bir qator burjua elementlari rivojlandi, sanoat
inqilobi sodir bo’ldi. Shu bilan bir qatorda ushbu jarayonlarga parallel
ravishda xalqaro maydonga Rossiya chiqdi. Yevropa mamlakatlardan,
jumladan G’arbiy Yevropa va AQSh mustamlakalarida esa biroz keyinroq
boshlangan. Bu vaqtda AQShda yangi bozorlarni o’zlashtirish nuqtayi
nazaridan iqtisodiy integratsiya shuningdek qattiq kapitalistik raqobat
sharoitlariga moslashish edi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotida hamisha iqtisodiy
sohaga juda katta e’tibor bilan qaralgan. Chunki mamlakat iqtisodiyoti
ijtimoiy, siyosiy va boshqa muammolarni qamrab olgan edi. Davlat
iqtisodiyotning rivojlanishi esa mamlakatdagi umumiy turmush darajasini
belgilaydi. Iqtisodiy sohaning barcha tarkibiy qismlari holatini o’rganmasdan
turib mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini chuqur o’rganib bo’lmaydi.
Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etgan
sohalardan biridir. Bu soha kapitalizmga o’tish, sanoat inqilobining sodir
bo’lishida juda katta rol o’ynagan soha hisoblanadi. XIX asr birinchi
yarmida Rossiya tashqi savdosi shakllanish va rivojlanish davrini boshidan
kechiradi. Imperiyaning tashqi savdo aloqalarida faol savdo balansining
saqlanishi, imperiyaga kirib keladigan mahsulotlarga beriladigan bojxona
tariflarining

aniqlanishi,

mamlakat

tashqi

savdo

salohiyatini

mustahkamlashning o’ziga xos hususiyatlaridan biridir. XIX asrning birinchi
yarmida Rossiya tashqi savdosining rivojlanishiga bir qator omillar ta’sir
ko’rsatdi. Ulardan biri tashqi va ichki siyosiy omillardir. Jahon bozori va
pirovardida Rossiya tashqi savdosining holati sezilari darajada barqarorligi
va beqarorligiga bog’liq edi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

Shubhasiz bu holat Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalarining qonunchilik –
huquqiy bazasini yaratishga olib keldi. Ayniqsa Yekaterina II(1762-1796-
yillar) ning nabirasi podsho Aleksadr I (1801-1825-yillar) davriga kelib
1801-yil 16-mart kuni qonunlarni ishlab chiqish komissiyasiga rahbarlik qilish
yani A.A. Bekshayevga topshirildi. Ammo 1801-yilning 5-iyun kunida qabul
qilingan imperatorning farmoniga muvoffiq komissiya raisi etib graf P.V.
Zavodoskiy tayyinlandi- keyinchalik bu komissiyaning vazifalari toraytirildi,
imperator Zavodovskiyga davlat organlarida davlat tilida ish yuritish tartibi
bilan shug’ulanishni buyurdi. 1802-yil sentabr oylariga kelib esa komissiya
tomonidan qabul qilingan qonunlar Adliya vaziri G.R. Derjavining qo’liga
kelib tushgan. Rossiya imperiyasi qonunlari to’plamini ishlab chiqishda
imperiyaning yangi adliya vazirlari yuristlar P.V. Lopuxin(1803-yildan Rossiya
imperiyasi adliya vaziri lavozimida ishlagan, N.N. Novosilsev, birinchi kotib G.A.
Roznekampflarning xizmatlari beqiyosdir. Aynan shu insonlarning
tashabuslari bilan Rossiya imperiyasi qonunlarining to’liq to’plami yangidan
yaratilishiga erishildi. Aleksandr I (1777-1825-yillar)ning amalga oshirgan
islohotlari natijasida Rossiyaning iqtisodiyoti yanada rivojlana bordi.
Tarixchi olimlar I. Vallershteyin va N.Rojkovlarning fikricha Rossiyada
sanoatning haqiqiy rivojlanishi Aleksadnr I (1777-1825-yillar) hukmronligi
yillarida boshlangan,
1822-yili imperiyada proteksionizm tizimi joriy qilingan va 1850-yillardan
buyon saqlanib kelgan. Bu tizim qoidalariga muvoffiq Rossiyaga kirib
keladigan 1200 turli-tuman tovarlarni yig’ib olinib ulardan poshlinalar
olingan. Biroq ayrim tovarlar : shakar,paxta, zig’ir matolari va buyumlari
kabi tovarlarni olib kirish amalda taqiqlangan. Bu avvalo yuqori bojxona
ta’riflari tufaylidir. J. Blumning fikricha aynan shu davrda
Rossiyada raqobatbardosh shakar-to’qimachilik sanoati taraqqiy etdi.
Rossiyaning boshqa davlatlar bilan olib boradigan tashqi iqtisodiy
aloqalarida muhim rol o’ynagan sohalardan yana biri bu bojxona ishidir.
Rossiyada bojxona tizimi ancha qadimdan mavjud bo’lib kelgan bo’lsada
XIX-XX asrlarga kelib bu tizim ancha takomillashtirilib yangi bosqichga
ko’tarildi. Yekaterina II, Pavel I larning amalga oshirgan islohotlarida bojxona
sohasiga alohida ahamiyat kasb etgan, hattoki “bojxona ta’riflari to’g’risida”gi
nizom qabul qilindi. Biroq 1825-yili Aleksandr I hukmronligining oxirgi
yillarida bojxona idoralari rahbarlarini qaytadan tayyorlash amaliyoti tiklandi.
Rossiya imperiyasida professional bojxona xizmatini saqlab qolish bazasi
Sankt Peterburg bojxona boshqarmasi bo’lib qoldi. Bu boshqarma Rossiya


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

imperiyasidagi eng yirik bojxona idorasi edi Yangi qoidalarga binoan bir
vaqtning o’zida bojxona xizmatiga 16 nafar shaxs o’qitilgan, shulardan 4
tasi bojxona idoralarining direktorlari va ularning o’rinbosarlari (birinchi
darajalilar) va qolgan 12 nafari kotiblar, buxgalterlar (ikkinchi darajali
talabalar) lavozimiga tayyorlangan. Talabalarni qabul qilish huquqi Moliya
vazirligi Tashqi savdo departamenti direktoriga shaxsan berildi. Rossiyada
bojxona xizmatiga ishga kirish jarayonida treningdan o’tgan tinglovchilar
haqiqiy xizmatgan qabul qilinib 600 rubldan 1000 rublgacha oylik
olishganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Rossiya imperiyasida bojxona
ishlariga kirishda ikkala razryadda yakuniy imtihonlar o’tkazilar edi.
Yakuniy imtihonlar olingan bilimlarni sinovdan o’tkazish bo’lib unda
tinglovchilar bo’sh ish o’rinlariga hujjat topshirishda o’zlarining
mehnatsevarligi, bojxona xizmatini yaxshi bilishi bilan farqlanishardi.
XIX asr Rossiya imperiyasi bojxona xizmatining tizimida o’zgarishlar bo’ldi.
Bu avvalo xodimlarning formali kiyim boshini yaratilishi bilan bog’liqdir.
Dastaval 1827-yilda rahbarlik lavozimlaridagi shaxslar uchun formali kiyim
bosh (avval yoz keyin qish) joriy etilgan. Biroz vaqt o’tgach esa 1849-yili
oddiy xizmatchilar ( xususan inspektorlar), kiyim kechak bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari yordamchi bo’linmalar o’t o’chirish brigadalari, nogironlar
brigadalari xodimlari uchun ham alohida mahsus kiyimlar joriy qilindi.
XIX asrning birinchi yarmida Rossiya imperiyasi iqtisodiyoti dunyoda
rivojlangan davlatlardan tobora orqada qola boshladi. Nikolay I (1825-1855)
hukmronligining boshida sanoatdagi vaziyat Rossiya imperiyasi tarixida
“ sanoatning eng achinarli holati” nomi bilan belgilangan. Rossiyada G’arb
mamlakatlari bilan bemalol raqobatlasha oladigan sanoat deyarli yo’q edi.
Rossiya eksport bo’yicha faqatgina xomashyo yetkazib beradigan mamlakatga
aylanib qolgan edi. Boshqa mahsulotlar esa chet eldan sotib olinar edi. XIX asr
boshlariga kelib, fabrikalardagi oddiy dehqonlar va krepostnoylarning
huquqlari deyarli teng edi. Natijada 1824-yili hukumat tomonidan ishchilarga
sessiyalariga qatnashish huquqi berilib, hukumat mulkdorlarining iltimoslari
tasdiqlandi. 1835-yilga kelib esa dehqonlarni ozod qilishga ruxsat berilgan
edi. 1840-yili esa ommaviy ravishda dehqonlarni tarqatib yuborish ishlari
boshlandi. Nikolay I hukmronligining oxiriga kelib mamlakatda vaziyat
keskin o’zgardi. Rossiya imperiyasi tarixida texnik jihatdan tartibga solingan
raqobatbardosh sanoat shakllana boshladi. Xususan to’qimachilik, shakar
sanoati, charm, kiyim kechak, metal buyumlar, yog’och, shisha va boshqa
mahsulotlar yetishtirilar edi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

Rossiya tarixi bilan shug’ulanayotgan iqtisodiyot tarixchilarining bergan
ma’lumotlariga qaraganda imperiya iqtisodiyotining jadal suratlarda
rivojlanishiga Nikolay I (1825-1855-yillar) hukmronligi davrida olib
borilgan proteksionistik siyosat turtki bo’lgan. Podsho Nikolay I ning
topshirig’iga binoan M.M.Speranskiy rahbarligida Rossiya imperiyasi
qonunlari to’plami yangilanib unga 1825-yildan buyon qabul qilingan
qonunlar kirdi. Nikolay I (1825-1855-yillar)ning hukmronligidan Aleksandr
II (1855-1881-yillar) hukmronligigacha bo’lgan vaqt ichida Rossiya
imperiyasi qonunlari to’plami bir necha bor yangilandi. 1825-1830-yillar
davomida Rossiya qonunchiligi yanada rivojlanib yangidan taraqqiy etdi.
Imperiyada 1830-yillardan qonunlar kodifikatsiya qilina boshladi. Ularda
Nikolay I va Aleksandr II larning hukmronliklarida qabul qilingan qonunlar
va podsholarning farmonlari kirgan. Rossiya imperiyasining qonunlari
ikkinchi to’plami 55 tomdan iboratdir. Rossiya imperiyasida davlat
hokimiyati markaziy organlari Senat, Davlat kengashi hamda Vazirlar
qo’mitasi hisoblanib ular imperiya hayotiga molik ma’salalarni muhokama
qilish bilan shug’ulanganlar. Imperiyaning ichki va tashqi savdo ishlarini
boshqarish savdo vazirligi shug’ulangan, bu esa markaziy davlat boshqaruvi
organi hisoblangan. 1864-yilda Rossiya Moliya Vazirligining Tashqi savdo
departamenti tashkil qilinib u bojxona yig’imlari bilan shug’ulangan. Bu
department Rossiya hududiga kirib keladigan bojxona poshlinalarini yig’ish,
bojxona qonunchiligini buzulishiga qarshi kurashish vazifalarini bajargan.
Ma’lumki avvalari Rossiyada savdo ishlari bilan savdo kollegiyasi
shug’ulangan. Keyinchalik bu kollegiya Rossiya savdo vazirligiga
bo’ysunadigan bo’ldi.
Xullas, XIX-XX asrlarda ham Rossiya agrar davlat bo’lishiga qaramasdan
xorijiy bir qator mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalarida bo’lib kelgan.
Buning uchun esa Chor Rossiyasida tashqi iqtisodiy aloqalarni olib
borishning mustahkam qonunchilik-huquqiy bazasi yaratilganligi muhim
omil bo’lib xizmat qildi. Tashqi iqtisodiy aloqalarining boshqarish tizimi
taraqqiy etdi. Rossiyaning taraqqiy etishida esa Nikolay I va Aleksandr II
davrlarida amalga oshirilgan islohotlar bunda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1. Струмелин С.Г. Очерки экономической истории России М., 1960
2. Рожков Н.В. Русская история в сравнительном освещении
Ленинград-Москвa., 1926-1928
3. Ермакова М. Хромов О. Столетие промышлености России М., 1913


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

4. Барк П.Л. Воспоминания последнего министра финансов России
1914-1917-гг М., 2017
5. Назареевский В.В. Царствование Александра II(1855-1881-гг)
M., 1910
6.Некрич А.М.История России М., 2007

Библиографические ссылки

Струмелин С.Г. Очерки экономической истории России М., 1960

Рожков Н.В. Русская история в сравнительном освещении Ленинград-Москвa., 1926-1928

Ермакова М. Хромов О. Столетие промышлености России М., 1913

Барк П.Л. Воспоминания последнего министра финансов России 1914-1917-гг М., 2017

Назареевский В.В. Царствование Александра II(1855-1881-гг) M., 1910

Некрич А.М.История России М., 2007