DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
103
NUTQ NUQSONI BOʼLGAN BOLALARNI NUTQINING LEKSIK-
GRAMMATIK TOMONINI RIVOJLANTIRISH YOʼLLARI
Kaxxarova Malika Maxsudovna
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Logopediya kafedrasi oʻqituvchisi,
Donayeva Madina Qudratovna
Toshkent davlat pedagogika universiteti
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11656298
Nutq nuqsoni boʼlgan bolalar og‘zaki nutqidagi kamchiliklarning samarali
korreksiyasini amalga oshirish uchun avvalo nutq nuqsonlarining harakteri,
tarkibi va individual xususiyatlarini ochib berishga yo‘naltirilgan har tomonlama
puxta diagnostikani o‘tkazish lozim, deb hisoblaymiz.
Nutq nuqsoni boʼlgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik tashxisning
maqsadi bolaning nutqi sohasidagi kamchiliklarini yoki shakllanmagan
jihatlarini aniqlash asosida uning ta’lim olish imkoniyatlari, bunda korreksion-
rivojlantiruvchi ishlarning mazmuni, yo‘llari, vositalarini belgilashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish va ta’lim jarayonini amalga oshirish hamda
rejalashtirish uchun alaliya nuqsoni bo‘lgan bola nutqining rivojlanish
xususiyatlarini, darajasini aniqlash vazifasini oldimizga qo‘ydik.
Nutqning rivojlanishi, xususan, lug‘atning boyishida ikkinchi juda muhim
omil kattalarning nutqiy faoliyati va ularning bola tomonidan his qilinishida
namoyon bo‘ladi. Tilni bola kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat vositasi sifatida
o‘zlashtiradi va D.Brunerning fikricha, ayni vaqtda kognitiv jarayonlar tabiatini
aks ettiradi.
Nutq nuqsoni boʼlgan bolalarning og‘zaki nutqidagi kamchiliklarni aniqlash
va ularni samarali bartaraf etishning ratsional yo‘llarini tanlash uchun nutqiy
nuqson harakteri, uning darajasi va bu kamchiliklar nutqning komponentlariga
qanday ta’sir etishini aniqlash muhim.
Tekshirishning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish va kompleks
logopedik tekshiruv o‘tkazish natijalari, maktabgacha yoshdagi bolalarning
tovushlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Tekshirishda
bolaning fiziologik hamda yosh hususiyatlari inobatga olinadi.
Maxsus adabiyotlarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganib chiqish va tahlil
qilish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish asosida nutq nuqsoni
boʼlgan bolalarni logopedik tekshiruvdan o‘tkazishning quyidagi 3 bosqichi
ishlab chiqildi.
1. Tayyorgarlik bosqichi (anamnestik ma’lumotlarni to‘plash; ota-
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
104
onalarning shikoyatlari, talab-xohishlarini o‘rganish; boladagi dastlabki
individual-tipologik ma’lumotlarini aniqlash, eshitishini tekshiruvdan o‘tkazish).
Ushbu bosqichda pedagogik faoliyat ota-onalar bilan suhbat; hujjatlarni tahlil
qilish; bolaning nutq nuqsoni haqida ma’lumot yig‘ish; bola bilan individual
suhbat; umumiy va mayda motorika holatini o‘rganish kabi ko‘rinishlarda
tashkil etildi.
2. Tashxis (asosiy) bosqichi. Ushbu bosqich pedagogik faoliyatning
quyidagi turlari asosida tashkil etiladi:
1) lug‘at boyligining holatini tekshiruvdan o‘tkazish;
2) nutqning grammatik tizimining rivojlanganlik holatini o‘rganish;
3)
bog‘lanishli nutqining holatini o‘rganish.
Texnologiyani tashkil etishda nutq nuqsoni boʼlgan bolalarning
artikulyatsion apparat a’zolarining tuzilishi va harakatchanligini, nutqining
leksik-grammatik tomonining, fonematik idrokning rivojlanganlik holatini
baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Nutq nuqsoni boʼlgan bolalarning lug‘at boyligi holatini tekshirish.
Texnologiyaning maqsadi nutq nuqsoni boʼlgan bolalarning lug‘at boyligi
holatini tekshirishga doir metodik ishlanmalarni tayyorlashdan iborat bo‘lib,u
quyidagi bosqichlarda tashkil etildi:
1. Predmetlarni nomlash:
-ot so‘z turkumiga oid so‘zlar: do‘ppi, tufli, piyola, avtobus, karam, nok,
qaldirg‘och, fil va hokazo;
-predmet qismlari: choynak (qopqoq, jo‘mragi), odam (bosh, qo‘l, soch, burun,
barmoq, oyoq) va hokazo;
-kasblar: shifokor, haydovchi, tarbiyachi, sotuvchi, duradgor va hokazo;
2. Lug‘at boyligida fe’llarning qo‘llanilishini aniqlash.
3. Predmet belgisini bildiruvchi so‘zlarni nomlash.
4. Umumlashtiruvchi so‘zlarni nomlash
5. So‘zlarning zid ma’nosini ifodalovchi antonimlarini.
Nutqning grammatik tuzilishi holatini tekshirish nutq nuqsoni boʼlgan
bolalar nutqining grammatik tuzimining holatini tekshirish uchun quyidagi
vazifalar taklif etiladi:
- predmetli rasmlardan foydalangan holda birlikdagi otlardan ko‘plikdagi
otlarni hosil qilish;
-
son va otlarni moslab ishlatish;
-
otlarning kichraytirish-erkalash shakllarini hosil qilish ;
-
otlardan sifat yasash;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
105
-
kelishik qo‘shimchalarini qo‘llash;
ikkita predmet orasidagi ba’zi fazoviy muloqotdorlikni ifodalovchi so‘zlarni
(o‘rin-joy otlari) qo‘llay olish (Masalan, oldida, orqasida kabilar) Texnologiya
mazmunida lug‘at boyligining holatini tekshirish hamda nutqning grammatik
tizimining holatini baholash mezonlari tavsiya etildi.
Ushbu texnologiyaning maqsadi
eshittirilgan matn mazmunini so‘zlab
berish, voqeaband rasmlar asosida hikoya tuzish, taklif qilingan mavzu bo‘yicha
hikoya tuzishga doir mashqlar yordamida ekspressiv alaliyali bolalar
bog‘lanishli nutqining holatini tekshiruvdan iborat bo‘lib, quyida bosqichlardan
iborat:
1. O‘qilgan matn (“Mushukcha”, “Kuz”) mazmunini so‘zlab berish.
2. Voqeaband rasmlar asosida hikoya tuzish.
3. Taklif qilingan mavzu bo‘yicha hikoya tuzish.
Voqeaband rasmlar asosida hikoya tuzishni tekshirish texnikasi
foydalaniladigan gaplarning turlarini aniqlash uchun maxsus tanlangan
rasmlardan
foydalanishdan
iborat.
Bunday
rasmlar
asosida
turli
konstruksiyadagi gaplar tuzish mumkin. Masalan, sodda gap (bola yig‘layapti),
sodda yoyiq gap (qiz qo‘g‘irchoqni cho‘miltiryapti, ona kitob o‘qiyapti). Savollar
yordamida yuqoridagi gaplarning tuzilishini murakkablashtirish mumkin (Qiz
kitob o‘qiyapti. Qanday qiz? Qanaqa kitob?). Murakkab gaplarni ikki yoki undan
ortiq harakatlar tasvirlangan bo‘rtma rasmlardan foydalanib tuzish mumkin.
Tekshirish vaqtida otlarni kelishiklarda turlay olish ko‘nikmasini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Bolaning mustaqil nutqida ko‘makchi so‘zlardan
foydalanish ko‘nikmasi, birlikdan ko‘plik otlar yasay olishi tekshirildi. Bolalarga
rasm (bo‘rtma, siluetli) mazmunini aniqroq tushuntirish maqsadida
yo‘naltiruvchi savollar beriladi, ba’zi joylarda, mavhum ma’nolarni anglatgan
so‘zlarni tushuntirishda imo-ishoralardan, taktil harakatlardan foydalanildi, gap
tuzishda u yoki bu tuzilmani qo‘llash (masalan, Bobo qiziq kitobni o‘qiyapti.
Navbatchi doskani artyapti. Salima oyisiga yordam berdi) talab qilinadi.
Taklif qilingan mavzu bo‘yicha hikoya tuzishda bolalarga tasavvurlari
asosida hikoya tuzish taklif etiladi. Agar bola topshiriqni bajarishda qiyinchilikka
duch kelsa, topshiriq soddalashtiriladi, ya’ni og‘zaki yo‘riqnoma beriladi.
Bolalar tomonidan berilgan javoblarni baholashda muayyan talablarni
inobatga olish zarur. Bog‘lanishli nutqining holatini baholash mezonlarini ham
o‘zida aks ettiradi.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni qo‘llashda defektolog bolaning nutqiy
rivojlanishi haqidagi olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
106
Tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida olingan ma’lumotlar matematik-statistik
usulda tahlil etiladi.
3. Yakunlovchi bosqich. Ushbu bosqichda defektolog bolaning nutqiy
rivojlanishi haqidagi olingan ma’lumotlarni umumlashtiradi, baholaydi, tahlili
qiladi, ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida olingan ma’lumotlar nutq haritasiga
kiritiladi
,
tekshirish natijalari matematik-statistik jihatdan tahlil etildi. Olib
borilgan tekshirish natijalari va to‘plagan ballar asosida har bir bolaning nutqiy
rivojlanish holati haqida aniq ma’lumot olish imkonini berdi.
Yakunlovchi bosqichda maktabgacha yoshdagi alaliya nuqsoni bo‘lgan
bolalarning nutqiy rivojlanishi haqidagi olingan ma’lumotlar baholandi, tahlil
qilindi va umumlashtirildi. Tekshirish jarayonida olingan ma’lumotlar qayta
ishlandi
,
tekshirish natijalari nutq xaritasiga kiritildi. Olib borgan tadqiqot
natijalarining tahlili alaliya nuqsoni bo‘lgan bolalar artikulyatsiya apparati
sohasi,
fonematik
tahlil,
nutqni
tushunish,
nutqning
prosodik
komponentlarining holati, nutqining leksik-grammatik tomoniningning holatini
o‘rganish va talqin qilish imkonini berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abidova N. Z, Kaxxarova M. M. Development of sound pronunciation of speech
in children with expressive alia //The American Journal of Social Science and
Education Innovations. - 2021. - №. 04. - S. 2834.
2. Khakharova Malika Maksudovna Technologies for the development of the
lexical-grammatical aspects of the speech of children with severe speech
defects/American Journal of Interdisciplinary Research and Development-2023.
- №.(AJIRAD, ISSN Online: 2771-8948)/ Volume 25,(2024)
3. Лурия А. Р. Писмо и реч. Нейролингвистические исследования: Учеб.
пособие / А. Р. Лурия. - Москва: Academia, 2002
4. Лынская М. И. Преодоление алалии и задержки речевого развития у
детей. Метод сенсорно-интегративной логотерапии: конспекты занятий /
М. И. Лынская; подредакцией С.Н.Шаховская. -Москва: Логомаг, 2015
5. Методика психолого-логопедического обследования детей с
нарушениями речи. Вопросы дифференциальной диагностики [Текст] / Г.
А. Волкова – С. – П.: Децтво – Пресс, 2008