DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
52
TILSHUNOSLIKDA TILNING TA’RIFLARI
M.Q.Abdullayeva
III kurs talabasi,Qarshi davlat universiteti,Qarshi
Juletta Elmurodovna Ro’ziyeva
Ilmiy rahbar:, Qarshi davlat universiteti oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11545482
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilshunoslikda tilga qanday ta’riflar
berilgani va tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning
kommunikativ vazifasini tashkil qilishi haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
lingvistik, lisoniy, antinomiya, ergon, substansiya, sinxron,
diaxron, kommunikativ .
Tilshunoslik fanining tadqiqot obyekta bo’lgan til jamiyat maxsuli, jamiyat
quroli sifatida o’z ta’rifiga, tavsifiga, mantiqiy izohiga ega. Bu - tabiiy. Chunki
ta’riflanishi zarur bo’lgan ushbu ijtimoiy hodisa taraqqiyot mezoni, xayot
ko’zgusi sifatida, millat ruhiyu tarix tarjimoni sifatida jamiyatga xizmat qilib
kelmoqda. Demak, jamiyat va til tushunchalari o’zaro ajralmas-dialektik bog’lik
bo’lib, ular mantiqan biri ikkinchisini to’ldiradi, biri ikkinchisisiz mavjud
bo’lmaydi, biri ikkinchisiga faol xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, jamiyatning
mavjudligi tilning mavjudligini, tilning mavjudligi esa jamiyatning mavjudligini
talab kiladi. Shunga ko’ra jamiyat tushunchasi qay darajada o’z ta’rifiga ega
bo’lsa, til tushunchasi ham shu darajada o’z ta’rifiga, tavsifiga egadir.Xulosa
shuki, tilshunoslik fanining muhim, dolzarb muammolari qatorida tilning ta’rifi
masalasining bo’lishi xam zaruriydir, tabiiydir. Qolaversa, til ko’p qirrali
murakkab hodisa sifatida boshqa ijtimoiy (masalan, tarix, falsafa, psixologiya
kabi) va tabiiy fanlar tomonidan ham o’rganiladi, tavsiflanadi. Bundan esa
mantiqiy ravishda tilning ta’rifi masalasi murakkab masalalardan biri ekanligi
tushunchasi kelib chiqadi.Tilshunoslik tarixida ham, hozirda xam tilning ta’rifi
masalasiga aloxida e’tibor qaratilgan va qaratilmoqda.
Tilshunoslik tarixida tilning ta’rifi masalasi qanday xal qilingan, uning
mohiyatini ochish uchun qanday ta’riflar berilgan? Ma’lumki, tilshunoslik
tarixida qator lisoniy (lingvistik) maktablar, oqimlar, yo’nalishlar bo’lib, bular
ichida, ayniqsa, xind, yunon va arab tilshunoslik maktablari alohida o’rin
egallaydi. Arab tilshunoslik maktabining til masalalaridagi ulkan xizmatlari
dunyo tilshunosligida tan olingan bo’lib, bunda, ma’lumki, O’rta Osiyolik
allomalarning kelib chiqishi eroniy xalqlardan bo’lgan Xalil ibn Axmad, Sibavayx
Albasriy, turkiylardan Maxmud Koshgariy, Maxmud-az Zamaxshariy, Alisher
Navoiy va boshqalarning xizmatlari aloxida yuksak qadrlanib, e’tirof etiladi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
53
Jumladan, til masalalariga jiddiy e’tibor bergan buyuk allomalardan biri Alisher
Navoiy xazratlari tilning kishilar orasidagi aloqa ehtiyoji natijasida paydo
bo’lganini, so’zlash qobiliyati insonga Alloh tomonidan berilgani, ammo so’zlarni
insonning o’zi yaratgani, nutqning quroli til ekanligini alohida qayd etadi.
Qiyoslang: «Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar
nopisand zoxir bo’lsa, tilning ofatidur»[1,94].Demak, Navoiy tilning jamiyatda-
kishilar o’rtasida aloqa quroli sifatida xizmat qilishi g’oyasini ilgari suradi.
Binobarin, til aloqa qurolidir, til (so’z) jamiyat maxsulidir, degan fikrlar-ta’rif,
tavsiflar
qadim-qadim
davrlarning
mahsuli
sifatida
hozirda
ham
amaldadir.Umumiy nazariy tilshunoslikning asoschisi, til ilmining buyuk
bilimdoni yevropalik Vilgelm von Gumboldt til masalalariga - tilning ta’rifi
muammosiga aloxida jiddiy ahamiyat bergan. Aniqrog’i, V.von Gumboldt tilning
mohiyatini ochishda, unga asosli ilmiy ta’rif berishda antinomiya metodi
(usuli)dan foydalanadi. U antinomiya usuli orqali tilning moxiyatini, tabiatini
ilmiy yoritib berishga xarakat qiladi va bu jarayonda til sistemasiga nisbatan bir
qator antinomiyalarni qo’llaydi.
Til - faoliyat, xarakat, o’zgarish, o’zgaruvchanlik. Ayni vaqtda til faoliyat maxsuli,
turg’un, barkaror, bunyod etilgan o’zgarmaslikdir. Demak, til bir vaqtning o’zida
ham faoliyat, jarayon, ham faoliyat maxsuli sifatida mavjuddir. Aslida esa- deydi
V.Gumbold«Til faoliyat maxsuli (ergon) emas, balki faoliyatdir (energiya)»[2,73].
Demak, til faoliyat maxsuli sifatida diaxron (tarixiy) tushuncha bo’lsa, til faoliyat
sifatida sinxron (zamonaviy) tushunchadir. Anig’i, til faoliyat sifatida nutqdir,
nutq faoliyatidir, nutq jarayonida voqelanishdir.Til faoliyat maxsuli sifatida
qayerlar dan qayerlarga o’tib boruvchi, jamiyat taraqqiyoti bilan barobar qadam
tashlovchi taraqqiyot mezonidir, muayyan tarixiy norma (meyor)dir.
Tilshunoslik tarixida Vilgelem von Gumboldt, Ivan Boduen de Kurtenelar bilan
bir qatorda turuvchi ulkan tilshunoslardan yana biri shveytsariyalik fransuz
Ferdinand de Sossyurdir. U ham til ta’rifi masalasiga aloxida e’tibor bergan:
1. F.de Sossyur ta’rificha tilshunoslik fanining yagona va haqiqiy predmet til
bo’lib, u aloqa quroli vazifasini bajardi.
2. F.de Sossyur til mohiyat (substansiya) emas, balki shakldir (formadir), degan
o’ziga xos ta’rifni o’rtaga tashlaydi. Bu bilan u tilni mazmun, moxiyat
(substansiya) bilan qorishtirmaslik, undan farqlash lozimligini, til u yoki bu
mazmunni (fikrni) ifodalash shakli (formasi), vositasi ekanligini nazarda tutadi.
3. F.de Sossyur o’z qarashlarida tilning sistem xarakterga egaligini qayta-qayta
ta’kidlaydi. Shunga ko’ra u til belgilar sistemasidir,[3,101] degan ta’rifni ham
beradi.Til belgilari, F. de Sossyur fikricha, shartli, ixtiyoriy, erkin bo’lib, ikki
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
54
tomonga ifodalovchiga (ifoda planiga) va ifodalanuvchiga (mazmun planiga)
egadir.
4. F. de Sossyur ikki jihatni: sinxron va diaxron aspektlarni farqlab, asosiy
e’tiborni sinxron aspektga qaratadi. Buni u so’zlovchilar, fikr almashuvchilar
uchun xaqiqiy reallik tilning sinxron hozirgi, real vaziyatda aloqa quroli sifatida
xizmat qilishidir, deydi.[4,120] Xaqiqatan, tilshunoslikning dastlabki, eng muhim
bosh vazifasi til sistemasining - til xodisalarining hozirgi, zamonaviy holatini
o’rganishdir. Albatta, ayni fikr til tarixini, til tarixiy taraqqiyotini o’rganish
zarurligini inkor qilmaydi, inkor qilishi ham mutlaqo mumkin emas. Negaki, til
tarixi aslida jamiyat tarixi bilan, jamiyat tarakkiyoti bilan bog’likdir. Jamiyat
tarixi esa til tarixidir.
5. F.de Sossyur xalkning ifoda imkoniyatlari sistemasini ikkiga: til va nutqqa
ajratadi. Til so’zlarning jami nutqni ko’rish, tuzish qoidalaridir. Nutq esa til
sistemasining so’zlashuvdagi, fikr almashuvdagi yoki matndagi aniq ifodasi,
namoyon bo’lishi, voqeligidir.
F.de Sossyur fikricha, til va nutq o’rtasida mutlaq qarama-qarshilik mavjud
bulib, shunga ko’ra til lingvistikasi va nutq lingvistikasi [5,56] kabi ikkita fan
bo’lishi kerak. Albatt, bu mubolag’a bo’lib, tilshunoslik fani til va nutqni dialektik
munosabatda, bog’liklikda o’rganadi.Tilga turli nuqtai nazardan berilgan ta’riflar
ichida, shak-shubxasiz, til jamiyatning-jamiyat a’zolarining eng mugim va eng
asosiy aloqa vositasidir, qurolidir, degan ta’rif yetakchilik qiladi. Chunki ushbu
ta’rifdan ikkita eng muhim g’oya kelib chiqadiki, ayni g’oya tilning butun
mohiyatini, jamiyatdagi o’rnini jamiyat taraqqiyotidagi qudratini, quvvatini,
moddiy xodisa sifatidagi agamiyati kabilarni qamrab oladi.
Ma’lumki, tilning jamiyatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ
vazifasini tashkil kiladi. Tilning muayyan xabar, darak ifodalab, ta’sir qilishi esa
uning ekspressiv vazifasi hisoblanadi. Tilning xabar, sezgi, xis-xayajon, hoxish-
istak ifodalash va ularni tinglovchilarga “berish, yetkazish”- bular birgalikda
tilning ekspressiv jihatini-vazifasini tashkil qiladi. Ayni vaqtda til millatlararo
aloqa vositasi, tajriba va bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazish quroli ham
bo’lib, bu jarayonlar tilning akkumulyativ vazifasi xisoblanadi. Tilning ushbu
vazifasi, ayni vaqtda, uning gnoseologik (bilish jarayoni) funksiyasi deb xam
yuritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alisher Navoiy. “Mahbub – ul qulub ” 14-tom.-Т., 1998, 94-bet.
2.
1 В.Гумбольдт. О различии строения человеческих языков и его
влияние на духов-
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
55
3.
ное развитие человеческого рода. Хрестоматия по истории
языкознания XIX -X X
4.
веков. -М ., 1956, 73-бет.
5.
www.ziyouz.c
6.
1 Кар: Фердинанд де Соссюр. Курс общей лингвистики (извлечения).
Хрестоматия
7.
по истории языкознания Х1Х-ХХ веков.-М., 1956, 336-337-бетлар.Ф.де.
Соссюр
8.
.Труды по языкознанию.-М., 1977,101 -бет.
9.
2 Кар: Ф.де Соссюр. Труды по языкознанию, 120-бет.