Авторы

  • Muxtabar Karimova
    O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi ona tili va adabiyot fani bosh o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53107

Ключевые слова:

ona tili va adabiyot innovatsiya texnologiya metodika axborot multimedia.

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili darslarida axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik va pedagogik tavsiyalar berilgan. Shuningdek ona tili darslari orqali o’quvchilar tarbiyasini ijobiy tarafga yo’naltirish mumkinligi yoritib berilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

49

ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSIYA VA ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR

Karimova Muxtabar Adhamovna

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi

ona tili va adabiyot fani bosh o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11544713

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ona tili darslarida axborot va innovatsion

texnologiyalardan foydalanish bo’yicha metodik va pedagogik tavsiyalar
berilgan. Shuningdek ona tili darslari orqali o’quvchilar tarbiyasini ijobiy tarafga
yo’naltirish mumkinligi yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

ona tili va adabiyot, innovatsiya, texnologiya, metodika,

axborot, multimedia.

Hozirgi kunda zamonamizni axborot kommunikatsiya vositalarisiz tasavvur

qilish mushkul. Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar
qatori ta’lim tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan,
axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga
joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to” liq va
mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim
ahamiyatga ega. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan
samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor.

Ularni quyidagicha

ifodalash mumkin:

ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi;

o‘quvchini izlanishga undaydi;

o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;

o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;

mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi;

ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab

ularni

o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi;

Shuning

bilan

birga,

maktabgacha

ta’lim

muassasalarida

tarbiyalanuvchilarning va o‘quvchiyoshlarning ma’naviy tarbiyasi eng dolzarb
muammolardan biri bo‘lib, shu orqali jamiyat ma’naviyatini shakllantirishga
erishish mumkin. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion
vositalaridan foydalanish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy
immunitetini shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni
oiladan boshlash kerak, ya’ni oilada farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni
tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

50

takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham farzandlarimiz ma’naviyatini
shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich
uzluksiz ta’lim tizimida olib boriladi. Qolaversa, boshlang‘ich ta’limda ona tili
fani mazmuniga Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni
o‘quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish,
saranjomsarishtalik, odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni
shakllantirib borish lozim.

O‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishni quyidagi

uch yo‘nalishda olib borgan ma’qul:

O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar.

O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf

etish.

O‘quvchilar

ma’naviyatini

shakllantirishning

multimediali

ta’lim

texnologiyalarini ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish.

Shuningdek, multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi

ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha,
bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan
foydalanishga erishiladi; “Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi
darajasi ancha keng bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi;
o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida
ularga ishonchni shakllantiradi; o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv
faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini
beradi; turli fikr va mulohazalarga diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi
fikrmulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. Bugungi kun
o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham katta farq bor.
Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat mamlakatimizda, balki
dunyo miqyosida ro‘y berayotgan yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishi, o‘z
sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga tatbiq etishi, faqat
darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga anglata bilishi, o‘z
ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira borishi lozim.
Donishmandlarimiz aytganidek: “O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir”.

O‘qituvchilik kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular

qatoriga bola ruhiyatini o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish,
o‘quvchilari qalbida o‘z faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota-
onaga, do‘stlariga nisbatan mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining
oilaviy sharoitini o‘rganib, otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni
kiritish mumkin. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun
hayotda bilishi shart hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

51

mustaqil bildira olish, og‘zaki va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon
qadar yuqori darajasini egallashlarida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning
zimmasidagi mas’uliyatning bir ko‘rinishidir. O‘qituvchi xalqi shunday xalqki, u
har bir o‘quvchisini o‘z farzandidek qabul qiladi, uning yutug‘idan to‘libtoshib
faxrlanadi, iztirobiga bab-baravar sherik bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid
ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilar ma’naviyatini
shakllantirishda pedagogik omillarni ham ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim
mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la
oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion
jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo‘llash
namunalari. — T.: RTM, 2000. — 46 b.
2. G‘ulomova M. X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida
ta’lim samaradorligini oshirish usullari //— T.: 2009. — 106 b.

Библиографические ссылки

Sayidaxmedov N. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari. — T.: RTM, 2000. — 46 b.

G‘ulomova M. X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta’lim samaradorligini oshirish usullari //— T.: 2009. — 106 b.