Авторы

  • Kamoliddin Muzaffarov
    Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53108

Ключевые слова:

Antonimiya antonim kontekstual antonimiya tazod janr leksema fonetika antonimik juft kontekst

Аннотация

Ushbu maqolada “Mahbub ul-qulub” asaridagi antonim va kontekstual antonimiya haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, adibning antonimlar qo‘llash mahorati haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

44

“MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA ANTONIMLARNING

QO‘LLANILISHI

Muzaffarov Kamoliddin Abdusalom o‘g‘li

Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi

Tel: +998(94)409 99 09

kamoliddinmuzaffar0990@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11526280

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Mahbub ul-qulub” asaridagi antonim va

kontekstual antonimiya haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, adibning antonimlar
qo‘llash mahorati haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Annotation:

This article discusses antonyms and contextual antonyms in

Mahbub ul-qulub, and discusses the author's skill in using antonyms.

Kalit so‘zlar:

Antonimiya, antonim, kontekstual antonimiya, tazod, janr,

leksema, fonetika, antonimik juft, kontekst

Key words:

Antonymy, antonym, contextual antonymy, contrast, genre,

lexeme, phonetics, antonym pair, context
Besh asrdan buyon nazm taxtini hech kimga bermay kelayotgan buyuk
iste’dod sohibi Alisher Navoiy asarlari hali ham adabiyotshunoslar, tilshunoslar,
geograflar, matnshunoslar, tarixshunoslar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bu
ulug‘ mutafakkir asarlarini o‘rganish bir daqiqa ham to‘xtab qolgani yo‘q. Alisher
Navoiy asaralarini o‘rganilishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak. Adib asarlari
navoiyshunos olimlar tomonidan ,asosan, adabiy jihatdan o‘rganilgan. Lekin
tilshunoslik nuqtayi nazaridan biroz kamroq murojaat qilingan. Ammo Shunday
bo‘lishiga qaramasdan Tilshunoslik nuqtayi nazaridan bir qadar salmoqli ishlar
amalga oshirilgan. Alisher Navoiy asarlarini til xuxusiyatlarini o‘rganishga
umrining katta qismini bag‘ishlagan, buyuk tilshunos olim Alibek Rustamov
xizmatlarini e’tirof etmasdan o‘tmasak bo‘lmas. Zabardast tilshunos olim
A.Rustamov “Navoiyning badiiy mahorati”, “Navoiy tilining Grammatik
xususiyatlari”, “So‘z haqida so‘z” asarlarini yaratgan. Shu bilan birga
“Mahbub ul-qulub” asarida Navoiy tili, fonetik va morfologik xususiyatlari
bo‘yicha ilmiy ishlarni yoqlagan. Yuqorida ta’kidlaganlarimizni hisobga olib, biz
hozirgi maqolamizda adibning “Mahbub ul-qulub” asariga murojaat qilib, asarni
tilshunoslik tarafdan o‘rganib, asardagi antonim va kontekstual antonimlarni
yoritib berishga harakat qilamiz. Antonimlar ( zid ma’noli so‘zlar) – grekcha
anti-“zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma-“nom” degani bo‘lib, qarama-
qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir ya’ni ma’nosi bir-biriga zid
ma’noli so‘zlar antonimlar deyiladi. Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun, albatta,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

45

mustaqil tushuncha ma’no jihatdan bir-biriga zid bo‘lishi kerak. Antonim badiiy
adabiyotda qo‘llanilib, tazod janrini yaratish uchun xizmat qiladi. Alisher Navoiy
shu darjada daho ijodkor bo‘lganki, asarlarida har bir so‘zni shunchaki
keltirmay, ularga o‘ziga xos yuklamalarni yuklagan. Alisher Navoiy asarlarida,
shu jumladan “Mahbub ul-qulub” asarida antonimlardan o‘rinli foydalangan. Bu
esa asardagi antonimlarni o‘rganishga yana bir asos bo‘ladi. “Mahbub ul-
qulub” da gap tarkibida keladigan sof antonimlar. Masalan,

yaxshi-yomon,

katta-kichik, ko‘p-oz, vayrona-oshyona, mazlum-zolim, ulug‘-kichkina,
rosix-nosix

va h.k. va antonimiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan kontekstual

antonimiyani juda ko‘p o‘rinlarda ishlatilgan.

Kontekstual antonimiya

o'zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning

ma’lum kontekst ichida so'zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik
munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko'rish
mumkin:
Ushoqqand

oq tuzga

monand erur, Va lekin biri

tuz,

biri

qand

erur. (A.Navoiy)

Bu asar ulug‘ mutafakkir va buyuk shoir Alisher Navoiyning umri oxirida 906
(1500-1501) yilda yozilgan yirik nasriy asaridir. U muallifning g‘oyat mazmunli
va sermashaqqat hayoti davomida to‘plangan boy tajribasi va xulosalaring
yig‘indisidir[1:03] demak, bu asarda tengsiz adib hayoti davomida ko‘rgan-
bilganlarini taqqoslashlar asosida asarga singdirib yuborgan. Qachonki biz bir
narsani tasvirlamoqchi bo‘lsak, uni taqqoslaymiz va zidini keltiramiz. Ana
shunda biz tasvirlayotgan shaxs, narsa-buyum va joyning qadr-qimmati oshadi.
Muharrir bu taqqoslashlarga quyidagicha fikr bildiradi. “Mahbub ul-qulub”da
Navoiy bevosita o‘z davridagi deyarali barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga
tavsif beradi va ularning qay biri yaxshi yoki yomon, qay biri insoniylikka,
xalqqa, mamlakatga foydali yoki ekanligini boshqa asarlariga qaraganda
kengroq, chuqurroq va aniqroq bayon etadi.[1:04] Adib “Mahbub ul-qulub”
asarida she’riy va nasriy yo‘lda ham antonimlardan unumli foydalangan. Quyida
esa “Mahbub ul-qulub” asaridan antonim va kontekstual antonimlardan misollar
keltirib o‘tamiz.
Masnaviy:
Ulus

podshohiyu

darveshvash,

Anga

shohliqdin

kelib

faqr

xash,

Jahondorlarg‘

a sipehr intiboh,

Valiy

ahli

faqr

olida xoqi roh,

Jahon mulki olinda

xoshokcha

,

Vale bir ko‘ngul mulqi

aflokcha.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

46

Bori

benavola

r

navosozi

ul,

Hamul nav’kim, Shoh Abulg‘ozi ul,[1:145-146]
Adib bu masnaviysida antonimlarni kerakli o‘rinda qo‘llagan. Bir necha sinonim
so‘zga bitta antonim qo‘llagan.

Podshohiyu, shohliqdin, jahondorlarga, Valiy-

faqr, xoshokcha

-

aflokcha, benavola

r-

navosozi.

Adib asarning “Nomunosib noiblar zikrida” faslida ushbu antonimlardan
kerakli foydalangan. Nima olurda

yolg‘on

anga

chin

o‘rnig‘a va musulmonlarg‘a

nuqson anga din o‘rnig‘a,

yolg‘on

borida anga

chin

demaki mahol va rishvat

olurda o‘zga so‘z deb, ammo ko‘nglida o‘zga xayol.[1:147] Bunda buyuk
mutafakkir yolg‘on va chin antonimlari orqali nomunosib noiblar ko‘nglidagi dil
va til boshqaligini oddiy shu ikkita antonim yordamida tasvirlab berayapti.
Asarning

“Zolim va johil va fosiq podshihlar zikrida”

faslida esa kontekstual

antonimlarda keng foydalaniladi. Masalan, Odil podshoh ko‘zgu va bu aning
uchasidur. Ul

yoruq,

subh

, bu aning

qorong‘u

kechasidu

r. Zulm aning

ko‘nglig‘a marg‘ub va fisq aning xotiriga mahbub. Mulk buzug‘lig‘idin zamiriga
jam’iyat va ulus

parishonlig‘idin

xotirig‘a

amniyat

.

Obodlar

aning zulmidin

vayrona

, kabutar toqchalari boyqushg‘a

oshiyona.

Boda seli chun bazmida

to‘g‘yon qilib, ul sel mulk

ma’muralarin

vayron qilib

. Suvchi xonasig‘a farsh

masjid ravoqi to‘kulgonidin va ko‘plari boshig‘a xisht mehrob toqi
yemrulgonidin. Agar qon to‘kmak anga pesha, kimki joni bor anga andesha. Agar
shurbg‘a mash’uf ko‘y va ko‘cha musulmonlarg‘a maxuf. Agar fosiq bo‘lsa va
bad, af’ol - el irzi va ayolig‘a andin biymu nakol. Va sitezaro‘y bo‘lsa va xudroy
mushfiq Navoiy jonig‘a voy! O‘z noshoyisti o‘z olida xo‘b va el ma’quli anga
mardud va ma’yub.

Ko‘p

xizmat

oz

sahv bila olida nobud va

ko‘p

haq

va

rost oz

xato

bila ilayida nomavjud.

Xato

royi

o‘ng

kelmasa, daxlsizlarga shirkat, balki

naqiz tutqonlarg‘a ziyoda tuhmat. Nosavob xayoli tuz chiqmasa, shirkati
yo‘qlarg‘a itob va balki xabari yo‘qlarga aroda azob. Hayot suyin og‘u desa,
musallam tutmog‘on gunahkor va quyosh

nurin

qorong‘u

desa, tahsin

qilmog‘on tiyra ro‘zgor. O‘z jonibidin qatraning daryocha hurmati va zarraning
bayzacha qiymati. El tarafidin moli olam bir qora puldin kam va fido qilg‘on joni
aziz, oncha yo‘qkim, bir pashiz.

Qora quzg‘unni oq tuyg‘un

desa, qozni yaxshi

olur demagan muqassir.

Yoruq kunni tiyra tun desa

, suho ko‘runadur

demagan mudbir. Chin der elga - jon xatari, xayrg‘a dalolat qilg‘uvchig‘a o‘lum
zarari

. Haq

aning qoshida

botil

,

xiradmand

aning aqidasida

johil.

Eldin

ko‘nglida kiynasi - maxfiy xazinasining dafinasi. Qatl uchun jon bermak shiori, el
molu jonig‘a qasd - shikori. Bu yomon podshohki, bo‘lg‘ay vaziri ham yomon,
andoqki, Fir’avn nayobatida Homon .


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

47

Bayt:
Uylakim shoh morg‘a bo‘lg‘ay mumid ham ja’fariy,

Yo vaboyi xalqqa toun ham o‘lg‘ay bir sari.
Tengri mundoq balolarni adam chohidin vujud taxtgohig‘a kelturmasun va

yo‘qluq zindonidin borlig‘ shahristonig‘

a yetkurmasun.[1:147-148] Bu yerda

odil so‘zi fasl nomidagi uchta so‘zning o‘ziga antonim sifatida qo‘llangan:

Odil-

zolim,johil,fosiq.

Bu ham adibning o‘ziga xos mahorati. Endi yuqoridagi

matndagi antonimlarga murojaat qilamiz:

yoruq,

subh

so‘zlari gapning o‘zida

qorong‘u

kechasidu

r so‘zlariga kontekstual antonim bo‘lib kelgan. Yoki

o‘ng

va

xato

so‘zlari matndan tashqari holatga antonimlik vazifasini bajarmaydi. Lekin

Alisher Navoiy bu so‘zlarni gapda kontekstual antonim sifatida qo‘llagan. Ushbu
faslda yana quyidagi antonimlar keltirilgan:

Obod-vayron, rost-xato, mamura-

vayron, haq-botil, qora-quzg‘un-oq tuyg‘un, yoruk kun-tiyra tun,
xiradmand-johil, yo‘qluq zindonidi-borlig‘ shahristoni,

ko‘rinib turibdiki

adib antonimlarni o‘xshatishlar, qiyoslashlar orqali yanada ta’sirchanroq
ifodalab, tilimiz so‘z boyligini yana bir bor aks ettirgan. Bunday jilodor
antonimlarni “Mahbub ul-qulub” asarida juda ko‘plab uchratishimiz mumkin.
Ularning ayrimlari sof antonim hisoblansa, ayrimlari faqatgina shu matn uchun
kontekstual antonim hisoblanadi va bu antonimlardan quyida namunalar
ko‘rishingiz mumkin:
Rosix nosix

Xushgo‘y badgo‘y

Pech hech

Yaxshi bad

Achchig‘ chuchuk

Qato bo‘z

Ko‘pdin ko‘p ozdin oz

G‘aniy faqir

Odamiylig‘ hayvonlig‘

Ulug‘ kichkina

Mudarris mubtade

Shifodir balodir

Ranj ganj

Rost yolg‘on

Aziz xor

Muboxot uyat

Tong oqshom


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

48

Xorliq vayronasi xokisorlig‘ koshonasi

Yaxshi yomon
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Alisher Navoiy asarlariga qay
tarafdan qarasak shu tomondan siz izlagan ma’noni beradi. Bu xoh tilshunoslik
bo‘lsin, xoh adabiyotshunoslik bo‘lsin. Birgina “Mahbub-ul qulub” asarida
antonimdan betakror foylangan bo‘lsa, butun boshli asaralarida ona tilimizga
qanday jilo berib, yuksaklikka ko‘targanini tasavvur qilaversak bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. “Yangi asr avlodi” 2019

2.

Alibek Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati.-T., Adabiyot va san’at

nashriyoti,1979
3.

Shuhrat

Sirojiddinov,

Dilnavoz

Yusupova,

Olimjon

Davlatov.

Navoiyshunoslik. “Tamaddun” nashriyoti, 2018
4.

.www.arboblar.uz

5.

. www.navoiy.zn.uz

6.

www.ziyouz.com

7.

. www.sputniknews-uz.com

8.

www.saviya.uz

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. “Yangi asr avlodi” 2019

Alibek Rustamov. Navoiyning badiiy mahorati.-T., Adabiyot va san’at nashriyoti,1979

Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov. Navoiyshunoslik. “Tamaddun” nashriyoti, 2018

.www.arboblar.uz

. www.navoiy.zn.uz

www.ziyouz.com

. www.sputniknews-uz.com

www.saviya.uz