Авторы

  • Shoxrux Qushboqov
    IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi
  • Diyorjon Isroilov
    IIV Akademiya kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53113

Аннотация

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari bilan xamkorlikda profilaktik faoliyatini tashkil etish amaldagi qonun xujjatlarida belgilangan xuquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari xamda chora–tadbirlaridan biri sifatida jamiyatda xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustaxkamlash, axoli o‘rtasida xuquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish belgilangan. 


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

16

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR

PROFILAKTIKASIDA ADLIYA ORGANLARI BILAN

XAMKORLIGINING TASHKILIY ASOSLARI

Qushboqov Shoxrux Xasan o‘g‘li

IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi

Isroilov Diyorjon Doniyorjon o‘g‘li

IIV Akademiya kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11514939

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya

organlari bilan xamkorlikda profilaktik faoliyatini tashkil etish amaldagi qonun
xujjatlarida belgilangan xuquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari
xamda chora–tadbirlaridan biri sifatida jamiyatda xuquqiy ong va xuquqiy
madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustaxkamlash, axoli o‘rtasida xuquqiy
targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish belgilangan.
Profilaktika inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktiasida Adliya organlari
bilan xamkorlikda profilaktik faoliyatni tashkil etishda hamkorlikdagi amalga
oshiriladigan ishlarga e’tiborni kuchaytirish talab etiladi. Ichki ishlar
organlarining nafaqat Adliya organlari bilan balki boshqa davlat organlari va
jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda xuquqbuzarliklar profilaktiasi chora-
tadbirlarini amalga oshirishlarining samaradorligi yuqoridir. Profilaktika
inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktiasida Adliya organlari bilan
xamkorlikdagi faoliyati samaradorligi birinchidan, bu jarayonda ishtirok etuvchi
sub’ektlarning bu sohadagi vakolatlarining amaldagi qonunlarda qanchalik aniq
belgilanganiga, ikkinchidan, ularning bu yo‘nalishdagi faoliyati uchun huquqiy
asos qanchalik darajada ishlab chiqilganiga, uchinchidan, ular o‘rtasidagi
hamkorlikni tashkil etishning huquqiy mexanizmi qanday darajadaligiga,
to‘rtinchidan, ushbu hamkorlikni tashkil etuvchi kadrlarning tayyorgarlik
darajasiga bog‘liq

1

.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari
bilan xamkorligining ob’ekti keng jamoatchilikdir. Xususan, mahalla aholisi,
mehnat jamoalari (korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari), voyaga
yetmaganlar jamoasi (maktab, kollej va akademik litseylar), yoshlar jamoasi va
boshqalar. Huquqbuzarliklar profilaktikasiga profilaktik tadbirlarning amalga

1

Ички ишлар органларининг профилактика хизмати фаолияти: Дарслик / И. Исмаилов, М.З. Зиёдуллаев,

Ж.С.Мухторов ва бошқ. Масъул муҳаррир Ш.Т. Икрамов. –Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси,
2015. – Б.636.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

17

oshirilishi jarayonida barchaga bir hil ravishda yetkazib berilishi bilan ajralib
turadi

2

.

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasiga Adliya organlari
bilan xamkorlikda faoliyatini tashkil etishda huquqbuzarliklarning sodir etilish
sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni
aniqlashga qaratilgan tadbirlar muxim o‘rin tutadi. Chunki bu jarayonda
hududdagi yoki ma’lum bir guruhlar o‘rtasidagi muammolar, nizolar va
huquqbuzarliklarning umumiy ko‘rinishi tahlil etiladi; ikkinchidan,
huquqbuzarliklar profilaktikasining choratadbirlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga
oshirish kiradi, masalan, fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ma’ruzalar
o‘qish, targ‘ibot- tashviqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish kabilar.
Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari
bilan xamkorlikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

-

huquqbuzarliklar profilaktikasining chora-tadbirlarini tashkillashtirish va

o‘tkazish jarayoniga, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi boshqa organ va muassasalar
hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari vakillarini, fuqarolarni jalb etish;

-

huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasini ommaviy axborot

vositalarida chiqishlar qilish, joylarda ma’ruzalar o‘qish, davra suhbati,
uchrashuvlar tashkil etish, aholi gavjum joylarda huquqbuzarliklar
profilaktikasiga doir plakatlar, e’lonlar joylashtirish, videoroliklar namoyish
qilish, ogohlikka chaqiruvchi ovozli matnni eshittirish, internet tarmog‘ida
qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qiluvchi, fuqarolarni ogoxlikka
chaqiruvchi va xuquqiy madaniyatning oshishiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni
jamlagan turli saytlar, bloglar va chatlar tashkil etish, shuningdek aholi gavjum
joylarda hamda piyodalarning faol harakatlanish yo‘nalishlarida patrullik
yo‘nalishlarini tashkil etish, ma’muriy hududni profilaktik ko‘zdan kechirish
kabi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tashkil etilishini
ta’minlash;

Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya

organlari bilan xamkorlikda amalga oshirishida O‘zbekiston Respublikasining
qabul qilingan yangi qonunlari, Prezident qarorlari, farmoyishlari va farmonlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari mazmunmohiyatini aholiga yetkazish chora-
tadbirlarini amalga oshirishning axamiyati beqiyosligini xisobga olib bu
jarayonga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, ma’naviy-huquqiy

2

Ички ишлар органлари профилактик фаолияти. Маърузалар курси. Тошкент- 2018 йил 59-б.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

18

targ‘ibot markazlari, ta’lim muassasalarining vakillarini, shuningdek olimlarni,
shoirlarni va deputatlarning jalb etilishini ta’minlash;

-ma’muriy hududda g‘ayriijtimoiy xulq-atvor va xuquqbuzarlik sodir

etishga moyillikning shakllanishiga yoki alohida turdagi huquqbuzarliklarning
sodir etilishini taqozo etayotgan sabablarni va ularga imkon berayotgan shart-
sharoitlarni aniqlaganda ularni bartaraf etish yuzasidan korxona, muassasa,
tashkilot hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda taqdimnoma kiritilishini ta’minlash

.

-

Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya

organlari bilan hamkorligini tashkil etish quyidagi yo‘llar bilan amalga
oshiriladi: huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni

aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma

tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish; kollegial qarorlarni talab qiluvchi
vazifalardan kelib chiqib qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazish; faoliyatga baho berish va
birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini hisobga olish; hamkorlikni
tashkil etishning ilg‘or shakllari va usullarini umumlashtirish hamda amaliyotga
tatbiq etish.
Hamkorlikning darajasi, doirasi va xususiyatidan kelib chiqib, qonunchilikka
muvofiq boshqa tadbirlar ham amalga oshirilishi mumkin.
Profilaktika inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya
organlari bilan xamkorligi xamda uni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha
normativ xuquqiy xujjatlarda tegishli xuquq va majburiyatlar belgilangan.
Profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklar profilaktikasida Adliya organlari
bilan xamkorligi xamda uni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha 2014 yil
14-mayda qabul qilingan “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston

Respublikasi

qonunining

3-bobi

23-moddasida

Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari belgilangan bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat
dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; aholi
o‘rtasidagi huquqiy targ‘ibot; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va
ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish

24

. Ushbu

chora-tadbirlardan axoli o‘rtasidagi xuquqiy targ‘ibot olib borish tadbiri
xuquqbuzarliklar profilaktiasining asosiy tadbiri sanaladi va keng qo‘llaniladi.
Profilaktika inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktiasi faoliyati “Ichki ishlar
organlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Ichki ishlar organlarining


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

19

huquqlari sifatida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish xamda yana bir normativ xuquqiy
xujjat bo‘lmish Xuquqbuzarliklar profilaktikasi qonunining 9-moddasida
xuquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar sifatida
ichki ishlar organlari belgilangan.
Jumladan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunining 1-bobi 2-moddasida Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
sifatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy
va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan,
qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan,
shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratligi
belgilab qo‘yilgan.
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari esa Qonunning 4-
moddada quyidagicha belgilangan:
Ichki ishlar organlari faoliyatni o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
-fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
-tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat
ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o‘tkazish; jinoyatchilik va
terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek
qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo‘li bilan
kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
-huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon
berayotgan

shart-sharoitlarni

aniqlash

hamda

bartaraf

etish,

huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;
-qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish belgilangan.
Adliya vazirligining fuqarolarning xuquqiy ongi va xuquqiy madaniyatini
yuksaltirish xamda xuquqiy axborotlarni tarqatish bo‘yicha xuquq va
majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi
PQ-3666-son qarorining 1-ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
to‘g‘risidagi Nizomning 1-bobi 8-va 9-bandlarida quyidagicha belgilab quyilgan:
-huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun
hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy
savodsizligini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

20

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini
muvofiqlashtirish sohasida:
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini
muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning ishini tashkil etadi; davlat
organlari va tashkilotlarida huquqiy targ‘ibot holatini tahlil qiladi, mazkur
sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; huquqiy
savodsizlikni yo‘q qilishga, jamiyatda inson huquq va erkinliklariga hurmat
munosabatini shakllantirishga qaratilgan aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyati darajasini yuksaltirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi; eng
dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilaydi va ular bo‘yicha manzilli
va predmetli huquqiy targ‘ibotni amalga oshiradi, aholiga qonun hujjatlari
mazmun va mohiyatini yetkazish bo‘yicha choralar ko‘radi; huquqiy
targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanishni, shu jumladan veb-
texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirishni ta’minlaydi; vakolatli davlat organlari
va tashkilotlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi va targ‘ibotini
ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlaydi; vakolatli davlat organlari va
tashkilotlari bilan birgalikda qabul qilingan hujjatlarning norma va qoidalarini
aholiga tushuntirish bo‘yicha namunaviy hujjatlar yig‘indisini tayyorlaydi;
qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyatini tushuntirib beruvchi materiallarni
tayyorlaydi, ularni aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va
Internet tarmog‘i orqali tarqatadi; davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat
notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda
jamiyatda huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishni tashkil etadi;
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash: davlat organlari
va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish
imkoniyatini yaratish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy
rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar va tegishli
axborot-tahliliy materiallarning barcha davlat organlari va tashkilotlariga o‘z
vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi; huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va
tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini
tashkil qiladi; davlat organlari va tashkilotlarini zarur normativ-huquqiy
hujjatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yaratish
va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan
foydalanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi; normativ-huquqiy hujjatlarni,
shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilishning rasmiy manbai
hisoblangan «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami», shuningdek


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

21

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda «O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami»

3

ning rasmiy nashr etilishini

tashkil etadi va ushbu orqali fuqarolarning xuquqiy lngi va xuquqiy
madaniyatini yuksaltirda asosiy vazifalarni amalga oshiradi.
Xozirgi davrda profilaktika inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktiasida
Adliya organlari bilan xamkorligini tartibga soluvchi normativ xuquqiy
xujjatlarning asosiysi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-sonli farmoni
xisoblanadi. Ushbu farmonning muxim jixati shundaki, farmonning 5-bandida
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib
belgilangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha
vazifalar xam yuklatilgan bo‘lib bular xammasi xuquqbuzarliklar profilaktiasiga
xizmat qiladi.
Fuqarolarimizning zamonaviy, fuqarolik jamiyatiga xos yangi huquqiy
madaniyati va ma’naviyatini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasining «Huquqiy
targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish
bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida»gi 2017 yil 4 apreldagi 175-sonli qarori ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu qaror bilan
«Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini
muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari
to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi ham mazkur Idoralararo kengash va uning
hududiy komissiyalarining asosiy vazifalari belgilab berildi. Xuquq
targ‘ibotchisining shaxsi, ya’ni uning nazariy-huquqiy bilimi, fikrlash doirasi,
xulq-atvori, amaliy tajribasi, hozirjavobligi, kerak bo‘lsa notiqlik san’ati,
jamoada, oilada, mahallada tutgan o‘rni va obro‘si, o‘z navbatida, ma’naviyati
muhim o‘rin tutadi. Ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan targ‘ibotchigina
atrofdagilarning qiziqishini, xohishini kuchaytirishi, rag‘batlantirishi mumkin,
kishilar ongiga nimanidir singdirishga erishadi. Zotan, huquqiy targ‘ibotning
samarasi targ‘ibotchining kishilarni misol va dalillar bilan ishontirishi va ularni
o‘z ortidan ergashtira olishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat
orqali aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish kabi davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

3

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018-йил 13-апрелдаги ПҚ-3666-сон қарори www.lex.uz/қонун

хужжатлари.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

22

milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida aholining huquqiy ongi va

huquqiy madaniyati shakllanishi hamda yuksalishini ta’minlash, shuningdek
aholining ijtimoiy faolligini oshirish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati shakllantirish hamda

yuksaltirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish; aholini
huquqiy axborot bilan ta’minlash, bunda axborot berishning samarali usul va
vositalari tizimini takomillashtirish; – nodavlat notijorat tashkilotlar va davlat
organlarining ijtimoiy hamkorligi doirasida aholining huquqiy savodxonligini
oshirish.

Fuqarolar o‘rtasida xuquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazish quyidagi uch shaklda
amalga oshiriladi: og‘zaki, yozma va ko‘rgazmali. Huquqiy targ‘ibotning og‘zaki
shakliga, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, ularning belgilangan shartlari, tartibi,
qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab aholi o‘rtasida
ma’ruza qilish, radioeshittirishlar qilish, viktorina, davra suhbati,
seminartrenning, uchrashuvlar o‘tkazish kabilarni kiritish mumkin. Huquqiy
targ‘ibotning yozma shakliga esa ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, ularning
belgilangan shartlari, tartibi, qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-
mohiyatiga bag‘ishlab maqolalar, kitob va qo‘llanmalar yozish va chop ettirish,
aholining muayyan qatlamiga mo‘ljallab bukletlar tayyorlab, tarqatish kabilarni
misol qilib keltirish mumkin. Huquqiy targ‘ibotning ko‘rgazmali shakliga aholi
gavjum joylarda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir plakatlar, e’lonlar
joylashtirish, video roliklar namoyish qilish, kinofilmlarning muayyan
epizodlarida aks ettirish, televidenielarda “Bir jinoyat izidan”, “Jinoyat va jazo”,
“25 soat”, “Navbatchilik qismi” kabi ko‘rsatuvlarni efirga uzatish, plakatlar
tayyorlab aholi ko‘p to‘planadigan va gavjum bo‘lgan joylarda, maxalla xuquq-
tartibot maskanlari (MXTM)da ko‘rgazmali e’lonlar osish kabilarni misol qilib
keltirish mumkin.
Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: Huquqiy
targ‘ibot sub’ektlariga qo‘yiladigan talablar – bu borada avvalambor, kimlar
huquqiy targ‘ibot sub’ekti bo‘lishi mumkinligiga oydinlik kiritish talab etiladi.
Mazkur sub’ektlarga huquqiy targ‘ibot tashkilotchilari, ya’ni targ‘ibot
o‘tkazadigan organ, muassasa, tashkilot va jamoat tuzulmalari bo‘lishi mumkin.
Targ‘ibot o‘tkazadigan organ va muassasalar targ‘ibot o‘tkazishdan oldin
quyidagi masalalarga oydinlik kiritishi talab etiladi: huquqiy yoki qonunchilik
targ‘iboti o‘tkazilishi kerakligiga, huquqiy yoki qonunchilik targ‘iboti qaysi
shaklda, ya’ni ma’ruza qilish, uchrashuv o‘tkazish, davra suhbati, teleko‘rsatuv,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

23

radioeshittirish kabilarda o‘tkazilishiga. Xuquqiy targ‘ibot uni o‘tkazuvchi
sub’ektlar tashabbusi bilan yoki targ‘ibot o‘tkaziladigan organ, muassasa,
tashkilot va jamoat tuzulmalarning so‘rovi yoki iltimosiga ko‘ra o‘zaro
kelishuvga asosan yoxud tasdiqlangan jadval kabilarga asosan o‘tkazilishi
mumkin.
Huquqiy targ‘ibot kimlar (maktab, kollej, litsey o‘quvchilari yoki oliy ta’lim
muassasasi talablari, mahalla fuqarolari, muayyan muassasa xodimlari
kabilar)ga nisbatan o‘tkazilishiga, shuningdek ularning yoshi, jinsi, kasbi,
qiziqishlariga doir psixologik xususiyatlari, ma’lumot darajasi va dunyoqarashi
kabilarni inobatga olib ma’ruza matni, multimedia materiallari, fragmentlar va
boshqa foydalaniladigan ko‘rgazmali vositalar asosan targ‘ibot ob’ektlarining
ijtimoiy hayotdagi o‘rni va rolini e’tiborga olgan hamda ularning manfaatidan
kelib chiqqan, ya’ni real ijtimoiy hayotda ularni qiziqtiradigan va ular uchun
kerakli bo‘ladigan ma’lumotlardan foydalangan holda tayyorlanishi maqsadga
muvofiq sanaladi. Profilaktika inspektorlari xamda Adliya organi xodimlarining
psixologik va notiqlik qobiliyati, bilim darajasi, kasbiy mahorati va ish tajribasi,
ko‘pchilik oldida o‘zini tuta olish ko‘nikmasi (kiyinish, so‘zlashish va muomala
madaniyati) kabi kasbiy xususiyatlar hamda insoniy fazilatlaridan kelib
chiqibda ma’ruzachini tanlash va belgilash xam muxim axamiyatga ega. Olib
borilgan xuquqiy targ‘ibot jarayonini nazorat qilish va natijalarini, shuningdek
huquqiy targ‘ibot ob’ektlarini qiziqtirgan va ulardan kelib tushgan savollar
hamda taklif va tavsiyalar o‘rganish, tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish hamda kelgusi targ‘ibotlarda ularni
inobatga olish muxim xisoblanadi.
O‘tkaziladigan huquqiy targ‘ibot jarayonini foto va video vositalariga olinishi,
shuningdek ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi va bu haqdagi
axborotlarni ommaviy axborot vositalarida uzatilishini tashkil etish xam
xuquqiy targ‘ibotning samarasini oshishiga xizmat qiladi.
Huquqiy targ‘ibotni tashkil etishda uni o‘tkazuvchi davlat organi, muassasa,
tashkilot va jamoat tuzulmalari quyidagilarga e’tiborlarini qaratishlari lozim
hisoblanadi: organ, muassasa, tashkilot va jamoat tuzulmalari xodimlari,
o‘quvchilari, talabalari, a’zolari kabilarni sig‘dira oladigan targ‘ibot markazlariga
bo‘lishga, huquqiy targ‘ibot o‘tkaziladigan xonani texnik vositalar ya’ni
mikrofon, kolonka (ovoz eshittiruvchi karnay), ovoz kuchaytirgich, multimedia
materiallarini qo‘yishga mo‘ljallangan multimedia vositalari, doska (bo‘r)
kabilar bilan ta’minlanishiga xamda ma’ruza jarayonida zarur ma’lumotlarni
qayd etib borishlari uchun huquqiy targ‘ibot ob’ektlariga qulayliklar yaratish,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

24

buning uchun auditoriya yoki targ‘ibot markazini o‘tirish va yozishga qulay
jihozlar bilan ta’minlanishiga, o‘tkaziladigan huquqiy yoki qonunchilik targ‘ibot
mavzusi, maqsadi va vazifalari haqida huquqiy targ‘ibot ob’ektlarini bir necha
kun oldin xabardor qilish choralarini ko‘rishga, agarda huquqiy targ‘ibot o‘z
tashabbuslari bilan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda o‘tkaziladigan huquqiy yoki
qonunchilik targ‘iboti jarayonini foto va video vositalariga olinishi, shuningdek
ommaviy axborot vositalari (televidenie, radio va gazetalar)ning ishtirok etishi
va bu haqda ommaviy axborot vositalar (televidenie, radio va gazetalar)da
uzatilishi kabi tashkiliy masalalarga jiddiy e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Ushbu masalalarning xal etilishi va bajarilishi jamiyatda xuquqiy ong va xuquqiy
va

madaniyatning

yanada

oshishi,

xuquqbuzarliklarning

barvaqt

profilaktikasiva oldini olinishi, pirovardida xuquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustaxkamlash jarayonini yangi bosqichga
olib chiqishga xizmat qiladi.