Авторы

  • Gulnoza Berdiyeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti axborot texnologiyasi fan o’qituvchisi
  • Dinora Norboboyeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.60665

Ключевые слова:

Fizik kabel wi-fi bluetooth mobil aloqa lokal tarmoq sunʼiy yoʻldosh aloqalari radio toʻlqinlari.

Аннотация

Ushbu maqolada simli va simsiz aloqa vositalarining asosiy turlari, xususiyatlari va qoʻllanilish sohalari koʻrib chiqilgan. Simli aloqa vositalari axborotni uzatishda jismoniy kabel yoki tolalardan foydalanadi va yuqori barqarorlikni taʼminlaydi, biroq mobil hisoblanmaydi. Ikkala turdagi aloqa vositalarining afzalliklari va kamchiliklari taqqoslangan holda, ularning zamonaviy texnologiyalardagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu tahlil aloqa tizimlarini rivojlantirishda tanlov qilishda yordam beradi va turli sohalarga qoʻllanilishiga yoʻnaltiriladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

93

SIMLI VA SIMSIZ ALOQA VOSITALARI

Berdiyeva Gulnoza Rizoqulovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti axborot texnologiyasi fan o’qituvchisi

Norboboyeva Dinora Akbar qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14539030

Annotatsiya:

Ushbu maqolada simli va simsiz aloqa vositalarining asosiy

turlari, xususiyatlari va qoʻllanilish sohalari koʻrib chiqilgan. Simli aloqa
vositalari axborotni uzatishda jismoniy kabel yoki tolalardan foydalanadi va
yuqori barqarorlikni taʼminlaydi, biroq mobil hisoblanmaydi. Ikkala turdagi
aloqa vositalarining afzalliklari va kamchiliklari taqqoslangan holda, ularning
zamonaviy texnologiyalardagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu tahlil
aloqa tizimlarini rivojlantirishda tanlov qilishda yordam beradi va turli
sohalarga qoʻllanilishiga yoʻnaltiriladi.

Kalit soʻzlar:

Fizik kabel, wi-fi, bluetooth, mobil aloqa, lokal tarmoq, sunʼiy

yoʻldosh aloqalari, radio toʻlqinlari.

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda aloqa vositalari odamlar hayotining ajralmas

qismiga aylangan. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida
ma'lumotlarni tez va samarali uzatish imkoniyatlari kengaymoqda. Simli va
simsiz aloqa texnologiyalari ana shu jarayonning asosiy tayanchi hisoblanadi.
Simli aloqa fizika asosida ishlaydigan kabel tizimlariga tayanadi, bu esa yuqori
tezlik va barqarorlikni ta'minlaydi. Axborotlar tovush orqali uzatilishi va eshitib
qabul kdiinishi (telefon aloqa), shartli belgi yoki harf va raqamlar tarzida yozib
olib, eshittiruvchi apparatlar yordamida uzatilishi hamda qabul qilinishi
(telegraf aloqa), qoʻzgʻalmas tasvirlar — fotosuratlar, chizmalar, rasmlar
(faksimial aloqa) yoki qoʻzgʻaluvchan tasvirlar tarzida (televideniye) uzatilishi
mumkin. Simli aloqada yer osti aloqa kabellari, signallarni elektron
kuchaytirgichlar va boshqa apparatlardan foydalaniladi. Simli aloqa koʻpincha
radioaloqa bilan birga qoʻllanadi.

Natija va muhokama:

Shunday noqulayliklar va moliyaviy zararlardan

qochgan holda yangi zamonaviy aloqa simsiz aloqalar ishlab chiqildi. Bunga
misollar keltirsak, birinchi navbatda mobil aloqa va eng qulay aloqalardan biri
hisoblanayotgan simsiz aloqa tizimidir. Simsiz aloqaga Wi-Fi, Wi-MAX, Wi-Bro
va shunga o’xshash bir qator aloqa texnologiyalar kiradi. SIMSIZ LOKAL
TARMOQ TEXNOLOGIYALARI: O’TMISh VA KELAJAK Axborot uzatishning simsiz
texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi
bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

94

qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga
katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali
uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Yangi CDMA (Code Division
Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global
Systems for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global
tizimi), TDMA (Time Division Multiple Access-kanallarni vaqt orqali
taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz
texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod
texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab
uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE
(Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va
shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish
boshlanayotganini anglatib turibdi.

Mavzuga

doir

adabiyotlar

tahlili.

Simli

va

simsiz

aloqa

texnologiyalarining rivojlanishi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar
mavjud. Ular ushbu sohadagi asosiy yo‘nalishlarni, rivojlanish bosqichlarini,
afzallik va kamchiliklarni o‘rganishga qaratilgan. Quyida ushbu sohadagi
adabiyotlarning umumiy tahlili keltiriladi.

1. Simli aloqa bo‘yicha adabiyotlar. Simli aloqa texnologiyalariga oid asarlar

asosan kabel tizimlarining texnik imkoniyatlarini tahlil qiladi. Misol uchun:

Optik tolalar: Bu mavzuga oid ilmiy ishlar optik signallarning yuqori tezligi

va past yo‘qotish darajalariga urg‘u beradi. R.K. Singh (2018) tomonidan olib
borilgan tadqiqotlarda optik tolali aloqa tarmog‘ining kengaytirilishi va yuqori
tezlikdagi uzatish imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ethernet tarmoqlari: Ethernet texnologiyasi bo‘yicha adabiyotlar, masalan,

Tannenbaum va Wetherall (2021) tomonidan yozilgan, kabel asosidagi
tarmoqning ishlash tamoyillari va rivojlanishini tahlil qiladi.

Simli aloqa texnologiyalari barqarorlik va yuqori tezlikni ta’minlagani bilan

infrastrukturani o‘rnatish va modernizatsiya qilish masalalari qimmatga tushadi.

2. Simsiz aloqa bo‘yicha adabiyotlar. Simsiz aloqa texnologiyalariga

bag‘ishlangan tadqiqotlar asosan mobil tarmoqlar va elektromagnit to‘lqinlar
orqali ma’lumot uzatishga qaratilgan.

5G texnologiyasi: A. Gupta va R. Jha (2020) tomonidan olib borilgan

izlanishlar 5G texnologiyasining yuqori tezlik, minimal kechikish va keng
qamrov kabi afzalliklarini ta’kidlaydi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

95

Wi-Fi va Bluetooth: K. Pahlavan va P. Krishnamurthy (2019) tomonidan

yozilgan adabiyotlar bu texnologiyalarning ichki aloqa tarmoqlari uchun
qulayligini yoritib beradi.

Radio to‘lqinlar: U. Y. Zeynalov (2017) radio to‘lqinlar orqali signallarni

uzatishning prinsiplarini va bu jarayonning qiyinchiliklarini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar tahlili natijalari shuni ko‘rsatadiki, simli va simsiz

texnologiyalar bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lib, har birining o‘ziga xos afzallik va
kamchiliklari mavjud. Ilmiy tadqiqotlar ushbu sohadagi yutuqlarni oshirish
uchun zamonaviy innovatsion texnologiyalarga e’tibor qaratishga chorlaydi.
Simli va simsiz aloqa vositalari zamonaviy dunyoda muhim o‘rin tutadi. Simli
aloqa vositalari yuqori ishonchliligi va sifatli ma’lumot uzatish imkoniyati bilan
ajralib tursa, simsiz aloqa vositalari mobil qulaylik, ko‘p funksionallik va keng
qamrovni ta’minlaydi.

Tadqiqot metodlari:

Aloqa vositalari, xususan, simli va simsiz texnologiyalar turli tadqiqot

metodlaridan foydalanish mumkin. Masalan:

1. Nazariy metodlar mavzuning ilmiy asoslarini o‘rganishga yordam beradi.

Aloqa vositalari, xususan, simli va simsiz texnologiyalar bo‘yicha maqola yoki
tadqiqot yozishda turli tadqiqot metodlaridan foydalanish mumkin. Aloqa
vositalari tarixiy rivojlanishini va zamonaviy texnologiyalarni tushunish uchun
kitoblar, maqolalar, texnik hujjatlar va boshqa manbalarni o‘rganish usullarini
misol keltiramiz.

Taqqoslash usuli: Simli va simsiz texnologiyalarning farqlari, afzalliklari va

kamchiliklarini taqqoslash.

Model yaratish: Aloqa tizimlari ishlashining nazariy modelini yaratish va

ularning samaradorligini matematik tahlil qilish.

2. Amaliy tadqiqot metodlari real holatlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan

boʻlishi mumkin.

Eksperiment usuli: Simli va simsiz aloqa tizimlarining ishlash

samaradorligini sinash. Masalan, ma’lumot uzatish tezligi yoki signal sifati
tizimlaridan foydalaniladi.

Monitoring va kuzatish usuli: Turli muhitlarda aloqa vositalarining

ishlashini kuzatib, natijalarni qayd etish. Qurilmalar orqali signal sifati, chastota
diapazoni va kechikishlarni o‘lchash maʼlumotlarni oʻlchash va yigʻish usuliga
kiradi.

3. Statistik metodlardan yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish

uchun ishlatiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

96

So‘rov va intervyu: Foydalanuvchilardan aloqa texnologiyalaridan

foydalanish qulayligi, muammolar va afzalliklari haqida fikrlarini so‘rash
texnologiyasi hisoblanadi.

Ma’lumotlarni statistik tahlil qilish: Tizim samaradorligi haqida xulosalar

chiqarish uchun ma’lumotlarni diagrammalar, jadval va grafiklar shaklida tahlil
qilish.

Xulosalar va takliflar:

Simli aloqa texnologiyalari barqarorlik va yuqori

tezlikni ta’minlagani bilan infrastrukturani o‘rnatish va modernizatsiya qilish
masalalari qimmatga tushadi. Simsiz texnologiyalar harakatchanlikni oshiradi,
lekin signal shovqin va masofa bilan bog‘liq muammolarga sezgir. Simli va simsiz
texnologiyalarning integratsiyasi: Dasturiy ta’minot va texnik echimlar haqida
yozilgan adabiyotlar bu ikki texnologiyaning kombinatsiyasini muhokama qiladi.
Masalan, J. Andrews va boshqalar (2014) simli va simsiz texnologiyalarni
birgalikda ishlatish orqali ma’lumot uzatish tizimlarini yaxshilash usullarini
tahlil qiladi. Simli va simsiz texnologiyalarning xavfsizlik xususiyatlari bo‘yicha
tadqiqotlar, masalan, Stallings (2020) tomonidan olib borilgan ishlar, shifrlash
va himoya protokollariga urg‘u beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Berdiyeva, Gulnoza, and Avazbek Narzulloyev. "VIRTUAL BORLIQ VA UNING
TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI." Solution of social problems in
management and economy 3.4 (2024): 18-23.
2. Berdieva, Gulnoza. "The Role, Importance And Relevance Of Information
Technology In The Motivational Phase Of Teaching." The American Journal of
Applied sciences 3.04 (2021): 334-338.
3.

Berdiyeva,

Gulnoza.

«TA’LIMDA

MULTIMEDIA

VOSITALARIDAN

FOYDALANISH.» THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH
Turkey International scientific-online conference 28.04(2022): 150-152.
4. Berdiyeva, Gulnoza. «Электрон таълимни ташкил этиш ва ахборот
тизимлари таҳлили.» Муғаллим хам узликсиз билимлендириу Илмиу-
методикалиқ журнал 3.3(2022): 121-123.
5. Berdiyeva, G. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI
OQITISHDA MASOFAVIY TALIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI."
Экономика и социум 12-1 (91) (2021): 146-150.
6. Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и
социум 10 (125) (2024): 234-238.
7. Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va
zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

97

integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va
rivojlanish istiqbollari." (2024).
8. ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA
TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.
9. Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva.
"BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном
мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.
10. Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida
Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM
DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in
modern science 3.5 (2024): 44-49.
11. Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ
QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ
TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
12. Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli
texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal
researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

Библиографические ссылки

Berdiyeva, Gulnoza, and Avazbek Narzulloyev. "VIRTUAL BORLIQ VA UNING TURLI SOHALARDA QO‘LLANILISHI." Solution of social problems in management and economy 3.4 (2024): 18-23.

Berdieva, Gulnoza. "The Role, Importance And Relevance Of Information Technology In The Motivational Phase Of Teaching." The American Journal of Applied sciences 3.04 (2021): 334-338.

Berdiyeva, Gulnoza. «TA’LIMDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH.» THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH Turkey International scientific-online conference 28.04(2022): 150-152.

Berdiyeva, Gulnoza. «Электрон таълимни ташкил этиш ва ахборот тизимлари таҳлили.» Муғаллим хам узликсиз билимлендириу Илмиу-методикалиқ журнал 3.3(2022): 121-123.

Berdiyeva, G. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI OQITISHDA MASOFAVIY TALIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI." Экономика и социум 12-1 (91) (2021): 146-150.

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024): 234-238.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15