DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
79
NARSANI MUSODARA QILISH JAZOSINI IJRO ETISHNING ILMIY-
NAZARIY TAHLILI
Qushboqov Shohrux Xasan o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, kapitan
https://doi.org/10.5281/zenodo.14762366
Musodara qilish jazo chorasi
tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar
bo‘yicha sudyasi tomonidan qo‘llaniladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining
qonunlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqbuzarning
shaxsiy mulki bo‘lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin. Kontrabanda
ashyolari egasi kim bo‘lishidan qat’i nazar, musodara qilinadi.
V.V.Golovko va K.V.Maslov fikricha,
musodara qilish jazo -
ma’muriy
huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki predmetini musodara qilish muomaladan
chiqarilmagan ashyolarni federal mulkka yoki davlatning mulkiga majburiy bepul
o‘tkazishdan iborat. Ma’muriy javobgarlik chorasi sifatida musodara qilish sovet
hokimiyatining dastlabki yillaridan ma’lum bo‘lib, u imperiya davlatchiligining
asosi sifatida mulkka inqilobiy bosim o‘tkazishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib
xizmat qilgan. Uni ma’muriy organlar "taslim qilingan ekspluatator sinflarning
iqtisodiy qudratini yo‘q qilishga" ko‘maklashuvchi "ma’muriy va iqtisodiy ta’sir
choralari" sifatida qo‘lladilar
1
V.I.Salniyning fikricha, musodara qilish faqat sud qaroriga ko‘ra qo‘llanilishi
mumkin shuningdek, musodara qilish jazosi ijrosini ta’minlashda quyidagi
muammolar uchraydi:
birinchidan
, ko‘pincha mol-mulk ma’lum sabablarga ko‘ra uning haqiqiy
egasiga emas, balki uning yaqinlari - qarindoshlari, tanishlari yoki yollanma
begona shaxslariga ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
ikkinchidan
, yashirin mulkchilik munosabatlarining yana bir varianti mol-
mulkni tegishlicha rasmiylashtirmasdan - og‘zaki kelishuv asosida yoki sotish
huquqi bilan ishonchnoma asosida sotib olishdir. Bunday bitimlar, masalan,
davlat chegarasi hududidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni sotib
olishda amalga oshiriladi
2
.
Nazarimizda, yurtimizda bunday muammolar faqat jinoiy musodara qilish
jazosida uchrashi mumkin. Chunki, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli
bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara
1
Головко В.В., Маслов К.В. Назначение административного наказания за
административные правонарушения в области дорожного движения в виде
конфискатсии транспортного средства и административного ареста: проблемы и
перспективы //Алтайский юридический вестник. – 2017. – №. 4. – С. 75-80.
2
Салный В.И. Некоторые вопросы конфискатсии имущества в системе
административных наказаний //Инновatsiонная наука. – 2023. – №. 4-2. – С. 101-103.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
80
qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga
o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi
tomonidan qo‘llaniladi
3
Musodara qilish chorasining qo‘llanish tartibi, musodara qilish mumkin
bo‘lmagan buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining MJtK va boshqa
qonunlar bilan belgilanadi. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov
qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi.
Tojikiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeksining 846-moddasiga
muvafiq, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish
quroli yoki bevosita obyekti bo‘lgan ashyolarni musodara qilish to‘g‘risidagi
sudyaning qarori Tojikiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan
tartibda, qurol, patronlar, o‘q-dorilar va giyohvandlik vositalarini musodara qilish
to‘g‘risidagi qaror esa ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.
Asarlarning va fonogrammalarning musodara qilingan nusxalari, ularni
takrorlash uchun foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda
Tojikiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishning boshqa qurollari yo‘q
qilinishi lozim, asarlarning yoki fonogrammalarning musodara qilingan nusxalari
mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar egasining iltimosiga ko‘ra berilgan hollar
bundan mustasno
4
.
Fikrimizcha, yurtimizda musodara qilish jazosi intellektual mulklarni
o‘zlashtirishda ham qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ya’ni asarlarning va
fonogrammalarning musodara qilingan nusxalari, ularni takrorlash uchun
foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarga nisbatan qo‘llash ham
maqsadga muvofiq.
Ushbu jazo shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi yillar kesimida quyidagicha o‘z
aksini topadi:
2020-yilda
15 ta
shaxsga;
2021-yilda qo‘llanilmagan;
2022-yilda
36 ta
shaxsga;
2023-yilda
51 ta
shaxsga;
2024-yilning birinchi yarmida
21 ta
shaxsga qo‘llanilgan.
3
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron
manba: https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
4
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
81
Musodara qilish jazosi viloyatlar kesimida quyidagicha qo‘llanilgan:
2020-yilda:
Andijon viloyatida
6 ta
;
Buxoro viloyati
1 ta
;
Qashqadaryo viloyatida
3 ta
;
Namangan viloyatida
2 ta
;
Farg‘ona viloyatida
3 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
2022-yilda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3 ta;
Buxoro viloyati
6 ta;
Qashqadaryo viloyatida
3 ta;
Jizzax viloyati
1 ta;
Samarqand viloyatida
1 ta;
Sirdaryo viloyatida
2 ta;
Surxondaryo viloyatida
1 ta;
Toshkent viloyati
6 ta;
Toshkent shahri
3 ta;
Xorazm viloyati
3 ta;
Farg‘ona viloyatida
7 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
2023-yilda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2 ta;
Andijon viloyatida
13 ta
;
Buxoro viloyati
6 ta;
Qashqadaryo viloyatida
5 ta;
Namangan viloyatida
2 ta;
Samarqand viloyatida
1 ta;
Sirdaryo viloyatida
1 ta;
Surxondaryo viloyatida
1 ta;
Toshkent viloyati
3 ta;
Toshkent shahri
4 ta;
Xorazm viloyati
7 ta;
Farg‘ona viloyatida
6 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan.
2024-yilda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2 ta;
Buxoro viloyati
1 ta;
Qashqadaryo viloyatida
1 ta;
Navoiy viloyatida
1 ta;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
82
Samarqand viloyatida
2 ta;
Toshkent viloyati
9 ta;
Xorazm viloyati
3 ta;
Farg‘ona viloyatida
2 ta
shaxsga nisbatan ushbu jazo tayinlangan
5
.
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning
337-339-moddalariga
muvofiq,
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan
narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 30-maydagi
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi
PQ–3016-son qarori
bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi organlarining davlat
ijrochilari
tomonidan ijro etiladi
6
.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo
bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash amaldagi
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’muriy
huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni
musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishi
yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni
chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha
sudga yuboradi
.
Musodara qilingan mol-mulkni soliq, moliya, bojxona xizmati, sud organlari,
ichki ishlar organlari va adliya xodimlarining, shuningdek, bu mol-mulkni
sotuvchi tashkilot xodimlarining sotib olishlari taqiqlanadi.
Tojikiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeksining 846-moddasiga
muvafiq, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish
quroli yoki bevosita obyekti bo‘lgan ashyolarni musodara qilish to‘g‘risidagi
sudyaning qarori Tojikiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan
tartibda, qurol, patronlar, o‘q-dorilar va giyohvandlik vositalarini musodara qilish
to‘g‘risidagi qaror esa ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi
7
.
5
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning 2024 yil 1-yarmidagi faoliyat yakunlarining asosiy
ko‘rsatkichlari [Elektron manba: https://stat.sud.uz/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PQ–3016-son qarori[Elektron manba: https://lex.uz/docs/-3220004. Murojaat
vaqti: 10.02.2024 y].
7
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
83
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-martdagi
"Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga
o‘tgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi
nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 151-son qarori muvofiq, pul mablag‘i, chet el
valyutasi, cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar, aksiyalardan
tashqari jamg‘arma omonatlari pul-buyum lotereyasi chiptalari amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga o‘tkaziladi.
tegishli organlarning mol-mulkni musodara qilish haqidagi hukmi,
ajrimi yoki qarori bekor qilinganda;
sud organlari mol-mulkning bir qismini hibsdan ozod etish (yozma
ro‘yxatdan chiqarish) haqida qaror (ajrim) chiqarganda;
mol-mulk egasiz deb topilganligi haqidagi sud qarori bekor qilinganda;
sud organlari tomonidan davlatning vorislik huquqi haqidagi
guvohnomalar haqiqiy emas deb topilganda yoki mol-mulkning vorislik huquqi
bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tishi haqidagi sud qarori bekor qilinganda
8
.
Qozog‘iston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeksiga
binoan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda qurol yoki predmet
bo‘lib xizmat qilgan ashyoni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik natijasida
olingan mol-mulkni musodara qilish ularni qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda davlat mulkiga majburiy va bepul o‘tkazishdan iboratdir. Ma’muriy
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning qonunga xilof egaligidan mulkdorga
qaytarilishi lozim bo‘lgan yoki muomaladan chiqarilgan ashyoni olib qo‘yish
musodara hisoblanmaydi. Muomaladan chiqarilgan buyum davlat mulkiga
o‘tkazilishi yoki yo‘q qilinishi lozim.
1.
Agar ushbu Qozog‘iston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi kodeksining Maxsus qismida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan
bo‘lsa, faqat huquqbuzarning mulki bo‘lgan ashyogina musodara qilinishi
mumkin
9
.
8
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-martdagi "Musodara
qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni va
xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi
151-son qarori. [Elektron manba: https://lex.uz/docs/-619874. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
9
Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях [Elektron
manba: https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
