“SOFVATU AT-TAFOSIR” TAFSIRIDA QO‘LLANILGAN USLUBLAR TAHLILI

Аннотация

Ushbu maqolada XX-XXI asrda yashab ijod qilgan va faoliyati davomida ko’plab tafsir kioblar ta’lif qilgani sababli mufassir sifatida tanilgan olim Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatu at-tafosir” asari tahlil qilingan. Tafsirdagi uslublarni o’rganish tahlilning asosini tashkil qilgan. Uslublarni bir qancha manbalarga murojaat qilgan holda  yoritishga harakat qilingan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
72-75
29

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Jamolova, R. (2025). “SOFVATU AT-TAFOSIR” TAFSIRIDA QO‘LLANILGAN USLUBLAR TAHLILI. Развитие педагогических технологий в современных науках, 4(1), 72–75. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dptms/article/view/64504
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada XX-XXI asrda yashab ijod qilgan va faoliyati davomida ko’plab tafsir kioblar ta’lif qilgani sababli mufassir sifatida tanilgan olim Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatu at-tafosir” asari tahlil qilingan. Tafsirdagi uslublarni o’rganish tahlilning asosini tashkil qilgan. Uslublarni bir qancha manbalarga murojaat qilgan holda  yoritishga harakat qilingan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

72

“SOFVATU AT-TAFOSIR” TAFSIRIDA QO‘LLANILGAN USLUBLAR

TAHLILI

Jamolova Ra’no

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi

I bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14761541

Annotatsiya

: Ushbu maqolada XX-XXI asrda yashab ijod qilgan va faoliyati

davomida ko’plab tafsir kioblar ta’lif qilgani sababli mufassir sifatida tanilgan
olim Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatu at-tafosir” asari tahlil qilingan.
Tafsirdagi uslublarni o’rganish tahlilning asosini tashkil qilgan. Uslublarni bir
qancha manbalarga murojaat qilgan holda yoritishga harakat qilingan.

Kalit so’zlar:

olim, tafsir, mufassir, aqliy tafsir, naqliy tafsir, tafsiri ma’sur,

tafsiri ma’qul, balog’at, munosabat ilmi, Qur’on, hadis.

Muhammad Ali Sobuniy zamonaviy olimlardan hisoblanadi. U tafsir ilmiga

oid o‘ndan ortiq asar yozgan bo‘lib, ulardan eng mashhuri uning “Sofvatu at-
tafosir” asaridir. Mazkur tafsir Sobuniyning eng ko‘p o‘rganilgan va murojaat
qilinadigan tafsirga oid asaridir.

“Sofvatu at-tafosir” asari boshqa ta’lif etilgan tafsir asarlaridan uslubining

osonligi, tartibi va barchaga tushunarli holda yozilgan tili bilan ajralib turadi.
Muallif tafsir kitobida mutaqaddim va mutaaxxir mufassirlarning tafsirlarida
kelgan ma’nolarni jamlashga harakat qilgan bo‘lib, ushbu ma’nolarni
o‘quvchilarga ravshan va ravon tarzda yetkazib berishga alohida e’tibor
qaratgan. Bunga erishishda esa ushbu tafsir kitobining tarkibini tuzishda o‘ziga
xos uslubga tayangan. Shayx Muhammad Ali Sobuniy “Sofvatu at-tafosir” asarida
shunday deb yozgan: “Men aziz kitobni tafsir qilishda quyidagi uslublar yo‘lini
tutdim:

Birinchi, suraning ma’nosi bo‘lib, u surayi karimaning umumiy bayoni va

uning asosiy maqsadlarining sharhidir.

Ikkinchi bo‘lib, avvalgi va keyingi oyatlar orasidagi munosabat.
Uchinchisi – lug‘at bo‘lib, lug‘aviy kelib chiqishi va arabcha dalillari bilan

keltirilgan.

To‘rtinchi bo‘lib, nozil bo‘lish sababi.
Beshinchi bo‘lib, tafsir.
Oltinchi bo‘lib, balog‘at.
Yettinchi bo‘lib, foyda va xususiyatlar” .
Muallif tafsir kitobini mana shu keltirilgan tartib bilan boshlab, unga

kitobning so‘nggigacha amal qilgan. Alloma o‘z tafsirida har bir surani umumiy


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

73

muqaddimani keltirish bilan boshlagan bo‘lib, ushbu muqaddima suraning
asosiy maqsadlarini jamlagan. Bu bilan tafsirni o‘quvchi suraning mavzulariga
bir maromda kirib boradi va sura o‘zida mujassam qilgan asosiy g‘oyalar bilan
tanishadi.

Sobuniy hamma suralarning tafsirini makkiy yoki madaniylikni zikr qilish

bilan birgalikda ularning nozil bo‘lgan makonini zikr qilishdan boshlagan.
Bundan maqsad esa o‘quvchiga sura o‘z ichiga olgan muhim mavzular haqida
umumiy su’ratni taqdim qilishdir. Zero, makkiy suralar umumiy ravishda
aqidaga taalluqli bo‘lgan mavzularni muolaja qilsa, madaniy suralar shariatga
oid mavzularni muolaja qiladi .

Muhammad Ali Sobuniy Qur’ondagi suralar tafsirining muqaddima qismida

zikr qilib o‘tgan ikkinchi masala tafsir qilinayotgan suraning asosiy mavzularidir.
Ushbu mavzular oyatlar orasidagi munosabatni anglashda zarur bo‘lgan
omillardan biri hisoblanadi. Imom Abulfazl Bajaliy Molikiyning ushbu gaplari
bunga dalil bo‘ladi: “Jamiki Qur’ondagi oyatlar munosabatini anglashda foydali
bo‘lgan ish bu sen sura unga olib boradigan asosiy mavzuga qarashing hamda
o‘sha maqsad oldin kelganlardan qaysinisiga muhtoj ekanini ko‘rishingdir” .

Shu kabi Sobuniy ham tafsirida suralarni qismlarga bo‘lgan hamda mana

shu qismlarni munosabat ilmi vositasida bog‘lagan. Muallif har bir suraning
avvalida ma’lum masalalarni muolaja qilish uchun kelgan suraning asosiy
maqsadlarini zikr qilgan bo‘lib, surada iroda qilinayotgan maqsad yagona bo‘lsa
ham, yoki turli maqsadlardan iborat bo‘lsa ham barini birdek keltirgan.

Sobuniy suraning asosiy mavzularini zikr qilgandan so‘ng, suradagi asosiy

maqsadga dalolat qilish uchun keltirilgan umumiy uslub va siyg‘alarni izohlagan.

Muallif “Sofvatu at-tafosir” asarida suralarni tafsir qilishda ularning

nomlanish sababini ham zikr etib o‘tgan. Faqat nomlanish sababi aniq bo‘lgan
“Anfol”, “Muhammad”, “Munofiqun” va aksar qisqa suralar bundan mustasno.
Suralar nomlanishining sababini keltirishda Sobuniy turli ko‘rinishlarni
qo‘llagan. Jumladan, gohida suraning boshqa ismlarini zikr qilgan yoki
nomlanishining tavqifiy yoki ijtihodiy ekanini zikr qilib, bunday shaklda
nomlanishining bayonini ham ba’zi paytlarda keltirib o‘tgan .

Alloma muqaddimada suraning bir nechta ismlarini zikr qilgan suralardan

biri “Fotiha” surasi bo‘lib, muallif uning o’n sakkizta ismini sanagan: “U “Fotiha”,
“Umm al-kitob”, “Sab’ al-masoniy”, “Shofiya”, “Vofiya”, “Kofiya”, “Asos” va
“Hamd” deb nomlanadi”. Alloma Qurtubiy uning ismlarini sanab, ushbu suraning
o‘n ikki ismi borligini zikr qilgan” .


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

74

Muhammad Ali Sobuniy suralarning tafsiri chog‘ida yuqoridagilarga

qo‘shimcha ravishda suralarning muqaddimasida ularning fazilatlarini ham zikr
qilgan.

Avvalgi va keyingi oyatlar orasidagi munosabat muallif tomonidan zikr

qilingan uslublar orasidagi ikkinchi masala bo‘lib, ushbu qismga olim alohida
e’tibor qaratgan. Zero, “Munosabat ilmi” olimlar nazdida Qur’onni tushunishda
eng kerakli bo‘lgan ilmlardan hisoblanadi. .

Sobuniy mazkur tafsir kitobida munosabat ilmi va uning turlarini keltirgan.

Bir suradagi oyatlarning bir-biri bilan o‘zaro munosabati “Sofvatu at-tafosir”
kitobining aksar qismida uchraydi. Ushbu kitobni o‘quvchi avvalgi va keyingi
oyatlar orasidagi munosabat zikr etilmagan o‘rinlarni kamdan-kam hollardagina
uchratadi. Ushbu turdagi munosabat tarkibida zohiriy ma’no ham, botiniy ma’no
ham, o‘tgan ulamolar nazdida aniqlab o‘tilganlari ham yoki muallifning
ijtihodiga ko‘ra keltirilganlari ham bo‘lib, mana shunisi mazkur tafsir kitobida
ko‘p uchraydi .

Muallif “Sofvatu at-tafosir” kitobi uchun tutgan usullardan uchinchisi lug‘at

va so‘zlarning kelib chiqishining bayoni bo‘lib, mufassir bunga doir
ma’lumotlarni alohida sarlavha ostida keltirgan va “Lug‘at” sarlavhasi ostida,
asosan, ikki masalani ko‘rib chiqqan: Birinchisi, Qur’onda kelgan g‘arib so‘zlarni
o‘rgangan va g‘arib so‘zlarni tadqiq qilishda arablar she’rlaridan ham dalil uchun
foydalangan.

“Lug‘at” qismida ikkinchisi o‘rinda yoritgan masalasi so‘zlarning siyg‘alari,

kelib chiqishi va e’robidir.

Muallif to‘rtinchi o‘rinda tanlab olgan uslub sababi nuzuldir.
Beshinchi bo‘lib asardan suraning tafsiri o‘rin olgan va bunda muallif

ijmoliy tafsirni qo‘llagan. Bunga dalil esa asarning muqaddima qismida olim
shunday degan: “Kitobimni “Sofvatu at-tafosir” (“Tafsirlar sarasi”) deb
nomladim va bu uning qisqa, tartibli, aniq va bayon qilish orqali mufassal
bo‘lgan katta tafsirlardagi mazmunni o‘zida jamlagani uchundir” .

Tafsirdagi foyda va xususiyatlar oltinchi o‘rinda zikr qilingan. Sobuniy o‘z

tafsirini ma’rifiy, badiiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa jihatlar bilan bezatib, bularning
barchasini “Foyda va xususiyatlar” sarlavhasi ostiga qo‘ygan .

“Sofvatu at-tafosir” asari ham naqlni, ham aqlni o‘zida jamlagan tafsir bo‘lib,

Muhammad Ali Sobuniy rivoyatlarga suyangan, tafsirdagi har bir ma’lumotga
asarlardan dalil topishga harakat qilgan. “Sofvatu at-tafosir”ni yozishda qadimda
yashab o‘tgan mashhur mufassirlarning mo‘tabar tafsirlarini asos qilib olgan.
Faqatgina ma’sur xabar topilmay qolgan mavzular yoki tafsirdagi balog‘iy


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

75

o‘rinlar, suralar va oyatlararo munosabat ilmi, shu bilan birga voqe’likdagi
masalalar borasidagina ijtihodga tayanib, aqliy tafsirga murojaat qilgan.

Xulosa o’rnida aytish lozimki, Muhammad Ali Sobuniy ilmiy faoliyati

davomida siyrat, faroiz, sunnat, fiqh kabi ilmlarga taalluqli asarlar ta’lif qilgan.
Alloma ellikdan ortiq asar muallifi hisoblanadi. Ushbu asarlar orasida o‘n beshga
yaqini tafsir sohasida bo‘lib, Muhammad Ali Sobuniy o‘z davrida tafsir sohasi
bo‘yicha eng ko‘p asar yozgan zamonaviy olim hisoblanadi. U ta’lif qilgan asarlar
orasida uning tafsir kitoblari eng mashhur asarlar bo‘lgani uchun ham allomani
muffasir deb atalgan holatini ko‘p uchratish mumkin. “Sofvatu at-tafosir” asari
esa ijmoliy tafsir bo‘lib, asardagi uslubga ko‘ra, dastlab suraning qisqacha
mazmuni, so‘ng munosabat, lug‘at, sababi nuzul, balog‘at ilmi va sura o‘zida
mujassam qilgan foyda va xususiyatlar bayon qilingan. Sobuniy unda oyatlarni
naqliy va aqliy jihatdan tafsir qilgan. Rivoyat yo‘li bilan tafsir qilishda Qur’onni
Qur’on bilan, Qur’onni sunnat bilan va Qur’onni sahobalar so‘zlari bilan tafsir
qilgan. Sobuniy sahoba va tobe’inlarning tafsiridan foydalanishda ularning
sahihligi bilan birgalikda Rasululloh (s.a.v.)ga sanad jihatdan yetib borishiga
alohida ahamiyat bergan. Ra’y bilan tafsir qilish asarda keng qo‘llanilmagan.
Sura va oyatlar orasidagi munosabat, balog‘at, foyda hamda xususiyatlarni
keltirishda hamda u haqida hech qanday asar mavjud bo‘lmagan o‘rinlarda
ijtihodga tayangan.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati:

1.

Isom Ahmad Irsan Shahada. Sobuniy va manhajuhu fi at-tafsir min xilal

kitabihi “Sofvatu at-tafosir”. – Nablus: Najah milliy universiteti, 2013. – 220 b.
2.

Burhoniddin Baqoiy. Nazmu ad-durar fi tanosib al-ayat va as-suvar. –

Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1995. – 543 b.
3.

Muhammad Ali Sobuniy, Sofvatu at-tafosir. I-III. – Istanbul: Dar as-siroj,

2020. – J. I. – 842 b.
4.

Muhammad Ali Sobuniy, Sofvatu at-tafosir. I-III. – Istanbul: Dar as-siroj,

2020. – J. II. – 840 b.
5.

Muhammad Ali Sobuniy, Sofvatu at-tafosir. I-III. – Istanbul: Dar as-siroj,

2020. – J. III. – 932 b.
6.

Nuriddin Itr. Ulumu al-Qur’an al-karim. – Damashq: Matba’atu as-sibah,

1993. – 304 b.

Библиографические ссылки

Isom Ahmad Irsan Shahada. Sobuniy va manhajuhu fi at-tafsir min xilal kitabihi “Sofvatu at-tafosir”. – Nablus: Najah milliy universiteti, 2013. – 220 b.

Burhoniddin Baqoiy. Nazmu ad-durar fi tanosib al-ayat va as-suvar. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1995. – 543 b.

Muhammad Ali Sobuniy, Sofvatu at-tafosir. I-III. – Istanbul: Dar as-siroj, 2020. – J. I. – 842 b.

Muhammad Ali Sobuniy, Sofvatu at-tafosir. I-III. – Istanbul: Dar as-siroj, 2020. – J. II. – 840 b.

Muhammad Ali Sobuniy, Sofvatu at-tafosir. I-III. – Istanbul: Dar as-siroj, 2020. – J. III. – 932 b.

Nuriddin Itr. Ulumu al-Qur’an al-karim. – Damashq: Matba’atu as-sibah, 1993. – 304 b.