O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Аннотация

So‘z san’atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo‘lishi bilan yuzaga kela boshladi. Ertak termini Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozir fol’kloristik termin sifatida ertak so‘zi qabul etilgan bo‘lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona o‘zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda, shuningdek, boshqa ellardagi ikki tilda (o‘zbek va tojik tillarida) so‘zlashuvchi aholi orasida ushuk deb ataladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
89-93
59

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Asadov , A. . (2025). O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Развитие педагогических технологий в современных науках, 4(1), 89–93. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dptms/article/view/65065
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

So‘z san’atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo‘lishi bilan yuzaga kela boshladi. Ertak termini Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozir fol’kloristik termin sifatida ertak so‘zi qabul etilgan bo‘lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona o‘zbeklari orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda, shuningdek, boshqa ellardagi ikki tilda (o‘zbek va tojik tillarida) so‘zlashuvchi aholi orasida ushuk deb ataladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

89

O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Asadov Asadbek Murodjon o‘g‘li

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

4-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14777796

So‘z san’atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo‘lishi bilan

yuzaga kela boshladi. Ertak termini Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yozilgan
“Devonu lug‘otit turk” asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og‘zaki
tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozir fol’kloristik termin sifatida ertak
so‘zi qabul etilgan bo‘lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona o‘zbeklari
orasida matal deb yuritiladi. Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda,
shuningdek, boshqa ellardagi ikki tilda (o‘zbek va tojik tillarida) so‘zlashuvchi
aholi orasida ushuk deb ataladi. Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning
atrofida cho‘pchak termini ham ishlatiladi. O‘zbeklar orasida ertak, matal,
cho‘pchak terminlaridan boshqa yana hikoya, afsona, o‘tirik, tutal kabi atamalar
uchraydi. Alisher Navoiy asarlarida afsona, ertak va masal ma’nolarida cho‘rchak
so‘zi ishlatilganki, u ham cho‘pchak so‘ziga to‘g‘ri keladi. Cho‘pchak kichik
hikoyalarni to‘plash, hikoya qilish, topish, izlash ma’nosida bo‘lgani uchun
ba’zan topishmoq o‘rnida ham qo‘llangan.

Biz ushbu maqolamizda xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlarida biri

bo‘lgan ertak janri haqida va bu janrning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qildik.

Kalit so‘zlar:

ertak, matal, cho‘pchak, ushuk, cho‘rchak, voqeabandlik.

Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy

tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy
qarashlarida e’tiqodida kechgan o‘sish-o‘zgarishlarning badiiy tarixi sifatida
ayricha ahamiyat kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib
o‘qiladi, eng muhimi, navqiron avlodning ma’naviy-axloqiy kamol topishida
beqiyos ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati –

voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir.
ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g‘aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy
zavq uyg‘otadigan holda aks ettiradi.

Ertak fol’klor asari. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodiga xos barcha

sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan aytilishi,
og‘zaki yo‘l bilan tarqalishi, an’anaviylik, ijodchisining noma’lumligi – anonimlik,
bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi – ertaklarga ham
xosdir.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

90

Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o‘zgarishlarga uchrab kelganlar. Shu

sababdan ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishi, qahramonlarining vazifalari o‘zgarib,
yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi. Buning ustiga har bir ertak
aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks
ettira olishi, ertak an’analarini qay darajada bilishi, tajribasi, psixologik
holatlariga qarab turib yangidan tug‘iladiki, natijada bir ertakning o‘zi bir necha
variantlarda xalq orasida yashab yuradi. Ertaklarning badiiy formasi va
poetikasi o‘ziga xos bo‘ladi.

Ertakchilar xayoliy “uchar gilamlar”ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha

asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parovoz, gaz va elektromotorlar
bunyodga kelmasdan birmuncha vaqt ilgari bilgan edi… Fikrimcha, insonning
ajoyib xususiyatlaridan biri – … “faraz”ni ham fantaziya, “uydirma” vujudga
keltirib tarbiyalagan.

Fantastika ertak mezoni, uning joni va qonidir. ertaklar fantastikaning

tutgan o‘rni, me’yori va funktsiyasiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi
guruhga fantastika elementlari ustun bo‘lgan ertaklar, ikkinchisiga esa,
fantastika elementlari kuchsiz, element shaklida keladigan yoki umuman
bo‘lmaydigan, hayotiy uydirmalar asosida yaratilgan ertaklar kiradi. Hayvonlar
haqidagi ertaklar bilan sehrli ertaklar syujeti ko‘proq fantastik voqealar asosiga
qurilgan. Maishiy va hajviy ertaklar syujeti asosida esa, hayotiy voqealar yotadi.
Birinchi guruhdagi ertaklar (“Yoriltosh”, “Cho‘loq bo‘ri”, “Oltin sandiq” va
boshqalar) tom ma`nodagi ibtidoiy tushunchalar mazmunini aks ettiradi.
Ikkinchi guruhdagi ertaklar (“Malikai Husnobod”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Uch
yolg‘onda qirq yolg‘on”) esa, asosan, ijtimoiy mazmunni ifoda etadi.

Ertaklarda voqealar asosan mo‘jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo‘jiza

yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog‘lab, haqiqat, ozodlik,
to‘g‘rilik, odamiylik kabi didaktik g‘oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch
bag‘ishlaydi, tinglovchi e’tiborini o‘ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi,
shirin tuyg‘ular dunyosiga g‘arq etadi.

Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan biri shundaki, hikoya

qilinayotgan voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan “bo‘lgan
voqea” deb emas, balki “muqarrar bo‘lmagan hodisalar”, deb tushuniladi.
Shuning uchun ham ertaklarda voqea va hodisalarning bo‘lib o‘tgan o‘rni va
zamoni noaniq, umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning
zamon va makon e`tibori bilan yuzaga kelgan o‘rni ham turlicha. Ularning tili va
stili shakl va mazmuniga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. U yoki bu ertakni qaysi turga
taalluqli ekanini aniqlash uchun uning asosida bo‘lgan uydirmaning davr e`tibori


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

91

bilan tashkil topgan o‘rnini aniqlash, hayot haqiqatiga bo‘lgan munosabati va
asosiy funktsiyasini belgilash lozim bo‘ladi. Masalan, sehrli ertaklar hamda
hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy
ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli xil davrlarga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat
qatlamlari ta`sirini o‘zida saqlagan “Kenja botir”, “Qilich qora”, “Qiron aka”,
“Malikai Husnobod”, “Bulbuligo‘yo”, “Ur to‘qmoq”, “Chol bilan kampir”, “Bo‘ri
bilan tulki”, “Qo‘ng‘iz bikach”, “Baxtli kal” kabi ertaklarning syujet sostavi,
xarakteri, obrazlar sistemasi, tili va hikoya qilish uslubida o‘xshash va farqli
tomonlar mavjud. Negaki, ertak o‘zining taraqqiyoti davomida ba`zi bir motiv,
obrazlarni yo‘qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba`zan esa
an`anaviy elementlar yangicha talqin etilgan bo‘ladi. Xullas, har bir ertakning
syujet tuzilishi, uning g‘oyaviy mazmuni, badiiy vositalarning o‘ziga xos
tomonlari u yoki bu davrni hamda u yoki bu turga xos xususiyatni ko‘rsatib
turadi. “Zumrab bilan Qimmat” yoki “Oltin tarvuz” kabilar, asosan sehrli
ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning xatti-harakatlari hajviy
ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy ertaklarda
bo‘lganidek, aql-idrok, tadbirkorlik ustun emas, aksincha, fantastik uydirmalar
asar echimida hal qiluvchi vazifalarni o‘taydi. Bu belgi ularni hajviy ertaklardan
ajratib turadi. Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb
qaramaslik kerak. Chunki satira va yumor sehrli va hayvonlar haqidagi
ertaklarda ham mavjud. Faqat bularning u yoki bu ertaklardagi mazmun
darajasi, ishlatilish o‘rni, maqsad, vazifalarini e`tiborga olish kerak. Shundagina
u ertak qaysi bir turga xos ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Turli xalqlar ijodida o‘xshash syujetli ertaklarni ko‘p uchratish mumkin.

Bunday ertaklarning tema va obrazlar sistemasi o‘ziga xos aynanlikka ega.
Bularni ko‘proq “sayyor syujetli ertaklar” deb yuritiladi. Biroq ular qanchalik
o‘xshash bo‘lmasin, badiiy shakl, obrazlar talqini, til vositalari jihatidan o‘zaro
farq qiladi. Ularda har bir xalqqa xos an`ana, milliy kolorit, falsafiy-estetik
qarashlar namoyon bo‘ladi. Bu xildagi o‘xshash syujetlar u yoki bu xalqning bir
xildagi iqtisodiy, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligidan kelib
chiqadi.

Ertaklar o‘ziga xos tuzilishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kirish qism,

boshlama, tugallamalar alohida ko‘zga tashlanadi.

Kirish qismi, avvalo, ertakchining mahoratini ko‘rsatadi, qolaversa,

tinglovchilar diqqatini jamlab, ertak eshitishga hozirlaydi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

92

Boshlama ertakning dastlabki qismini ta’riflaydi. ertaklarda an’anaviy

boshlama voqeaning qayvaqt bo‘lib o‘tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy
tarzda ifodalaydi: “Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot, zamonlarning zamonida,
qadimlar ayyomida, bir podshohi zolim bor ekan”. Ba’zan boshlama qisqa
bo‘ladi. “bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podachi bor ekan”. Ba’zan esa, u voqelik
bilan qo‘shilib ketadi. “O‘tgan zamonda bir podshoh yakka o‘zi ovga chiqib, ov
qilib yurib, uzoqda bir narsa ko‘ribdi”.

Hayotiy-maishiy ertaklarda esa boshlama nihoyatda ixcham va sodda.

Bunda ham voqelikning bo‘lib o‘tgan vaqti noaniq. Biroq sirlilik sezilmaydi,
hayotiylik hukmron. Voqea bo‘lib o‘tgan joy va qahramon nomi aniq hamda to‘liq
beriladi. Bu syujet asosini tashkil etgan voqea va hodisalarning realligini,
tabiiyligini ko‘rsatadi. “Zomin yurtida bir boy bor ekan, u boyning xizmatkori
bo‘lar ekan”. “Boltaboy akasi Teshaboyni ochlikdan o‘ldirgan zolim boydan o‘ch
olish uchun boyning hovlisiga qarab to‘g‘ri yo‘l olibdi”. Ko‘rinadiki, boshlama
bayonida personajlarning kim ekani, kasb, amal, laqablari ma’lum bo‘ladi.

Demak, hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, fantastik hamda hayotiy

uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak
deb ataladi. ertaklar obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va
kompozitsiyasi, fantastik uydirmaning o‘rni va funktsiyasi hamda tili va stiliga
ko‘ra shartli ravishda hayvonlar haqidagi etaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-
maishiy ertaklarga bo‘linadi.

Zarururiy adabiyotlar:

1.

O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov,

K.Imomov). Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1980-yil.
2.

H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969-yil.

3.

O‘zbek xalq ertaklari. Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1969-yil.

4.

M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1974-

yil.
5.

B.Sarimsoqov. O‘zbek adabiyotida saj. Toshkent, 1978-yil.

6.

Qadimgi afandi latifalari. T., 1993.

7.

Qodirov M. O‘zbek xalq og`zaki dramasi. T., 1963. YAna: Xalq qo‘g‘irchoq

teatri. T.: G‘ASN, 1979; Masxaraboz va qiziqchilar san’ati. T.: “O`qituvchi”, 1981,
36-57- va 123-204-b.
8.

O`zbek xalq maqollari // O`XI. T.: G`ASN, 1989.

9.

“O‘zbek xalq ijodi” ruknida FACH tomonidan nashr etilgan ertaklar

to`plamlari: “Suv qizi” (1966), “Oltin olma” (1966), “Gulpari” (1969), “Kulsa-gul”,
“yig‘lasa-dur” (1983), “Oltin beshik” (1985), “Zumrad va Qimmat” (1988),
“Luqmoni hakim” (1998).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

93

10.

“O‘zbek xalq fantastikasi” ruknidagi to‘plamlar: “Oymomoda ajdaho” (1-

kitob, 1983), “Qora dev” (2-kitob, 1984), “Ilon pari” (3-kitob, 1985), “Yonar
daryo” (4-kitob, 1986), “Samo tulpori” (5-kitob, 1987), “Guliqahqah” (6-kitob,
1988), “Sehrli qiz” ( 7-kitob, 1989).

Библиографические ссылки

O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1980-yil.

H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969-yil.

O‘zbek xalq ertaklari. Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1969-yil.

M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1974-yil.

B.Sarimsoqov. O‘zbek adabiyotida saj. Toshkent, 1978-yil.

Qadimgi afandi latifalari. T., 1993.

Qodirov M. O‘zbek xalq og`zaki dramasi. T., 1963. YAna: Xalq qo‘g‘irchoq teatri. T.: G‘ASN, 1979; Masxaraboz va qiziqchilar san’ati. T.: “O`qituvchi”, 1981, 36-57- va 123-204-b.

O`zbek xalq maqollari // O`XI. T.: G`ASN, 1989.

“O‘zbek xalq ijodi” ruknida FACH tomonidan nashr etilgan ertaklar to`plamlari: “Suv qizi” (1966), “Oltin olma” (1966), “Gulpari” (1969), “Kulsa-gul”, “yig‘lasa-dur” (1983), “Oltin beshik” (1985), “Zumrad va Qimmat” (1988), “Luqmoni hakim” (1998).

“O‘zbek xalq fantastikasi” ruknidagi to‘plamlar: “Oymomoda ajdaho” (1-kitob, 1983), “Qora dev” (2-kitob, 1984), “Ilon pari” (3-kitob, 1985), “Yonar daryo” (4-kitob, 1986), “Samo tulpori” (5-kitob, 1987), “Guliqahqah” (6-kitob, 1988), “Sehrli qiz” ( 7-kitob, 1989).