Авторы

  • Aysulu Ametova
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.64944

Ключевые слова:

voyaga yetmaganlar bola huqulari xalqaro standartlar milliy qonunchilik jinoiy javobgarlik

Аннотация

ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid xalqaro standartlarning jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga oid milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek davlatimiz qonunchiligida ularning aks etgan normalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

10

VOYAGA YETMAGANLARNING JINOIY JAVOBGARLIGIGA OID

XALQARO STANDARTLARNING MILLIY QONUNCHILIKKA TA’SIRI

Ametova Aysulu Mnajatdinovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

aisuluametova@gmail.com

+998904202121

https://doi.org/10.5281/zenodo.14833048

Annotatsiya:

ushbu

maqolada

voyaga

yetmaganlarning

jinoiy

javobgarligiga oid xalqaro standartlarning jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan
ozod qilishga oid milliy qonunchilikka ta’siri, shuningdek davlatimiz
qonunchiligida ularning aks etgan normalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Kalit so‘z:

voyaga yetmaganlar, bola huqulari, xalqaro standartlar, milliy

qonunchilik, jinoiy javobgarlik

Voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi, unga qarshi kurashish, voyaga

yetmaganlar jinoyatlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasida bir
qancha xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Birlashgan

millatlar

tashkiloti

Bosh

Assambleyasi

tomonidan

1989-yil

20-noyabrda

qabul

qilingan

“Bola

huquqlari

to‘g‘risida

Konvensiya”ning 1-moddasida “o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan har bir inson zoti,
agar bolaga nisbatan qo‘llanadigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga
yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanishligi” belgilangan [1].

Dunyodagi barcha davlatlar uchun ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi

ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan hodisa bo‘lib, ushbu masalaga faqat milliy
vositalar bilan kurashib bo‘lmaydi, bu esa butun jahon hamjamiyati sa’y-
harakatlarini birlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

L.I. Belyayevaning fikricha, “xalqaro standartlar - bu olimlar va

amaliyotchilar, huquqshunoslar va pedagoglar, shifokorlar va psixologlarning
xalqaro hamkorlik sa’y-harakatlari bilan ishlab chiqilgan qoidalardir”[2, 5-b].
Ayrim mualliflar bunday yondashuvning ma’lum bir tor yo‘nalganligini ta’kidlab,
“standartlar qandaydir xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan bo‘lishi,
shuningdek jahon hamjamiyati tomonidan umumqabul qilingan bo‘lishi”
prinsipial ahamiyatga ega ekanligini va “inson huquqlari sohasidagi standartlar”
tushunchasi xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan majburiy talablar,
normalarni anglatishini ko‘rsatadilar”[3, 43-b].

Xalqaro huquq normalari, prinsiplari va standartlari nuqtayi nazaridan

voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish voyaga yetmaganlar
huquqlarini himoya qilishning yo‘nalishlaridan biridir. Bu masalaga jinoyat


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

11

huquqi va kriminologiya fani nuqtayi nazaridan yondashsak, xalqaro-huquqiy
tartibga solish darajasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishning
asosiy konseptual yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

voyaga yetmaganlar bilan insonparvarona muomala qilishning xalqaro

standartlarini shakllantirish va milliy jinoyat qonunchiligiga joriy etish;

voyaga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan salbiy munosabat

shakllanishining oldini olish;

voyaga yetmaganlarning jinoyat-protsessual tartib-taomillarida ishtirok

etishi munosabati bilan voyaga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsiga, ruhiy va
jismoniy yaxlitligiga zarar yetkazishning oldini olish;

milliy huquqni muhofaza qilish tizimlari sa’y-harakatlarining voyaga

yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yordam beruvchi sabablar va
sharoitlarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligini ta’kidlash;

voyaga yetmaganlarni jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni sodir

etishga, shuningdek boshqa ijtimoiy xavfli faoliyatga jalb qilish holatlariga qarshi
kurashni kuchaytirish;

milliy huquqni muhofaza qilish tizimlariga voyaga yetmagan jinoyatchilarga

nisbatan asosan voyaga yetmaganlarni qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan
ijtimoiy texnologiyalar va yuridik tartib-taomillarni qo‘llashga yo‘naltirilgan
ixtisoslashgan institutlarni joriy etish.

Voyaga yetmaganlarning xalqaro-huquqiy maqomi bir qator xalqaro-

huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, ular orasida quyidagilarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:

Insonning asosiy huquqlariga oid xalqaro hujjatlar;
Bolalar huquqlarini e’lon qiluvchi va favqulodda vaziyatlarda bolalarni

alohida himoya qilishni kafolatlovchi xalqaro-huquqiy hujjatlar;

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish va voyaga

yetmagan mahkumlar bilan muomala qilishga oid xalqaro-huquqiy hujjatlar.

Yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro hujjatlar normalari amalda huquqbuzarlik

sodir etayotgan voyaga yetmaganlar bilan muomala qilish siyosatini
shakllantirdi. Bu siyosat o‘z ichiga profilaktik choralarni, ijtimoiy
reintegratsiyani, voyaga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan inson huquqlariga
rioya etilishi kafolatlarini ta’minlashni, ozodlikdan mahrum qilishga muqobil
choralarni qo‘llashni, bolani qamoqqa olish, ushlab turish yoki qamoqda
saqlashni faqat eng so‘nggi chora sifatida va eng qisqa muddatga amalga
oshirishni, voyaga yetmaganlarga o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosini
tayinlashdan voz kechishni o‘z ichiga oladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

12

hujjatlarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, “voyaga yetmaganlar bilan
ishlashda birinchi navbatdagi vazifa huquqbuzarliklarning oldini olishdir”.

Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari bo‘yicha odil sudlovni amalga

oshirishga oid xalqaro standartlarning milliy qonunchiligimizda aks etganini
quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarliginig
o‘ziga xosligi alohida belgilanganligi (JK 81-90-moddalari, voyaga yetmaganlarni
jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda ishni oshkora ko‘rilishiga oid
qoidalarning o‘ziga xosligi (JPKning 19 va 560-moddalari), haqiqatni aniqlash
(JPK 22 va 548-moddalari), aybsizlik prezumsiyasi qoidasiga amal qilinishi (JPK
23-moddasi), voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning
salomatligi holati inobatga olinishi, uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari
o‘rganilishi, ishni yuritishda qonuniy vakil, ximoyachi, pedagog (zarur hollarda
psixolog)ning qatnashishi shartligi (JPK 121, 553, 554-moddalari), voyaga
yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi
tayinlanishida “oxirgi zarurat” tamoyili asosida amalga oshirilishi (JPK 555, 558-
moddalari), ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanishi
“favqulodda ta’sir chorasi sifatida” baholanishi (JK 85-moddasi) umrbod
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanishi ta’qiqlanganligi (JK 51-
moddasi), ozodlikdan mahrum qilingan voyaga yetmagan shaxsni shu turdagi
jazoni o‘tayotgan voyaga yetgan shaxsdan yoki muqaddam jinoyat sodir etib
sudlangan boshqa voyaga yetmagan shaxsdan alohida saqlanishi (JIK 50, 58-
moddalari), jazo tayinlashning qat’iy belgilangan chegarasi mavjudligi (JK 82-86-
moddalari), jazo va javobgarlikdan ozod qilishdagi alohida qoidalarning
mavjudligi (JK 87-90-moddalari, JPK 562, 564-moddalari) va boshqa bir qancha
jihatlarni aytishimiz mumkin.

“Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda, ularga nisbatan

adolatli munosabatda bo‘lishni, qabul qilinayotgan qaror uning “eng yaxshi
manfaatlari”ga xizmat qilishini hamda odil sudlov amalga oshirilishini
ta’minlash maqsadida, Jinoyat qonunchiligida (oltinchi bo‘lim) va Jinoyat
protsessual qonunchiligida (o‘n uchinchi bo‘lim, oltmishinchi bob) alohida
bo‘lim mavjud bo‘lib, unda voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladigan qat’iy
belgilangan jazo turlari va uni tayinlash tartibi hamda voyaga yetmaganlarni
javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish asoslari, voyaga yetmaganlarning
jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi belgilangan”[4, 1002-1009-b].

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya talablariga ko‘ra, voyaga

yetmaganlarga nisbatan odil sudlovning xalqaro standartlarining asosiy
qoidalarida bolaning farovonligi, ehtiyojlari va manfaatlarini himoya qilish


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

13

birinchi o‘ringa qo‘yiladi, odil sudlov tizimining butun faoliyatining asosiy
maqsadi voyaga yetmaganni jamiyatga qayta ijtimoiyshlashtirishdan iborat.
Voyaga yetmaganga nisbatan qabul qilinadigan barcha qarorlar uning
farovonligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqib qabul qilinishi kerak (BMTning
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 3-moddasi)[5].

Pekin qoidalarining 5.1.-bandiga muvofiq[6], “Voyaga yetmaganlarga

nisbatan odil sudlov tizimi birinchi navbatda voyaga yetmaganning farovonligini
ta’minlashga va voyaga yetmagan huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llaniladigan har
qanday ta’sir choralari har doim ham huquqbuzarning shaxsiy xususiyatlari,
ham huquqbuzarlik holatlari bilan mutanosib bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan”
bo‘lib, ushbu talablar mamlakatimiz jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat-
ijroiya qodekslarida o‘z aksini topgan.

Xalqaro standartlarning qoidalarini mamlakatimiz qonunchiligi va

amaliyotida qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risidagi
qarori muhim ahamiyat kasb etadi[7].

Ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq, sudlar voyaga yetmaganlarning

jinoyatlari haqidagi ishlarni ko‘rishda, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan
holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama to‘la va xolisona tekshirib chiqib,
qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini va sudlanuvchining shaxsini e’tiborga
olgan holda aniqlangan haqiqiy holatlar va dalillar majmuasiga to‘g‘ri baho
berilib, odillik va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda qonunda
ko‘rsatilgan xususiyat va imtiyozlaridan to‘la foydalanishga qaratilishi lozim.

Voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo‘yicha ish yurituvchiga oid xalqaro

standartlarning milliy qonunchilikda aks ettirilishi nafaqat jinoyat, jinoyat-
protsessual, jinoyat-ijroiya kodekslarida, Oliy sud Plenumi qarorlarida, balki
boshqa bir qancha qonunchilik hujjatlarida ham o‘z ifodasini topgan.

Xulsa sifatida voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid xalqaro

standartlarning milliy qonunchilikka ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘lishini
ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Xalqaro standartlarning umumiy ta’siri

:

BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi, Pekin qoidalari va

boshqa xalqaro hujjatlar milliy qonunchilikni takomillashtirishga asos
bo‘lmoqda;

bu

hujjatlar

voyaga

yetmaganlarga

nisbatan

odil

sudlovni

insonparvarlashtirish, ularni jazolashdan ko‘ra tarbiyalash va jamiyatga qayta
integratsiya qilishga yo‘naltirmoqda.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

14

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mexanizmlarini takomillashtirishda

:

xalqaro standartlar ta’sirida voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan

ozod qilishning kengroq imkoniyatlarini yaratilmoqda, jumladan yarashuv
instituti, kafillik, jamoat ishlari kabi muqobil choralar kengroq qo‘llanilmoqda.

Jazodan ozod qilish amaliyotida

:

xalqaro standartlar voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum

qilish jazosini qo‘llashni cheklashni tavsiya etadi. Buning voyaga yetmaganlarga
nisbatan majburlov choralarini qo‘llagan holda jazodan ozod qilish instituti
kengroq qo‘llaniladi.

Tiklovchi odil sudlov elementlarining joriy etilishida

:

xalqaro standartlar ta’sirida ko‘pgina mamlakatlar qonunchiligida

mediatsiya, yarashuv kabi tiklovchi odil sudlov mexanizmlari paydo bo‘lmoqda.
bu mexanizmlar voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod
qilishda yangi imkoniyatlarini yaratmoqda.

Ijtimoiy reabilitatsiyaga e’tibor

:

xalqaro standartlar voyaga yetmaganlarni jazolashdan ko‘ra ularni ijtimoiy

reabilitatsiya qilishga urg‘u beradi. Buning natijasida milliy qonunchilikda
voyaga yetmaganlarni ijtimoiy moslashtirish, ta’lim olishlarini davom ettirish
kabi choralarga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

Minimal yosh chegarasining belgilanishi

:

Xalqaro standartlar jinoiy javobgarlik yoshining minimal chegarasini belgilashni
tavsiya etadi. Mamlakatimizda ham bu tavsiyaga amal qilinib, jinoyat
qonunchiligida jinoiy javobgarlikning minimal yoshi belgilangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция. // 1989 йил 20 ноябрда Бош

Ассамблеянинг 44/25-сон резолюцияси билан қабул қилинган. Ўзбекистон
Республикаси мазкур конвенцияга Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг 1992 йил 9 декабрдаги 757-XII сонли “Бола ҳуқуқлари
тўғрисидаги конвенцияга қўшилиш ҳақида”ги қарорига мувофиқ
қўшилган. https://lex.uz/docs/2595913
2.

Беляева Л. И. Несовершеннолетний в ВК: международные стандарты.

- М.: Институт прав человека, 1998. С. 5.
3.

Садовникова М.Н. Международные стандарты обращения с

несовершеннолетними

правонарушителями:

некоторые

терминологические проблемы, обзор основных нормативно-правовых
актов. // Сибирский юридический вестник. 2005. № 5. С. 43.
4.

Хужанов Т.К. Вояга етмаганларнинг жиноятлари бўйича одил

судловни амалга оширишнинг хусусиятлари: халқаро стандартлар ва


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

15

миллий қонунчилик. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va
zamonaviy tendensiyalari. Конференция материаллари тўплами. O‘zbekiston
Milliy universiteti. 2024. Б. 1002-1009
5.

Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция. // 1989 йил 20 ноябрда Бош

Ассамблеянинг 44/25-сон резолюцияси билан қабул қилинган. Ўзбекистон
Республикаси мазкур конвенцияга Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг 1992 йил 9 декабрдаги 757-XII сонли “Бола ҳуқуқлари
тўғрисидаги конвенцияга қўшилиш ҳақида”ги қарорига мувофиқ
қўшилган. https://lex.uz/docs/2595913
6.

Минимальные стандартные правила Организации Объединенных

Наций,

касающиеся

отправления

правосудия

в

отношении

несовершеннолетних (Пекинские правила). Приняты резолюцией 40/33
Генеральной

Ассамблеи

от

29

ноября

1985

года.

https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/beijing_rules.shtml
7.

Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг “Вояга

етмаганларнинг жиноятлари ҳақидаги ишлар бўйича суд амалиёти
тўғрисида”ги 2000 йил 15 сентябрдаги 15-сон қарори. Ўзбекистон
Республикаси

Қонунчилик

маълумотлари

миллий

базаси.

https://lex.uz/docs/1449720

Библиографические ссылки

Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция. // 1989 йил 20 ноябрда Бош Ассамблеянинг 44/25-сон резолюцияси билан қабул қилинган. Ўзбекистон Республикаси мазкур конвенцияга Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1992 йил 9 декабрдаги 757-XII сонли “Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенцияга қўшилиш ҳақида”ги қарорига мувофиқ қўшилган. https://lex.uz/docs/2595913

Беляева Л. И. Несовершеннолетний в ВК: международные стандарты. - М.: Институт прав человека, 1998. С. 5.

Садовникова М.Н. Международные стандарты обращения с несовершеннолетними правонарушителями: некоторые терминологические проблемы, обзор основных нормативно-правовых актов. // Сибирский юридический вестник. 2005. № 5. С. 43.

Хужанов Т.К. Вояга етмаганларнинг жиноятлари бўйича одил судловни амалга оширишнинг хусусиятлари: халқаро стандартлар ва миллий қонунчилик. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va zamonaviy tendensiyalari. Конференция материаллари тўплами. O‘zbekiston Milliy universiteti. 2024. Б. 1002-1009

Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги Конвенция. // 1989 йил 20 ноябрда Бош Ассамблеянинг 44/25-сон резолюцияси билан қабул қилинган. Ўзбекистон Республикаси мазкур конвенцияга Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1992 йил 9 декабрдаги 757-XII сонли “Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенцияга қўшилиш ҳақида”ги қарорига мувофиқ қўшилган. https://lex.uz/docs/2595913

Минимальные стандартные правила Организации Объединенных Наций, касающиеся отправления правосудия в отношении несовершеннолетних (Пекинские правила). Приняты резолюцией 40/33 Генеральной Ассамблеи от 29 ноября 1985 года. https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/beijing_rules.shtml

Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг “Вояга етмаганларнинг жиноятлари ҳақидаги ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида”ги 2000 йил 15 сентябрдаги 15-сон қарори. Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик маълумотлари миллий базаси. https://lex.uz/docs/1449720