DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
53
TURKIY DAVLATCHILIK TARAQQIYOTI VA FOJIAVIY
JARAYONLARi
Asomov Sulton Saidolimovich
Navoiy viloyat Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktab tarix fani
o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14880642
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif bir vaqtlar dunyoni titratgan turkiy davlatlar
va o‘lar o‘rtasidagi ziddiyatlar, hamda yuqotilgan tarixiy imkoniyatlar va
uning turkiy dunyo uchun keltirgan salbiy jihatlari to‘g‘risida imkon qadar
yoritishga harakat qilgan.
Kalit so‘zlar
: Oltin O‘rda, Usmonli turk davlati, Amir Temur, To‘xtamish,
Yildirim Boyazid.
Insoniyat tarixida turkiylar alohida davlatchilik tarixiga ega . Taxminan
5-ming yillar avval, yaʼni bronza davridan buyon turli nomlar ostida faoliyat
yuritgan va turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalarining siyosiy jihatdan birlashuvi,
shuningdek davlatchilik madaniyatiga qadam qo‘yishi Yevroosiyo xududida
ulkan siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Xususan kuhna xitoy yozma manbaalarida ,yaʼni Tan sulolasi
yilnomalarida “Xu” , “Xulu” , “Di”, “Ding-ling” tinling, tele,chele qabilalari haqida
so‘z boradi.Ushbu qabilalar VI- asr o‘rtalarida turk nomi bilan maydonga chiqdi
Turkiy davlatchilik keyingi davrlarda ham turli nomlar ostida faoliyat
yuritdi. Mashhur nemis professori Fritz Neumark turklar haqida shunday
deydi; - “ Agar siz turklarni tarixdan olib tashlasangiz tarix degan narsa
qolmaydi”. Turkiy davlatchilik tarixida asosan uch davrni ko‘rsatishimiz
mumkin . Antik, ilk o‘rta asr va rivojlangan o‘rta asrlar davrini ko‘rsatishimiz
mumkin. Alp Er Tunga asos solgan Turon davlatini Prototurk davlati deb
hisoblasak, keyingi davlatchilik taraqqiyotini antik va o‘rta asrlar davri deb
hisolaymiz.
Tarixdan maʼlumki, Turon tarixida ilk imperiya bu Kushon imperiyasidir.
Xitoy manbaalarida Yuichjlar nomi bilan shimoliy sharqdan, yaʼni sharqiy
turkiston hududidan kirib keladi va Yunonbaqtriya davlatini qulatib Kanishka
davrida ilk imperiyaga aylanadi. Kushonlar kelib chiqishi turkiy etnos
ekanligiga shubha qilmasak ham bo‘ladi. Chunki, Xitoyning shimoliy va
shimoliy g‘arbiy tomonlarida turkiy tilli qabilalar yashaganligi allaqachon o‘z
tasdig‘ini topgan. Shuningdek zarb qilingan kushon tangalarida dastlab
Yunonbaqtriya namunasidagi Zevs va shoh surati aks etgan bo‘lsa ,
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
54
keyinchalik kushon tangalarida ot surati paydo bo‘ladi. Bu arxeologik topilma
Surxandaryo yodgorliklarida uchraydi. Maʼlumki ot turkiylar hayotida muxim
ahamiyatga ega , Milodning boshlarida Xitoyning shimolida hozirga
Mongoliyada Xunnlar davlati faoliyat yuritayotgan edi. Keyinchalik bu davlat
imperiya darajasiga ko‘tarildi. Milodiy VI- asr o‘rtalarida bu imperiya o‘rnini
Turk Hoqonligi egalladi. Yevroosiyo hududi XVI- asrga qadar turkiylar
taʼsirida bo‘ldi. Agar turkiy o‘g‘uzlar kichik osiyoga kirib bormaganda Islom
olami o‘rta asrlar va hozirgi davrda ham juda katta tahlika ostida qolardi.
Arablar VII- VIII- asrlarga qadar turkiylar bilan aloqa qilganligi to‘g‘risida
manbalarda maʼlumot uchramaydi. X-XI- asrlardan boshlab turkiylar islomni
qabul qildi. Muhammad S.A.V ning Konstantinopolni zabt etish haqidagi 850
yillik bashorati aynan turklarga nasib qildi. Islom qilichi deya taʼriflangan
turklar va hozirga Turkiya xristiyanlik va Islom olami o‘rtasida mustahkam
devor bo‘lib qoldi va islomning yevropaga tarqalishiga katta taʼsir ko‘rsatdi.
Keyingi davrlarda turkiylar tarixida yuz bergan tarixiy imkoniyat va fojiaviy
jarayonlar to‘g‘risida tahlil qilishga harakat qilamiz. Insoniyat tarixi
boshlangandan buyon yer yuzining turli mintaqalarida yashagan xalqlar turli
darajada rivojlandi va o‘z o‘rnini qoldirib ketdi. Lekin asosiy voqealar
Yevroosiyo mintaqasida yuz berdi. Ushbu mintaqa yuqorida aytganimdek
turkiylar taʼsirida bo‘ldi. Biz asosiy eʼtiborni turkiylar tarixining XIV-XV- asrlar
davriga muroojat qilamiz.
Tarixdan maʼlumki , XIV-XV- asrlarda uchta turk davlati Yevroosiyoda
gegemon edi. Bu davlatlar Amur Temur davlati , Oltin O‘rda va Usmonli
turk davlati edi. Bundan tashqari dastlab ushbu davlatlar tarkibiga kirmagan
Osiyoning baʼzi mamlakatlarida hokimyat turkiylar qo‘lida edi. Dehlida 1320-
1413- yillarda turkiy TO‘G‘LUQIYLAR sulolasi, Ozarbayjon Iroq Kurdiston
hamda qisman Eronda 1336-1432- yillarda Jaloyerlar davlati , Misrda 1250-
1517- yillarda Mamluklar davlatini Movarounnahrdan borgan turkiy
Baxriylar (1250-1382) boshqargan . Janubiy Yamanda turkiy Amirlardan
bo‘lgan Rasuliylar sulolasi 1229-1454 yillarda ushbu mamlakatni
boshqardi.Rasuliylarning ajdodlari O‘g‘uzlarga borib tutashadi. Jahonda
Xitoyda Min Imperiyasi Yevropada nisbatan Angliya, Fransiya va
Gabsburglar Imperiyasidan tashqari bironta davlat xalqaro munosabatlarda
o‘z o‘rniga ega emas edi. Turkiy davlatchilikning shonli o‘tmishi davrida
ulkan imkoniyatlar bor edi. Agar ushbu tarixiy imkoniyatlar qo‘ldan
ketmaganda edi, nihoyatda ulkan hududlar va harbiy, siyosiy qudrat
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
55
turkiylar qo‘lida bo‘lardi. Ushbu tarixiy jarayonni uchta turkiy davlat Amir
Temur davlati, Usmonli turk davlati va Oltin O‘rda misolida ko‘rib chiqamiz.
Tarixdan maʼlumki XIV-XV- asrlarda dunyoning siyosiy xaritasida
uchta davlat G‘arb va Sharqqa o‘z taʼsirini o‘tkazib keldi. Ushbu davlatlardan
biri yuqorida aytganimdek Oltin O‘rdadir.
Oltin O‘rdaning XIV- asrdagi maydoni (1310 - yil) 6mln km
2
bo‘lib,
aholisi asosan- turkiylar , slavyanlar va fin-ugor xalqlari bo‘lgan. Dini
tangrichilik, pravoslav, islom. O‘zbekxon davrida islom davlat diniga (1314y)
aylanadi. Biz asosan Oltin O‘rdaning To‘xtamish ( 1380-1395y) dan keyingi
holati haqida fikr yuritamiz. To‘xtamish Amir Temurning yordami bilan Oltin
O‘rdaning taxtini egallaydi. To‘xtamishdan so‘ng Oltin O‘rda taxtida 17 dan
ortiq hukmdor faoliyat yuritdi. Biroq 1380-1480 yillardagi Oltin O‘rdaning
tarixi nihoyatda beqaror kechdi. To‘xtamishning aybi va xatosi sabab Amir
Temur o‘rtasidagi munosabat buzildi.Bu holat Oltin O‘rdaning keyingi
taqdiriga salbiy taʼsir kursatdi. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”
asarida To‘xtamish bilan bo‘lgan ilk munosabat shunday boshlanadi.
“Hazrat sohibqiron muborak nafasi bilan Qo‘chqor mavzeigacha bordi
ul yerda eshittikim, To‘xtamish O‘risxondan qo‘rqib qochib xizmatqa kelgusi
turur (Qo‘chqor mavzei hozirgi Chu daryosining shu nomli irmog‘ining
vodiysi. Hozir u yerda qirg‘izlarning qo‘chqorka nomli shaharchasi mavjud )
. “....... O‘zi saodat bilan Yabag‘u yo‘lidin qaytib O‘zganda tushti va andin kuchib
Samarqand sori borib tushdi. To‘xtamish o‘g‘lonni kelturdi va beklar barcha
anga o‘truv borib sohibqiron qoshig‘a kelturdilar....... ” (Sharafiddin Ali Yazdiy
Zafarnoma 121- bet) ”. Yabug‘u forscha matnda O‘ynag‘u so‘zi keltiriladi
Zafarnoma 1576 sahifa. Matnda ko‘rinadiki sohibqiron Jeta ( Sirdaryodan
sharqda Irtish daryosi va Lobnor ko‘ligacha bo‘lgan yerlar , Mo‘g‘uliston deb
ataladi, mashhur sharqshunos V.V. Bartold Jeta so‘zini Yettisuvdagi
qaroqchi deb taʼriflaydi ) ga Yettisuv tarafidan borgan va orqaga cho‘l orqali
qaytgan. Bu holda Qizil O‘rda yaqinidagi shahar bo‘ladi. Sohibqiron
oliyhimmatlik bilan dastlab Sabron va Sig‘noq (Sirdaryoning o‘ng sohilida
Turkistondan keyingi yirik shahar, hozirgi savron qishlog‘i , sig‘noq mazkur
yo‘nalishda keyingi yirik shahar. Uning xarobalari hozir So‘noq qo‘rg‘on deb
atalib, Tuman Ariq temir yo‘l bekatining yaqinida joylashgan. Hozirgi
Qozog‘iston ) viloyatini To‘xtamishga beradi. To‘xtamish Mang‘ishloq
(Qozog‘iston) xokimi To‘yxoja o‘g‘lonning o‘g‘lidir. To‘yxoja o‘g‘lon ham Jo‘ji
naslidan bo‘lib o‘zbek amirlaridan biridir. U Oltin O‘rda xoni O‘rusxon (1361-
1376) ning birlashtirish g‘oyasiga qarshi chiqqani uchun qatl qilinadi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
56
Shuning uchun To‘xtamish otasini qasosini olish uchun 1376 yil O‘rusxonga
qarshi kurashadi va yengilib Amir Temur huzuriga panoh izlab keladi. Bu
haqda Sharafiddin Ali Yazdiydan tashqari rus tarixchilari V.D. Grekov,
A.Yu.Yakubovskiy, ispan tarixchisi Rui Gonzalis De Klavixolar ham maʼlumot
beradi. To‘xtamish Amir Temurga nonkurlik qilib o‘rtadagi ahdnomani bir
necha marta buzadi. Amir Temur To‘xtaamishga to‘rt marta qo‘shin bilan
yordam qilib tajribali qo‘mondonlaridan birini boshliq etib tayinlaydi.
O‘rusxon o‘ldirilgan o‘g‘li Qutlug‘ Bug‘aning xununi talab qilib Amir
Temurdan To‘xtamishni so‘raydi. Shundan so‘ng Amir Temurning o‘zi
O‘rusxonga qarshi qo‘shin tortadi. Amir Temur yordamida To‘xtamish Oq
O‘rda taxtini egallaydi, so‘ngra Oltin O‘rda taxtini ham egallab o‘z
muvaffaqiyatlaridan esankirab Amir Temur yerlariga ko‘z olaytiradi. 1385 yil
Darband tomondan Ozarbayjonga To‘xtamish 120 minglik qo‘shin yuboradi.
Biroq Amir Temur Shayx Ali Baxodir, Iki Temur, O‘smon Abbos kabi
lashkarboshilari va o‘g‘li Mironshoh boshliq qo‘shinlarini To‘xtamishga
qarshi jo‘natadi. Biroq Amir Temur To‘xtamish bilan ahdnomamiz bor deb,
qo‘shinni orqaga qaytarish to‘g‘risida farmon beradi. Bu holatni To‘xtamish
ojizlik sifatida qabul qilib Amir Temurni taʼqib etishni davom ettiradi.
1388- yil Amir Temur Eronda bo‘lgan vaqtda To‘xtamish taʼsirida Xorazm
xokimi Sulaymon So‘fi va Ilyig‘mish o‘g‘lon hamda shimoldagi ko‘chmanchi
o‘zbek qabilalari Movarounnahr shahar qishloqlarini talon taroj qiladi.
Amir Temur beshinchi marta Xorazmga yurish qilib egallaydi. Xorazm
masalasi hal bo‘lgach, eʼtiborini To‘xtamishga qaratadi va 1389 yilda
To‘xtamish , Xizrxo‘ja , Anqato‘ra va ko‘chmanchi o‘zbek qabilalaridan
intiqom oladi. U Amir Temur ta’qibidan qochib Irtish daryosining narigi
sohilidan Sibir o‘rmonlariga yashirinadi. Endilikda To‘xtamish masalasini
hal qilishga kirishadi. 2500 chaqirimdan ziyod masofani bosib o‘tib 1391 yil
yozida Ural daryosidan kechib o‘tib Samara yaqinida To‘xtamish qo‘shinini
piri Sayyid Barakaning maʼnaviy taʼsirida mag‘lub etadi. Aynan o’sha vaqtda
Sayyid Baraka
fatx va nusrat tilab Sohibqironga dedi; - Tavajjax haysu shuʼta fa-innaka
mansurun deb zafar tiladi. To‘xtamish bilan so‘ngi to‘qnashuv 1395 yil 15
aprelda bo‘ladi. Terek daryosi bo‘yida bo‘lgan (Shimoliy Kavkazda) ushbu
jangda Amir Temur hayotini Shayx Nuriddin saqlab qoladi. Amir Temur
To‘xtamishni taqib etadi. U 1406 yil Ediqut o‘zbek tomonidan qatl etiladi.
Bu harbiy muhorabadan so‘ng Oltin O‘rda o‘zini o‘nglay olmadi. Bu tarixiy
jarayon natijasida Rusning kuchayishi va ozod bo‘lishini 100 yilga
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
57
tezlashtirdi. Rus tarixchilari B.L. Grekov, A.Yu, Yakubovskiy,
M.Ivanin va boshqalar Temurning bu g‘alabasiga baho berib , avvalo sharqiy
Yevropa va birinchi navbatda Rossiya uchun katta ahamiyatga ega
bo‘lganligini taʼkidlaganlar. M.Ivanin “.....bu islom himoyachisi , xristiyanlarning
dahshatli dushmani, Muhammad Payg‘ambarni chin yurakdan eʼzozlovchi
bo‘lgan zot Oltin O‘rdaning ” butkul kuchsizlanishi yiqilishining asosiy
sababchisi bo‘lgan va bu bilan Rossiyani uning zulmidan xolos bo‘lishini
hamda bir qo‘dratli xristiyan davlatining yuksalishini tezlashtirdi. (M.Ivanin
“Ikki buyuk sarkarda” 178 bet) degan edi.
Xo‘sh bundan kim manfaat ko‘rdi. Oltin O‘rda Amir Temur
yurishidan so‘ng kuchsizlandi va bir necha xonlikka bo‘linib ketdi. Natijada
azaliy turk yerlari birma- bir Rossiya tomonidan bosib olindi. Oqibatda
Oltin O‘rda siyosiy xaritadan o‘chib ketdi. Agar To‘xtamishda aql va
diplomatiya ustunlik qilganda va uzoqni o‘ylaganda edi, bir vaqtlar mavjud
bo‘lgan yirik turkiy davlat barham topmagan bo‘lardi. Shuningdek Oltin
O‘rda fojeasiga o‘xshash jarayon garchi farqli bo‘lsada, Usmonli turk davlati
bilan ham sodir bo‘ldi. Shiddat bilan ko‘chayayotgan Usmonli turk davlatini
Amir Temur bilan bo‘lgan ziddiyat yarim asrga to‘xtatdi. XV- asr boshida
Yevroosiyoda gegemon bo‘lgan 3 ta turk davlati o‘zaro ziddiyatga borib
xristian dunyosining kuchayishiga zamin yaratdi. Garchi Usmonli turk
davlati yarim asrdan so‘ng o‘zini o‘nglab olgan bo‘lsada, Yildirim Boyazid
kabi kuchli shaxsiyat mag‘lubiyat alamidan o‘zini haqoratlangan his qildi
va bu holatni ko‘tara olmay vafot etdi. Yildirim Boyaziddan Usmoniylar
ko‘p zafarlarni ko‘tish mumkin edi. Ilohiy taqdir XV- asr boshida turk
dunyosiga shunday achchiq qismatni ravo ko‘rdi. Bundan faqat Turk
dunyosi va Islom olami zarar ko‘rdi. Ayniqsa Usmonli turk davlati va Amir
Temur o‘rtasidagi ziddiyatni kuchayishiga g‘arbdan kelgan.josuslar ham o‘z
taʼsirini o‘tkazishi tabiiy edi. Amir Temurning 7 yillik yurishi nomi bilan
Kichik Osiyoga qilgan yurishi natijasida , ikki buyuk Turk hukmdori
o‘rtasida qarama –qarshilik borgan sayin kuchayib bordi. Bu urush
bo‘lmasligi mumkin edi. Agar ikki turk murosa qilganda, bir millat bir-
birini qirmagan bo‘lardi. Amir Temur Boyaziddan Ahmad Jaloyer va Qora
Yusufni talab qiladi.
Ibn Arabshohning yozishicha Amir Temur nomasini olgach va
mazmunini fahmlagach Boyazid o‘rnidan sapchib turib ketgan va Amir
Temurni har xil so‘zlar (Xaromi, zinokor,qonxur) bilan haqoratlab, unga
yozgan xatining so‘ngida quyidagilarni yozgan: “... men bilamanki, bu so‘zlar
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
58
seni hech to‘xtatmasdan bizning mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar
sen biz tomonga kelmasang sening xotinlaring uch taloq bo‘lsin. Agar sen
mening yurtimga kelsangu men senga qarshi qatʼiy urush qilmay qochsam u
vaqtda mening xotinlarim uch taloq bo‘lsin.”
Amir Temur Sulton Boyaziddan bunday haqoratli xatni olgandan
so‘ng ikki o‘rtada qonli urush bo‘lishi aniq bo‘lib qoldi. Biroq
fransuzlarning adibi M.A.Volter (1694-1778 ) Amir Temur va Boyazid
o‘rtasidagi urushning sababini quyidagicha keltiradi. XV- asr boshida
xristianlardan yordam ololmagan Vizantiya imperatori yordam so‘rab Amir
Temurga muroojat qiladi. Shuningdek Pon - O‘ksin qirg‘oqlari tomonida
Boyazid tomonidan tobe etilgan besh musulmon xukmdori ayni bir
paytning o‘zida Temurdan yordam so‘raydi. Ana shundan so‘ng Amir Temur
Kichik Osiyoga yo‘l oladi. Shunga o‘xshash sabablar ko‘plab keltiriladi.
Xullas XIV- asr oxirida Yevropa taqdiri ikki turk shaxsiyati o‘rtasidagi
muxorabaga bog‘liq bo‘lib qoldi. Amir Temurning o‘z qardoshiga qarshi
yurishi o‘rta asrlar tarixi davrini tugashini yarim asrga to‘xtatdi. Yaʼni
Konstantinopol fatxini ellik yil orqaga surdi. XX- asr boshida yashagan turk
adibi Dundar Alp Amir Temur haqida roman yoza turib, so‘z boshida
shunday deydi;- “ Temur Usmonlilar ko‘ksidan bir necha yara ochdi, faqat
bu ishni u Usmonlilar jallodi bo‘lmoq uchun emas, balki uning muxtasham
hayotini, muqaddas mavjudiyatini qutqarmoq uchun bajardi. Vazifasida bir
jarrohlik edi.
Butun tarixlarda istakli va istaksiz ularoq yozilganidek, Temurning
maqsadi, fikri- zikri turklar birligiga xizmatdan iborat. Ana shuning uchun u
bunchalar qon tuktirdi, ana shuning uchun buyuk va qutlug‘ bir qardoshi
Yildirim Boyazid bilan urushga kirishdi, ana shuning uchun u Osiyoni
boshdan oyoq otda bosib o‘tdi va shu yo‘lda uning nomi qonxurga chiqdi.
Bularning barchasini turklik uchun, turklarni birlashtirmoq uchun
qildi.
Bu yo‘lda hech bir monelik , hech bir qudrat uni bu muqaddas
azmidan qaytarolmadi , qaytarishga muvaffaq bo‘lolmadi.... .
Voo ajab ! Ha buyuk zot emish bu Temur vatani uchun , millati uchun
chidab bo‘lmas qiyinchiliklarga , yuqotishlarga chidagan fidokorliklar
ko‘rsatgan ulug‘ inson ! Faqat millatini yuksaltirish uchun qardoshi
Yildirimni ham ayamagan qo‘mondon!” Dundar Alp fikrni davom ettirib
yana shunday deydi; “ Yildirim Boyazid bilan kurashga kirishishga sabab
Temurning o‘zi emas, qismatdir; bu urush qazoi qadarning bir hukmidir. Bu
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
59
hukmga Yildirimu Temur , tataru turk birgalikda bosh egishga majbur
bo‘ldilar.
Buning uchun o‘tmishda kechgan ikki qardosh g‘avg‘osini deb
ularning avlodlari o‘rtasiga nifoq urug‘ini ekmakning xech keragi yo‘q.
Falak qahriga uchragan va tarixda qolgan qahramonlar orasida o‘z
qozongan mavqeini tanitolmagan, bir hoqon bo‘lsa u faqat Temurdir. Dahosi
va siiyosatining aksi zarbasiga yo‘liqqan bir qo‘mondon bo‘lsa , u ham
Temurdir ”.
Professor Temur Xo‘janing taʼkidlashicha Temurning davlat siyosati
mavzusida kitob yozgan Mahmud Asad Bo‘zqurt Mustafo Kamol
Otaturkning Temurni juda yaxshi ko‘rganini aytarkan bir voqeani bayon
qiladi. Otaturk Temur va Boyazid jangini o‘z ayonlariga xarita vositasida
hikoya qilarkan shunday deydi; - “ Yildirim Temurni shunday siquvga
olganki undan Temurdan boshqasi qutulib chiqib keta olmasdi ”. .... Men
Temur zamonida tug‘ilsaydim, uning qilgan ishlarini qilolmasdim . Agarda
Temur mening zamonimda tug‘ilsaydi, u mendan ko‘ra ko‘proq ishlarni
bajarardi, degan ekan.
Xullas XIV- asr oxirida dunyo tarixida eng yirik muhorabalar Oltin
O‘rda va Usmonlilarning Amir Temur o‘rtasi dagi tuqnashuvi natijasida bir
millat bir –birini qonini to‘kdi. O‘zlarining harbiy siyosiy kuchini bir biriga
sarflab , azaliy raqiblarining kuchayishiga zamin yaratib berdi va oxiri
azaliy raqiblar turkiylarni mahv etdi. Nafaqat Islom davrida Islomgacha
ham turkiylar o‘zaro ziddiyatda bo‘lib , Xitoyning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Bu o‘rinda Xunnlar va Turk Xoqonligi davrini nazarda tutmoqdaman.
O‘tmishdagi ulkan fojea shundan iboratki, mavjud tarixiy imkoniyatlar boy
berildi. XVI- asrdan boshlab butun turk davlatchiligi inqirozga yuz tuta
boshladi. Ayrimlari azaliy raqiblar tomonidan bosib olindi. Faqat
Movarounnahrda omadi kelmagan Zahiriddin Muhammad Bobur
Hindistonda turkiy davlatchilik bayrog‘ini ko‘tarib chiqdi . Buyuk Mo’g‘ullar
Imperiyasi nomi bilan dunyoga tanilgan turkiylar Avrangzeb Olamgir
davrigacha, yaʼni XVIII- asrgacha shonli tarixni bosib o‘tdilar. Turkiy
sulolalar ichida birontasi Usmoniylar kabi o‘zoq vaqt hukmronlik qilolmadi.
Darhaqiqat turk dunyosi asrlar davomida murakkab taqdir
sinovlariga muvaffaqiyatli bardosh berdi. Bu sinovlar baʼzan zafarli baʼzan
fojealarga boy bo‘ldi. Usmoniylarning buyuk hukmdori Mehmed Fotih (
1451-1481) ni AQSH lik tarixchilar o‘rta asrlar davrining tugashi va yangi
madaniyatning asoschisi sifatida yuksak baho bersalar, garchi mavzuimizga
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
60
aloqador bo‘lmasada Amur Temur shaxsiyatini esa biz ikkinchi Islom
renesanssiga asos solgan zot sifatida qadirlaymiz . Pokistonlik tarixchi olim
Ahmad Xasan Amir Temur tavalludining 660 yilligi (1996) tantanalari
arafasida ingliz tilida Amir Temur haqida kitob yozdi.
Kitobga so‘z boshi yozgan Faxar Zaman Amir Temurning dunyo
madaniyati taraqqiyotiga jahonshumul xizmatlarini qayd etib, bunday deydi;
- “ Ishnonamanki bu kitob Amir Temur va uning avlodlarini jahon
sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari nuqtai-nazaridan
yangitdan o‘rganishga zo‘r qiziqish o‘yg‘otadi”. Pokistonlik olim Ahmad
Xasan o‘z asarida shunday deydi ; - “Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning
buyuk shaxsiga yetarli eʼtibor bermadi. U Osiyoda turk Islom yuksalishiga
asos soldi. Tarix uning ilmiy amaliy bilan tenglashadigan boshqa bir
muqobil hodisani bilmaydi. Amir Temur dunyoga kelmaganida Hindistonda
buyuk Imperiya bo’lmagan , Samarqand va Buxoro bunchalik gullab
yashnamagan bo‘lardi....” . Venger tarixchi sharqshunos olimi Xerman
Vamberi “ Buxoro yoxud Movarounnaxr tarixi ” asarida , dunyo turklari
ichida eng buyugi Temurdir. Haqiqiy turklik davri Osiyoda Amir Temurdan
boshlandi deb uning shaxsiyatiga yuksak baho beradi.
Xullas Amir Temur va Yildirim Boyazidning o‘rtasida qanday
ziddiyatli va fojiaviy munosabat bo‘lmasin, butun turk dunyosining iftixori
bo‘lib qolaveradi. Agar Temur Turk Islom Dunyosini birlashtirib imperiya
tuzgan bo‘lsa, Boyazid va Usmoniylar g‘arbiy Islom dunyosini bir bayroq
ostida birlashtirdi. XIV- asr oxirida butun dunyoning taqdiri shu ikki turk
shaxsiyatiga bog‘liq bo‘lishi ham, voqea qanday tus olishidan qatʼiy nazar
buyuk turkchilikka faxr bag‘ishlaydi. Ozarbayjon dramaturgi Samad
Vurg‘unning hazil aralash eʼtiroficha shunday badiiy manzara aks etgan
epizod mavjud; - “ Dunyoning ishlarini qara deydi Temur, nahotki bu dunyo
mendek bir oqsoq va sendek bir ko‘zi ojizga bog‘liq bo‘lib qolgan bo‘lsa”.
Ikki buyuk shaxsiyat zamona ruhi bilan qaraganda o‘z vatani uchun qaysidir
jihatdan foydasi tegdi. Muqaddas ona yurti uchun tirikligida nimadir qila
oldi. Nemis klassik falsafasining asoschisi G.Gegel shunday degan edi; - “
Maʼrifatli xalqlarning xaqiqiy jasorati vatan yo‘lida qurbon bo‘lishga hozir
ekanliklarida aks etadi ”. Yoki fransuz mutafakkiri J.Russoning fikricha,
saxovatning eng buyuk jasurliklari vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli
vujudga keladi degan iborasi eng muqaddas qadriyat kabi tarixda o‘tgan
hukmdorlarning faoliyat natijasi qanday tugashidan qatʼiy nazar, o‘z millati
va o‘z mamlakati kelajagi yo‘lida qilgan tarixiy xizmatlari bilan o‘lchanadi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
Nima bo‘lganda ham taqdir ikki qardoshga qanday qismatni ravo
ko‘rishidan qatʼiy nazar yuqorida aytganimdek jahon turkchiligining faxri
bo‘lib qolajak. Agar o‘sha davrda qardoshlik tuyg‘usi kuchayib o‘zaro
murosaga kelinganda edi, taxminan 15mln km
2
dan ortiq xududda mustaqqil
turkiy davlatlarning bayroqlari xilpirab turgan bo‘lardi. Bugungi kunda
dunyoning siyosiy manzarasi mutlaqo boshqacha bo‘lardi. Chunonchi
XV-XVII- asrlarda Usmoniylarning xududi 5 mln km
2
, Oltin O‘rdaning xududi
XIV - asrda 6 mln km
2
va Amir Temur saltanatining xududi 4,4 mln km
2
maydondan iborat edi. Vassal va qaram xududlar bundan mustasno. Ana
shu yuqotilgan achchiq qismatni chuqur tahlil qilgan birinchi o‘zbek
professori Abdurauf Fitrat 1917 yil iyul oyida shunday satrlarni yozadi;
“Ey ulug‘ Turon arslonlar o’lkasi ! Senga ne bo‘ldi? holing qalaydir ?
Ey Temurlarning O‘g‘izlarning oilalarining shonli beshiklari ! , Qani
Uchiqdig‘ing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlaring‘a nedan tushting
... Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi ? Hindistonning ,
Ovruponing ulug‘ hoqonlarini sen yubormadingmi ? Ey , hoqonlar uchog‘i .....
”. Har bir davrda bu millatni faqat harbiy, siyosiy jihatdan emas, balki
maʼnaviy va g‘oyaviy jihatdan birlashtiradigan ulug‘ zotlar bamisoli yashin
misoli o‘z missiyasini bajarib ketdi. Butun turk dunyosini maʼnaviy jihatdan
birlashtirishda ilk qadamni Alisher Navoiy amalga oshirgan bo‘lsa, tarqalib
ketgan turk dunyosini ijtimoiy taraqqiyotda taraqiy etgan millatlar
qatoridan o‘rin egallashini maqsad qilgan Qrim tatar xalqining buyuk
farzandi Ismoil G‘aspirali o‘z qadamini tashladi . U Rossiya imperiyasining
zulmi ostida ezilgan turkiy dunyoga maʼrifiy yurishni boshladi. Ismoil
G‘aspiralining bu harakati butun turk dunyosini g‘oyaviy jihatdan
birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. XX- asr oxirida sobiq SSSR ning
barham topishi turkiy davlatlarning mustaqil bo‘lishiga imkon yaratdi. XXI-
asrda turkiy davlatlar o‘rtasidagi maʼnaviy , iqtisodiy, siyosiy va madaniy
aloqalarning chuqurlashuvi, o‘tmishda qilingan xatolarni bundan buyon
takrorlanmasligi uchun amaliy qadamlar tashlangan bo‘lsa ajabmas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zafarnoma” Sharafiddin Ali Yazdiy. Yangi asr avlodi 2023 yil
2.
“ Temur tarixida taqdir ajoyibotlari ” Ibn Arabshoh. Mehnat
nashriyoti 1991 yil.
3.
“ Amir Temur ” Marsel Brion Parij . Alben Mishel nashriyoti 1963 y
4.
“ Sharqning buyuk xukumdori ” Dundar Alp. Istanbul 1910 yil Toxir
Qaxxorning o‘zbekchaga tarjimasi 2018 yil .
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
5.
“ Buxoro yoxud Movarounnaxr tarixi ” Xerman Vamberi. G‘ofur
G‘ulom nashriyoti 1990 yil .
6.
“ Vatan tarixi ” Shodi Karimov. O‘qituvchi 1997 yil
7.
“ Jahon tarixidagi sulolalar va davlatlar ” Qahramon Rajabov, Bahodir
Qandov. Toshkent. O‘zbekiston 2015 yil .
8.
“ Vatan tuyg‘usi ” O‘zbekiston . Toshkent 1996 yil
9.
Fan va turmush jurnali . № 3 1999 yil.