Авторы

  • Kamoldin G’opirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.71821

Ключевые слова:

STEAM yondashuvi kimyo ta’limi amaliy mashqlar fanlararo integratsiya virtual laboratoriyalar loyihaviy ta’lim muhandislik yechimlari ekologik barqarorlik innovatsion pedagogika.

Аннотация

Mazkur maqolada maktab kimyo darsliklari mazmunini amaliy kimyoviy masala va mashqlar orqali STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. STEAM metodikasi fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani integratsiyalashgan holda kimyo ta’limini amaliyotga yaqinlashtirish, o‘quvchilarning kreativlik va analitik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada amaliy masalarga asoslangan mashqlar (masalan, suvning qattiqligini kamaytirish, polimerlarni qayta ishlash) orqali darsliklarni modernizatsiya qilish usullari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, STEAM yondashuvi darsliklarda interfaol texnologiyalar (virtual laboratoriyalar, 3D modellar), loyihaviy vazifalar va fanlararo bog‘lanishlarni kiritish orqali o‘quv jarayonini samarali va qiziqarli qiladi. Qiyinchiliklar (resurslar yetishmasligi, o‘qituvchilarning tayyorgarligi) va ularni bartaraf etish yo‘llari ham muhokama qilingan. Xulosa qilib, STEAM asosida takomillashtirilgan darsliklar zamonaviy ta’lim talablariga mos keladi va o‘quvchilarni amaliy hayot muammolarini hal qilishga tayyorlaydi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

35

AMALIY MAZMUNDAGI KIMYOVIY MASALA VA MASHQLARDAN

STEAM YONDASHUV ASOSIDA MAKTAB KIMYO DARSLIGI

MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHDA FOYDALANISH

G’opirov Kamoldin G’opirovich

https://doi.org/10.5281/zenodo.15030199

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktab kimyo darsliklari mazmunini

amaliy kimyoviy masala va mashqlar orqali STEAM (Science, Technology,
Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida takomillashtirish
masalalari ko‘rib chiqiladi. STEAM metodikasi fan, texnologiya, muhandislik,
san’at va matematikani integratsiyalashgan holda kimyo ta’limini amaliyotga
yaqinlashtirish, o‘quvchilarning kreativlik va analitik qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada amaliy masalarga asoslangan mashqlar
(masalan, suvning qattiqligini kamaytirish, polimerlarni qayta ishlash) orqali
darsliklarni modernizatsiya qilish usullari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, STEAM yondashuvi darsliklarda interfaol texnologiyalar
(virtual laboratoriyalar, 3D modellar), loyihaviy vazifalar va fanlararo
bog‘lanishlarni kiritish orqali o‘quv jarayonini samarali va qiziqarli qiladi.
Qiyinchiliklar (resurslar yetishmasligi, o‘qituvchilarning tayyorgarligi) va ularni
bartaraf etish yo‘llari ham muhokama qilingan. Xulosa qilib, STEAM asosida
takomillashtirilgan darsliklar zamonaviy ta’lim talablariga mos keladi va
o‘quvchilarni amaliy hayot muammolarini hal qilishga tayyorlaydi.

Kalit so‘zlar

: STEAM yondashuvi, kimyo ta’limi, amaliy mashqlar,

fanlararo integratsiya, virtual laboratoriyalar, loyihaviy ta’lim, muhandislik
yechimlari, ekologik barqarorlik, innovatsion pedagogika.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматриваются

вопросы

совершенствования содержания школьных учебников по химии на основе
практических химических задач и упражнений с использованием STEAM-
подхода (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics). Методика
STEAM направлена на интеграцию науки, технологий, инженерии,
искусства и математики, что позволяет приблизить химическое
образование к практике и развить у учащихся творческие и аналитические
способности. В статье представлены методы модернизации учебников
через

практико-ориентированные

задания

(например,

снижение

жёсткости воды, переработка полимеров). Результаты исследования
показывают, что STEAM-подход делает учебный процесс эффективным и
интересным за счёт внедрения интерактивных технологий (виртуальные
лаборатории, 3D-модели), проектных задач и междисциплинарных связей.
Обсуждаются трудности (нехватка ресурсов, подготовка учителей) и пути


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

36

их преодоления. В заключение отмечается, что усовершенствованные на
основе STEAM учебники соответствуют современным требованиям
образования и готовят учащихся к решению практических жизненных
проблем.

Ключевые слова

:

STEAM-подход, химическое

образование,

практические упражнения, междисциплинарная интеграция, виртуальные
лаборатории, проектное обучение, инженерные решения, экологическая
устойчивость, инновационная педагогика.

Abstract:

This article discusses the improvement of the content of school

chemistry textbooks through practical chemical problems and exercises using
the STEAM approach (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics). The
STEAM methodology aims to integrate science, technology, engineering, arts,
and mathematics, bringing chemistry education closer to practice and
developing students' creative and analytical skills. The article presents methods
for modernizing textbooks through practice-oriented tasks (e.g., reducing water
hardness, recycling polymers). The research results show that the STEAM
approach makes the learning process effective and engaging by incorporating
interactive technologies (virtual laboratories, 3D models), project-based tasks,
and interdisciplinary connections. The challenges (lack of resources, teacher
training) and ways to overcome them are also discussed. In conclusion, it is
noted that textbooks enhanced through the STEAM approach meet modern
educational requirements and prepare students to solve practical life problems.

Keywords

: STEAM approach, chemistry education, practical exercises,

interdisciplinary integration, virtual laboratories, project-based learning,
engineering solutions, environmental sustainability, innovative pedagogy.

Zamonaviy ta’limda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts,

Mathematics) yondashuvi fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani
integratsiyalashgan holda o‘quv jarayonini amaliy va qiziqarli qilishga
qaratilgan. Maktab kimyo darsliklarida amaliy mazmundagi kimyoviy masala va
mashqlarni STEAM yondashuvi asosida qo‘llash, o‘quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirish, ularning tanqidiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada amaliy masalalarni STEAM elementlari
bilan bog‘lab, darslik mazmunini takomillashtirish usullari va ularning
samaradorligi ko‘rib chiqiladi.

Kimyoviy masala va mashqlar o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy

bilimlariga asoslangan holda aqliy va amaliy faoliyat ko‘nikmalarini
shakllantirish, rivojlantirib borishda muhim didaktik vosita bo‘lib xizmat qiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

37

Kimyoviy masala va mashqlar yechish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish uchun
o‘quvchilar puxta nazariy bilimlarga ega bo‘lishlari, turli aqliy faoliyat turlarini
amalga oshira olishlari katta rol o‘ynaydi.

Tadqiqotimiz davomida turli kimyoviy masala va mashqlarning mazmuni,

ularda ifoda etilgan va mustahkamlanishi kerak bo‘lgan kimyoviy BKM lar,
masala va mashqlar yechimlarini o‘rgatish va o‘rganish borasida olib borilgan
turli manbalarda yoritilgan quyidagi qator muammolar aniqlandi va ularning
bugungi kunda kimyo ta’limi samaradorligiga salbiy ta’siri o‘rganildi:
1. Kimyoviy masala va mashqlar yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishda dars
vaqtidan unumli foydalana olmaslik;
2. Masalalarni reproduktiv usulda yechish, ularda boshqa, qisqaroq yechish
usullariga doir tushunchalar berilmaslik;
3. O‘quvchilarning kimyoviy masala, mashqlarning mohiyati va yechish
usullarini tushunishda qiynalishlari;
4. O‘quvchilarning hisoblashga doir masalalarning kimyoviy (sifat) va hisoblash
(miqdoriy) qismlarini ajrata olmasligi;
5. O‘quvchilarning ayrim hollarda kimyoviy til, hisoblash amallari va fizik
kattaliklardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘yishi;
6. O‘quvchilarning yechimi topilgan masala javobini boshqa usullarda yechib
ko‘rish yoki teskari mazmundagi masala tuzish va uni yechish orqali tekshirib
ko‘rmasliklari;
7. O‘quvchilarning har bir kimyoviy masala alohida turga mansub degan
noto‘g‘ri tushunchalarga ega ekanligi;
8. Kimyoviy masala va mashqlarning mazmunida kimyoning amaliy ahamiyatiga
doir ma’lumotlardan kam foydalanilishi.

Bir necha yillik kuzatuvlar davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, umum

ta’lim maktablarida o‘quvchilar tomonidan kimyoviy masalalar yechishda
kimyoviy til, matematik amallar va fizik kattaliklardan foydalanishda ayrim
hollarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Masalan, oddiy gazsimon moddalarning
formulalarini Н

2

, О

2

ko‘rinishida emas, balki N, O ko‘rinishida yozish, hajm,

massa va zichlik kabi tushunchalarni farqlashda, ular bilan turli amallarni
bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yilayotganligi shular jumlasidandir. Bunday salbiy
holatni bartaraf etish maqsadida o‘quvchilarga kimyoviy tilni o‘zlashtirishlari
uchun kimyoviy formulalar va fizik kattaliklar birgalikda ifodalangan turli
yo‘riqnomalar berish, kimyoviy diktantlar o‘tkazish katta samara beradi.
Masalan, quyidagi topshiriqlar o‘quvchilarga kimyoviy masala va mashqlar
yechish ko‘nikmalarini talab darajasida o‘zlashtirib borishlarida yordam berib,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

38

nisbiy atom va molekulyar massa, massa ulushi, Avogadro soni, modda miqdori,
molyar massa, modda massasi, modda hajmi, modda konsentratsiyasi, gazsimon
moddalarning vodorodga va havoga nisbatan zichligi, eritma zichligi, absolyut
massa kabi kimyoviy tushunchalarni qisqa, lo‘nda ifodalash orqali doimo masala
shartini ko‘zdan kechirish, masala matniga qayta murojaat qilishdan ozod etadi:

Quyidagi belgi va ifodalar nimani anglatadi?

A

r

(H), m

0

, M

r

, m (Na), m

0

(H) = 1,66 · 10

-27

kg, M (CO

2

), A

r

(Cu) = 64,

(H),

C (KOH) = 0,1 mol/l, v (H

2

S), V (CO

2

), d

H2

(CO

2

) = 22,

;

V

m

(H

2

SO

4

) = 1,840

g/sm

3

, N

A

, N

0

, V (Са(ОН)

2

eritma)

Ushbu topshiriqlar o‘quvchilarga kimyoviy masalalar shartini to‘g‘ri

ifodalash hamda hisoblashga doir amallarni bajargan holda uning javobini tez
topish imkonini beradi.

Bu topshiriqlarni o‘qituvchi tomonidan kimyoviy masalalar va mashqlar

yechish ko‘nikmalarini shakllantirib borishda bosqichma-bosqich, ma’lum
izchillik orqali berib borilishi yaxshi samara beradi. Masalan, kimyoviy
formulalarga doir hisoblashlar olib borishda o‘quvchilarga massa ulushi, modda
miqdori, nisbiy atom va molekulyar massa, hajm, molyar hajm, molyar massa,
Avogadro soni kabi kimyoviy BKM larni qisqa, aniq ifodalarini ma’lum ketma-
ketlikda ko‘rsatib borish, ulardan kimyoviy masala shartini ifodalashda va uning
yechimini topishda qanday foydalanish kerakligini uqtirib borilishi muhim.

Olib borilgan tadqiqot davomida ushbu muammolarni yechish yo‘llarini izlashda
o‘quvchilarning kimyo ta’limining maktab bosqichidagi (7-sinf) tushunchalar,
qonunlar, nazariyalar, faktik materiallarga oid kimyoviy BKM larni o‘zlashtirib
borish zarurligini hisobga olgan holda, kimyoning amaliy ahamiyatini o‘z
mazmunida aks ettiruvchi, o‘quvchilarning kundalik hayot, turmushda ko‘p bor
duch kelinadigan moddalar va hodisalar misolidagi qiziqarli ma’lumotlar asosida
tuzilgan, ma’lum bir kimyoviy BKM larni takrorlash orqali mustahkamlashga
qaratilgan masala va mashqlar to‘plami ishlab chiqildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Asqarov I.R., To’xtaboev N.H., G’opirov K.G’. Kimyo. 7-sinf o’quvchilari uchun
darslik. – T.: Sharq, 2005. – 158 b.
2. Яковлева Ш. Об использовании тестов тренажёров // Химия в школе. –
Москва, 2002. – № 3. – С. 28-29.
3. Казанцев Н.Ю. Организация тестового контроля на начальном этапе
обучения // Химия в школе. – Москва, 2006. – № 7. – С. 46-49.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

39

4. Быстрицкая Е.В. Развитие познавательной активности учащихся на
уроках химии средствами типовых расчётных задач вариативного
содержания в общеобразовательных и коррекционных классах. Автореф.
дис. ... канд. пед. наук. – Самара: 2000. – 19 с.
5. Magdesiyeva N.N., Kuzmenko N.YE. Ximiyadan masalalar yechishni
o‘rganaylik. – T.: O‘qituvchi, 1991. – 163 b.
6. Штремплер Г.И., Хохлова А.И. Методика решения расчётных задач по
химии. 8 – 11 классы. Пособие для учителя. – М.: Просвещение, 2001. – 228
с.
7. Muftaxov A.G. Ximiyadan olimpiada masalalari va ularning yechimlari. – T.:
O‘qituvchi, 1993. – 310 b.
8. Golfarb Y.L., Xodakov Y.V., Dodonov Y.B. Ximiyadan masala va mashqlar
to‘plami. O‘rta maktablarning 8 – 11 sinflari uchun o‘quvchilarga qo‘llanma. – T.:
O‘qituvchi, 1990. – 192 b.

Библиографические ссылки

Asqarov I.R., To’xtaboev N.H., G’opirov K.G’. Kimyo. 7-sinf o’quvchilari uchun darslik. – T.: Sharq, 2005. – 158 b.

Яковлева Ш. Об использовании тестов тренажёров // Химия в школе. – Москва, 2002. – № 3. – С. 28-29.

Казанцев Н.Ю. Организация тестового контроля на начальном этапе обучения // Химия в школе. – Москва, 2006. – № 7. – С. 46-49.

Быстрицкая Е.В. Развитие познавательной активности учащихся на уроках химии средствами типовых расчётных задач вариативного содержания в общеобразовательных и коррекционных классах. Автореф. дис. ... канд. пед. наук. – Самара: 2000. – 19 с.

Magdesiyeva N.N., Kuzmenko N.YE. Ximiyadan masalalar yechishni o‘rganaylik. – T.: O‘qituvchi, 1991. – 163 b.

Штремплер Г.И., Хохлова А.И. Методика решения расчётных задач по химии. 8 – 11 классы. Пособие для учителя. – М.: Просвещение, 2001. – 228 с.

Muftaxov A.G. Ximiyadan olimpiada masalalari va ularning yechimlari. – T.: O‘qituvchi, 1993. – 310 b.

Golfarb Y.L., Xodakov Y.V., Dodonov Y.B. Ximiyadan masala va mashqlar to‘plami. O‘rta maktablarning 8 – 11 sinflari uchun o‘quvchilarga qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1990. – 192 b.