Авторы

  • N. Qirgʻizboyeva
    Alfraganus universiteti 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.73504

Ключевые слова:

agressiya xulq-atvor zo‘ravonlik xarakter ota-ona bola va xatti-harakatlar.

Аннотация

Maqolada oʻsmir yoshdagi bolalarning xulq-atvordagi og‘ishishlar, jumladan, agressiv reaksiyalar, oiladagi ota-onalar o‘rtasidagi nizolar, janjallar natijasida bolalarda yuzaga keladigan posttravmatik sindrom deya qayd etilgan simptomokomplekslarning yuzaga kelishi, oiladagi destruktiv munosabatlar ota-onaning bolaga nisbatan bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib uni bola bilan bo‘ladigan muomalasi, xulq-atvor stereotipi, bola shaxsi, uning xatti-harakatlari, xarakteri, xulqiga nisbatan negativ ko‘z bilan qarashga olib keladigan omillar, agressiv xulq-atvorni vujudga keltirishi mumkin boʻlgan masalalar atroflicha tahlil etilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

64

O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARNING AGRESSIV XULQ-ATVORINI

KORREKSIYALASH USULLARINI EKSPERIMENTAL MODELI.

N.Qirgʻizboyeva

Alfraganus universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15082741

Annotatsiya:

Maqolada oʻsmir yoshdagi bolalarning xulq-atvordagi

og‘ishishlar, jumladan, agressiv reaksiyalar, oiladagi ota-onalar o‘rtasidagi
nizolar, janjallar natijasida bolalarda yuzaga keladigan posttravmatik sindrom
deya qayd etilgan simptomokomplekslarning yuzaga kelishi, oiladagi destruktiv
munosabatlar ota-onaning bolaga nisbatan bo‘lgan munosabatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib uni bola bilan bo‘ladigan muomalasi, xulq-atvor stereotipi, bola shaxsi,
uning xatti-harakatlari, xarakteri, xulqiga nisbatan negativ ko‘z bilan qarashga
olib keladigan omillar, agressiv xulq-atvorni vujudga keltirishi mumkin boʻlgan
masalalar atroflicha tahlil etilgan.

Kalit soʻzi:

agressiya, xulq-atvor, zo‘ravonlik, xarakter, ota-ona, bola va

xatti-harakatlar.

Mavzuning dolzarbligi

. O‘zbekiston Respublikasi o‘z Mustaqilligini jahon

miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi
avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga
bog‘lik. O‘zining mustaqil tarqqiyoti yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston
Respublikasi istiqlolining ilk yillaridanoq shaxs kamolati, rivoji, ma’naviy
barkamolligi hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi
jarayoniga muhim qadriyat sifatida qarab, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish,
ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko‘tarish masalasini
ustuvor soha sifatida belgilash oid.

Inson faolligini o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil boshqa odamlar yoki o‘zi

yaratgan narsalar bilan o‘zaro munosabatda kechishidadir. Ular o‘rtasidagi
munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tabiiy qonunlardan tashqari ijtimoiy
hayotning gohida munosabatlar variativligini muayyan darajada belgilab
turuvchi ahloqiy normalarning qat’iy qoidalar shaklidagi qonunlari kuchga
kiradi. Pirovardida insonlararo o‘zaro munosabatlarni idora qiluvchi bir-birining
xatti-harakatini va xulqini, shuningdek boshqa insonlarga qaratilgan xususiy
harakatlarni baholash tizimi ishga tushadi. Insonlar tomonidan belgilanadigan
munosabatlarni aks ettiruvchi mazkur baholarning nisbiyligi asosiy falsafiy va
ahloqiy masaladir. Kimningdir nuqtai-nazariga ko‘ra zaruriyatday tuyuladigan
narsa boshqa bir inson uchun nafaqat befoyda, balki zararli deb hisoblanishi
mumkin, bir madaniyatda ma’qul sanalgan narsa boshqa bir madaniyatda
noma’quldek e’tirof etilishi mumkin.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

65

Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda insonlararo

munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim
xarakteristkalaridan biri agressivlikdir. Psixologiyada “agressiya” tushunchasi
turlicha yondashuv asosida tahlil qilingan bo‘lib, bir guruh tadqiqotchilar
agressiyani negativ xulq-atvor modeli sifatida baholasalar, yana bir guruh
tadqiqotchilar bu xulq-atvorning pozitiv tomonlari ham mavjudligini
ta’kidlaydilar.

Maqsad:

O‘smirlik davridagi agressiv xulq-atvorning tarkib topishiga tasir

etuvchi obektiv va subektiv omillar tasirini kamaytirish orqali agressiv xulq-
atvorni oldini olish yoki birmuncha yengillashtirish.

Vazifalar:

1.

Agressiv xulq-atvor destruktiv xarakterga ega ekaniligini bola

tomonidan anglab yetishga ko‘maklashish.

2. Agressiyani o‘riniy ifodalash usullarini o‘rgatish va emotsional

zo‘riqishlardan xolos bo‘lish.

3.

Bolada o‘z emotsiyasini to‘g‘ri namoyon qila bilish va agressiv

reaksiyalarini jilovlay olishga qaratilgan bilimlarni xosil qilish.

4.

Bola boshqa odamlarning kechinmalari, xolati va qiqishlarini

tushunib yetishiga yordam berish.

Tadqiqot ob’ekti

: O‘smir yoshidagi o‘quvchilar

Tadqiqot predmeti

: O‘smirlarni ijtimoiy muhitga moslashmaganligi

natijasida kelib chiquvchi tajovuzkor xulq-atvorning xususiyatlarini o‘rganish.

Agressiya va agressivlik tushunchalarini bir-biridan ajratib tahlil qilish

lozimdir. Agressiya - bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy
zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui
bo‘lib hisoblanadi. Agressivlik - shaxsning nisbatan barqaror xususiyati bo‘lib, u
agressiyaga tayyorgarlikni ifodalash bilan birga dushmanlik asosida
boshqalarning xulq-atvori, xatti-harakatini qabul qilish va tushunishga
moyillikni bildiradi. Agressivlik barqarorlik kuchi hamda shaxs tuzilishining bir
qismi sifatida xulq-atvorning umumiy tendensiyasini oldindan aniqlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, agressiya - bu jismoniy yoki ruhiy zarar
yetkazishga yo‘naltirilgan har qanday xulq-atvor shaklidir. Ushbu ta’rifda
ta’kidlanishicha, agressiya - bu emotsiya yoki motiv emas, balki xulq-atvor
modelidir. Garchi agressiya aksariyat hollarda haqoratlash yoki zarar
yetkazishga intilish bilan bog‘lik bo‘lgan motivlar asosida hamda negativ
emotsiyalar jumladan, qahr, g‘azab, tajanglik bilan bog‘lik tarzda assotsiatsiya
qilindi. “Agressiya” - kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday
ko‘rinishidir. Ikkinchisi, odamning botini (niyatlari) bilan bog‘lik, ya’ni insonni


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

66

harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash mumkin bo‘lgan holatlar
bilan mushtarak: “Agressiya - boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib
olgan har qanday xatti-harakatdir”.

Agressiya - bu harakatlanish yoki boshqa tirik mavjudotga zarar

yetkazishga yo‘naltirilgan har qanday xulq-atvor shaklidir.

Insondagi agressiv xulq-atvor turlari.

Agressiya
turlari

To‘g‘ridan-
to‘g‘ri

faol

agressiya

Bilvosita faol
agressiya

To‘g‘ridan-
to‘g‘ri

sust

agressiya

Bilvosita
sust
agressiya

Jismoniy
agressiya

Zarba berish

Oyog‘idan
chalish

Halaqit berish,
ziyon yetkazish,
to‘siqlar

Vazifani
bajarishdan
bosh tortish

Verbal
agressiya

Jabrlanuvchini
xaqorat qilish

Yomon mish-
mish
tarqatish

So‘zlashishdan
bosh tortish

Yozma yoki
og‘zaki
kelishishni
xohlamaslik

Agressiya namoyon bo‘lish mexanizmi va faoliyatiga ko‘ra farqlanib,

faoliyat mexanizmi hamda tamoyili ko‘pincha inson tomonidan vaziyatni hal
qilinishi, baholanishiga bog‘liq bo‘ladi. Qachonki inson, boshqa birov unga
nisbatan hujum qilish yoki halaqit berish istagidaligini bilsa, birinchi navbatda
g‘arazli maqsad, dushmanlik holatini o‘zga qanchalik darajada tegishli ekanligini
hal qilib olishi lozimdir. Ko‘pincha agressiyaning boshlanishida faqatgina,
boshqa bir inson dushmanlik maqsadidagi, hatto sub’ekt hujum qilmagan
bo‘lsada bu haqdagi bilim unga yetarli asos bo‘lishi kuzatiladi. Shu bilan birga
dushmanning oldindan o‘z agressiv xulq-atvori uchun uzr so‘rashi, aksariyat
hollarda qarama-qarshi tomonning g‘azabini so‘ndirib javob agressiyasini
namoyon bo‘lishini oldini oladi. Sub’ekt g‘arazli maqsad unga zarar yetkazishi va
g‘azabni yuzaga keltirishi mumkinligini hal qilgan zahoti bu aniqlanuvchidan
halos bo‘lishi qiyinlashadi.

Agressiyani maqsadga erishishni kutish va agressiv xulq-atvor uchun

jazolanish. Sub’ekt to‘g‘ridan-to‘g‘ri agressiyani amalga oshirish uchun unga
qiyinchilik tug‘dirmaydigan imkoniyatlarga ega bo‘lmaguncha jabrlanuvchiga
zarar yetkazishi va shu bilan birga agressiv faoliyatda maqsadga erishishdagi
ehtimollik darajasi muhim ahamiyatga ega bo‘lmasligi kuzatiladi. Ehtimollikni
amalga oshirishi faqatgina shunday bir holatlarda, ya’ni javob agressiyasi
bevosita agressorning agressiyaga yetib bormagan vaziyatlarda, jumladan


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

67

uchrashish imkoni yo‘q bo‘lganda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Bunda, bilvosita agressiya shakli agressorning shaxsiyatiga yoki uning obro‘-
e’tiboriga zarar yetkazishdan iborat bo‘ladi. Bilvosita agressiv faoliyat
agressorni yengib, faoliyat natijasi oqibatini kutish sifatida ya’ni hal qiluvchi
determinant tarzda namoyon bo‘ladi.

Agressiyaga yo‘liqqan va qasos olish haqida o‘ylovchi insonda masalan,

ringdagi jangdan so‘ng boksyorlar juftligining birida xavotirlanish bilan
qo‘shilgan mag‘lubiyat hissi kuzatiladi. Bu qasos olish niyatini qo‘zg‘atib,
kuchaytiradi. Natijada esa, motivatsiyani ortishiga olib keladi. Ayniqsa, subektni
bevosita qoniqish hosil qilishiga jabrlanuvchining har qanday azob uqubat
chekishni eng avvalo boshdan kechirayotgan og‘riqlarni ifodalovchi reaksiyalar
ta’sir ko‘rsatadi.

Agressiya asab buzuvchi qulay holatdir. Ta’kidlash lozimki, agressivlik

asosida biz nafaqat o‘zimizni, balki atrofimizdagi insonlarni ham kayfiyatini
umuman ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatib, asablarini buzishimiz mumkindir. Shu
sababli agressiya asab buzuvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Agressiv xulq-
atvorni aniqlashda ushbu ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish muhim ahamiyat
kasb etadi.

Ochiq agressiv xulq-atvorda jabrlanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq hujum

qilinishi, jismoniy zarba orqali zarar yetkazish kuzatiladi. Yashirin agressiya esa
gap-so‘zlar, mish-mishlar, aldov va yolg‘onlar asosida ifodalanadi. Ko‘p hollarda
ochiq agressiya yosh o‘tishi bilan kuchsizlanib borsa, yashirin agressiya esa
aksincha kuchayib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra agar inson bolaligida ochiq
agressiyani tez-tez kuchli namoyon etgan bo‘lsa, u yoshi ulg‘ayganda ham
zo‘ravonlik qilishi, jinoyatlarga qo‘l urishi mumkin ekan. Ochiq agressiya asosan
emotsional holatlar jumladan, g‘azab, qahr, jahl, his-hayajon bilan
xarakterlanadi. Yashirin agressiyada kishi holati neytral bo‘lib, his-tuyg‘ularsiz
ifodalanadi. Kognitiv jarayonda ham ochiq va yashirin agressiyada bir biridan
farqlanadi. Ochiq agressiv xulq-atvorli, zo‘ravonlikka moyil bo‘lgan insonlarda
“kognitiv defitsitarnost” ya’ni oldin o‘ylab keyin qaror chiqarish qobiliyati
mavjud bo‘lmaydi. Shu bois ular chuqur o‘ylab o‘tirmay “agressiv” harakat
asosida vaziyatni hal etadilar.

Yashirin agressiyada kognitiv jarayonlarga keng ko‘lamda mos keluvchi

zo‘ravonlik usullari jumladan dushmanlik qilish, makkorlik, no‘noqlik
xususiyatlarini qo‘llash harakatlari kuzatiladi. Yashirin agressiyada konfliktlarni
hal etishda “kognitiv defitsitar” holat ya’ni dushmanlik ochiqdan-ochiq namoyon
bo‘lmaydi. Aksincha buning o‘rniga ular yaxshilab o‘ylab, rejalashtirib, ma’qul


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

68

keladigan yo‘lni topadilar. Masalan, chiroyli ishonarli yolg‘onlar to‘qish, agar
o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushish ehtimoli bo‘lsa ishonarli “aliba” topish va b.r. Ochiq
agressiyaning shaxs faoliyatida rivojlanishi juda erta kuzatiladi. Masalan, o‘g‘il
bolalar o‘zaro mojarolarini ochiq agressiya usulida juda tez hal qilishga
odatlanganliklarini barchamiz amaliyotda kuzatganmiz. Bunday bolalar odatda
oiladagi nosog‘lom muhit, oilada tartib intizomning mavjud emasligi va tarbiya
berish usullarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida shunday destruktiv
xulq-atvor egalariga aylanib qolmoqdalar. Ularga hech kim hech qachon odobli
bo‘l, hurmat qil, halol yasha deb, pand-nasixat qilmaganligi bois, ular yomon
xulqli insonlardan o‘rnak olib, xulq-atvorlarida ochiq va yashirin agressiyani
namoyon qilmoqdalar. Yashirin agressiyaning rivojlanishida atrof-muhitning
ta’siri kuchli bo‘lib, u jazodan qochish agressiyasining asta-sekin shakllanishi
natijasida yuzaga keladi. Uydagi narsalarni o‘g‘irlab sotish, o‘g‘rilikni aldov yo‘li
bilan yashirish, o‘zini oqlovchi usullarni o‘ylab topish yashirin agressiyaga misol
bo‘la oladi.

Bass-Darki tomonidan taqdim etilgan “Agressiv xulq-atvor shakllarini

aniqlash” metodikasining natijalari tahlili.

Agressivlik dinamikasi (tajriba guruhi)

T/r

Shkalalar nomi

Tajrib guruhi

Nazorat guruhi

Styudent
mezoni

O‘rtach
a

Standar
t og‘ish

O‘rtacha

Standart
og‘ish

p

1

Jismoniy agressiya

55,37

11.25

58.67

12.33

0.05

2

Verbal agressiya

50,66

18.24

52.8

17.29

0.05

3

Bilvosita agressiya

40,08

9.32

38.57

8.56

0.05

4

Negativizm

43,66

12.36

45.33

10.41

0.05

5

Tajanglik

41,7

21.47

42.3

19.35

0.1(ahamiyatsiz
)

6

Shubhalanuvchanlik

47,11

22.54

47.67

19.28

0.5(ahamiyatsiz
)

7

Aybdorlik xissi

44

19.92

44.37

21.57

0.5(ahamiyatsiz
)

8

Xafagarchilik

39

27.26

38.57

25.24

0.5(ahamiyatsiz
)


Agressivlik darajalarini postdiagnostik natijalari o‘smirlarda treninglar

davomida yuz bergan o‘zgarishlar holatini aks ettirmoqda. Ya’ni agressivlikning
quyidagi shakllari muayyan darajada pasaygan: eksperimental guruhda jismoniy
agressiyaning o‘rtacha qiymati treningdan keyin 55.37ni tashkil qilgan bo‘lsa,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

69

nazorat guruhida mazkur qiymat 58.67ni tashkil qilganini kuzatishimiz mumkin.
Verbal agressiyaning ham o‘rtacha qiymati eksperimental guruhda 50.66 bo‘lsa,
nazorat guruhida ushbu ko‘rsatkich 52.8 ekanini ko‘rishimiz mumkin. Bilvosita
agressiya ko‘rsatkichlari eksperimental guruhda 40.08ni tashkil qilgan bir
paytda, nazorat guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi 38.57 ekanini kuzatishimiz
mumkin. Negativizm shkalasida ham statistik jihatdan ahamiyatli tafovutlar
mavjuddir: eksperimental guruh ko‘rsatkichlari 43.66 bo‘lganda, nazorat guruhi
ko‘rsatkichlari 45.33 ekani qayd etilgan. Qolgan shkalalar bo‘yicha statistik
jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar qayd etilmadi.

Xulosa

qilib shuni ta’kidlash lozimki, agressiya yoki kishilar o‘rtasidagi

kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan vajoxat holati - bu shunday
yo‘nalishki, unga oid hulosalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiologlar,
huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlarini barchasini
birdek kiziktiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bog‘lik
jixatlarini o‘rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o‘rganish, bilish va
boshqara olish lozimdir.

O‘smirlarda ijtimoiylashuv jarayoni birlamchi guruh - oila va ikkilamchi

guruh hisoblangan maktab, tengqurlar davrasi va mehnat faoliyatida kechadi.
Ana shu guruhlarning mavqei, ijtimoiy ta’sirchanlik darajasi, ma’naviy-axloqiy
ta’sirchanlik darajasiga ko‘ra individ ijobiy yoki salbiy ijtimoiylashuv jarayonini
boshidan kechiradi. Ijtimoiy guruhlar ijobiy ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lsa
individda ijobiy ijtimoiylashuv jarayoni kechadi.

O‘smirlik davridagi eng asosiy ehtiyojlardan biri bo‘lgan qaramlikdan ozod

bo‘lish ehtiyojini tushunmaslik, o‘smirning mustaqilligini cheklab qo‘yish o‘z-
o‘ziga bo‘lgan ishonch hissining susayishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar

strategiyasi to‘g‘risida 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni.
https://lex.uz.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.02.2018 yildagi

3.

PF-5343-son.

4.

Бондарева П. Г. Характеристика эмоционалной сферы детей с

нарушением интеллекта // Научное знание современности. – 2021.
5.

Венгер А.Л., Цукерман Г.А. Психологическое обследование младших

школников. – М.: Владос-Пресс, 2003.
6.

Волкова М. А. Групповая психокоррекция эмоционалных нарушений

у детей младшего школного возраста // Личност в меняющемся мире:
здорове, адаптatsiя, развитие. – 2013.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

70

7.

Кабакова М. Б. Особенности общения и проявление школной

дезадаптaци у младших школников // Человек. Искусство. Вселенная. –
2020.
8.

Қаршиева Д. С., Расулова З. Педагогик фаолиятда болалар агрессив

хулқ атворини бошқаришнинг психологик механизмлари //Academic
research in educational sciences. – 2021.
9.

Тўлаганова

Г.К.

«Тарбияси

қийин

ўсмирлар»,

Тошкент,

«Университет» нашриёти; 2005. – Б. 6-22.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. https://lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.02.2018 yildagi

PF-5343-son.

Бондарева П. Г. Характеристика эмоционалной сферы детей с нарушением интеллекта // Научное знание современности. – 2021.

Венгер А.Л., Цукерман Г.А. Психологическое обследование младших школников. – М.: Владос-Пресс, 2003.

Волкова М. А. Групповая психокоррекция эмоционалных нарушений у детей младшего школного возраста // Личност в меняющемся мире: здорове, адаптatsiя, развитие. – 2013.

Кабакова М. Б. Особенности общения и проявление школной дезадаптaци у младших школников // Человек. Искусство. Вселенная. – 2020.

Қаршиева Д. С., Расулова З. Педагогик фаолиятда болалар агрессив хулқ атворини бошқаришнинг психологик механизмлари //Academic research in educational sciences. – 2021.

Тўлаганова Г.К. «Тарбияси қийин ўсмирлар», Тошкент, «Университет» нашриёти; 2005. – Б. 6-22.