Авторы

  • Atham Jo‘rayev
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti psixologiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.84842

Ключевые слова:

Ijtimoiy munosabatlar tarixiy tajriba milliy qadriyat ta’lim va tarbiya ma’naviy va axloqiy qadriyat milliy xarakter.

Аннотация

Ushbu  maqolada har bir individning shaxs bo‘lib shakllanishida va o‘z etnik qadriyatlari, urf-odatlari hamda an’analarining yosh avlodning axloqiy tarbiyasini shakllantirish shuningdek turli xalqlar bilan millatlararo munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

18

SHAXSNING AXLOQIY TARBIYASI SHAKLLANISHIDA, MILLIY

ETNIK URF-ODAT VA AN’ANALARNING O‘RNI

Jo‘rayev Atham Qoraqulovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti psixologiya fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15339885

Annotatsiya:

Ushbu maqolada har bir individning shaxs bo‘lib

shakllanishida va o‘z etnik qadriyatlari, urf-odatlari hamda an’analarining yosh
avlodning axloqiy tarbiyasini shakllantirish shuningdek turli xalqlar bilan
millatlararo munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining
mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Kalit so‘z:

Ijtimoiy munosabatlar tarixiy tajriba, milliy qadriyat, ta’lim va

tarbiya, ma’naviy va axloqiy qadriyat, milliy xarakter.

Bizga ma’lumki, har bir individ shaxs sifatida shakllanar ekan, faqat o‘zi

yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida bo‘lib qolmasdan,
shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, to‘plangan va
avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy qadriyatlar ta’siri
ostida ham shakllanadi. Bunda ayniqsa, har bir xalqqa xos bo‘lgan milliy urf-odat
va an’analarning roli kattadir. Shunday ekan, etnopsixologiyaning asosiy
o‘rganish ob’ektlaridan bo‘lgan urf-odat, an’ana, udum va turli marosimlarni
atroflicha o‘rganish, ularni vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi, saqlanishi va
o‘zgaruvchanligi kabi qonuniyatlarini ochib berish ham nazariy, ham amaliy
jihatdan ahamiyatga molikdir,[1Etnopsixologiya]. Qolaversa yosh avlod
tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o‘rni katta.
Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi. Biron bir jamiyat
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi.

Har bir davrning, shuningdek har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-

geografik sharoitiga mos bo‘lib tushadigan va uni o‘zida aks ettiradigan urf-odat
va an’analari bo‘ladi. Odamzot ongli hayot kechira boshlagandan buyon vujudga
kelgan urf-odat va marosimlar, udum va an’nalarni hisoblab chiqish qiyin. Milliy
urf-odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy ehtiyojlari, ahloq normalari,
manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda
mujassamlangan bo‘ladi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug‘iladi,[2]. Har bir
xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum norma va yo‘l-
yo‘riqlarini yaratadi. Bu norma va yo‘l-yo‘riqlar avloddan-avlodga o‘tishi bilan
takrorlanib, urf-odat va an’analarga aylanib qoladi. Shakllangan urf-odat va


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

19

an’analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida shaxsning axloqiy
tarbiyasi, hulq-atvorlarini ijtimoiy jihatdan belgilovchi, boshqarib turuvchi va
shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi. Qaysi bir urf-odat va an’anani, udum yoki
marosimni ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganmasdan turib qaraydigan
bo‘lsak, ular bir qarashda, manisiz, bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa ularning barchasi
kelib chiqishi bo‘yicha xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy faoliyati natijasida
vujudga kelgan va ularning ma’lum moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
uchun xizmat qilgan.[3] Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga
kiritgach, o‘z taqdirining chinakkam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos
milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon
o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni
anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat
muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda.
Taniqli faylasuf olim J.Tulyenov fikricha «Qadriyatlar dyeyilganda inson va
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari
majmui tushunilmog‘i lozim». Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy,
mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi,[4]. Milliy qadriyatlar murakkab
ijtimoiy - ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari,
an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy
hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu sohada olib borilgan ko‘p yillik
ilmiy izlanishlarimiz milliy qadriyatlar o‘zbek xalqining ma’naviy sifatlari,
moddiy boyliklarini hamda ijtimoiy- siyosiy an’analarini qamrab oladi deb
xulosa chiqarishimizga imkon berdi Milliy qadriyatlar muayyan bir millat, elat va
xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o‘tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy
muhiti bilan bog‘liqdir deb falsafa bo‘yicha qomusiy lug‘atda ta’rif berib
o‘tilgan,[5] Milliy qadriyatlarni o‘rganishda talabalarda milliy g‘oya, milliy ong,
milliy g‘urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozimligini ko‘rsatadi.
Chunki milliy g‘ururi bo‘lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga
yetmaydi, uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya’ni vatanparvar, fidoyi inson
bo‘lib yetisha olmaydi. Bu narsa insonlar psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
fenomen hisoblanadi. Chunki, mustahkamlanib qolgan urf-odat va ana’nalarga
amal qilmaslik ko‘pchilik tomonidan qoralanadi. Ko‘pchilikning ta’na
malomatiga qolishdan qo‘rqish va tortinish, jamiyatning har bir a’zosini urf-
odatlarga ongli yoki ko‘r-ko‘rona bo‘lsa ham amal qilishga majbur qilib
qo‘yadi,[6]. Tarixiy tajriba, an’analarining me’ros bo‘lib o‘tishi- bularning
barchasi yangidan- yangi avlodlarga tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

20

qolmog‘i lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o‘ziga rom etib
kelayotgan markaz bo‘lib qolganligi tasodif emas. Yurtimizning bir qancha
viloyatlari Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari
uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha
kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Xalqimizning etnik, madaniy va diniy
sabr- bardoshi ma’naviy uyg‘onishning yana bir bitmas tuganmas manbaidir.
Shuningdek har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi.
Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o‘xshamagan,
turli-tuman marosimlarni ko‘ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-
faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar
bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish
vazifasini bajaradi,[8]. Marosimlarda milliy, diniy, urf-odatlar va rasm-rusumlar
ham o‘z ifodasini topadi. O‘zbek xalqining paydo bo‘lishi tarixi qanchalik uzoqqa
borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf odatlari, marosimlari ham shunchalik
teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo
bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari,
turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi,[10]. Shuning uchun ham har
bir xalq, millat, elat ularni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi,
kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i lozim.

Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning,

millatning ma’naviyati, qadriyatlarini ajralmas qismidir,[7]. Milliy ma’naviy
qadriyatlar ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga
to‘g‘anoq bo‘ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.

Har bir millatning milliy urf-odatlar va anʼanalari barcha millatda oʻziga xos

tizimni tashkil etadi, xalq tomonidan turmush tarzining zaruriy sharti deb qabul
qilinadi. Milliy urf-odatlarga befarqlik kishini, millatni oʻzligidan uzoqlashtiradi.
Milliy urf-odatlarda vatanga, millatga boʻlgan hurmat-eʼtibor va sadoqat
mujassam bo’ladi. Mamlakatimizda istiqlol davri tufayli 130 dan ortiq millat va
elat vakillari urf-odat va anʼanalarini asrab avaylash, takomillashtirish uchun
barcha imkoniyatlar yaratilgan,[9]. Bu hol millatlararo munosabatlarning rivoji,
oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelgan milliy

ma’naviy qadriyatlar milliy g‘oyaga ma’naviy zamin, negizi bo‘lib xizmat
qilmoqda. Unda xalq, millat, jamiyat amal qilishi uchun kuchli, qudratli, ta’sirli
milliy mafkura kerak. Milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi
xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Har tomonlama rivojlangan, milliy qadriyatlarimizni


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

21

e’zozlaydigan barkamol avlod tarbiyasida mahalla, ota-onalar va pedagoglarning
o‘zaro hamjixatligi asosiy omillardan xisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizni
e’zozlaydigan, o‘z hayot faoliyatida doimo millat g‘ururi bilan ish olib boradigan
yoshlarning tarbiyalanishi millat kelajagini, rivojlanishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Lebedeva N.M. Etnik va madaniyatlararo psixologiyaga kirish. M. 1999 yil.

2.

L.Ya.Olimov, Z.M.Maxmudova Mеntalitеt psixologiyasi (Monografiya)

Buxoro. 2020 y
3.

M.L.Umedjanova Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga

tayyorlash. Monografiya. –Buxoro, 2022.
4.

Musurmonova O. “O‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish”–

T.: Fan, 1993.
5.

Sattarov M. «O‘zbekurf-odatlari» T. 2000 y.

6.

D.R. Turayeva, S.D. Sharapova, S. Mamanova Etnopsixologiya Guluston

2022
7.

Krisko V.G., Sarakuev E.A. Etnopsixologiyaga kirish. - M., 1996 yil.

8.

N. Ismoilova D.Abdullayeva “IJTIMOIY PSIXOLOGIYA” T. 2013

9.

V.M. Karimova, N. Shomurodova. “Etnopsixologiya”. Oliy yurtlari talabalari

uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2012
10.

G.G.Shpet Etnik psixologiyaga kirish. - SPb., 1996 yil

11.

Xolyigitova, B. K. (2021). Bolaning ijodiy faoliyatini rivojlantirish. Вестник

магистратуры, (1-3 (112)), 64-65.
12.

Najmutdinova, D. K., & Kudratova, N. A. (2015). The application of insulin

analogues in the treatment of type 2 diabetes mellitus: the focus on the cardio
protection. Bulletin of the Karaganda University “Biology medicine geography
Series”, 78(2), 70-77.

Библиографические ссылки

Lebedeva N.M. Etnik va madaniyatlararo psixologiyaga kirish. M. 1999 yil.

L.Ya.Olimov, Z.M.Maxmudova Mеntalitеt psixologiyasi (Monografiya) Buxoro. 2020 y

M.L.Umedjanova Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga tayyorlash. Monografiya. –Buxoro, 2022.

Musurmonova O. “O‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish”–T.: Fan, 1993.

Sattarov M. «O‘zbekurf-odatlari» T. 2000 y.

D.R. Turayeva, S.D. Sharapova, S. Mamanova Etnopsixologiya Guluston 2022

Krisko V.G., Sarakuev E.A. Etnopsixologiyaga kirish. - M., 1996 yil.

N. Ismoilova D.Abdullayeva “IJTIMOIY PSIXOLOGIYA” T. 2013

V.M. Karimova, N. Shomurodova. “Etnopsixologiya”. Oliy yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2012

G.G.Shpet Etnik psixologiyaga kirish. - SPb., 1996 yil

Xolyigitova, B. K. (2021). Bolaning ijodiy faoliyatini rivojlantirish. Вестник магистратуры, (1-3 (112)), 64-65.

Najmutdinova, D. K., & Kudratova, N. A. (2015). The application of insulin analogues in the treatment of type 2 diabetes mellitus: the focus on the cardio protection. Bulletin of the Karaganda University “Biology medicine geography Series”, 78(2), 70-77.