Том 4 № 5 (2025)

Том 4 № 5 (2025)
Опубликован: 03-05-2025

Статьи

5-9 44 29

IRRIGATOR-MELIORATOR KADRLAR TAYYORLASHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI ASOSIDA YANGI YOʻNALISHLARNI JORIY ETILISHI

Zulfiya Maxmudova

Ushbu maqolada irrigator-meliorator kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini joriy etish masalalari koʻrib chiqiladi. Sugʻorish tizimlarini tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, amaliy laboratoriyalar bazasini kuchaytirish, masofaviy ta’limni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash mexanizmlari ochib beriladi. Shuningdek, mahalliy sharoitdan kelib chiqib yangi yoʻnalishlarni tatbiq etish imkoniyatlari, muammolari va ularni hal etish choralari tahlil qilinadi.

10-13 42 26

OʻZBEKISTONDA KASABA UYUSHMA TASHKILOTLARINING SHAKLLANISH JARAYONLARI

Abdulxay Axmedov

Ushbu maqolada mustaqillik sharoitida Oʻzbekistonda kasaba uyushma tashkilotlarining shakllanishi, huquqiy asoslari va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Maqolada kasaba uyushmalari faoliyati, ishchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, xalqaro tajriba bilan bogʻliq islohotlar hamda ularning siyosiy-ijtimoiy ahamiyati yoritib beriladi. Shu bilan birga, kasaba uyushmalarining kelgusi taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

14-17 53 26

MUSTAQILLIK YILLARIDA ANDIJON VILOYATINING TASHQI IQTISODIY ALOQALARI VA SANOAT SOHASIDAGI HAMKORLIKNING YUTUQ VA MUAMMOLARI

Muhabbat Sodiqova

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Andijon viloyatida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va sanoat sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik jarayonlari tahlil qilinadi. Viloyat sanoat salohiyatini kuchaytirish orqali eksport hajmini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish va mintaqaviy korxonalar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yoritiladi. Shu bilan birga, mavjud muammolar, ilg‘or tajribalar va kelgusi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

18-21 45 53

SHAXSNING AXLOQIY TARBIYASI SHAKLLANISHIDA, MILLIY ETNIK URF-ODAT VA AN’ANALARNING O‘RNI

Atham Jo‘rayev

Ushbu  maqolada har bir individning shaxs bo‘lib shakllanishida va o‘z etnik qadriyatlari, urf-odatlari hamda an’analarining yosh avlodning axloqiy tarbiyasini shakllantirish shuningdek turli xalqlar bilan millatlararo munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.