Авторы

  • Sardor Kenjayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari falsafa doktori(PhD),dotsent.
  • Abror Xolmirzayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari falsafa doktori(PhD),dotsent.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.87829

Ключевые слова:

Temuriylar davri Shohi Zinda majmuasi E. Retveladze Samarqand Xitoy.

Аннотация

Temuriylar davriga oid arxeologik tadqiqotlar asosida hayvonot dunyosining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqotlar davomida tasviriy san’at namunalaridagi hayvon obrazlari, shuningdek, tangalar va keramikalardagi zoomorf naqshlar orqali bu davrdagi chorvachilik, transport vositalari sifatida foydalanilgan hayvonlar va ularning diniy-ramziy ma’nolari o‘rganiladi. Hayvonot dunyosining iqtisodiy, madaniy va estetik jihatlardagi ifodasi orqali Temuriylar zamonasining ekologik holati va ijtimoiy hayoti haqida ilmiy xulosalar berilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

45

TEMURIYLAR DAVRIGA OID ARXEOLOGIK TATQIQOTLARDA

HAYVONOT DUNYOSI

Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li

Xolmirzayev Abror Hasan o‘g‘li

-

Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari

falsafa doktori(PhD),dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15402707

Annotatsiya:

Temuriylar davriga oid arxeologik tadqiqotlar asosida

hayvonot dunyosining o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqotlar davomida
tasviriy san’at namunalaridagi hayvon obrazlari, shuningdek, tangalar va
keramikalardagi zoomorf naqshlar orqali bu davrdagi chorvachilik, transport
vositalari sifatida foydalanilgan hayvonlar va ularning diniy-ramziy ma’nolari
o‘rganiladi. Hayvonot dunyosining iqtisodiy, madaniy va estetik jihatlardagi
ifodasi orqali Temuriylar zamonasining ekologik holati va ijtimoiy hayoti haqida
ilmiy xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Temuriylar davri, Shohi Zinda majmuasi, E. Retveladze,

Samarqand, Xitoy.

Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyo tarixida madaniy,

iqtisodiy va siyosiy yuksalish davridir. Bu davr arxeologik tadqiqotlar orqali
chuqur o‘rganilib, uning hayvonot olamiga oid jihatlari ham ilmiy nuqtai
nazardan ahamiyat kasb etadi. Arxeologik qazilmalarda topilgan hayvonlarning
devoriy rasmlar, naqshlar va tangalardagi tasvirlar o‘sha davrdagi hayvonot
dunyosi tarkibi va inson-hayvon munosabatini yoritishda muhim manba
hisoblanadi. Samarqand, Hirot va boshqa shaharlardagi arxitektura obidalarida
hayvon tasvirlari ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda
majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi bezaklarida sher, qushlar, va ba’zan mitti
hayvonlar tasvirlangan[1;76]. Bu san’at asarlari hayvonlarga bo‘lgan, estetik va
diniy munosabatni o‘zida ko‘rsatadi.

Asosiy qism.

1963 yilda, M.Ye.Masson tomonidan Kesh (Qashqadaryo)

arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi tuzilgach, boshlandi. Shu ekspeditsiya
yo‘li bilan Z.Usmonova tomonidan 1963-1965 yillarda o‘rta asrlar Shahrisabzi
qal’a devorlari, shaharning Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixiy
topografiyasi masalalari o‘rganildi. Shuningdek, Kitob hududidagi antik shahar
qazishmalari materiallari ham tadqiq etildi[3;215]. 1996 yilda Amir Temur
tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O‘zR FA Arxeologiya instituti
xodimlari Shaxrisabz shahrining markaziy maydonida arxeologik qazishma
ishlari olib bordilar. Qazishma maydonining hajmi 40x20 m.ni tashkil etadi.
Qazishma maydonida turli o‘lchamlarga ega bo‘lgan pishiq g‘ishtlardan bunyod


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

46

etilgan poydevorlar qoldiqlari topildi. Ushbu poydevorlarning umumiy
joylashuvi bu yerdan ko‘cha o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Uning
uzunligi 30 metrdan ortiqroq. Uning atrofida, ko‘chaning ikki tarafida uy-joylar
qoldiqlari mavjud bo‘lgan[4;27]. Taniqli arxeolog olim E. Retveladze o‘zining
“Buyuk ipak yo‘li ensiklopedik malumotnoma”sida O‘rta Osiyodan Xitoyga olib
ketilgan itlar, qoplon, gepart kabi yovvoyi mushuksimonlardan asosan ovda
foydalanilganligi bilan bog‘liq fikr mulohazalari yuqorida keltirib o‘tilgan
E.SHefer fikrlarini takrorlaydi. O‘rta Osiyoning yirtqich mushuksimonlari haqida,
shuningdek ularni Xitoyga olib ketilishi haqida, buyuk ipak yo‘li eng taraqqiy
etgan. davrlardan biri, Amir Temur va temuriylar davrida ham kuchayganligi
bilan bog‘liq ma’lumotlar tarixiy adabiyotlarda ko‘plab uchraydi. Ushbu davrga
oid Xitoy tarixiy adabiyotlarida, 1409 yildan boshlab temuriylar davlati
hududidan har yili, yoki ikki yilda bir, gohida yilida uchr bora elchilar min
imperatori saroyiga kelishlari va olib kelgan tuhfalari evaziga sovg‘alar talab
qilishlari bilan bog‘liq fikr-mulohazalar mavjud[2;34].

Xulosa:

Temuriylar davriga oid arxeologik materiallar hayvonot

dunyosining inson hayotida muhim o‘rin tutganini ko‘rsatadi. San’at asarlarida
hayvonlar obrazining ishlatilishi bu davrda ularning estetik va ramziy
ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Ushbu topilmalar Temuriylar
zamonasining tabiat bilan uyg‘un hayot tarzini va ularning madaniy
dunyoqarashida hayvonot olami tutgan o‘rinni chuqur ochib beradi. Bu esa,
bugungi arxeologik va tarixiy izlanishlar uchun muhim ilmiy poydevor bo‘lib
xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Амир Темур жахон тарихида / Масъул мухаррир: Ҳ-Кароматов.

Муаллифлар жамоаси: С.Саидқосимов (рахбар), А.Аҳмедов, Б.Аҳмедов ва
бошқалар. Тулдирилган ва кайта ишланган иккинчи нашри. — Т.: Шарк,
2001. – 196 б.
2.

Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li, Rahmatov Murodjon Azam o‘g‘li. /

[Matn]: risola / -Buxoro : “BUXORO DETERMINANTI”MCHJning Kamolot
nashriyoti, 2023. - 60 b.
3.

Усманова

З.И.

Археологическое

изучение

Шахрисабза

//

Средневековая городская культура Казахстана и Средней Азии.
(Материалы Всесоюзного совещания 13-15 мая 1981 г.). Алма-Ата, 1983. C.
208-215.
4.

Пачос М.К. Из раскопок на Афрасиабе // Из истории культуры

народов Узбекистана. Ташкент, 1965. С-27.

Библиографические ссылки

Амир Темур жахон тарихида / Масъул мухаррир: Ҳ-Кароматов. Муаллифлар жамоаси: С.Саидқосимов (рахбар), А.Аҳмедов, Б.Аҳмедов ва бошқалар. Тулдирилган ва кайта ишланган иккинчи нашри. — Т.: Шарк, 2001. – 196 б.

Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li, Rahmatov Murodjon Azam o‘g‘li. / [Matn]: risola / -Buxoro : “BUXORO DETERMINANTI”MCHJning Kamolot nashriyoti, 2023. - 60 b.

Усманова З.И. Археологическое изучение Шахрисабза // Средневековая городская культура Казахстана и Средней Азии. (Материалы Всесоюзного совещания 13-15 мая 1981 г.). Алма-Ата, 1983. C. 208-215.

Пачос М.К. Из раскопок на Афрасиабе // Из истории культуры народов Узбекистана. Ташкент, 1965. С-27.