DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
41
RAQAMLI TA’LIMNING PANDEMIYADAN KEYINGI RIVOJI.
Zaynobiddinova Gulbahor Bahtiyorovna
Ilmiy rahbar:Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Elektron pochta: gulizaynobiddinova@gmail.com
To‘xtasinova Umidaxon
Andijon davlat chet tillari institute.Xorijiy til va adabiyoti,
Ingliz tili va adabiyoti yo ‘nalishi 2-kurs 212-guruh talabasi
Telefon raqam:+998882353444
Elektron pochta: umidaxontoxtasinova49@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15401529
Annotatsiya:
Pandemiya davrida O‘zbekistonda raqamli ta’limni
yuksaltirish maqsadida turli platformalar, masofaviy o‘qitish dasturlari va
onlayn darslar faol ishga tushirildi. Bu tajribalar ta’lim jarayonining raqamli
ta’limga o‘tishiga poydevor yaratdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon davomida
yuzaga kelgan muammolar va olingan tajribalar pandemiyadan keyingi davrda
raqamli ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashga xizmat
qiladi.
Mazkur maqolada pandemiyadan keyingi davrda raqamli ta’limning holati,
afzalliklari va qiyinchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim tizimini
zamonaviylashtirish bo‘yicha samarali yondashuvlar hamda O‘zbekiston ta’lim
tizimining raqamli transformatsiyasini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha
tavsiyalar taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar:
Raqamli ta’lim, pandemiya, masofaviy ta’lim, Oliy ta’lim
muassasalari, ta’limning samaradorligi, onlayn ta’lim.
Annotation:
During the pandemic, various platforms, distance learning
programs, and online lessons were actively implemented in Uzbekistan to
enhance digital education. These experiences laid the foundation for the
transition to digital education in the learning process. At the same time, the
challenges encountered and lessons learned during this period serve to define
the key directions for the development of digital education in the post-pandemic
era.
This article analyzes the state, advantages, and challenges of digital
education in the post-pandemic period. Additionally, it presents effective
approaches to modernizing the education system and provides
recommendations for further deepening the digital transformation of
Uzbekistan's education system.
Keywords:
Digital education, pandemic, distance learning, higher
education institutions, education effectiveness, online learning.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
42
Аннотация:
В период пандемии в Узбекистане для повышения уровня
цифрового образования активно внедрялись различные платформы,
программы дистанционного обучения и онлайн-уроки. Этот опыт заложил
основу для перехода образовательного процесса на цифровой формат. В то
же время возникшие проблемы и полученные уроки в этот период
помогают определить основные направления развития цифрового
образования в постпандемийный период.
В данной статье анализируется состояние, преимущества и трудности
цифрового образования в постпандемийный период. Кроме того,
представлены эффективные подходы к модернизации системы
образования и даны рекомендации по дальнейшему углублению
цифровой трансформации образовательной системы Узбекистана.
Ключевые слова:
Цифровое образование, пандемия, дистанционное
обучение, высшие учебные заведения, эффективность образования,
онлайн-обучение.
Ma’lumki,XXI asrda ta’lim sohasida raqamli texnologiyalardan ta’lim
sohasida keng foydalanish ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirdi. COVID-19
pandemiyasi esa bu o‘zgarishlarni yanada tezlashtirdi va masofaviy ta’lim
tizimlarining
ahamiyatini
oshirdi.
Pandemiya
sharoitida
ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish nafaqat zarurat, balki ta’limni yanada samarali
va moslashuvchan qilish imkoniyatlarini ham namoyon etdi.
Pandemiya boshlanishidan oldin O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli
texnologiyalar unchalik rivojlanmagan edi. Keng tarqalgan raqamli platformalar
va onlayn darslar mavjud emasdi. Ta’lim tizimi an’anaviy shaklda olib borilar
edi, bu esa ayrim hududlarda ta’lim olish imkoniyatlarini cheklardi. Internet va
kompyuterlar bilan ta’minlangan maktablar soni past bo‘lib, raqamli ta’lim
tizimiga integratsiya qilish uchun zarur infratuzilma yetishmovchiliklari mavjud
edi.
COVID-19 pandemiyasi ta’lim tizimini masofaviy ta’limga o‘tkazishga
majbur qildi. Yurtimizdagi hukumat a’zolari tezda masofaviy ta’lim
platformalarini joriy etish va raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishga
harakat qildi. Maktablar va universitetlar onlayn ta’lim tizimlariga o‘tib,
o‘quvchilar va talabalarga video darslar va onlayn resurslar orqali ta’lim
berishni boshladilar.
Karantin davrida tashkil etilgan masofaviy ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarni
rivojlanib kelayotgan raqamli texnologiyalardan foydalish ko‘nikmalarini
shakllantirdi.Onlayn rejimda,turli platformalarda(ZOOM,TELEGRAM),ma’ruza
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
43
o‘tish va video darslar yozish(BANDICAM,OBS-studio) ko‘nikmalari bunga misol
bo‘la oladi.Raqamli ta’limni joriy qilish orqali o‘quvchilar va talabalar o‘z
uylaridan turib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Bu esa ko‘plab imkoniyati
cheklangan,uzoq masofadan qatnovchi o‘quvchilar uchun qulaylik yaratdi.
O‘zbekistonda raqamli ta’limdan foydalanish,onlayn darslar tashkil qilish
jarayonida ba'zi qiyinchiliklar yuzaga keldi.Bulardan:
O‘zbekistonning ba’zi hududlarida internetning tezligi va sifatiga doir
muammolar borligi.
Raqamli ta’limga o‘tish uchun ba’zi o‘qituvchilar va talabalar yetarli
bilimga ega emasligi.
Onlayn ta’limda shaxsiy aloqalar va guruh ishlari cheklangan ekanligi,eng
asosiy muammolar edi.
Hozirgi kunda, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy
mahsulotlar
va
axborot
texnologiyalarini
yanada
ommalashtirish,
respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek,
sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor
loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Raqamli ta’limni yanada rivojlantirish uchun internet tezligi va raqamli
texnologiyalarni barcha hududlarda bir xilda ta’minlash zarur.Shuningdek,
o‘qituvchilarni raqamli ta’lim texnologiyalariga moslashtirish uchun treninglar
va kurslar o‘tkazish, An’anaviy va masofaviy ta’limni birlashtirib, aralash ta’limni
rivojlantirish kabi ishlarni olib borish barcha uchun manfaatli bo‘lishiga
ishonaman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Gazeta.uz, "O‘zbekiston ta’limida axborot texnologiyalarining ro‘li". (2024
yil, 31 oktyabr). https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/31/children-situation-
analysis.
2.
O‘zbekiston Respublikasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish to‘g‘risida qaror.
https://lex.uz/docs/-5030957
3.
Daryo.uz, "O‘zbekiston va dunyoda onlayn ta’lim qanday rivojlanmoqda".
(2023 yil, 5-aprel). https://daryo.uz/2023/04/05/ozbekiston-va-dunyoda-
onlayn-talim-qanday-rivojlanmoqda.
4.
B.A. Begalov, M.K. Abdullayev. “Raqamli iqtisodiyot” / Darslik. - T.:
«Iqtisodiyot», 2023. - 352 b.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV “Raqamli
O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
44
6.
“TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH AHAMIYATI”
Saidova Saida