Авторы

  • G. Roziqova
    FarDU professori
  • M. Ismoiljonova
    FarDU talabasi
  • U. Mahammadjonova
    FarDU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.87831

Ключевые слова:

Turkiy tillar tarixiy dialektologiya fonetika leksika shevalar z-y o‘zgarishi qadimgi til til tarixi maqollar poetik misollar til tadqiqoti.

Аннотация

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at emas, balki XI asr turkiy tillarining fonetikasi, leksikasi, dialektologiyasi va tarixiy taraqqiyotini chuqur ilmiy asosda aks ettirgan nodir manbadir. Ushbu maqolada asardagi qadimgi turkiy tilning turli dialekt shakllari, semantik farqlari va uslubiy boyligi yoritilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

37

“DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARINING NEGIZ DIALEKTI

G.Roziqova

FarDU professori

M.Ismoiljonova

FarDU talabasi

U.Mahammadjonova

FarDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15397249

Annotatsiya

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at emas,

balki XI asr turkiy tillarining fonetikasi, leksikasi, dialektologiyasi va tarixiy
taraqqiyotini chuqur ilmiy asosda aks ettirgan nodir manbadir. Ushbu maqolada
asardagi qadimgi turkiy tilning turli dialekt shakllari, semantik farqlari va
uslubiy boyligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar

Turkiy tillar, tarixiy dialektologiya, fonetika, leksika, shevalar, z-y o‘zgarishi,

qadimgi til, til tarixi, maqollar, poetik misollar, til tadqiqoti.

Annotation

Mahmud al-Kashgari’s

Dīwān Lughāt at-Turk

is not merely a dictionary, but

a unique and invaluable source that reflects, with deep scholarly insight, the
phonetics, lexicon, dialectology, and historical development of Turkic languages
in the 11th century. This article explores the various dialectal forms, semantic
distinctions, and stylistic richness of the Old Turkic language as presented in the
work.

Keywords:

Turkic languages, historical dialectology, phonetics, lexicon, dialects, z–y shift,
ancient language, language history, proverbs, poetic examples, linguistic
research.

M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari oddiy lug‘at kitobi bo‘lmay,

balki o‘sha davrdagi turkiy tillarning holatini belgilash, O‘rta Osiyo xalqlari
tillarining, shu jumladan, o‘zbek tilining tashkil topishida asos bo‘lgan
qabilalarni aniqlash uchun yordam beruvchi muhim manbadir.

M.Koshg‘ariy shunday yozadi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar,

yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib
chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab
chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

38

kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Ularni har tomonlama puxta bir
asosda tartibga soldim”.

1

Muallif “Devonu lug‘otit turk” asarida o‘sha davr tilining fonetikasini,

leksikasini, dialektologiyasini juda puxta va to‘la ilmiy asosda izohlab berishga
harakat qilgan.

Mashhur sharqshunos P. K. Juze Mahmud Koshg‘ariy haqida shunday

yozadi: “… Dadil aytish mumkinki, yaqindagina (XIX asr oxirlarida) Rossiyada va
Sharqda o‘rganilgan turkiy tillar fonetikasi va etimologiyasining asosiy
qonunlari XI asrdayoq Mahmud tomonidan aniqlangan va o‘rganilgan edi.
Mahmudning bu tekshirishlari shu qadar keng va chuqurki, hatto bunday asar
XIX asrda yozilganda ham unga shon-sharaf bo‘lardi. Mahmud Koshg‘ariyning
“Devon”i singari asar fan olamida keyingi asrlarda ham yaratilgan emas. Uning
asari bamisoli “Turkiy qomusdir”.

2

M.Koshg‘ariy o‘z davrining buyuk dialektshunosi sifatida o‘sha davr

qabilalari va ularning tillarini mukammal aniqlab berdi. U qabilalarni tarixiy
asosda yoritdi, ayrim shevalargagina xos bo‘lgan til hodisalarini ham o‘z asarida
ko‘rsatib berdi. Umuman, bu asarda tarixiy dialektologiyaga tegishli qimmatli
materiallar berilgan.

Mahmud Koshg‘ariy yag‘mo, tuxsi, qipchoq, yabaqu, qay, jumul va o‘g‘uzlar

z ni so‘zda y ga aylantirishlari, hech mahal dz bilan so‘zlamasliklari, ulardan
boshqa qabilalar (chigil va boshqa turkiy qabilalar) tilida dz tovushi qo‘llanilishi,
yamak, suvor, bulg‘or kabi qabilalar chigil va boshqa turkiy qabilalar dz bilan
aytadigan so‘zlarni z tovushi bilan talaffuz qilishlarini aytadi.

M.Koshg‘ariy

ayig‘

so‘zi o‘g‘uz, qipchoq, yag‘mo tillarida

azig‘

tarzida

qo‘llanishini,

oyoq

so‘zi

azaq

tarzida ham talaffuz etilishini ta’kidlaydi.(I

tom,112-bet)

Qapug‘ erig azaqin qisdi –Eshik odamning oyog‘ini qisdi

(II tom,18-

bet).

“Devonu lug‘otit turk” asarida shuningdek

azg‘ir

(ayg‘ir),

azrish

(ikkiga

ayrilgan yo‘lning boshi),

azri

(ayri; bug‘doy sovurish uchun qo‘llanadigan

asbob),

azaqlig‘

(oyoqli narsa),

azig‘lig‘

(ayiqli tog‘, ayig‘i ko‘p tog‘) kabi so‘zlar

ham izohlangan.

“Devon”da

ezgu

so‘zi “yaxshi, chiroyli narsa” deb izohlanadi va quyidagi

misol keltiriladi:

Qo‘shni-qo‘num ag‘ishqa,

Qilg‘il angar ag‘irliq,
Artut alib anung‘il

.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

39

Ezgu tavar og‘urluq

Qo‘ni-qo‘shnilaringga yaxshilik qil, ularni hurmatla.Ulardan biror sovg‘a

olsang, undan yaxshiroq mukofot hozirla

(I tom, 138-bet).

Lug‘atda

ezirdi

(ayirdi) so‘zi ham izohlanadi va bu so‘z qo‘llangan maqol

keltiriladi:

Etli tirnaqli ezirmas

.Qadimgi turkiy tilda …li …li qo‘shimchasi hozirgi

-

u, va

bog‘lovchilari o‘rnida ishlatilganini hisobga olsak, maqolning ma’nosi

shunday izohlanadi: Et va tirnoq ayrilmas.

“Devonu lug‘otit turk” asarida

azildi

so‘zi ham berilgan bo‘lib, bu so‘zning

ma’nosi

hushyorlandi

deya izohlanadi:

esro‘k azildi

– hushidan ketgan mast

o‘ziga keldi.Navoiy asarlarida bu so‘z

ayilmoq

tarzida berilgan. Navoiy Sulton

Husayn Boyqaroning oylab-yillab, kecha-kunduz mastligidan qattiq g‘azablanib,
shohni hushyorlikka undab yozadi:

Necha bu xil mastlig‘ing oyu yil,
Oy ila yil mastlig‘ingdin ayil.

Qachongacha bunday mastlikda vaqt o‘tkazasan, mastlikdan ayilib, ajralib

hushyor bo‘lgin, axir. Demak, “Devon”da keltirilgan

azildi

so‘zi bizga

ayildi

shaklida kelib, z tovushi y ga aylangan.(I tom, 202-bet)

“Devon”da turkiy tillarda qo‘llanuvchi so‘zlarni izohlash, har bir turkiy

qabialalarning o‘ziga xos xususiyatlarini berish uchun misol tariqasida
turklarning tilida qo‘llanib kelingan she’rlardan, shodlik va motam kunlarida
qo‘llaniladigan hikmatli so‘zlaridan, maqollaridan keltiriladi. Ana shu keltirilgan
misollarni tahlil qilganimizda, ularda z belgili dialekt ustun darajada ekanligiga
guvoh bo‘ldik:

Jigitlarig ishlatu,

Jig‘ach jemish irg‘atu,
Qulan kejik avlatu,
Bazram qilib avnalim.

Mazmuni:

Yigitlarni ishlatib, daraxt mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi

hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir necha kun bayram qilib yayraylik.

Demak, bu gapda ham ot turkumiga xos

bazram

so‘zi qo‘llangan bo‘lib, u

bayram

so‘zining fonetik variantidir.

“Bazram – odamlar orasida shodlik va kulgi. Gullar ochilgan joylarga

bazram yer

deyiladi,ya’ni

yoqimli yer

demakdir. Asli nima ekanini men

bilmayman, chunki men buni forslar og‘zidan eshitdim. Lekin o‘g‘uzlar hayit
kunini bazram deydilar.Ya’ni shodlik va yoqimli kun. Demak, ular odatdagicha z
ni y ga almashtirganlar. Yoki o‘zi shunday y li so‘zdir. Yoki bu o‘zi maxsus
so‘zdir”.(I tom,447-bet).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

40

Asardagi

kedin, beduk

(har narsaning kattasi),

qudruq

(hayvonlarning

quyrug‘i,dumi) kabi so’zlarda d belgili dialektni ham ko‘ramiz:

Qush jawuzi sag‘izg‘an,

Jig‘ach jawuzi azg‘an,
Jer jawuzi qazg‘an,

Budun

jawuzi barsag‘an. (I tom, 411-bet).