Авторы

  • Umurzoq Eshonqulov
    Jizzax davlat pedagogika universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.89690

Ключевые слова:

Urug’ qabila aymoq elat el xalq millat etnoganez etnik tarix besh yuz (besh juz) solin qarabchi so’loqli nayman erganakli uyas parcha xitoy yuz (kitayiz) marka bolasi rajab bolasi tuyoqli chubot vaxtam changal mirzaesa mullaesa tegiriq (tig’iriq) quyonquloqli.

Аннотация

Mazkur maqolada o’zbek xalqi tarkibidagi eng katta etnik guruhlardan biri yuz (juz) urug’ining o’rganilish tarixi, yuz atamasining kelib chiqishi, yuz urug’ining shahobchalari, ularning Bulung’ur bo’ylab geografik joylashuvi bo’ycha mulohazlar bayon etilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

76

BULUNG’UR TUMAN ETNIK GURUHLARI ORASIDA yuzu

urug’ining TUTGAN O’RNI XUSUSIDA

Eshonqulov Umurzoq Absamat o’g’li

Jizzax davlat pedagogika universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlarda

masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

+998973296993

https://doi.org/10.5281/zenodo.15425365

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’zbek xalqi tarkibidagi eng katta etnik

guruhlardan biri yuz (juz) urug’ining o’rganilish tarixi, yuz atamasining kelib
chiqishi, yuz urug’ining shahobchalari, ularning Bulung’ur bo’ylab geografik
joylashuvi bo’ycha mulohazlar bayon etilgan.

Kalit so’zlar.

Urug’, qabila, aymoq, elat, el, xalq, millat, etnoganez, etnik

tarix, besh yuz (besh juz), solin, qarabchi, so’loqli, nayman erganakli, uyas,
parcha, xitoy yuz (kitayiz), marka bolasi, rajab bolasi, tuyoqli, chubot, vaxtam,
changal, mirzaesa, mullaesa, qarabchi, tegiriq (tig’iriq), quyonquloqli.

Annotation

. This article describes the history of the study of the Yuz (Juz)

tribe, one of the largest ethnic groups of the Uzbek people, the origin of the term
Yuz, the author's views on the origin of the Yuz tribe and its geographical
location.

Keywords

Tribe, people, nation, ethnogenesis, ethnic history, Besh yuz

(Besh juz), Salin, Karabchi, Solokli, Erganakli, Uyas, Parcha, Kitayiz, Marqa child,
Rajab child, Tuyakli, Chubot, Vakhtam, Changal, Mirzaesa, Mullaesa, Tegirik
(tigiriq), Kuyonkulokli.

Аннотatsiя.

В данной статье рассказывается об истории изучения

племени Юзов (джузов), одного из крупнейших этносов узбекского народа,
происхождение термина юз, взгляды автора на происхождение племени
Юзов и его географическое положение.

Ключевые слова

Племя, народ, нatsiя, этногенез, этническая

история, бешюз (беш жуз), Раджаб боласи, Туякли, Чубот, Вахтам, Чангал,
Мирзаэса, Муллаэса, Тегирик (тигирик), Куйонкулокли.

O'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini o'rganish tarix fanining

murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu hozirgi kunning
muhim muammolaridan biri hamdir. O'zbekiston mustaqilligi va o'zbek
xalqining etnoma`daniy jihatdan tiklanishi sharoitida uning milliy o'zligini
anglashini kuchaytirish uchun teran tarixiy bilim va tarixiy jarayonning etnik
rang-barangligida xalqning o'z munosib o'rnini aniq-ravshan idrok etishi katta
ahamiyatga ega.

1


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

77

Mustaqilik yillarida vatanimiz tarixiga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda

ayniqsa xalqimizing etnik tarkibi, o’zbek xalqi kelib chiqishi, etnoganezi, urug’ va
qabilalar tarixi, tarkibi, tuzulishi, o’zbek urug’lari geografik jolashuvi kabi
masalalarni o’rganishga intilish xalqimiz orasida tabora ortib bormoqda.
Dunyoda hech bir millat yagona bir urug’ yoki qabiladan tashkil topagandek
o’zbek xalqi ham bundan mustosno emas.Tarixiy manbalarda o’zbeklar 92 yirik
urug’dan iborat ekanligi qayd etib o’tilgan xususan XVII asrda ijod qilgan o’zbek
mumtoz adabiyoti yirik namoyondasi Turdi Farog’iy ushbu urug’larni birlika
inoqlika chorlab shunday deydi:

Tor ko'ngullik beklar, manman demang,
kenglik qiling,
To'qson ikki bo'li (qarindosh) o'zbek yurtidur,
tenglik qiling.
Birni qipchoqu xitoyu birni yuz,
nayman demang,
Qirqu yuz, ming son bo'lub, bir xon
oyinlik qiling

2


Bulung’ur tumanda xalqimizning o‘n ikki nomdagi etnik guruhi uchraydi.

Bular: qirq, tuyoqli (shoxobchalari: chubot, vaxtam, changal, mirzaesa,
mullaesa), xitoyzi (bolg‘ali, erganakli, qoraqalpoq, turkman, mo‘g‘ul, vaqqos,
nayman, qirg‘iz, uray, mang‘it, tojik kabi etnik birliklar uchraydi.

Bulung’ur tumanida keng tarqalgan urug’lardan biri yuzlar bo’lib yuzlar

o’zbeklar tarkibidagi yirik urug’lardan bir yuz urug’i xaqida izlanishlar
X.Doniyorov tatqiqotlarida atroflicha o’rganilgan bo’lib, olimning fikricha “yuzlar
O’zbekiston xalqlari tarixida XVII asrdan boshlab Buxoro, Samarqand, Xo’jand va
O’ratepa aholisi orasida eslatib o’tilgan bo’lib, maskur urug’ XVI asrda
Shaybonixon raxbarligida O’rta Osiyoga kirib kelgan bo’lishi kerak

3

Movaronnaxrga ko’chib kelgan etnoslarning xammasi xamko’p sonli

bo’lavermagan. Ularning ayrimlarigina, masalan, qipchoq, soroy, qo’nqirot, yuz,
ming, nayman, mang’it, qitoylar boshqalarga nisbatan yirik etnik guruxlar edi
maskur etnos guruhlar ichida eng ko’p sonlisi qipchoqlar edi.

4

X.Doniyorov

tatqiqotida yuz urug’ni XVI asrda Shaybonixon raxbarligida O’rta Osiyoga kirib
kelgan eng ko’p sonli etnoslardan biri ekanligni qayt etib o’tadi.




background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

78

Bugungi kunda yuz urug’innig O’rta Osiyoda joylashuvi to’g’risida tarixchi

olimlar tamonidan bergan malumotlar asosida shuni anglashimiz munkunki
yuzlar Qozog’iston, O’zbekistonda Samarqand, Toshkent Jizzax, Surxondaryo
hududlarida, Tojikistonda O’ratepa Xo’jantda va Shimoliy Afg’oniston aholisi
tarkibida uchratishimiz munkun.

Afg’oniston shimolida yashovchi yuz urug’ to’g’risida tarixchi olim

Nasrddin Nazorov quydagicha ma`lumot keltirb o’tadi: Juzlar “j”lovchi bo’lib,
Mazori Sharif atrofi, Saripul, Bog’lon va Qunduz viloyatlarida istiqomat qilishadi.
O’zbek millatining juz (yuz) urug’i Qunduz shahrida, shuningdek Qunduz
atrofidagi Tilevke, Asqalan qishloqlarida; Chordavra ulusvolisidagi Bog’qum,
Bosqin: Dashti Achchi ulusvolisidagi Vakil Qayum qishlog’ida; Imom Soxib
ulusvolisidagi Basiz qishlog’ida istiqomat qilishadi.Juzlarning oqsaqoli Xofiz
qo’mondon. Juzlarning kesevli va qoratamg’ali shoxchalari aksariyatni tashkil
etadi. Afg’onistonlik juzlarnning bir qismi Pokistonda, jumladan Peshavor,
Quvyta shaxarlarida hamda Saudiya Arabistonning Makka va Madina
shaxarlarida istiqomat qilishadi

5

Yuz atamasining kelib chiqishi to’g’risida tarixchi olim J Begimqulov o’zning

“O’zbek urug’lar o’rganilish tarixidan (yuzlar misolida) maqolasida quydagicha
ma`lumot keltiradi: “Yuz” atamasining kelib chiqishi to’g’risda xalq o’rtasida
keng tarqalgan rivoyatda keltirilishicha, Xitoy (Turk) podshosi G`arb tomonga
qarab avval qirq nafar, keyin, yuz nafar otliq jangchilarni yuborgan ular esa bu
yerga o’troqlashib qolganlar va ularning avlodlar qirqlar va yuzlar dep atalgan.
Maskur afsona qardosh qazoq xalqi o’rtasida keng tarqalgan juzlar to’g’risidagi
rivoyatga juda o’xshab ketadi. Chunki unda aytilishicha, Qutan (Ketaon) isimli
xon to’ng’ich Uysunni cho’lda ko’chib yurush uchun yuz kishini yuboradi va unga
cho’l maqul tushib, o’sha yerda o’rnashib qoladi. Shu vaqtdan boshlab uning
avlodlari katta juz deb atala boshlaydi. Navbati bilan cho’lga ko’chgan ikkinchi
o’g’li Po’lat(Bo’latxo’ja)dan o’rta juz(arg’in) va kenja o’gil Alchindan kichik juz
tarqalgan deyiladi

6

Tarixchi olim B.O'roqov ’’O'zbek xalqining tarkibidagi yuz (juz)elining

shajarsi” maqlosida yuzlar atamasiga to’xtalib o’tib quydagicha izoxlaydai. Yuz
(juz) atamasining ma'nosi asrlar davomida avlodlarning almashinishi hamda
ma'naviyatdagi yangi tushunchalar ta'sirida asta sekinlik bilan unutilib boradi va
natijada, el-xalq xotirasida bu atama sanoq sonni, ya'ni 100 raqamini
anglatadigan bo'lib qoladi. Aslida esa bunday emas. Yuz yoki juz avvalo etnik
atama bo'lib, yurtimizning turkiy tilda so'zlashuvchi eng qadimgi tub joy



background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

79

aholisining nomidir. Ushbu nom forsiy manbalarda “sak” deb, yunon
manbalarida “skif” deb atalib kelinganligi barcha o'qimishli, ziyolilarimizga ayon.
Shuning bilan birgalikda, ushbu turkiy aholi el–xalq orasida bet, bet-juz, turq,
turqmon (turkman), juz, juzmon, siyoq qopsiyoq, siyoqap kabi nomlar bilan ham
atalib kelingan. Aslida esa, yuqoridagi atamalar odamning yuzi degan ma'noni
ifodalagan. Shajaralarini odamga, uning to'rt muchasiga (bosh, qo'l, tana,
oyoqqa) qiyoslagan qadimgi turkiylar odam tanasining ko'rki bo'lgan uning
yuzini o'zlariga nom qilib olganligi bizda faxr-iftixor tuyg'usini uyg'otadi
albatta.

7

X.Donyorov (1968) Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatidan olingan

ma`lumotlarga binoan, juzlar uchta katta bo’laka ajratiladi: marka bolasi,
qarabchi, rajab bolasi.

Marqa o’z navbatida ikki katta bulakka bulinadi: a) uyas-solin, b) xitoyizi

(xitoy yuzi). Uyas olti ga bulinadi:kerayt, kal, norin, uyas, okchepkan, kusa,
boymokli yoki cho’pqon. Bular asosan Bekobod, Zomin, Jizzax, G’allaorol va
Uratepa rayonlarida yashaydi. Solin xam o’z navbatida oltiga bulinadi: davlay,
jobuvchi, tog’ay, to’bi, qirsodoq, lapkarach, shodmon tubi. Solinlarning xammasi
asosan Sirdaryo oblastining Jizzax va Zomin rayonlarida xammda Samarkand
oblastining Gallaorol rayonida, qisman Uratepa rayonida istiqomat qiladi.

Xitoyizi 12 otaga bulinadi: quriqozon, tig’iriq, beshkubi, bog’machoyi, xoji

bolasi mug’ol, uvol (olma-suvon), xojibachcha, xonxo’ja nebusa, qoraqursaq.
sort-juzi. Bular asosai Sirdaryo oblastining Zomin, Jizzax rayonlarida va
Samarkand oblastining G‘allaorol xamda Bulungur rayonlarida, qismann
Surxondaryo oblastida ,xam yashaydi.

8

B.X. Karmeshevani (1976) bergan ma`lumotlariga qaraganda, Surxondaryo

viloyatida xam juzlar Denov, Sho’rchi, Oltinsoy, Sherobod tumanlarida asosan
juzlar yashaydi. Asosan Surxon viloyatini juzlari ikkiga bo’linadi. Vaxtamg’ali,
Jilan tamg’ali bo’lib bu bo’laklarni xar qaysisi 8 ta bo’laka bo’linadi: Qozoyoqli,
kuztamg’ali, qozoq, jariqbosh, kesauli, bolg’ali, alonli va batish. Jilamtamg’ali esa
bolaxo’r, ko’sa, patas, to’rg’a (yurg’a), yas, taroqli va egarchi.

Juzlar marqa qabilasi qorapichoq, saripichoq, uyas, solin, ochamnoyli,

ko’psari, qipchoq, qo’ysoli (qo’y so’fiyi), nayman, qo’shtamg’ali, chop, yoshbacha,
elik va qoratamg’ali bo’lib, uyas-buzbet, qo’ysoli-kosib, nayman-beshbola va
qoratamg’ali, esmat, boqibachcha qunduzbachchaa bo’riemas, bolalik, uyqur,



background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

80

xojibachcha va dabay. O’zbekistonda xitoy yuzi (xitoyizm) sangzor va Sirdaryo
bo’ylardida yashedi

9

A.I.Maksheev fikriga ko’ra (1878-y) yuzlar quydagi tarmoqlarga bo’linadi:
- besh yuz (besh juz);
- solin;
- qarabchi;
- so’loqli;
- nayman erganakli;
- uyas;
- parcha;
- xitoy yuz (kitayiz)
Turkiy xalqlar tarixi bilimdoni V.Radlov Zomin qozisi dan olgan ma`lumoti

asosida (1888y) yuzlarini quyidagi tarmoqlarga bo’ladi:

-

qarabchi

-

tegiriq (tig’iriq);

-

quyonquloqli;

-

tuyoqli;

-

parcha yuz;

-

xitoy yuz (Xonxo’ja)

-

sirg’ali

-

xitoy yuz (Xo’ja)

-

so’roqli

-

erganakli

10

Yuqirida keltirilgan tatdqiqotchi olim X.Donyorov yuz urug`i 3 ta guruhga

ajratiladi: marqa, qarabchi va shodi bolasi. Bulung’ur tumanida asosan yuz
urug’ining marqa guruhi; xitoy yuzi (xitoyzi) va Turkiy xalqlar tarixi bilimdoni
V.Radlov tamonidan keltirilgam yuz urug’ining Tuyoqli shaxobchasi keng
tarqalganligni ko’rishimiz mumkun. Ammo ayrim tatdqiqotchilar tamonidan
etnik guruhlar nomini alohida urug’ deb keltirib o’tilsa, bazi tatdqiqotchilar
tomonidan boshqa urug’ tarkibida deb ko’rsatiladi masalan N. Elmurodov
“Zarafshon vohasi O’zbek xalqi etnik guruhlari” nomili o’quv uslibiy
qo’lanmasida Tuyoqli Yuzlar tarkibidagi shaxobcha emas balki alohida urug’
sifadida ko’rsatiladi va Tuyoqli urug’i chubot, vaxtam, changal, mirzaesa,
mullaesa shoxobchalaridan iborat etib ko’rsatiladi. Biz Tuyoqli aloxida urug’
sifatida boshqa manbalarda uchratmaganimiz sababli Tuyoqli Yuz urug’i



background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

81

shaxobchasi sifatida qabul qildik. Shundan ko’rinib turibdiki o’zbek xalqining
etnik tarkibi tarix fanida yaxshi o’ragnilmaganligini ko’rsatadi.

Bulung’ur tumanda xalqimizning o‘n ikki nomdagi etnik guruhi uchraydi bu

etnik nomlar mahallalar bo’ylab joylashuvi quydagicha joylashgan

1. Qirq (Ingichka q-g‘i, «G‘ubdin” f.x.)
2. Tuyoqli (chubot) (Chubot (Tumshiq) q-g‘i, “G‘ubdin” f. x.)
3. Tuyoqli (vaxtam) (Ingichka q-g‘i, «G‘ubdin” f.x)
4. Tuyoqli (vaxtam, kulobi changali) (Ingichka q-g‘i, «G‘ubdin”f.x)
5. Tuyoqli (vaxtam, yovvoyi changali) (Qorovultepa q-g‘i, “G‘ubdin” f.x.)
6. Xitoyzi (Qorovultepa q-g‘i, “G‘ubdin” f.x.)
7. Tuyoqli (changal) (X.Nosirov nomli f.x. markazi)
8. Qirq (qiyanqirq) (X.Nosirov nomli f.x. markazi)
9. Qirq (kattaqirq) (X.Nosirov nomli f.x. markazi)
10. Qoraqalpoq (metan) (Ocha q-g‘i, X.Nosirov nomli f.x.)
11. Qoraqalpoq (Savalok q-g‘i, X.Nosirov nomli f.x.)
12. Qoraqalpoq (Oqqovun q-g‘i, X.Nosirov nomli f.x.)
13. Qoraqalpoq (Jetimovul q-g‘i, X. Nosirov nomli f.x.)
14. Tuyoqli (Girtak q-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
15. Xitoyzi (bolg‘ali) (Bolg‘ali q-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
16. Xitoyzi (erganakli)1 (Erganakli q-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
17. Tuyoqli (changal) (Shurbedana q-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
18. Qoraqalpoq (Kaltepaq-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
19.Tuyoqli (Kaltepa q-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
20. Turkman (Kaltepa q-g‘i, F.Yo‘ldosh nomli f.x.)
21. Tuyoqli (changal) (Jomonjor q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x.)
22. Qirq (Jomonjor q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x.)
23. Xitoyzi (Nebusa q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x.)
24. Tuyoqli (Nebusa q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x.)
25. Xitoyzi (Tig‘iriq q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x..)
26. Tuyoqli (mullaesa) (Niyozmat q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x.)
27. Mo‘g‘ol (kapali) (Kapali q-g‘i, Yangiobod f.x.)
28. Tuyoqli (mirdesa) (Tegirmon q-g‘i, Ulug‘bek nomli f.x.)
29. Xitoyzi (Kildon q-g‘i, “Kildon” f.x.)
30. Vaqqos (Kildon q-g‘i, “Kildon” f.x.)
31. Nayman (Kildon q-g‘i, “Kildon” f.x.)
32. Tuyoqli (Kildon q-g‘i, “Kildon” f.x.)
33. Qirg‘iz (Kildon q-g‘i, “Kildon” f.x.)


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

82

34. Xitoyzi (Kattamo‘g‘ol (Cho‘yanetepa) q-g‘i, “Cho‘yantepa” f.x.)
35. Mo‘g‘ol (Mo‘g‘ol q-g‘i, “Cho‘yantepa” f.x.)
36. Tuyoqli (changal) (Mullatepa q-g‘i, Birlik f.x.)
37. Tuyoqli (Dobil q-g‘i, Xo‘jamag‘zil f.x..)
38. Tuyoqli (mullaesa) (Farmontepa q-g‘i, Xo‘jamag‘zil f.x.)
39. Tuyoqli (mirdesa) (Farmontepa q-g‘i, Xo‘jamag‘zil f.x.)
40. Xitoyzi (qarapchi) (Qumqishloq, Navoiy nomli f.x.)
41. Uray (Ertesharbola q-g‘i, H.Olimjon nomli f.x..)
42. Tuyoqli (changal) (Beshariq q-g‘i, X.Olimjon nomli f.x.)
43. Qirq (Kaptarxona q-g‘i, A.Maxsumov nomli f.x.)
44. Tuyoqli (Kaptarxona q-g‘i, A.Maxsumov nomli f.x..)
45. Tajik (Kaptarxona q-g‘i, A.Maxsumov nomli f.x..)
46. Qirq (Qirqshodi q-g‘i, A.Maxsumov nomli f.x.)
47. Qoraqalpoq (Oqtepa q-g‘i, O‘zbekiston f.x.)
48. Xitoyzi (Oqtepa q-g‘i, O‘zbekiston f.x.)
49.Qoraqalpoq (Jarko‘pir q-g‘i, Ipak yo‘li f.x.)
50. MAng‘it (Jarko‘pir q-g‘i, Ipak yo‘li f.x.)
51. Tuyoqli (Boqo‘ton q-g‘i, “Bulung‘ur” f.x.)
52. Tuyoqli (Botobod q-g‘i, «Do‘stlik” f.x.)
53. Qirq (Botobod q-g‘i, «Do‘stlik” f.x.)
54. Qoraqalpoq (Botobod q-g‘i, «Do‘stlik”f.x.)
55.Tuyoqli (Mingtepa q-g‘i, «Do‘stlik” f.x.)
56. Qirq (Mingtepa q-g‘i, «Do‘stlik” f.x.)
57. Qoraqalpoq (Mingtepa q-g‘i, «Do‘stlik” f.x.)
58. Qoraqalpoq (Qiyot q-g‘i, “Mingchinor” f.x.)
59. Qoraqalpoq (Qorakamar q-g‘i, “Mingchinor” f.x.)
60. Tuyoqli (Qorakamar q-g‘i, “Mingchinor” f.x.)
61. Qoraqapoq (Oqtepa (Metan) q-g‘i, “Mingchinor” f.x.)
62. Qoraqalpoq (Talkontukdi q-g‘i, «Mingchinor” f.x.)
63. Xitoyzi (Olqartepa q-g‘i, «Olqartepa” f.x.)
64. Xitoyzi (Kattao‘roqli q-g‘i, «Olqartepa” f.x.)
65. Xitoyzi (Xisoro‘roqli q-g‘i, “Olqartepa” f.x.)
66. Xitoyzi (Quriqozon q-g‘i, “Olqortepa”f.x.)
67. Xitoyzi (Tig‘iriq q-g‘i, «Olqartepa” f.x.)
68. Xitoyzi (Kushtamg‘ali q-g‘i, «Olqortepa” f.x.)
69. Tuyoqli (Qushtamg‘ali q-g‘i, “Olqortepa” f.x.)
70. Xitoyzi (Sarjuzi q-g‘i, «Kildan” f.x.)


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

83

71. Xitoyzi (Sariqipchoq q-g‘i, “Kildan” f.x.)
72. Xitoyzi (Beshkubi q-g‘i, Beruniy nomli f.x.)
73. Xitoyzi (Solin q-g‘i, Beruniy nomli f.x.)
74. Qirq (Mo‘g‘ol q-g‘i, «Bulung‘ur” f.x..)
75. Tuyoqli (“Bulung‘ur” f.x.. markazi)
76. Tuyoqli (Katta qishloq q-g‘i, «G‘alabaning 40 yilligi” f.x.)
77. Tuyoqli (Qiyon q-g‘i, “G‘alabaning 40 yilligi” f.x.)
78. Tuyoqli (Oqariq qg‘i, «G‘alabaning 40 yilligi” f.x.)
79. Qirq (Kattaqishloq q-g‘i, «G‘alabaning 40 yilligi” f.x.)
80. Qirq (Qiyon q-g‘i, “G‘alabaning 40 yilligi” f.x.)
81. Qirq (Oqariq q-g‘i, «G‘alabaning 40 yilligi” f.x.)
82. Qoraqalpoq (Shirin q-g‘i, «Ipak yo‘li” f.x.)
83. Tuyoqli (Yangiqishloq q-g‘i, «Ipak yo‘li” f.x)
84. Tuyoqli (Udarnik q-g‘i, Navoiy nomli f.x.)
85. Beklar (Beshko‘bi q-g‘i, «Beshko‘bi” f.x..)
86. Qoraqalpoq (Qoraqo‘ng‘ir q-g‘i, “Ipak yo‘li” f.x.)
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki qadimiy xalqlardan biri bo'lgan

o'zbeklar juda ko'p etnik guruhlardan tashkil topgan Bulung'ur tumanida
xalqimizning o'n ikki nomdagi etnik guruhi uchraydi. Tarixiy manbalarda
o’zbeklar 92 yirik urug’dan iborat ekanligi qayd etib o’tilgan bo’lib bu urug’lar
o’z navbatida yirik shaxobchalarga, shaxobchalar yana mayda bo’laklarga,
bo’laklar to’plarga, to’plar ota va sulolalarga bo’linib ketadi. Maqolamizning
xotimasida shuni alohida ta'kidlab o’tmoqchimizki , xalqimizning etnik
guruhlarini aniqlash bilan bir qatorda, uning etnik tarixini o'rganib,
yoshlarimizni ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini bilan
yoritib berish bugunning dolzarb vazifasidir

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

1.Shoniyozov Karim. O'zbek xalqining shakllanish jarayoni /Tahrir hay'ati:

D. A. Alimova, E. X. Arifxanova, U. S. Abdullaev va boshq. — T.: «Sharq», 2001.-
3b. 2. N. Elmurodov “Zarafshon vohasi O’zbek xalqi etnik guruhlari”
SAMARQAMD 2008-y
2.

J.Begimqulovi J.Xushboqov. O’zbek urug’larining o’rganilishi tarixidan

ilmiy maqolalar toplami Tosh 2016
3.

Nasriddin Nazarov. Afg’oniston O’zbeklari.Toshkent 2011-yil

4.

B.O'roqov ’’ustrushona buyuk ipak yo'lida, uning mintaqalararo siyosiy –

iqtisodiy va madaniy munosabatlarni rivojlantirishdagi o'rni (antik va o'rta
asrlar davrida)” mavzusida o'tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

84

materiallari’’ O'zbek xalqining tarkibidagi yuz (juz) elatining shajarasi Guliston
– 2016
5.

N.Qobilov “92 bovuli o’zbek eli” Toshekent 1997-yil

6.

Ergash Alimardon o’g’li. Urug’imiz shajarasi T.: MUHARRIR, 2012

7.

A. Asqarov O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi Toshkent 2008

8.

X. Doniyorov, “O‘zbek xalqining shajara va shevalari”, Toshkent, “Fan”

nashriyoti, 1968

Библиографические ссылки

Shoniyozov Karim. O'zbek xalqining shakllanish jarayoni /Tahrir hay'ati: D. A. Alimova, E. X. Arifxanova, U. S. Abdullaev va boshq. — T.: «Sharq», 2001.- 3b. 2. N. Elmurodov “Zarafshon vohasi O’zbek xalqi etnik guruhlari” SAMARQAMD 2008-y

J.Begimqulovi J.Xushboqov. O’zbek urug’larining o’rganilishi tarixidan ilmiy maqolalar toplami Tosh 2016

Nasriddin Nazarov. Afg’oniston O’zbeklari.Toshkent 2011-yil

B.O'roqov ’’ustrushona buyuk ipak yo'lida, uning mintaqalararo siyosiy – iqtisodiy va madaniy munosabatlarni rivojlantirishdagi o'rni (antik va o'rta asrlar davrida)” mavzusida o'tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari’’ O'zbek xalqining tarkibidagi yuz (juz) elatining shajarasi Guliston – 2016

N.Qobilov “92 bovuli o’zbek eli” Toshekent 1997-yil

Ergash Alimardon o’g’li. Urug’imiz shajarasi T.: MUHARRIR, 2012

A. Asqarov O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi Toshkent 2008

X. Doniyorov, “O‘zbek xalqining shajara va shevalari”, Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1968