Авторы

  • Salohiddin Usmonov
    Samarqand davlat universitetining Urgut filiali Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti
  • Sevinch Namozova
    Samarqand davlat universitetining Urgut filiali talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.91311

Ключевые слова:

Turkiston ta`lim tizimi jadidchilik harakati madrasa maktab usuli jadid.

Аннотация

Ushbu maqolada 1917-yilgi fevral voqealari va oktyabr to`ntarishidan so`ng Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`fkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o`zgarishlar va bu davrdagi jadidchilik harakatining o‘rganishning bugungi kun ta‘lim tizimidagi o`rni haqida so`z yuritiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

109

1917-1924-YILLARDA O`ZBEKISTONDA MAKTAB VA

MADRASALARDAGI TA`LIM TIZIMDA JADIDCHILIK

HARAKATINING O‘RNI.

Salohiddin Usmonov Dushan o‘g‘li

Samarqand davlat universitetining Urgut filiali

Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti

Namozova Sevinch Asqar qizi

Samarqand davlat universitetining Urgut filiali talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15472147

Anontatsiysa.

Ushbu maqolada

1917-yilgi fevral voqealari va oktyabr

to`ntarishidan so`ng Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida – ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma`naviy-ma`fkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin
o`zgarishlar va bu davrdagi jadidchilik harakatining o‘rganishning bugungi kun
ta‘lim tizimidagi o`rni haqida so`z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Turkiston, ta`lim tizimi, jadidchilik harakati, madrasa,maktab,

usuli jadid.

Abstract.

This article discusses the dramatic changes in the lives of the

peoples of Central Asia after the February events of 1917 and the October
Revolution - socio-political, economic, spiritual and ideological, including in the
fields of public education - and the role of the study of the Jadid movement of
this period in the current education system.

Keywords:

Turkestan, education system, Jadid movement, madrasa, school,

Jadid method.

Аннотация

. В статье рассматриваются кардинальные изменения в

жизни народов Средней Азии после февральских событий 1917 года и
Октябрьской революции — социально-политические, экономические,
духовно-идеологические, в том числе в сфере народного образования, — и
роль изучения джадидского движения этого периода в современной
системе образования.

Ключевые слова

: Туркестан, система образования, джадидское

движение, медресе, школа, джадидский метод.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 19-

iyulda qabul qilingan “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti
va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish
borasidagi ishlarni kengaytirish” to‘g‘risida qarorining asosiy maqsadi hozirgi
murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash,
tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur
o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

110

shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning vatan taqdiri va kelajagiga
daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch,
erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalashdir.Bugungi kunda
jadidchilik harakati o‘ganish va uning ilg‘or tajribalarini keng hayotimizga
hamda ta’lim tizimi oldidda turgan muammolarni hal etishga qaratish barkamol
avlodni tarbiyalashda asosiy vositalardan biri bo‘lib qolmoqda[1].

XIX asrning boshlariga kelib Turkistonda islom dini keng tarqalib,

mustahkam o’rnashib o’z mavqeiga ega edi. Bu davrga kelib diniy e’tiqod asosiy
tarbiya kuchi sifatida maydonga chiqdi. Islom dini murakkab ta’limot
bo’lganligidan u turlicha talqin qilina boshladi. Islom dinida turli xil oqimlar
vujudga kela boshladi. Bu holat islom dinini sofligi uchun kurashuvchi ilg’or
kishilarni qoniqtirmas edi. Shuning uchun ham Buxorodagi ma’rifatparvarlar,
musulmon ruhoniylar va ziyolilar orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda
islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’la boshladi.
Shunday islohot tarafdorlarini jadidlar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay
boshladilar.

“Jadid” - so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi”, jadidizm esa yangilik

tarafdorlari degan ma’noni anglatadi.

XIX asrning o`rtalarida Turkiston o`lkasida boshlang`ich ma`lumot

beradigan maktab hamda o`rta va oliy diniy ta`lim beradigan madrasalar mavjud
edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko`pchligi
diniy ta`lim beruvchi eng oddiy boshlang`ich maktablar edi. Bu maktabda
machitlarning imomlari,savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda
o`qitish eng oddiy diniy vazifalarni o`rgatish bilan, ya`ni arab tilida yozilgan
Qur`onni o`qishni o`rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo`lgan asosiy
vazifalarni bildirish bilan cheklanar edi. Shahar maktablarida diniy ta`limotdan
tashqari, umumiy ta`lim elementlari – yozish va hisoblash yo`llari o`rgatilar edi.
Shahar maktablarida o`quvchilar soni 20-30-taga qishloq joylarida esa 10-15
taga yetar edi. O`qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o`zlashtirishiga qarab 17-18
yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval “ Haftiyak”, keyin “ Qur`on” yod
olinar, so`ng “ Chor kitob”ga o`tilardi[5].

Har qanday ijimoiy tuzum maktab-maorif, ilm-fan va shu kabi muhim

soha vazifalarini hal etmasdan istiqbol sari ko‘z tikolmasligi ayondir. Shu bois
sovet hokimiyati mutasaddilari ham bu masalalarga ahamiyat berar ekanlar,
avvalo, ularni o‘z sinfiy manfaatlaridan kelib chiqib hal etishga intildilar.
Ayniqsa, yangi tuzum xalq ta’limi tizimini o‘z sotsialistik maqsad va g‘oyalari
ruhida shakllantirishga alohida urg‘u berdi. Toshkentning eski shaharida uzoq


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

111

yillar davomida politsiya boshlig'i lavozimida ishlagan N. S. Likoshinning o’zbek
bolalarining bilimga chanqoqligi va tabiiy qobiliyatlariga baho bergani diqqatga
sazovordir. «Men, - deb yozgan edi N. S. Likoshin, - eski maktabni bitirib, to’g’ri
shahar bilim yurtiga kelgan bolalarni ko'rganman. Ruslar orasida yurgan bu
bolalar tezda o'z tengdoshlari bilan chiqishib, ruscha biyron gaplashadigan
bo'lib ketishdi. Buning asosiy sababi, mahalliy bolalarning rus bolalari bilan
birga bo'lishidadir. O'yinlarda bolalik mashg'ulotlarida og'izaki nutq tez
rivojlanadi». Oliy lavozimdagi mustamlaka ma'murlari ruslashtirish siyosatida
Turkiston yoshlariga e'tiborini kuchaytirgani bejiz emas, albatta. Ular mahalliy
aholini idora qilish kelajagini yoshlar orasidan tarbiyalanadigan sodiq qullarda
ko'rdi va shu maqsadga ta'lim ishlarga ahamiyat qaratdi.1918-yil noyabrida
Turkiston sovet hukumatining cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan
ajratish to‘g‘risidagi dekreti chiqdi. Unga ko‘ra o‘lkadagi mavjud xususiy, eski
diniy maktablar faoliyati taqiqlanmagan bo‘lsa-da, biroq yangi sovet
maktablarini tashkil qilish, ularni ko‘paytira va kengaytira borish, ta’limning
sinfiy mohiyatiga e’tibor tobora ustuvor ahamiyat kasb etib bordi. Maktab ikki
pog‘onaga bo‘lindi:

1-pog‘ona bilim yurtlari dastlabki uch sinfni o‘z ichiga olardi
2-pog‘ona yana 4 sinfdan iborat edi[6].
O‘rta maktab ham mavjud bo‘lib, keyingi uch sinfni o‘z ichiga olardi.

Biroq bunday maktablar juda oz edi. Ko‘proq 1- pog‘ona maktablari eng ko‘p
tashkil etilgan edi. Shu bilan birgalikda maktablarning moddiy bazasi nochor
ahvolda bo‘lgan. Ularda o‘quv qurollari, dasturlar, qo‘llanmalar va darsliklar,
yetuk bilimli o‘qituvchi kadrlar yetishmasdi. Turkiston xalq ta’limi bo‘limi
mudirlarining 1920-yil mayida bo‘lib o‘tgan 1-qurultoyida ham bular aniq e’tirof
etilgandi. Hokimiyat mutasaddilarining o‘qituvchilarni turli yumushlarga,
jumladan, harbiy harakatlarga tez-tez safarbar etishi ham ular sonining kamayib
borishiga sabab bo‘layotgandi. Buning orqasida ko‘plab maktablarda
o‘qituvchilar tarkibi 75% va undan ham ko‘proqqa qisqarib ketdi. Buning ustiga
jiddiy moddiy ta’minotning yo‘qligidan xo‘jako‘rsinga tashkil etilgan maktablar
mahalliy bolalarni o‘z bag‘riga jalb qila olmadi. Masalan, o‘lka bo‘yicha maktab
yoshidagi bolalarning 70% dan ko‘pi maktabga tortilmay qoldi. Hatto poytaxt
Toshkentda, uning eski shahar qismida maktab yoshidagi 40 ming boladan faqat
10 ming nafari, ya’ni 25%i o‘qirdi, xolos[3].

XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkiston chor

mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko`p joylarida
jadidchilik harakati kuchayib ketdi.Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

112

madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgan sababli eski tuzum, eski maktab
tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi.Bu qarshi kuch vakillari qadim yo
qadimchilar deb atalgan bo`lsa, yangi hayot shabadalarini olib kelishga uringan
kishilar esa jadid yoki jadidchilar deb atalgan.Nafaqat Markaziy Osiyo, balki
Rossiyada yashovchi xalqalar ham o`z taqdirlarini o`zgartiribgina , feodal
tuzumning negizlarini parchalabgina yangi hayotga qadam qo`yishlari mimkin
edi.

1917-yilgi fevral voqealari va oktyabr to`ntarishidan so`ng Turkiston

o`lkasida milliy demokratya vakillari, mashhur ma`rifatparvar ziyolilar
tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog`ini yaratish, maktab va
maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator
takliflar ilgari surildi. Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi,
chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo`lmish
Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho`lpon,
Abdullaa Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G`ozi Yunus, Xurshid va boshqalar
bilan bir qatorda XX asr bo`sagasida tug`ilgan.Milliy madaniyatimizning eng
qadimgi va yirik markazi bo`lgan Samarqanda mashhur ma`rifatparvar
Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Akobir Shomansurzoda, Said Ahmad(
Vasliy), Saidaxmadxo`ja Siddiqiy, Mardonqul Shomansurzoda zudlik bilan
maktab islohotini amalga oshirish fikri bilan madonga chiqdilar.Quyida
millatimizning ziyolilaridan bir nechtasining maorif tizimiga qo‘shgan hissasi
haqida so‘z yuritiladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)

«Muntaxbai jug’rofiyai umumiy»

(Qisqacha umumiy jo’g’rofiya), «Kitobatul-atfol» (Bolalar maktabi), «Muxtarasi
tarixi islom» (Islomning qisqacha tarixi), «Madxali jo’g’rofi umroniy» (Axolii
jo’g’rofiyasiga kirish), «Muxtasari jo’g’rofiyai rusiy» (Rossiyaning qisqacha
jug’rofiyasi), «Amaliyoti islom» va hokazo kitoblarni yozdi va ulardan darslik
sifatida foydalandi.

«Usuli jadid» maktablarida hamma o’qish huquqiga ega

bo’lgan. Bu yangi usul maktablari chor hukumati tomonidan va mahalliy
ruxoniylar, eski maktablarning domlalar tomonidan ta’qib qilib kelinar edi.

Bunday to’siqlar va qarama-qarshiliklarga qaramasdan Behbudiy va uning
safdoshlari «Usuli jadid» maktablarida Turkiston farzandlarini o’qitish ishlarini
jadal sur’atlar bilan olib bordilar. Behbudiy barcha maqsadlarini faqat ma’rifat
orqali amalga oshirishni ko’zda tutadi.Quyida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Usuli
jadid”maktabidagi o‘qitish tizimi haqida ma‘lumot ketiriladi.



background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

113

“Usuli jadid”

1-bosqich. Ibtidoiy qism

2-bosqich. Rushadiya

1-yil

2-yil

3-yil

4-yil

4 yil(davomiyligi)

Forscha,
arabcha
yozuv,
o‘qish
o‘rganilg
an.Sural
ar yod
olingan.
Hisob
darsi
o‘rgatilg
an.

Haftiya
k, imon
va
e‘tiqod
dan
dars,
forsiy,
turkiy
va arab
tilidagi
she‘rlar
,
qasidal
ar
o‘qitilg
an.

Qur‘oni
karim,
islom
ibodati,
tajvid,
Sa‘diyd
an
nasihat
lar, fors
va
turkiy
til
puxta
o‘rgatil
ib,
undan
inshola
r
yozdiri
lar edi.

Kalom-u
Sharif,
mufassa
l tavjid,
forsiy
turkiy
nazm va
nasr,
axloq
darsi,
turkiy
va forsiy
til,
hisob,
tarix,
jo‘g‘rofiy
a
o‘qitilga
n.

Birinchi

bosqichda

o’zlashtirishlariga

qarab,

madrasaga yuborar, bolaning o’zi
xohlasa, Yevropa maktablariga
yuborar yoki tirikchilik uchun
ishlashga yo’llanma berilar edi.
Sakkiz sinf, ya’ni ikki bosqichni
tamomlagan

shogird

arabcha,

forscha va turkchada bemalol
so’zlab, yozardi. Ruschani ham
o’qib, bemalol gaplasha olar edi.

1-jadval

Abdulla Avloniy (1878-1934)ning

“Usuli jadid” maktablari uchun to‘rt

qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she‘rlar” hamda “Birinchi
muallim”(1912), “Turkiy guliston yoxud axloq”(1913), “Ikkinchi muallim
“(1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darslik va o‘qish kitoblari yaratadi.
O‘zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga
“Pedagogiya”, ya‘ni “Bola tarbiyasining fanidir”, deb ta‘rif berdi. Tabiiy bunday
ta‘rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla
Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi:

1.”Tarbiyaning zamoni”
2. “Badan tarbiyasi”
3. “Fikr tarbiyasi”
4. “Axloq tarbiyasi”


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

114

Munavvar Qori Abdurashidxon(1878-1931)

o‘zi ochgan yangi usul

«namuna» maktabida bir necha yuz bola o’qigan. Bu maktabda tayyorgarlik
ancha jiddiy bo’lgan iste’dodli yoshlar o’qituvchilik qilgan. Munavvar Qorining
o’zi esa jadid maktablari uchun yangi tovush «usuli savtiya» usulida darsliklar –
«Adibi avval alifbosi» (birinchi adib 1907), «Adibi soniy» (ikkinchi adib 1907),
«Yer yuzi» (Jug’rofiya), «Havoijon diniya» (1907) kitoblarini yozib chop ettirgan.
Bular o’lkadagi jadid maktablari uchun asosiy darsliklar sifatida bir necha bor
qayta nashr etildi. Bu maktabda u beshi yillik bilimni uch yilda berishga
muyassar bo’ladi.

Abdurauf Fitrat(1886-1938)

turli bilim muassasalari uchun qator darslik

va qo’llanmalar yaratadi.1917 yili uning «Ibtidoiy maktablarning so’nggi sinflar
uchun mo’ljallab tuzilgan o’zbek tilidagi o’quv darsligi» Bokuda nashr etiladi.
Uning turli mavzudagi publisistik maqolalari o’sha davr matbuotida tez-tez e’lon
qilib turiladi. Ayniqsa, «Ittifoq etaylik», «Yurt qayg’usi», «Maorif ishlari»,
«Maktab ishlari», «Maktab kerak», «Tilimiz» kabi maqolalar bevosita maorif
masalasiga bag’ishlangan edi. Adib 1918 yilning aprelida Toshkentga kelib
o’qituvchilik qilagan. Shu bilan birga u Toshkentda «Chig’atoy gurungi»
tashkiloti faoliyatini yo’lga qo’ydi. U jamiyat safida madaniyatimiz tarixida
alohida kasb etgan o’tmish ilmiy, adabiy va madaniy merosimizni o’rganish va
ulardan xalqni bahramand etish, avlodlarni aedodlarning o’lmas ruiyati bilan
bog’lshada katta xizmat qilgan. 1922-1923 yillarda Fitrat Buxoro Xalq
Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o’zbek, tojik va bosha
millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o’qituvchilarga metodik
qo’llanmalar tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar
maktablarini ko’paytirishga, xotin-qizlarni ma’rifatga tortishga alohida e’tibor
beradi. Fitrat 1920-1924 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi.
Fitrat O’rta Osiyoning birinchi professori bo’lib tarixga kiradi.

SADRIDDIN AYNIY (1878-1954)

“Buxoroyi sharif shirkati” muassisligida

1909-yilda jadid maktablari uchun yozgan “Tartil ul-Qur’on” (“Qur’oni Karimni
о‘qish va talaffuz qilish qoidalarini о‘rganishga bag‘ishlangan kitob”), “Zaruriyoti
diniya” (“Dinning zarurati”) va “Tahsib us-sibyon” (“Bolalar tarbiyasi”) nomli
kitoblarni nashr ettiradi. Natijada maktab о‘quvchilari darslik va qо‘llanmalar
bilan ta’minlanadi. Tez fursatda xalq orasida obrо‘ qozongan Sadriddin Ayniy va
Abduvohid Munzim maktabi Buxoroning mutaassib ulamolari qarshiligiga
uchraydi. Hukumatning aralashuvi bilan 1909-yili maktab faoliyati tо‘xtatiladi.
Bunday vaziyatda jadidlar maorifni isloh qilishga oid dasturlarining keyingi
bosqichlarini amalga oshirishga kirishadilar. Sadriddin Ayniy va Abduvohid


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

115

Munzimlar 1909-yilda “Tarbiyayi atfol” jamiyatini tuzish ishlarida bosh-qosh
bо‘ladilar. Jamiyat tarkibiga 28 nafar a’zo kiritilgan bо‘lib, ularning 14 nafari rais,
qozi, mudarris hamda mulla va mullozodalardan iborat bо‘lgan. “Tarbiya atfol”
jamiyati о‘z faoliyati davrida quyidagi ishlarni amalga oshirgan:

Birinchidan, ilmga chanqoq yoshlarga har jihatdan: ham iqtisodiy, ham

ma’naviy yordam kо‘rsatib, Turkiya hamda Rossiyaning Qozon, Ufa,
Bog‘chasaroy shaharlariga о‘quvchilar yubordi;

Ikkinchidan, Turkiya, Eron hamda Rossiya musulmon shaharlarida nashr

qilingan matbuot namunalari bilan buxoroliklarni tanishtirib borishga kirishdi.
Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligining har qanday ta’qib va tо‘siqlariga
qaramay, jamiyatning say-harakati bilan bunday nashrlar amirlikda ham keng
tarqala boshladi;

Uchinchidan, “Tarbiyayi atfol” jamiyati a’zolari ham о‘rinsiz sarf-

xarajatlarga, tо‘y va ma’rakalarga sarf qilinadigan katta-katta xarajatlarga,
isrofgarchiliklarga qarshi chiqdilar. Bunday mablag‘larni farzandlar tarbiyasiga,
ularni chet ellarda о‘qitish uchun sarf qilishga da’vat etdilar;

Tо‘rtinchidan, jamiyatining tashabbusi bilan 1912-yil 11-martdan Yangi

Buxoro (Kogon)da fors-tojik tilida “Buxoroyi sharif” gazetasi chop etila
boshlandi. 1912-yilning 11-martidan – 1913-yil 12-yanvargacha 153 soni chiqdi.

USMON XO‘JA(1878-1968) haqida Sadriddin Ayniyning ma’lumot

berishicha, 1913-yilda Usmonxо‘ja maktabining о‘quvchilari asosan о‘zining
qarindoshlari bо‘lib, keyinchalik kо‘plab otalar farzandlarini bu maktabga
о‘qitish uchun olib kelganlar. О‘sha yilning yozida maktab о‘quvchilari sonining
kо‘payishi natijasida Usmonxо‘ja boshqa binoni ijaraga oladi va ikkita yordamchi
о‘qituvchi bilan bolalarga tahsil bera boshlaydi. 1914-yilda о‘quvchilar soni 200
ga yetgani sababli Usmonxо‘ja maktabni о‘z uyiga kо‘chiradi. Usmonxо‘ja
maktabida bolalarni yoshlariga qarab sinflarga bо‘lish, bir kunda 4-5 soatdan
ortiq dars о‘tmaslik, har bir darsdan sо‘ng о‘n daqiqalik tanaffus joriy qilish,
diniy va dunyoviy fanlarni barobar о‘qitish, har yili bolalarga ikki oylik ta’til
berish, о‘quvchilardan vaqti-vaqti bilan imtihon olib turish kabi yangi tartiblar
joriy qilingan. Dars jarayonlarida milliy о‘quv qо‘llanmalar va darsliklardan
tashqari, Turkiyadan olib kelgan о‘quv qurollari, globus, xaritalar, turk tiliga
tarjima qilingan Yevropa adabiyotlaridan ham keng foydalaniladi[7].

Ular 1917-yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan “Hurriyat” gazetasi

sahifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish zarurligi
haqidagi fikrni ilgari surdilar.”Anjumani maorif” jamiyatining mablag`lariga
“Rushdiya” maktabi ochildi va unda bepul ta`lim berilar edi.Abdurauf Fitrat bilan


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

116

Kamol Shams bu maktabda o`quvchilarga islom dini ta`limoti, islom tarixi,
musulmon huquqi, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya,
tabiatshunoslik, tarixni o`qitar edilar.1917-yilning yoziga kelib esa
Samarqandning o`zida taniqli ma`rifatparvar, shoir va dramaturg Hoji Muin
Shukrullo “Tarbiya” maktabini ochdi.1918-yil 2-iyun kuni sobiq seminariya
binosida dorilfununning o`zbeklar uchun maxsus o`qituvchilar tayyorlovchi
bo`limi – “ Dorilmuallimin” ochildi. Unda Fitrat ona tilidan, Kamol Shams
arifmetika va geometriyadan , Haydar Shavqiy gigiyena, gimnastika va nemis
tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Munavvarqori ona tilidan dars
berishadi. Munavvar Qori ovro`pacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil
etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy
fanlarni o`qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g`oyasini ham ilgari suradi. Xalq
ta`limining iste`dodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, Isamtulla
Raxmatullayev, Isxoqxon Ibrat, O.Dadaxujayev, Abdulla Mustaqov, Xodi
Fayziyev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, Rafiq Mo`min va boshqalar katta
pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni o`sdi.1918-yil boshida 330 taga,
1920-yilda Farg`ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga yetdi.

Xalq maorifi komissarligi 1920-yilda maktablaming o'quv dasturlarini

e'lon qildi. Keyinchalik, bu o'quv dasturlari mukkamallashtirildi. Biroq
maktablar uchun tuzilgan ana shu eng birinchi o'quv dasturlari chor hukumati
va kapitalistik mamlakatlar o'quv dasturlaridan farq qiluvchi xarakterli belgilari
bor edi: 1) gumanitar, fizika-matematika va biologiya fanlari kiritilib, o'quv
fanlarining xilma-xil bo'lishi; 2) til va adabiyot - 38 soat, matematika - 36 soat,
ya'ni, eng ko'p o'quv soatlari berilishi; 3) tabiat, fizika va ximiyaga ko'p soat
berilishi (hammasi 48 soat); jismoniy tarbiya -16 va san'atga 21 soat ajratildi[3].
Turkiston respublikasi hukumat muassasalarining mehnat maktabiarini
rivojlantirish va mustahkamlash sohasidagi katta tashkilotchilik ishlari ko'p
o'tmay sezilarli natijalar berdi. 1921- 22-o'quv yiliga kelib o'lkada 2403 ta
maktab va boshqa bolalar muassasalari mavjud bo'lib, ularda, asosan, mahalliy
millatlardan bo'lgan 170105 nafar bola o'qir va tarbiyalanar edi, bu esa
Turkiston respublikasidagi hamma bolalarning 25% ini tashkil qilardi. 1924-
yilning 22-noyabrida esa O‘zbekiston SSR Revkomining 1-majlisida Raxim
Ing‘omov “Maorif xalq komissari” lavozimiga tayinlanadi[4].O'sha vaqtlardagi
o'qituvchilarning esdaliklaridan yangi maktablaming qanchalik muvaffaqiyat
bilan rivojlangani va ular qanday qilib shahar va qishloqlaming madaniy
markazlariga aylana boshlaganligi ravshan ko'rinib turibdi. Maktablarda
kunduzi bolalar, kechqurunlari esa katta yoshdagi kishilar o'qitilgan. Shu bilan


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

117

birga aholi orasida jaholatga, diniy xurofotlar va bid'atlarga qarshi qaratilgan
katta siyosiy-ommaviy va oqartuv ishlari olib borilgan.

Jadidlarimiz faqatgina hurlik va mustaqillik yo‘lboshlovchisi sifatida

tarixda qolmay balki ilm-fan va tilimiz boyligi uchun ham o‘zlarining hissalarini
qo‘shishgan. Jadidchilik harakatining ona tili fani rivojiga qo'shgan asosiy
hissalari quyidagilardan iborat:

1. Ona tilining ta'lim tizimidagi mavqeini oshirish.
2. O'zbek tilining lug'at boyligi va grammatikasini boyitish.
3. Milliy ong va g'oyalarni ona tili orqali targ'ib qilish.
4. O'zbek tili o'qitish metodikasini yangilash.
Xulosa qilib aytganda, jadidchilik harakati o'zbek tilining ta'lim tizimidagi

mavqeini oshirish, lug'at boyligi hamda grammatikasini rivojlantirish, milliy ong
va g'oyalarni targ'ib qilish, shuningdek, ona tili o'qitish metodikasini yangilash
kabi sohalarda muhim hissaga ega bo'lgan., jadidchilik harakati nomoyondalari
ta'lim-tarbiya sohasida o'zbek tilida darsliklar yaratish, yangi usuldagi
maktablar tashkil etish, ayollarning ta'lim olishini targ'ib qilish, milliy madaniyat
va til rivojiga katta hissa qo'shdilar. Ular o'zbek xalqining ma'rifiy, ilmiy va
madaniy salohiyatini oshirishga qaratilgan faoliyatlari bilan ajralib turdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 19-iyulda
qabul qilingan “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va
faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish
borasidagi ishlarni kengaytirish” to‘g‘risida qarori.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 30-sentabr
kuni “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ziyolilarga qilgan
murojaatnomasi.
3.Ta'lim tarixi. Ma'suda Abdullayeva. Asqarova O'g'iloy, Madaminov Bahodir
Hayitboyev Muqimjon : o‘quv qo‘llanma Toshkent: “Muharir” nashriyoti, 2013.
71-80-betlar.
4.1924: Turkistonning parchalanishi (Sovet davlatining O‘rta Osiyoda milliy-
hududiy chegaralanish siyosat) Qahramon Rajabov:monografiya Toshkent:
“Fan” nashriyoti, 2025. 99-bet.
5. Umumiy pedagogika. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova,
M.K.Shirinov, S.Hafizov: darslik Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. 407-423-
betlar.
6. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev: darslik Toshkent-
2017 312-320-betlar.
7. Jadidlar.uz sayti.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 19-iyulda qabul qilingan “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish” to‘g‘risida qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 30-sentabr kuni “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ziyolilarga qilgan murojaatnomasi.

Ta'lim tarixi. Ma'suda Abdullayeva. Asqarova O'g'iloy, Madaminov Bahodir Hayitboyev Muqimjon : o‘quv qo‘llanma Toshkent: “Muharir” nashriyoti, 2013. 71-80-betlar.

: Turkistonning parchalanishi (Sovet davlatining O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosat) Qahramon Rajabov:monografiya Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2025. 99-bet.

Umumiy pedagogika. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, M.K.Shirinov, S.Hafizov: darslik Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. 407-423-betlar.

Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev: darslik Toshkent-2017 312-320-betlar.

Jadidlar.uz sayti.