DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
15
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA
VAKOLATLARI VA QO‘LLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH
Tillaxodjayev Bahodir Abdullaxanovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Xuquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik
Xasanboyev Saidbek Toxirjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim Huquqbuzarliklar
profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan
3-o‘quv kursi 322-o‘quv guruhi kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15541578
Annotatsiya:
Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga
oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, ularning
tushunchasi, asosiy yo‘nalishlari, huquqbuzarliklarni oldini olish faoliyatini
tashkil etish va takomillashtirishga oid nazariy va amaliy muammolar hamda
ularning yechimlariga bag‘ishlangan. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasini
amalga oshirishda mahalliy davlat hokimyati organlari faoliyatini tashkil etish,
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Faoliyatda mavjud bo‘lgan
muammolar tahlil qilinib, ularning yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar
ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Mahalliy davlat hokimiyati organi, hokimiyat,
huquqbuzarlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi,
mahalliy davlat hokimiyati
organlarining vakolatlari, jinoyat, zo‘ravonlik, insonparvarlik, hamkorlik,
ijtimoiy muhofaza qilish.
Аннотация:
Данная статья посвящена полномочиям органов местной
государственной власти в осуществлении профилактики правонарушений,
их понятию, основным направлениям, теоретическим и практическим
проблемам организации и совершенствования деятельности по
профилактике правонарушений, а также путям их решения. В ней
освещены основные направления организации и совершенствования
деятельности органов местной государственной власти в осуществлении
профилактики правонарушений. Проанализированы существующие в
деятельности проблемы и разработаны предложения и рекомендации по
их решению.
Ключевые слова:
Орган местной государственной власти, власть,
правонарушение, профилактика правонарушений, полномочия органов
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
16
местной государственной власти, преступление, насилие, гуманность,
сотрудничество, социальная защита.
Mustaqillik yillarida huquqbuzarliklar profilaktikasi nafaqat ichki ishlar
organlari faoliyatining, qolaversa mamlakatimizda huquq- tartibot va qonun
ustuvorligini taʼminlashning asosiy yO‘nalishlaridan biriga aylandi.
O‘tgan yillar davomida ushbu sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar natijasida huquqbuzarliklar profilaktikasi O‘zining tashkiliy va
huquqiy asoslariga ega bo‘lganligi bilan birga, insonparvarligi, keng
qamrovliligi,kompleks
xususiyatga
egaligi,
samaradorligi,shuningdek
oshkoralik,keng jamoatchilikning ishtiroki, xalq ommasining fikriga tayanish
tamoyillariga asoslanishi natijasida ahamiyati ortib bordi.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining
faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va qonuniymanfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda
ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 10
apreldagi PF- 5005- sonli Farmoni, shuningdek ichki ishlar organlarining
huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasi va oldini olish bO‘yicha faoliyatini
tubdan takomillashtirish maqsadida 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar
organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bO‘linmalari faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora- tadbirlari tO‘g‘risida”gi PQ- 2896- sonli qarori asosida
axoli turar joylarida huquqbuzarliklarning oldini olishning yangi tizimi tashkil
etildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari 2 ga boʻlinadi:
mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik
organlari oʻz faoliyatini kollegiallik asosida olib boradi. Mahalliy kengash
ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik
organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun
vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil
fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda
tutadi. 1994- yil 25 dekabrda va 1999- yil 5 dekabrda Oʻzbekistondagi mahalliy
hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. Mahalliy ijroiya organlari-
hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u
yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar,
boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va
faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan
tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya
hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan O‘zbekiston
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
17
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq
deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi
ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat
hokimiyati organlari hokimiyat organlari toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga
solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga
soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar,
muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat
kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning
faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati
boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan
holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari
sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy
vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va
qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar
ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun
umumiy bo‘lgan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini,
joylarda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul
qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar
qarorlarining ijrosini, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi
aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni
ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlarida belgilangan
vakolati doirasida o‘zi faoliyat yuritayotgan ma’muriy hududdagi kriminogen
vaziyat hamda jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tahlilidan kelib chiqib yoki
ma’muriy hududda faoliyat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasini
bevosita amalga oshiruvchi organ va muasssalar , shuningdek prokuratura
organlari huzurida tuzilgan huqubuzarlilar profilaktikasi bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi kengashlarning taklif va tavsiya yoxud taqdim etgan
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dastur loyihasiga asoslanib , shu
bilan birga, huquqbuzarlilar profilaktikasi yuzasidan tasdiqlangan davlat
dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida huquqbuzarlilar profilaktikasiga doir
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
18
hududiy davlat dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amlga oshirishini
ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi
yuzasidan tasdiqlangan davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash jarayonida
hududiy dsrurlarni viloyat, tuman, shahar kesimida yuqoridan quyiga
bo‘ysunuvchi shaklda ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar va amalga oshiradilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi
soxasidagi vakolat doirasi.
“Mahalliy davlat hokimiyat to‘g’risida” gi qonunga asosan viloyat, tuman va
shahar muddati, xisobdorligi, mansabdor shaxslarning lavozimiga qo‘yilishi,
javobgarligiga oid normalar o‘z ifodasini topgan.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini ma’lum bir hududdda faoliyat
yuritadigan, hokimiyat vakolatlariga, huquqiy, moddiy, ma’naviy, axborot va
boshqa resurslarga ega bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat vazifalarini amalga
oshiradigan davlat mexanizimining mustaqil tarkibiy elementi sifatida belgilash
mumkin.
-qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariningyuqori
turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining ijrosini
tashkil etadi;
-jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash,
fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va
salomatligini muhofaza etish bilan bog’liq chora- tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar,
epidemiyalar va boshqa favqulotda holatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
-viloyat, tuman va shaxarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shaxar budjetining asosiy ko‘rsatgichlarini va
ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga
taqdim etadi;
-o‘z o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyatitarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini
lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g’risidagi qarorlarni xalq
deputatlari Kengashining tasdig’iga taqdim etadi;
- hokimlik devoni bo‘linmalari rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va
lavozimidan ozod etadi;
-quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini basharti ular O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga,
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
19
shuningdekyuqori turuvchi xalq deputatlari kengashi va hokimning qarorlariga
zid bo‘lsa, bekor qilish to‘g’risida taqdimnoma kiritadi;
-rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimiga
ta’yinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tarkibiy
bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
-xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan xujjatlarni
bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish
to‘g’risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
-davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi
va takliflar kiritadi;
-respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili
sifatida ish ko‘radi;
Aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, airizalari va
takliflarini qarab chiqadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zining huquqbuzarliklar
profilaktikasi soxasidagi vakolatlarini bevosita profilaktika inspektorlari bilan
hamkorlikda quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
• Huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarini
rejalashtirish va O‘tkazish;
• Kollegial qarorlarni talab qiluvchi vazifalardan kelib chiqib qO‘shma
yig‘ilishlar O‘tkazish;
• Faoliyatga baho berish va birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini
hisobga olish;
• Hamkorlikni tashkil etishning ilg‘or shakllari va usullarini umumlashtirish
hamda amaliyotga tatbiq etish.
• Hamkorlikning darajasi, doirasi va xususiyatidan kelib chiqib,
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning O‘zini O‘zi boshqarish
organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar profilaktika inspektorlariga
O‘z vakolatlari doirasida O‘quv- metodik, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan
qO‘llab- quvvatlashlari mumkin. Аxborot almashish yozma sO‘rovlar asosida
amalga oshiriladi. SO‘rovga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bO‘lsa, u olingan kundan boshlab O‘n besh kundan kechiktirilmay
javob berilishi lozim. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va Profilaktika
inspektorlari tuman (shahar) xotin- qizlar qO‘mitalarining xotin- qizlar bilan
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
20
ishlash va oilalarda maʼnaviy- axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bO‘yicha
mutaxassislari bilan quyidagi masalalarda O‘zaro hamkorlik qiladilar:
Profilaktika inspektorlariva Mahalliy davlat hokimiyati organlari ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish
bo‘yicha komissiyalar bilan quyidagi masalalarda O‘zaro hamkorlik qiladilar:
• Аholining ekologik madaniyatini rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish choralarini kO‘rish;
• Tabiiy ofatlar bilan kurashishga va ularning oqibatlarini bartaraf etishga
fuqarolarni jalb etish;
• Biriktirilgan hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining fuqarolar
yig‘inida atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya holati va obodonlashtirish
yuzasidan hisobotlarini eshitish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
• Huquqbuzarliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan qo‘shma dasturlarni
ishlab chiqish;
• Huquqbuzarliklar oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish;
• Fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni maʼnaviy, axloqiy, huquqiy, jismoniy va
mehnat tarbiyasini amalga oshirishda ishtirok etish;
• Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan
o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va
ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
• Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish;
• Millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini
mustahkamlash, ko‘p asrlik, anʼanaviy maʼnaviy- axloqiy hamda tarixiy- madaniy
qadriyatlarni tiklash va saqlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 10- apreldagi “Ichki
ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, jamoat tartibini,fuqarolarning
huquqlari,erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda ularning
ma'sulyatini yanada kuchaytirishning chora tadbirlari tO‘g‘risida”gi 5005- sonli
farmoni hamda shu farmonga muvofiq 2017- yil 18- apreldagi”Ichki ishlar
organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bO‘linmalar faoliyatini tubdan
takomillashtirishning chora- tadbirlari tO‘g‘risida”gi 2896- sonli prezident
qarori va Ichki ishlar vazirining 2017- yil 12- iyul kuni qabul qilingan 151- sonli
buyrug‘iga binoan “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi
bO‘linmalari faoliyatini takomillashtirishning chora- tadbirlari tO‘g‘risidagi”gi
nizomiga muvofiq Mahalliy davlat hokimiyati organlariga profilaktika
inspektori xizmat xonasi uchun yer joy bilan ta’minlash,xizmat xonasi va
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
21
profilaktika inspektorining xizmat uy joylari bilan ta’minlash hamda xizmat
binosini kerakli jixozlar bilan ta’minlash zimmasiga yuklatildi.Bu ham Mahalliy
davlat hokimiyati organlarining ichki ishlar organlari bilan hamkorligining
O‘ziga xos xususyatlaridan biridir.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, so‘nggi yillarda huquqni
muxofaza qilish, birinchi navbatda, jinoyatchilikka qarshi kurash soxasida
xamkorlikni kengaytirish va kuchaytirish yaqqol namoyon bO‘lmoqda. Buni
jaxonda integratsiyalashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi, iqtisodiy, siyosiy,
madaniy va ijtimoiy aloqalarning kengayishi, transport va aloqa vositalarining
takomillashuvi, davlatlarga kirish va chiqishning, chegara va bojxona
rasmiyatchiliklarining osonlashtirilishi, xalqaro munosabatlarda umuminsoniy
qadriyatlarning, adolatlilik va birdamlik g‘oyalarining ustuvorligi taqazo
etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Tartib-intizom va mas’uliyatni
kuchaytirish, jinoyatchilikning oldini olish muhitini mustaxkamlash -
huquqbuzarlik profilaktikasi samaradorligining asosiy omilidir» degan ezgu
g‘oyalari asosida profilaktika iispektoriniig huquqbuzarliklar profilaktikasini
Maxalliy davlat hokimiyati organlari bilan xamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yishni
taqazo etadi. Аmalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida;
birinchidan, Maxalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarlilar
profilaktikasi soxasodagi faoliyatini ilmiy tadqiq etishga,
ikkinchidan, Maxalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarlilar
profilaktikasi tashkil etishga doir faoliyatini huquqiy taʼminlashga,
uchinchidan, Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini
Maxalliy davlat hokimiyati organlari bilan xamkorlikni tashkil etish va uni
takomillashtirishga,
to‘rtinchidan, Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini
Maxalliy davlat hokimiyati organlari bilan xamkorlikni muvofiklashtirilishini
takomillashtirilishiga qaratilgan nazariy va amaliy xulosalar, takliflar va
tavsiyalar bitiruv malakaviy ishining asosiy qoidalari sifatida himoyaga
chiqarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi “Ichki
ishlar organlari tO‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasida ichki ishlar organlari
O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun xujjatlarida
belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolariing o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari va boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik qiladi hamda aniqlangan
jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar
to‘g‘risidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni,
shuningdek boshqa axborotni almashish, shuningdek, «Huquqbuzarliklar
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
22
profilaktikasi tugrisida»gi 2014 yil 14 may qonunining 8-moddasida
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi Maxalliy
davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilab berilgan. Huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga oshirishda, yuqorida kO‘rsatilgan davlat
organlari bilan IIOlarining xamkorligi natijasida mamlakatimizda sodir
etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning 2020-yil jinoyatlarining natijalarini,
2021-yil hisobot natijalari bilan taqqoslaydigan bO‘lsak quydagicha O‘zgarishni
kO‘rishimiz mumkun. IIOlarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga
oshirishda ishtirok etivchi Maxalliy davlat hokimiyati organlari bilan
xamkorlikning eng asosiy subektlardan biri bu hududiy profilaktika
inspektorlaridir. Xozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan
siyosatlar natijasi shuni kO‘rsatmoqdaki, hududiy profilaktika inspektorlari
bilan boshqa huquqni muxofaza qiluvchi organlari shuningdek Maxalliy davlat
hokimiyati organlari bilan xamkorligi va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining profilaktika sohasidagi faoliyati natijasida mamlakatimizda sodir
etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar yildan yilga kamayib islohotlar
natijasini ijobiy tomonga ko‘rsatmoqda.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
oglu Mustofaqulov, Bobur Asror, and Shohjahon Ramz oglu Du'smatov.
"ADVANCED EXPERIENCES OF FOREIGN STATES IN ORGANIZING WORK WITH
PERSONS SENTENCED TO RESTRICTION OF LIBERTY." Bulletin news in New
Science Society International Scientific Journal 1.6 (2024): 193-200.
2.
oglu Mustofaqulov, B. A., & oglu Du'smatov, S. R. (2024). ADVANCED
EXPERIENCES OF FOREIGN STATES IN ORGANIZING WORK WITH PERSONS
SENTENCED TO RESTRICTION OF LIBERTY. Bulletin news in New Science
Society International Scientific Journal, 1(6), 193-200.
3.
Мустофақулов Б. А. Ў., Жумаев С. Ж. Ў. ПРОФИЛАКТИКА
ИНСПЕКТОРИНИНГ СУРУНКАЛИ ИЧКИЛИКБОЗЛИК ВА ГИЁҲВАНДЛИККА
РУЖУ ҚЎЙГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ БЎЙИЧА ПРОФИЛАКТИКАСИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Central Asian Journal of Multidisciplinary Research
and Management Studies. – 2025. – Т. 2. – №. 4. – С. 140-146.
4.
Мустофақулов, Бобур Асрор Ўғли, and Синдор Жомғир Ўғли Жумаев.
"ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ СУРУНКАЛИ ИЧКИЛИКБОЗЛИК ВА
ГИЁҲВАНДЛИККА РУЖУ ҚЎЙГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ БЎЙИЧА
ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ." Central Asian Journal of
Multidisciplinary Research and Management Studies 2.4 (2025): 140-146.
5.
Мустофақулов, Б. А. Ў., & Жумаев, С. Ж. Ў. (2025). ПРОФИЛАКТИКА
ИНСПЕКТОРИНИНГ СУРУНКАЛИ ИЧКИЛИКБОЗЛИК ВА ГИЁҲВАНДЛИККА
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
23
РУЖУ ҚЎЙГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ БЎЙИЧА ПРОФИЛАКТИКАСИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research
and Management Studies, 2(4), 140-146.
6.
Бобур М., Ўғли A., Обиджонов У. Ж. Ў. ПРОФИЛАКТИКА
ИНСПЕКТОРИНИНГ
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ
ЯККА
ТАРТИБДАГИ
ПРОФИЛАКТИКАСИ
БЎЙИЧА
ФАОЛИЯТИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
//Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies.
– 2024. – Т. 2. – №. 2-2. – С. 33-39.
7.
Бобур, М., Ўғли, A., & Аҳмадқулов, Н. Ж. Ў. (2024). ПРОФИЛАКТИКА
ИНСПЕКТОРИ ТОМОНИДАН МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ТЎҒРИСИДАГИ
МУРОЖААТЛАРНИ КЎРИБ ЧИҚИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies,
2(2), 58-62.
8.
Мустофақулов Б. А. Ў., Шодмонов Д. Э. Ў. ПРОФИЛАКТИКА
ИНСПЕКТОРИНИНГ ПАТРУЛ-ПОСТ ХИЗМАТИ ВА ЖАМОАТ ТАРТИБИНИ
САҚЛАШ
БЎЛИНМАЛАРИ
БИЛАН
ЎЗАРО
ҲАМКОРЛИГИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Central Asian Journal of Multidisciplinary Research
and Management Studies. – 2025. – Т. 2. – №. 4. – С. 47-51.
9.
Мустофақулов, Б. А. Ў., & Эшонқулов, Ё. Х. Ў. (2025).
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР
ПРОФИЛАКТИКАСИ
ХИЗМАТИНИНГ
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ БЎЙИЧА ЧОРА-ТАДБИРЛАРНИ
АМАЛГА ОШИРИШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Central Asian
Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(4), 126-132.
10.
Бобур, Мустофақулов, Aсрор Ўғли, and Жавоҳирбек Сайиджон Ўғли
Рўзиев. "ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ПРОФИЛАКТИК ҲИСОБГА
ОЛИНГАН
ШАХСЛАР
БИЛАН
ИШЛАШДА
ЯККА
ТАРТИБДАГИ
ПРОФИЛАКТИКА ЧОРА-ТАДБИРЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ." Central
Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies 2.3 (2025):
10-16.