Социально-экономические аспекты развития историко-культурного туризма в Узбекистане

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
365-373
35
8
Поделиться
Эркаева, Б. (2021). Социально-экономические аспекты развития историко-культурного туризма в Узбекистане. Экономика и инновационные технологии, (6), 365–373. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/12231
Барно Эркаева, Каршинский государственный университет

аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье раскрывается понятие историко-культурного туризма, его роль в сфере туризма. Факторы, влияющие на развитие историко-культурного туризма, изучаются на основе PEST-анализа. Анализируются возможности и перспективы развития историко-культурного туризма.


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

426

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

O

‘ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY- IQTISODIY JIHATLARI

Erkayeva Barno Abdurahimovna

Qarshi davlat universiteti magistranti

E-mail:

erkayeva90@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada tarixiy-

madaniy turizm tushunchasi, uning turizm sohasidagi o‘rni

o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Tarixiy

-

madaniy turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar PEST

ta

hlili asosida o‘rganilgan. Tarixiy

-madaniy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari tahlil

qilingan.

Kalit so

zlar:

turizm, tarixiy-madaniy turizm, tarixiy yodgorlik, statistika, madaniy meros,

turistik mahsulot, qayta tiklash.

Аннотация

.

В статье раскрывается понятие историко

-

культурного туризма, его

роль в сфере туризма. Факторы, влияющие на развитие историко

-

культурного туризма,

изучаются на основе

PEST-

анализа. Анализируются

возможности

и

перспективы

развития

историко

-

культурного

туризма

.

Ключевые слова:

туризм, турист, историко

-

культурный туризм, исторический

памятник, статистика, культурное наследие, туристический продукт

,

реставрация.

Abstract.

The article explains the concept of historical and cultural tourism, its role in the field

of tourism. Factors influencing the development of historical and cultural tourism are studied on the
basis of PEST analysis. Opportunities and prospects for the development of historical and cultural
tourism are analyzed.

Key words:

tourism, tourist, historical and cultural tourism, historical monument, statistics,

cultural heritage, tourist product, restoration.

Kirish

Turizm industriyasi jahon xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan

biri

bo‘lib, milliy

iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi.

Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi, rivojlangan

mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasida band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida

turizm sohasi eng katta talafot ko‘rgan tarmoqlardan hisoblanadi. Jahon turizm tashkiloti
(UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda xalqaro turizm 72%ga yoki turizm

xizmatlaridan tushumlar 1,1 trillion dollarga kamayib, 1990 yil darajasiga tushib qoldi.

Natijada 935 mlrd. dollar miqdorida eksport daromadlari yo‘qotildi

[12].

Ma’lumki, 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan

edi. Oqibatd

a 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o‘z faoliyatini

to‘xtatdi. Bular, gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy
ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo‘shib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi

daromadiga jid

diy ta’sir qildi

[14].

O‘zbekistonda tarixiy yodgorliklar, ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan

bunyod etilgan obidalar, muqaddas qadamjolar kabi 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros
obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO

ro‘yxatiga kiritilgan. Shu sababli, keyingi

yillarda davlatimiz tomonidan mazk

ur yo‘nalishni rivojlantirish bo’yicha

ko‘plab normativ

-

huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

427

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

2021 yil 6-

apreldagi “Turizm,

sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini

yanada takomillashtirish chora tadbirlari

to‘g‘risida” gi PF

-6199 sonli Farmoni ga binoan

Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi. Moddiy madaniy
meros obyektla

rini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish davlat reyestri,

elektron katalogi, davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda

sohada davlat nazoratini amalga oshirish kabilar agentlikning asosiy vazifalari sifatida
belgilanganligi mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni yanada rivojlantirishga oid tizimli
ilmiy-metodologik tadqiqotlar olib borish muhim.

Shunday qilib, tarixiy-madaniy turizmning hozirgi holatini, uni rivojlantirish

istiqbollarini va milliy iqtis

odiyotga ta’sirini tahlil qilish dolzarbdir. Bunda eng avvalo “tarixiy

-

madaniy turizm” tushunchasining mazmunini aniqlash lozim.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi

Ta’kidlash kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida turizm infratuzilmasini tashkil

qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish borasida ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona
tushuncha mavjud emas. Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo‘lgan
tadqiqotlarning ko‘lami keng bo‘lib, turizm tarmoqlari rivojlanishini ta’minlashimizda

xalqaro tajribalarni ham hisobga olishimiz lozim.

Iqtisodiy adabiyotdlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar

tomonidan o‘rganil

gan

va turlicha ta’riflar

berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg

tarixiy-

madaniy turizmni “kishilarning o‘z madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi

ma’lumotlar va tajriba to‘plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan

madaniy, diqqatga sazovor joyl

arga borishi” deya ta’riflaydi[8].

Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy-madaniy tur

izmni “mamlakatning barcha

imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan an’ana va urf

-

odatlari, uy xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari

bilan bog‘langan ijtimoiy

-

madaniy muhit salohiyati” deya ta’riflaydi

[5].

I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga

yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi

o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir

-birini

to‘ldiruvchi uchta: 1) madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish, 2) madaniyatni

muhofaza qilish va qayta tiklash,

3) madaniyatlar muloqoti kabi yo‘nalishlardan iborat deya

hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning asosiy gumanitar
funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi:

- madaniy-

ma’rifiy va ta’limiy;

- madaniy muhofaza va saqlash;
-

aloqalar o‘rnatish va tinchli

kparvarlik.

G.Karpov. L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni “kishilarning yangi axborot,

tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va
tarixiy joylar, san’at galereyalari,

musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik

san’ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an’anaviy

dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uyl

ariga tashrif buyurishi” deb

hisoblaydilar[6].

Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I.To‘xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro‘ziyev,

O.Xamidov, N. Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy
asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va

amaliy jihatlariga doir ko‘plab

masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

428

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

yetarlicha o‘rganilmaganligi

bois ba’zi

muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini

saqlab qolmoqda.

Xususan, N.To‘xliyev: “Turizm (fra

ns. tour

sayr, sayohat) sayyohlik-sayohat (safar)

qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat

joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarga borilgan joyda
(mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan holda jo‘nab ketishi
tushuniladi” deb hisoblaydi.

Tadqiqotchi Sh. Ro’

ziyev tarixiy-madaniy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini

takomillashtirishda yaratiladigan konsepsiyalar, metodlar va turistik faoliyat subyektlarining

o‘z

aro integratsiyasini amalga oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib

bergan[12].

Iqtisodchi olim O.H

.Xamidovning e’tirof etishicha “Turizm murakkab, ko‘p qirrali

tushuncha bo‘lib, u ... boy va xilma

-xil tabiat, madaniy-tarixiy obyektlardan tabiat

muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash asosida tomosha qilish orqali samarali
foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi

.

Tadqiqot metodlari

Tadqiqotda turizm iqtisodiyoti bo‘yicha mavjud nazariyalar o‘rganildi va

mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Tizimli tahlil qilishda 2019-2021

yillardagi statistik ma’lumotlar qo‘llanildi. Statistik manba sifatida, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlaridan keng foydalanildi

. Tadqiqot mavzusi

doirasida muammoni atroflicha tahlil qilish, ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab
chiqish maqsadida induksiya va deduksiya, statistik, tizimli va qiyosiy tahlil, PEST tahlil kabi
usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Tarixiy va madaniy turizm -

bu faol turizmning eng keng tarqalgan turi. U ta’lim va

axborot maqsadlariga yo‘naltirilgan barcha turizm turlarini o‘z ichiga oladi. Bunday turizm

dasturlari insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan.
Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik va etnografik turizmni

o‘ziga xos tarixiy

-

madaniy turizm deb hisoblash mumkin, bu o‘z maqsadlariga (saqlab qolish,

zarar yetkazmaslik) ko‘ra

, ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati

turistik qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning

chekka burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo‘lgan qiziqishi sayohat
qilishning eng kuchli rag‘batlantiruvchisidir. Shunin

g uchun turizm boshqa madaniyatlar

bilan, boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan tanishishning eng yaxshi
usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish

insonning ma’naviy dunyosini boyitadi.

Tarixiy madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda muhim afzalliklaridan

biri

u butun yil davomida talabga ega bo‘lib, uning sezilarli farqi mavsumiy emasligidir.

Ushbu tur yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki sayyohlar muzeylarga tashrif buyurish,
tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko'rish uchun ekskursiya
qilishlari mumkin. Turistik jozibadorlikni shakllantirish uchun tarixiy-madaniy turizm
quyidagi jihatlarni o'z ichiga olishi kerak (1-rasm).


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

429

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

1-rasm. Tarixiy-madaniy turizmning mazmuni

1


1-rasmda keltirilgan jihatlar tarixiy-madaniy turizmning mohiyatini ochishi bilan birga,

uning o‘ziga xos jihatlarini ham yoritib beradi. O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘l

ib, xalqning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi

noyob madaniy merosni asrab avaylashni kuchaytirish sohani raqamlashtirish, innovatsion
rivojlantirish va moddiy

–texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini

samarali qo‘llash hud

udlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan

biridir.

Tarixiy-

madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo’lgan tarixiy hamda

arxeologik obyektlarning o’rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o’rni

hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi
Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning

mavjud bo’lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik

1

Manba: tadqiqotlar natijasida muallif ishlanmasi

Turizm

san'ati va
adabiyoti

mashhur adabiy asarlar, teatr, kino namoyandalari; haykallar; san'at va hunarmandchilik

namunalari, teatrlar, studiyalar va boshqalar

Tarixiy
turizm

insoniyat sivilizatsiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy madaniyat yodgorliklari; qadimiy shaharlar, qadimiy

shaharlar xarobalari; harbiy madaniyat yodgorliklari (qal'alar, mustahkam devorlar va qal'alar,
janglar va boshqalar)

Arxitektura
madaniyati

turizmi

•meʼmoriy ansambllar, saroy majmualari, ziyoratgohlar va ibodatxonalar; kichik me'moriy shakllar

(binolar, minoralar, arklar, zallar, panteonlar, maqbaralar, yodgorlik g'orlari); gidrotexnik
inshootlar (to'g'onlar, kanallar, gidroelektrostantsiyalar); port sanoat arxitekturasi; dam olish
arxitekturasi

Turistik

mavzuli

parklar

madaniyati

sun'iy landshaftlar (turar-joylar, sport va dam olish maskanlari, sanoat hududlari, transport

tuzilmalari)

Shahar va

madaniy

turizm

shahar muhiti va shahar madaniyati; shahar panoramalari; landshaft rejalashtirishni tashkil etish.

Muzey

turizmi

muzeylar, ko'rgazmalar, tarixiy va madaniy tadbirlar va taqdimotlar o'tkazish.


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

430

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

xizmatlarni ko’proq export qilish imkoniyatini

va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga

turtki beradi.

Bugungi kunda O'zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjudligi tarixiy-

madaniy turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi (2-rasm).

2-

rasm.

Respublikadagi tarixiy yodgorliklar soni (hududlar kesimida)

2

2-rasm

ko‘rinib turganidek, respublikamiz katta turistik

imkoniyatlarga ega.

Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizm markazlaridan biri

hisoblanadi. Ma’lum hududda

tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda shu joyning tarixiy-

madaniy obyektlar

и

asosiy o’rinni egallaydi. Lekin ulardan al

ohida muhim ahamiyatga

egalari xalqaro miqyosdagi obyektlar va yodgorliklar

ro‘yxatiga kiritiladi. Bunday ro’yxatni

YUNESKO har yili

aniqlab boradi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududidagi noyob madaniy

meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment
rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur
tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda
moddiy va nomoddiy meros obektlarini asrashga doir turli xalqaro anjumanlar tashkil
qilinmoqda. Mazkur chora-tadbirlar madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishni oqilona tashkil

etish va boshqarishni hamda shu sohadagi dolzarb muammolarni koʻrib chiqish, xalqaro
tajribani oʻrganish, tarixiy

-

madaniy meros saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni

takomillashtirish, bu boradagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy

yoʻnalishlarini aniqlash imkonini

bermoqda. Iqtisodiy

tadqiqotlarda

ta

’kidlanishicha

tarixiy-madaniy turizmning moddiy merosini boshqarish uchun obyektlar soni, holati,
shuningdek, asliga mos obyektlar

ya’ni restavratsiya va

tamirlash jarayonida

2

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari

562

507

288

208

139

136

100

98

74

70

36

24

15

7

Samarqand

Buxoro

Toshkent sh.

Qashqadaryo

Farg'ona

Xorazm

Jizzax

Namangan

Andijon

Navoiy

Surxondaryo

Qoraqalpog'iston R.

Sirdaryo

Toshkent v.

0

100

200

300

400

500

600

Samarqand

Buxoro

Toshkent sh.

Qashqadaryo

Farg'ona

Xorazm

Jizzax

Namangan

Andijon

Navoiy

Surxondaryo

Qoraqalpog'iston R.

Sirdaryo

Toshkent v.


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

431

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

o’zgartirilmagan asli saqlanib qolingan

ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga olish

zarur. Obyektlar har xil hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu belgi bo‘yicha tasniflash zarur.

Quyidagi toifalarni ajratish tavsiya qilinadi [10]:

-

me’moriy majmualar;

-

alohida turgan me’morchilik obyektlari;

-

kichik me’moriy shakllar;

-

turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari.

-

turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari. Ushbu

ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan tashkilotlar o‘rtasidagi gorizontal

aloqalarning rivojlanganlik darajasini tavsiflaydi.

Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm barqaror

rivojlanishining asosini belgilab beradi.

Turizm tizimli o‘rganish obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan tashkil

topib, ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir.

Ijtimoiy sohaning bir qismi sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini tiklash,

ruhiy bosimni yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini rivojlantirishdir. Turizm

bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam olish huquqi va haq to‘lanadigan ta’til
huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy va ko‘ngil ochish maqsadida foydalanish uchun

sayohatga chiqish

–ichki va xalqaro turizmning ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan

[7] .

Iqtisodiy yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy

-madaniy, rekreatsion va boshqa

tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish, maqsadli investitsiyalar
kiritish

faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos tarmoq sifatida belgilanad

i. Iqtisodiy hodisa

sifatida turizm mintaqa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga
bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga molikdir. Mamlaktimizda tarixiy

-madaniy

turizmni rivojlantirish salohiyatini yuqoriligini e’ti

borga olgan holda, iqtisodiy adabiyotlar

ma’lumotlar tahlili asosida [2,4,5,6,7] turizmning iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini

qayd etish mumkin:

-

ish o‘rinlarini ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini oshishi. Rivojlangan

mamlakatlarda turizm sohasiga 3-

5% ish o‘rinlari to‘g‘ri keladi;

-

turizm o‘z rivojlanishi jarayonida bilvosita boshqa tarmoqlarni ham rivojlanishiga

ta’sir ko‘rsatadi (qurilish, transport, yo‘l, oziq

-ovqat savdo sanoati va boshqalar);

-

turizm industriyasi yuqori o‘sish sur’

atlariga ega, pandemiya inqirozi oldingi davrda

dunyo mamlaktlarida turizmdan tushadigan valyuta tushumlari har yili o‘rtacha 8

-12%ga

o‘sgan;

-

turizmning “ko‘paytiruvchi samarasi”, ya’ni turizmga sarflangan mablag‘larning

yuqori aylanuvchanlikka egaligi;

-

milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi”

- xorijiy sarmoyalar jalb etish va chet el valyutasida daromadni keltirishi;
- chet ellarda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy imijini yaxshilaydi;
- m

illiy parklar va qo‘riqxonalar vujudga kelishini va rivojlanishini rag’

batlantiradi;

-

san’at asarlari va urf

-odatlar saqlanishiga xizmat qiladi va boshqalar.

Shuningdek, tarixiy-madaniy turizm

rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ayrim salbi

y

omillarni ham keltirish lozim. Xususan, tarixiy

madaniy obyektlarni saqlash, rekonstruksiya

qilish katta investitsiyalarni talab qiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar kapital

tanqisligidan kelib chiqib, ularni saqlab qolish uchun yetarlicha mablag‘ ajrata

olmasligi


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

432

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

mumkin. Shuningdek, sohani rivoj

lanishi bevosita davlat siyosatiga bog‘liqdir.

Davlatning

olib boriladigan oqilona siyosati tarixiy-madaniy turizm sohasini rivojlanishiga, xalqaro
hamkorlikni kuchayishiga, sohada innovatsiyalar va axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanilishiga olib keladi va aksincha nooqilona siyosat turizm obyektlari va yodgorliklari
qarovsiz qolishiga, talon taroj qilinishiga olib keladi.

Ko‘rinib turganidek, tarixiy

-

madaniy turizmni rivojlanishiga turli omillar ta’sir

ko‘rsatadi. Mamlakatimizda tarixiy

-madaniy turizmni PEST tahlili

3

ni amalga oshirish ushbu

sohani rivojlanishi holati haqida to‘liq tasavvurni shakllantirish imkonini beradi.

Siyosiy va huquqiy omillar:

-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining (O‘zbekiston

Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada

takomillashtirish chora tadbirlari

to‘g‘risida” gi PF

-6199 sonli Farmoni,

O’zbekiston

Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining “Buxoro,

Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida

xavfsiz turizmni ta’minlash chora

-

tadbirlari to’g’risida”gi

939-son qarori.) Sohaga oid boshqa

farmonlar Prezident va hukumat qarorlari (jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalar
berilishini yengillashtirilishi);

-

Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik

ta’minlanganligi

;

-

YUNESKO Xalqaro tashkilotining mamlakatimizdagi tarixiy arxeologik yodgorliklar

va madaniy san’at asarlarini tiklash, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha aniq

mexanizm va

dasturlarning mavjudligi;

-

90 ta mamlakat sayyohlariga O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimini

ng

o‘rnatilishi;

-

Mamlakatda barqaror tinchlik

ta’minlanganligi hamda jinoyatchilik darajasini

ng

pastligi;

-

O‘zbekiston tashqi siyosati

ng oshkoralikni ilga

ri surishga hamda mintaqaviy va ko‘p

tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi;

-

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshil

ash

bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishining yangi mexanizmi joriy etilgani

-

davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarining

shakllantirilishi

-

O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab “Xavfsiz turizm” konsepsiyasi va

standartlarining joriy etilishi;

-

Pandemiya sharoitida chegaralarning yopilishi natijasida turistlarning erkin

sayohat qilishning taqiqlanishi

Iqtisodiy omillar:

-

Madaniy yodgorliklarni saqlash

va restаvratsiya qilish uchun pul mablag‘larini

ajratil

ishi hamda maxsus jamg‘armalar tashkil etilgani

;

-

Mavjud xizmatlar narxlarining tartibga solinishi

ва mo’tadil

lashtirilganligi;

-

Madaniy obyektlardan olinadigan soliqlarning kamaytirilgani;

-

Turistik mahsulotlar va xizmatlar turini ko‘paytirish (diversifikatsiyalash) chora

-

tadbirlarining amalga oshirilayotganligi;

-

Sohada raqobat muhitini yaratilishi;

3

PEST

bu marketing dastagi bo‘lib, sohaga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitning Siyosiy (Political), iqtisodiy (Economic), ijtimoiy

(Social) va texnologik (Technological) jihatlarini aniqlashga qaratilgan.


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

433

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

-

Pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz;

-

Aholi daromadlari va turmush darajasining yuksalishi.

Ijtimoiy omillar:

- aholining

qadriyatlar to’g’risida sobit tasavvurlari

madaniy meroslarni asrab

avaylashga bo‘lgan munosabati

va diniy e’tiqodi

;

- aholida shakllangan urf-odat va qadriyatlar;

-

ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi;

-

malakali kadrlarni tayyorlash;

-

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati;

-

e

kskursovod va mutaхassislarning malakasini oshirish;

-

m

ahalliy va xorijiy turistlarga sifatli va namunali xizmat ko’rsatish

Texnologik omillar:

-

t

arixiy me’moriy obidalarni

ng internet va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali

reklama qilinishi;

-

tarixiy madaniy-

meroslarni o’rganish bo’yicha

Veb-saytlarni yaratilishi va

muntazam boyitib borilishi;

-

madaniy tarixiy obyektlar va muzeylarda Wifi internet zonalarining tashkil etilishi;

-

а

rxeologik yodgorliklarni muhofaza etishning innovatsion tehnologiyalar

qo’

llanilishi;

-

mintaqada mavjud muzeylar

faoliyatini yo’lga qo’yishda

raqamli texnologiyalardan

foydalanish;

-

barcha tarixiy va madaniy resurslar zahiralarining yagona bazasini yaratish

-

virtual sayyohlik turlarning

tashkil etilishi ва b

.

Yuqorida keltirilgan PEST tahlildan xulosa qilish mumkinki, mamlakatda tarixiy-

madaniy turizmning ijtimoiy-

iqtisodiy rolini oshirish uchun barcha ta’sir etuvchi omillarni

hisobga olish, imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud kamchilik va muammolarni
bartaraf etish zarur hisoblanadi.

Xulosa va takliflar

Tarixiy-madaniy turizm obidalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini tadqiq

etishda, ulardan samarali foydalanish oshirish yo’llari, ularga ta’sir etuvchi omillar va

ularni

aniqlash, hamda turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini baholash

да

resurslarni

guruhlarga ajratish hamda ularni saqlash, qayta tiklash faoliyatining indikativ

ko’rsatkichlarini aniqlash аниқлаш

zarur.

Sohaning iqtisodiy samaradorligini os

hirishning nazariy va amaliy jihatdan o’rganish

natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va tavsiyalar ishlab chiqildi:

-

muzeylar va madaniy meros obyektlariga sifatli va namunali xizmat ko’rsatish

ni

takomillashtirish va bu orqali ularning

obro’sini mustahkamlash;

- mamlakatning tarixiy merosini jahon turistik bozorida namoyish etishda xalqaro

ko’rgazma, konferensiya, festival kabi madaniy tadbirlarni

tashkil etish;

- arxeologik yodgorliklarning tarixiy madaniy turizm sohasidagi rolini sezilarli darajada

oshirish orqali, ularni xorijiy va mahalliy turistlar orasida brend darajasiga yetkazish;

- arxeologik yodgorliklarni qisman (konservatsiya va restavratsiya) qilib muzey

ko’rgazmasiga tayyorlash;

- sayyohlar uchun xalq amaliy

san’ati markazlarida mahorat darslarini tashkil etish

ni

yo’lga qo’yish bilan milliy hunarmandchilik an’analarini dunyoga tanitish

;


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

434

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

- xorijiy turistlarni tarixiy-madaniy obyektlarga tashrifini oshirishda. malakali

mutaxassislar tomonidan ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etish;

- tarixiy madaniy turizmga oid

turistik axborot markazlari faoliyatini rag’

batlantirishda

ilmiy-

ommabop ma’

lumotlarni radio,

teleko’rsatuv

hamda internet tarmoqlaridan keng

foydalanishni yo’lga qo’yish

.

Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilib, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish nafaqat,

madaniy sohani qo’llab

-quvvatlashga ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatini

taqdim eta oladigan sohalardan biri sifatida qarash kerak bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.

O

zbekiston Respublikasi

нинг

Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat

boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to

g

risida

gi PF-6199- farmoni.

2021 yil 6-aprel. //

www.lex.uz

2.

O’zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

“Buxoro,

Samarqand, Xiva va

S

hahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora

-

tadbirlari to’g’risida”gi

939-son

qarori. 23.11.2017 yil//

https://www.

norma.uz

3.

Ван Циншен, Историко

-

культурный туризм и развитие туристических городов

Культура народов Причерноморья. 2002. №35. С

.11-15

4.

Дмитриевский Ю.Д. Туристские районы мира. Смоленск, 2000. 224 с.

5.

Колотова Е. В. Рекреационное ресурсоведение: Учеб. пособие.

-

М.: РМАТС.

[1, с. 92

-93]

6.

Карпов

Г.А., Хорева Л.B.Экономика и управление туристской деятельностью

.

СПб., 2011. 268 с.

[2.c.135]

7.

Королёва Н.В. Имитационное моделирование направлений развития туризма

в рекреационных зонах региона. Майкоп, 2007. 164 с.

8.

Richards, G. (1996) Cultural Tourism in Europe. CABI, Wallingford. [1,

с

. 45]

9.

Ro’ziyev Sh. “O‘zbekistonda tarixiy

-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-

iqtisodiy mexanizmini

indikativ boshqarish metodikasi” J. Экономика и финансы.

https://cyberleninka.ru/

10.

Тухлиев Н., Таксанов А. Экономика большого туризма. Т.: «Узбекистон

миллий энциклопедияси», 2001. —

208с. Стр. 13

11.

Норчаев

А

.

Ўзбекистонда

covid-19

пандемиясининг

туризмга

таъсирини

юмшатиш

йўллари. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5,

2020.http://iqtisodiyot.tsue.uz/

12.

Международный туризм сократился в 2020 году до уровня 1990 год.

https://www.interfax.ru/

13.

www.stat.uz

-

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi.

Библиографические ссылки

O'zbekiston RespublikasiHMHr "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-6199- farmoni. 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 939-son qarori. 23.11.2017 yil// https://www.norma.uz

Ван Циншен, Историко-культурный туризм и развитие туристических городов Культура народов Причерноморья. 2002. №35. С.11-15

Дмитриевский Ю.Д. Туристские районы мира. Смоленск, 2000. 224 с.

Колотова Е. В. Рекреационное ресурсоведение: Учеб, пособие. - М.: РМАТС. [1, с. 92-93]

Карпов Г.А., Хорева Л.В.Экономика и управление туристской деятельностью. СПб., 2011. 268 с. [2.С.135]

Королёва Н.В. Имитационное моделирование направлений развития туризма в рекреационных зонах региона. Майкоп, 2007.164 с.

Richards, G. (1996) Cultural Tourism in Europe. CABI, Wallingford. [1, c. 45]

Ro'ziyev Sh. "O'zbekistonda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini indikativ boshqarish metodikasi" J. Экономика и финансы. https://cyberleninka.ru/

Тухлиев Н., Таксанов А. Экономика большого туризма. Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси», 2001. — 208с. Стр. 13

Норчаев А. Узбекистонда covid-19 пандемиясининг туризмга таъсирини юмшатиш йуллари. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. N9 5, 2020.http://iqtisodiyot.tsue.uz/

Международный туризм сократился в 2020 году до уровня 1990 год. https://www.interfax.ru/

www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов