Jurnal O’zbekiston matbuot va axborot agentligining 2011 yil 11 avgustdagi № 0681 raqamli guvohnomasi bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.
OAK Rayosatining 2013 yil 30 dekabrdagi 201/3-sonli qarori bilan «Iqtisodiyot fanlari» bo’yicha «Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertasiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi lozim bo’lgan respublika ilmiy jurnallari ro’yxati»ga kiritilgan.
Hisobot davrida ushbu jurnalning 5 ta soni 21 rukn ostida jami 165 ta ilmiy maqola chop etildi.
Jurnal ruknlari (rubrika):
Bank-moliya tizimi, Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit, Ijtimoiy siyosat va aholi bandligi, Investisiyalar va investision faoliyat, Innovasion menejment, Innovasion texnologiya va loyihalar, Innovasion texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish, Institusional iqtisodiyot va infratuzilmalarni rivojlantirish, Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish va iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish, Iqtisodiy ta’lim va innovasion tadqiqotlar, Iqtisodiy-matematik usul va modellar, Kadrlarni qayta tayyorlash jarayonlarida innovasion texnologiyalar, Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy o’sish, Marketing, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, Ma’naviyat, ma’rifat va barkamol avlod tarbiyasi, Milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash, Pedagogika va pedagogik texnologiyalar, Soliq va soliqqa tortish. Sug’urta ishi, Turizm va xizmat ko’rsatish, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
Jurnalga Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan 2017 yil 14 dekabrda 2018 yil uchun ISSN 2181-9270 raqami olindi.
Hozirda jurnalni Web Of Science tizimiga kiritish bo’yicha rahbariyat tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan jurnalning tahririyati va ekspertlari tarkibiga xorijiy olimlarni kiritish, shuningdek, nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarning faoliyati o’rganilmoqda va tahlil qilinmoqda.