Возможности для развития туристических услуг в Хорезмской области

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
374-379
19
5
Поделиться
Шамуротов, С. (2021). Возможности для развития туристических услуг в Хорезмской области. Экономика и инновационные технологии, (6), 374–379. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/12232
Сабирджон Шамуротов, Ургенчский государственный университет

Преподаватель экономического факультета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье исследуются возможности развития туристических услуг в Хорезмской области, анализируется состояние реформ в секторе и раскрывается роль туризма в развитии национальной и региональной экономики


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

435

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

XORAZM VILOYATIDA TURISTIK XIZMATLARNI

RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Shamurotov Sabirjon Bazarbayevich,

Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot

fakulteti o’qituvchisi

E-mail:

sabirjonshamurotov@gmail.com

Annotatsiya

.

Mazkur maqolada Xorazm viloyati turistik xizmatlarni rivojlantirish

imkoniyatlari

o’rganilib,

sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning holati tahlil qilingan

hamda turizm sohasining milliy va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli ochib
berilgan.

Kalit so’zlar

:

Turistik xizmatlar, tashkiliy mexanizm, innovatsiya, turistik xizmatlar

xususiyatlari, turistik xizmat turlari.

Аннотация

.

В данной статье исследуются возможности развития

туристических услуг в Хорезмской области, анализируется состояние реформ в
секторе и раскрывается роль туризма в развитии национальной и региональной
экономики.

Ключевые слова

:

туристические услуги, организационный механизм,

инновации, характеры

туристических услуг, виды туристических услуг.

Abstract

.

This article examines the opportunities for the development of tourism

services in Khorezm region, analyzes the state of reforms in the sector and reveals the role of
tourism in the development of national and regional economies.

Key words

:

tourist services, organizational mechanism, innovations, characters of

tourist services, types of tourist services.

Kirish

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va aholi farovonligini oshirish sharoitida xizmat

ko’rsatish sohasida bandlikni oshirish bugungi kunda mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan

muhim masalalardan biridir. Xususan, mulkchilikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, deb

e’tirof etilayotgan xizmat ko’rsatish sohasidagi bandlikni oshirishning istiqbolini belgilash,

tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish va shu masala yuzasidan ilmiy jihatdan
asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kundagi muhim

yo’nalish bo’lib

hisoblanadi. Ana shularni hisobga olib, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan
boshlab, hozirgi kunga qadar zamon talablariga javob beradigan turistik xizmatlarni tashkil
etish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o`zining ijobiy
natijalarini bermoqda. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyev

...

Turist sayohat qilishi, ichki ishlar idoralarida

sarson bo‘lmasligi kerak. Agar biz turizm

hisobiga ish o‘rinlari ochamiz desak, turistga shart qo‘yish emas, balki sharoit yaratishimiz

zarur

1

,

deb ta’kidla

ganlar.

Shuning uchun ham, t

urizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm

xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish b

o‘yicha chora

-tadbirlarni hamda turizm

sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirilmoqda. Xususan, Xorazm viloyati
mintaqasida turizm sohasini rivojlantirish sohadagi mavjud muammolarni hal qilishni taqozo

1

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev raisligidagi videoselektr

ma’ruzasidan .

- 2018 yil 22 fevral


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

436

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

qiladi hamda sohani keng taraqqiy qildirishning zamonaviy va yangi turlarini tadbiq qilishni
talab qiladi. Bu esa Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish holatini tahlil qilish,
turistik xizmatlarning yangi

yo’nalishlari va istiqbollarini o’rganish

ni taqozo qiladi.

Shuningdek, sohada me‘yoriy

-huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro

hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha

hududlarida turistik xizmatlarni rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va
yangi turizm obyektlarini

tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora

-tadbirlar dasturi

tasdiqlandi.

Adabiyotlar tahlili

Iqtisodiy adabiyotlarda turistik xizmatlarni

rivojlanishining turli xil jihatlari bo‘yicha

nazariy va uslubiy muammolari o‘rganilgan

. O

‘zbekiston

Respublikasining

Turizm

to‘g‘risida”

gi Qonunning 3-moddasida turistik xizmatlar tushunchasi

“T

uristik xizmatlar

turistik faoliyat subyektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama

xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga

qaratilgan bosh

qa xizmatlar», deb ta’riflanadi

[1].

O’zbek adabiyotlarida tu

ristik xizmatlar - turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish

va ta’minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami
bo‘lib, ular turizm maqsadlari, xarakteri va turistik xizmatning qanday yo‘naltirilganligiga

javob berishi hamda umuminsoniy ta

moyillarga qarshi bo’lmasligi kerak

[2] Bu orqali turistik

xizmatlar tushunchasini aniqroq tasavvur qilish mumkin.

Xorij adabiyotlarida turistik xizmatlar -

bu moddiy ko’rinishga ega bo'lmagan

mahsulot, uni ko'rish va saqlash mumkin emas. Bu turdagi xizmat turistdan talab bo'lganda
amalga oshirilishi mumkin. Turistik xizmatlar birligi - bu ma'lum bir vaqt ichida bitta
iste'molchiga ko'rsatiladigan xizmatlar majmuidir

[3]

.

Turistik xizmatlar birligi turistik

xizmatlar

tarkibiga tegishli bo’ladi.

Turistik xizmat tarkibiga xizmatlarni buyurtma qilish, tashish, joylashtirish va boshqa

barcha rasmiylashtirish ishlari, tashib berishning barcha turlari, transfer, ovqatlantirish,

ekskursiya va attraksionlar, tibbiy ko‘rik va sug‘urta, tarjimon xizmatlari

, uchrashuvlar va

boshqalar bilan ta ’minlash kiradi. Xizmatlar tarkibiga yana guruh boshlig‘i xizmati bilan gid

-

tarjimonning xizmati ham kiritilishi mumkin [4]

. Ushbu tarkibning o’zaro aloqasi

turistik

xizmatni shakllantiradi.

Turistik xizmatlar bozorining mohiyati va tarkibini aniqlashda xizmatlarni

ng o’ziga

xosligini ochib berish

maqsadga muvofiq bo’ladi.[5]

Shunga asosan, turistik xizmatlar

quyidagi yetti xil o'ziga xos xususiyatlar

ga ega bo’ladi:

- saqlanmaslik;
- xizmatlarning sezilmasligi;
- mavsumiy ta'sir qilish;
- turistik xizmatlar

o’zgarmasligi

;

- turistik xizmatni sotish va uni iste'mol qilish o'rtasidagi vaqt farqi;
- turizm bozorida iste'molchi va ishlab chiqaruvchi o'rtasidagi hududiy bo'linish;
-

turist turistik xizmat ko’rsatiladigan va iste'mol joyidan ajratib turadigan masofani

bosib

o’t

ishi [6].

Bir guruh olimlar turistik xizmatlarni iqtisodiy hodisa sifatida turistik tur tushunchasi,

ya‘ni turoperator va turagentliklar faoliyati bilan bog’laydilar. Bu nuqtayi nazarga rossiyalik
ba‘zi mutaxassislar ham qo’shilishadi va «tashkilotlarning ayrim qismigina faqat turistlar
uchun mo’ljallangan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan», deb
ta‘kidlaydilar. [

7] "Salohiyat" atamasi o'zining etimologik ma'nosida lotincha "potentsiya"

so'zidan kelib chiqqan va "yashirin imkoniyatlar" degan ma'noni anglatadi, bu iqtisodiy


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

437

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

amaliyotda mehnat tufayli haqiqatga aylanishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu
atama keng ma'noda imkoniyatlar, mavjud kuchlar, zaxiralar, ishlatilishi mumkin bo'lgan
vositalar yoki har qanday jihatdan kuch darajasi, biror narsa uchun zarur bo'lgan vositalar
to

'plami sifatida talqin etiladi. A.N. Azriliyan tahrir qilgan “Katta iqtisodiy lug'at " [

8] bu

atama har qanday sohadagi mavjud vositalar, imkoniyatlar yig'indisi sifatida tushuniladi.

Charles R. Goldener va J.R. Brent Ritchie :”Turizm

- bu murakkab hodisa, uni qisqacha

ta'riflash juda qiyin. Turizmning har qanday "modeli" turistik tizim tarkibini yoki tarkibiy
qismlarini, shuningdek, uning ichida sodir bo'lgan asosiy jarayonlar va natijalarni "qamrab

olishi" kerak”.[

9

] deb ta’rif bergan. Ushbu jarayonlar

va natijalar turizmning mohiyatini,

sayyohlik tajribasini va turizmni amalga oshirishga yordam beradigan vositalarni o'z ichiga
oladi.

Turizmni tizim sifatida o’rgangan

Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend

sh. Leyper konsepsiyasini ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb
ataydi:

1. Geografik komponent;
2. Turistlar;
3. Turistik industriya [10]

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot jarayonida analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli yondashuv,

tahlilning mantiqiy va taqqoslash usullari, iqtisodiy-statistik tahlil, tanlanma kuzatish hamda
tajriba kabi usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar

Bilamizki, turistik xizmatlar turistga

turistik sayohat davomida ko’rsatiluvchi,

turistik

ehtiyojlarini qondiruvchi,

ko’zda tutilgan turizm turi maqsadiga javob beruvchi va

umuminsoniy tamoyillarga javob beruvchi xizmatlar majmuidir. Mazkur xizmatlar quyidagi
guruhlar

ga bo’li

nadi:

- asosiy turistik xizmatlar;
-

qo’shimcha

turistik xizmatlar.

Asosiy turistik xizmatlar turpaket tarkibiga kiruvchi barcha turistik xizmatlar:

ovqatlantirish xizmatlari, transport va transfer xizmatlari, joylashtirish xizmatlari, gid
ekskursiya xizmatlari va boshqalar kiradi.

Qo’shimcha turistik xizmatlarga turpaket tarkibiga kirmagan, turistlarni talablaidan

kelib chiqib ko’rsatiladigan va qo’s

himcha narx talab qiluvchi xizmatlar

, ya’ni

kiyimlarni

kimyoviy tozalash xizmatlari,

bank xizmatlari, sug’urta xizmatlari, mashinalarni ijaraga berish

xizmatlari, kurerlik xizmatlari va boshqalar kiradi.









1-rasm. Turistik xizmatlar tarkibi

2

Fikrimizcha, turistik xizmatlar

quyidagi yo’nalishlardan iborat guruhlarga ajratiladi:

2

Muallif ishlanmasi

Turistik xizmatlar

Asosiy turistik

xizmatlar

Qo’shimcha turistik

xizmatlar


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

438

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

- turistik xizmatlar saqlanmasligi;
- sezilmaslik;
- xizmat

ko’rsatish va iste’mol jarayonini bir vaqtda sodir bo’lishi

;

- sifatning doimiy emasligi.

2-rasm. Turistik xizmatlarning xususiyatlari

3


Ushbu xususiyatlar quyidagi mazmunga ega:

- turistik xizmatlar saqlanmasligi.

Bu ushbu xizmatlarni saqlash mumkin emasligidir.

Turistik xizmatlarning hayotiy davri moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan, saqlash

bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor
kon’yunkturasini yaxshilab o‘rganishni,

talab va taklifiiing mutanosibligini talab etadi, chunki

xizmatlar talab boimagunga qadar

omborlarda

turib qoladigan mahsufot emas.

- sezilmaslik.

Turistik xizmatlar nomoddiy mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Ular ijtimoiy

-

madaniy yoki nomoddiy sohalarga teg

ishli bo‘ladi, chunki iste’molchining ijtimoiy

-madaniy

xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, etnik

-

intellektual, ma’naviy va

boshqa ehtiyojlarini

qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi.

Ulami xarid qilish vaqtida

ko‘rish yoki

baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar obyekti bo‘lib shaxsan iste’molchi

hisoblanadi,

- x

izmat ko’rsatish va istemol jarayonini bir vaqtda sodir bo’lishi.

Xizmatlar iste’molchi

va ijro etuvchilaming o‘zaro ta’siri natijasida tashkil topganligi sababli, t

uristik xizmatlarni

ko‘rsatish jarayoni iste’mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi.

- sifatning doimiy emasligi.

Xizmatlar sifati ko‘p hollarda manbaning holati, uning

malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‘liq bo’ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib,

Xorazm viloyati bo’yicha turi

stik xizmatlar bozori

holatini tahlil qilib chiqamiz. Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish

3

Muallif ishlanmasi

Turistik

xizmatlarning

xususiyatlari

Sezilmaslik

Xizmat

ko’rsatish va

iste'mol

jarayonini bir

vaqtda sodir

bo’lishi

Sifatning

doimiy

emasligi

Turistik

xizmatlar

saqlanmasligi


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

439

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

maqsadida 2020-yil davomida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan umumiy

qiymati 114.9 mlrd. so‘m (o‘z mablag‘lari 31 mlrd. so‘m, bank krediti 40,2 mlrd.so‘m, xorijiy
investitsiya 43,7 mlrd so’m) miqdoridagi jami 50 ta loyihalar amalga oshirilib, natijada 358
nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi

.

Xorazm viloyatida 2020-yilda jami 168 ta joylashtirish vositasi (4757 nomer fondiga

ega)

mavjud bo’lib

, 2021-yilda 197 ta joylashtirish vositasiga (6426 nomer fondiga ega)

yetkazish reja qilingan. 2020-yilda jami 62 ta turoperator, 138 ta gid ekskursovodlar faoliyat

ko’rsatdi

. Viloyatimizda 2020-

yilda 293 ta turistik transport vositalari mavjud bo’lsa, 2021

-

yilda esa ularning sonini 314 taga yetkazish maqsad qilingan

4

.

3-rasm. Joylashtirish vositalari sonining 2017-2020-yillar davomidagi

o’sish grafigi

5


Ushbu rasmga asosan, viloyatda joylashtirish vositalari sonining 2017-2020-yillar

davomidagi o’sish ko’rsatilgan va bu turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatini belgilaydi.

1-jadval

Xorazm viloyatida turistik

xizmatlardan keladigan daromadlar o’zgarish dinamikasi

(mln.

so`mda)

6

Xizmatlar turlari nomi

Yillar

2018

2019

2020

Transport xizmatlari

1241862,3

1431791,9

1596372,1

Yashash va ovqatlanish xizmatlari

105408,5

147656,6

145224,6


Viloyatida

transport xizmatlarini ko’rsatishdan kelgan daromad yillik qariyb 10 %

ga

o’sish suratini ko’rsatmoqda. 2020

-yilda ovqatlantirish va joylashtirish xizmatlaridan

olinadigan daromad koronavirus pandemiyasi tufayli sezilarli darajada kamaygan.

Budjetga valyuta tushishi hisobiga turizm iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari rivojiga

ham ta‘sir ko‘rsatadi, mintaqalar infratuzilmasi, yangi ish joylari yaratish, o‘zbek xalqining

4

Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish Departamentining Xorazm viloyatida turizm sohasida 2020 yilning yanvar dekabr oylari

davomida amalga oshirilgan ishlar va 2021-

2022 yillarda bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida tahliliy ma’lumoti

5

Manba: Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti

ma’lumotlari

6

https://www.xorazmstat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2

0

50

100

150

200

2017

2018

2019

2020

56

69

152

168


background image

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil

440

6/2021

(№

00056)

http://iqtisodiyot.tsue.uz

tarixiy va madaniy merosini tiklash imkonini beradi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi

nufuzi ortishiga turizmning hissasi katta bo‘lishi kerak.

Xulosa va takliflar

Xorazm viloyatida yangi turistik xizmatlar turini miqdor jihatidan ko

‘paytirish va

xizmatlar sifatini oshirishl bilan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish

quyidagi yo’nalishlardagi

qator chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi:

- turizm tizimida sifatli marketing tadqiqotlarini tashkil etish;
-

turistik ekskursiya xizmati ko‘rsatish

ning turi va sifatini yanada rivojlantirish;

- tarixiy obida va yodgorliklarni ommaviy reklama qilish;
- yangi turistik makonlarni izlab topish va zamonaviy uslublar orqali tashkil etish;
-

qo‘shimcha xizmatlar turlarini

yanada

ko‘paytirish va ularning sifatli ko’rsatilis

hini

yaxshilash;

- turizm

bilan bog‘liq barcha tarmoqlar, ya’ni

maishiy xizmat, aloqa, transport va

boshqa sohalar ishini izchil takomillashtirish;

- tizimli ravishda turizm sohasi rivojlangan mamlakatlarda xodimlarning malakasini

oshirishni amalga oshirish.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Turizm to’grisidagi qonun "Xalq so'zi" gazetasi № 147 19.07.2019. 1

-bet.

[2] M.R.Boltabayev, I.S.Tuxliyev, B.Sh.Safarov, S.A.Abduxamidov Turizm: nazariya va

amaliyot. Darslik 114-bet

[3]

Розанова Т.П. Туристские услуги в системе потребительского рынка

национальной экономики / Рос. экон. акад. им. Г. В. Плеханова.

-

М.:

Кнорус, 2005.

105

c

[4] Mirzayev M., Aliyeva M. Turizm asoslari. O

quv qo

llanma. Toshkent

2011. 154-

bet

[5] Tuxliyev I. S., Raximov Z. O. Turizm xizmatlar

bozori. O’quv qo’llanma.

Samarqand,2018, 25-bet

[6]

Основы туризма: учебник / А.С.Кусков. Ю.А, Джаладян.

-

М.

:

КНОРУС, 2008,

-

308 с

.
[7

] Жукова М.А. Менеджмент в туристическом бизнесе. Учебное пособие. 2

-

е

изд., стер. –М.: КНОРУС, 2006, 193 с.

[8

] Азрилиян А.Н. Большой экономический словарь. М.: Институт новой

экономики, 1998. –

864 с.

[9]. Charles A. Goeldner, J.R. Brent Ritchie. Tourism Principles, Practices, Philosophies,

New Jersey, John Wiley & Sons, 2012.

[10

] Mamatqulov X.M., Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B. «Xalqaro turizm».

Darslik.

Toshkent

SamISI. 2008. 6-bet



Библиографические ссылки

Turizm to'grisidagi qonun "Xalq so'zi" gazetasi № 147 19.07.2019.1-bet.

M.R.Boltabayev, I.S.Tuxliyev, B.Sh.Safarov, S.A.Abduxamidov Turizm: nazariya va amaliyot. Darslik 114-bet

Розанова Т.П. Туристские услуги в системе потребительского рынка национальной экономики / Рос. экон. акад. им. Г. В. Плеханова. - М.: Кнорус, 2005.105 с

Mirzayev М., Aliyeva М. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent - 2011. 154-bet

Tuxliyev I. S., Raximov Z. O. Turizm xizmatlar bozori. O'quv qo'llanma. Samarqand,2018, 25-bet

Основы туризма: учебник / А.С.Кусков. Ю.А, Джаладян. - М.: КНОРУС, 2008, -308 с.

Жукова М.А. Менеджмент в туристическом бизнесе. Учебное пособие. 2-е изд., стер. -М.: КНОРУС, 2006,193 с.

Азрилиян А.Н. Большой экономический словарь. М.: Институт новой экономики, 1998. - 864 с.

. Charles A. Goeldner, J.R. Brent Ritchie. Tourism Principles, Practices, Philosophies, New Jersey, John Wiley & Sons, 2012.

Mamatqulov X.M., Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B. «Xalqaro turizm». Darslik. Toshkent - SamlSI. 2008. 6-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов