IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON MODERN ECONOMICS

Abstract

 In this article, we will explore which economic areas in which artificial intelligence penetrates and can influence it in the economic era. Does the development of artificial intelligence (SI) technology positively affect or negatively affect the economy? We get as many answers as possible to the questions.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdujabborov , A., & Kayumova , M. (2025). IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON MODERN ECONOMICS. Economic Development and Analysis, 3(5), 9–13. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/123933
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

 In this article, we will explore which economic areas in which artificial intelligence penetrates and can influence it in the economic era. Does the development of artificial intelligence (SI) technology positively affect or negatively affect the economy? We get as many answers as possible to the questions.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

9


SUN’IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Abdujabborov Abdurauf

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID:

0009-0003-0165-3230

abdujabborovabdurauf79@gmail.com

PhD

Kayumova Mеxribonu

Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti

ORCID: 0000-0002-1966-9287

kayumovamеxribonu@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada biz hozigi iqtisodiy davrda sun’iy intellekt bizning qaysi

iqtisodiy sohalarimizga kirib boradi va unga qanday ta’sir ko‘rsata olishini o‘rganib chiqamiz.

“Sun’iy intellekt (SI) texnologiyasining rivojlanishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir qila

dimi yoki salbiy

ta’sir qiladimi?” degan savollarga imkon qadar javob olamiz.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, AI, ta’limda sun’iy intellekt, “soft skills”, “hard skills”, AI

texnologiyalarning iqtisodiyotdagi o‘rni.

ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА СОВРЕМЕННУЮ ЭКОНОМИКУ

Абдуджабборов Абдурауф

Ташкентский государственный экономический университет

PhD

Каюмова Мехрибону

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В этой

статье

мы

исследуем, в какие

области

нашей экономики

проникает

искусственный

интеллект

и

как

он может

повлиять

на нас

в текущую

экономическую

эпоху.

Окажет ли развитие

технологий

искусственного

интеллекта

(ИИ)

положительное

или

отрицательное

влияние

на экономику? Мы постараемся ответить

на ваши вопросы как можно лучше.

Ключевые слова:

искусственный

интеллект,

ИИ,

искусственный

интеллект

в

образовании,

soft

skills”,

hard

skills”,

роль

AI технологий

в экономике.

IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON MODERN ECONOMICS

Abdujabborov Abdurauf

Tashkent State University of Economics

PhD

Kayumova Mekhribonu

Tashkent State University of Economics

Abstract.

In this article, we will explore which economic areas in which artificial intelligence

penetrates and can influence it in the economic era. Does the development of artificial intelligence

(SI) technology positively affect or negatively affect the economy? We get as many answers as
possible to the questions.

Keywords:

artificial intelligence, AI, artificial intelligence in education, soft skills, hard

skills, role of AI technology in eco

nomics.

UO‘K:

004.048

V SON - MAY, 2025

9-13

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

10

Kirish.

“Sun’iy intellekt hayotimiz va ish uslubimizni o‘zgartiradi, lekin u yangi

sohalar va ish

o‘rinlarini ham yaratadi” (Sundar Pichai –

Google bosh direktori).

AI (Artificial Intelligence o‘zbekchasi –

sun’iy intellekt) texnologiyasi hozirgi XXI asrning

eng dolzarb mavzularidan biri bo‘lib hisoblanib kelmoqda. AI texnologiyasini yaratgan insonlar
aynan bu soha iqtisodiyotga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsata olishini ko‘rsatib bera oldi. Bu aynan

to‘g‘ri fikrlardan edi. Hozirda qaysi rivojlangan davlatni qaraydigan bo‘lsak, iqtisodiy sohasi va

texnologiyalardan ya’ni zamonaviy, zamon bilan hamnafas bo‘lgan texnologiyalardan samarali

va oqilona foydalangani sababli ham

birinchilikni yuqori pog‘onalarda olib ketmoqda.

Texnologiyaning rivojlanishi zamonni va undagi insonlardan oqilona foydalanishni o‘rgatadi.

Shu jumladan kuch qudrat ham yuqori pog‘onadagi shaxslarda bo‘ladi.

Sun’iy intellekt iqtisodiyotning ko‘pgina sohalariga bir lahzada kirib keldi. U o‘zining

foydalanuvchilariga juda ko‘p qulayliklar yaratadi va e’tiborini o‘ziga qarata oladi. Ta’limda,
mehnat bozorida, iqtisodiy ko‘pgina sohalarda bu o‘z aksini topadi. Agar biz ta’limdagi o‘rnini

o‘rganadigan bo‘lsak, undagi yutuqlari bilan bo‘lishsak, unda qanday afzalliklarini to‘g‘ri

yo‘nalish bilan ko‘rib chiqa olsak, shu jumladan ta’limdagi o‘rni iqtisoddagi o‘rnini ko‘rsatib bera

olsak bu soha rivojlanishi uchun hamma birdek harakat qilsa, ana shunda hayotimizda rivojlanish

zamon bilan birdek hamnafas bo‘lish hissini o‘zimizda his etgan va bilgan bo‘lar edik.

Adabiyotlar sharhi.

Sun’iy intellekt va mustaqil ta’lim integratsiyasiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar sun’iy

intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida turli

yondashuvlarni ilgari surmoqda.

Sun’iy intellektning ta’lim tizimiga integratsiyasi bo’yicha global tajribalarni o’rganib, uni

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti misolida o’z natijalarini taqdim etadi.

Shaxsiylashtirilgan o’quv tizimlarining o’quvchilar bilim darajasi, motivatsiya va ta’lim
jarayonidagi natijalarga ta’siri statistik ta’sir asosida baholanadi. Talabalarda bir qator

tajribalarni o’rganib uni statistik tahlil qilgan holatda batafsil o’z maqolasida ko’rsatib beradi

(Kayumova, 2025).

Sun’iy intellektning global iqtisodiyotga ko’p qirrali ta’sirini o’rganib, AI sanoatni qanday

o’zgartirayotganini, mehnat bozorlariga ta’sir qilishini va innovatsiyalarni boshqarishni

o’rganadi. Bandlik va iqtisodiy o’sish bilan bog’liq natijalarni muhoka

ma qiladi. Korxonalar AI

potensialidan foydalanishi va muammolarini hal qilish bo’yicha xulosa va takliflarini berib

o’tadi (Kadirov, 2025). AI ni iqtisodiy foyda keltiruvchi omillari shu jumladan biznes va undan
tashqarida qo’llashning samaradorligi va ko’plab foydalari haqida bir qator ma’lumotlar berib

o’tgan (Raxmatova, 2022).

O‘z tadqiqotlarida sun’iy intellekt texnologiyalarining O‘zbekiston ta’lim tizimiga

integratsiya jarayonini o‘rganib, uning muammolarini va istiqbollarini tahlil qilgan. Ularning

tadqiqoti AI asosidagi moslashuvchan ta’lim tizimlari, avtomatlashtirilgan ba

holash tizimlari va

tavsiyaviy tizimlarni joriy etish bo‘yicha muhim xulosalarni o‘z ichiga olgan (Amonov va

Yo‘ldoshev, 2022).

O’z tadqiqotlarida mamlakatlarning AI sun’iy intellekt tizimi kirib kelgandan keyin

ishsizliklar soni va ularni qayta ishga tayyorlash uchun yetarlicha malakali kadrlar kerakligi

haqida to’liq to’xtalib o’tgan va bu mavzuni yoritib bergan. Sun’iy intellek

t tizimi kirib kelsa

mamlakatda qanday o’zgarishlar yuz berishi haqida global miqyosda o’rganib tahlil qiladi

(Haider, 2024).

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot sifat va miqdoriy metodlar asosida olib borildi. Tadqiqot jarayonida sun’iy

intellekt texnologiyalarining mustaqil ta’lim jarayoniga ta’sirini baholash va optimallashtirish

imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida turli metodologik yondashuvlar qo‘llanildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

11

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ta’lim sharoitida har xil yo‘nalishlar bor. Bu inson omilini hamma yo‘nalishda birdek

rivojlantirish qiyin bo‘lganidek, ta’lim sohasida sun’iy intellektdan to‘g‘ri ko‘zlangan maqsad

bilan foydalanib joriy etsak va u shu soha rivojlanib o‘zini oqlay olsa, t

alabalarni bilimlarida

yetarlicha o‘sishni ko‘rsata olsa ya’ni ijobiy qabul qilinsa, bu soha rivojlanishi bilan bir qatorda
boshqa sohalar ham asta sekinlik bilan rivojlanib boradi deb o‘ylaymiz. Chunki aynan ta’lim

sohasi boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. A

gar unga biz bor mehrimiz bilan rivojlantirsak, unda

yetishib chiqqan malakali kadrlar keyinchalik boshqa sohalarni qamrab olib, o‘sha sohalarda

o‘zini ko‘rsatadi.

Shunday qilib, sekin sekinlik bilan rivojlanib boriladi. Alisher Navoiyning “Oz

-

oz o‘rganib

dono bo‘lur, qatra

-

qatra yig‘ilib daryo bo‘lur” fikri ham aynan shu uchun aytilganidek go‘yo.

Ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, AI texnologiyasidan hamma foylanish

i zarur. Hamma uchun

birdek ijobiy ta’sir qilmasligi ham olimlar tomonidan ko‘rib o‘tilgan. Lekin rivojlantirib borilsa,
statistikalarga qaraganda ko‘pchilik uchun ta’lim olish sohalarida yaxshi o‘zgarish bo‘la olar

ekan. Talabalar uchun yetarlicha to‘g‘ri

, ijobiy, samarali va adolatli bilim berilishi uchun ham

texnologiya va undagi o‘zgarishlarni rivojlanishi muhim.

TDIU dotsent v.b., PhD Mexribonu Kayumova ham o‘zining “Raqamli texnologiyalar va

sun’iy intellekt vositalari yordamida ta’lim jarayonini moslashtirish” maqolasida buni aniq

tahlillar va tadqiqotlar yordamida ko‘rsatib o‘tgan. Aytilishi kerak bo‘lgan fikrl

ar qatoriga

qo‘shib qo‘ygan bo‘lardikki talabalar faqat bilim qabul qilib oluvchi emas balki shu bilimlarni

tashkil qilishda bevosita ishtirokchi ham sanaladi. Chunki bir katta bir kichikdan ta’lim olish

kerak, agar to‘g‘ri fikr bo‘ladigan bo‘lsa. Har bir o‘qituvchi va talaba o‘zaro hamkorlikda ish olib
boradi. O‘zaro bilim, tajriba, malaka almashinuvi vujudga keladi. Hamkorlik va o‘zaro xurmat

bo‘lgan joyda o‘sish bo‘ladi. Eshitish bo‘lishi kerak, bevosita eshitilmay qolgan fikrlar ba’zida

katta natijalar

ni erishilmay qolishiga sababchi bo‘ladi.

Hozirda soft skills va hard skills haqida turli xil fikrlar mavjud. Soft skillsning hard skillsga

qaraganda yuqori o‘rinda turishiga sababchi bo‘lgan omillardan biri bo‘lishiga sabab sun’iy

intellektning rivojlanishi bo‘la oladi. Xususan jamoaviy qobilyatlarimiz qanchalik kuchli bo‘lsa,

o‘zaro ishlay olish sifatimiz ham kuchli bo‘ladi. Fikrimizni davom ettirib, jamoaviy ishlash

uchun sun’iy intellekt va zamonaviy dunyo texnologiyalaridan foydalangan holda amalga
oshiradigan bo‘lsak sog‘lom hayot tarzini rivojlantigan bo‘lamiz. Hard skills ko‘nikmalari

jamoaviy ishlarda ancha qo‘l keladi va u jamoada rivojlanadi. Umuman olganda fikrlarimizni

jamlab aytadigan bo‘lsak soft skills va hard skills ko‘nikmalariga e’tibor berilgani kelajakda

talabalarni mustaqil fik

rlay oladigan, kreativ yondashib o‘z sohasini rivojlantirishga hissasini

qo‘sha oladigan kadr bo‘lib yetishishiga turtki bo‘ladi.

Soft skillsning hard skillsdan ustun turishi bu bizning odob-

axloq ko‘nikmalarimizning

qanchalik yaxshi rivojlanganini ko‘rsatib beradi. Olimlarimizga ham e’tibor berib qaraydigan
bo‘lsak, ularda ham soft skillsning aynan rivojlanganini ko‘rishimiz tabiiy. Ulardan o‘rnak

olishimizning bosh sabablaridan biri ham shudir. Mehnat bozorida ham ijtimoiy va iqtisodiy
odob-

axloqi yaxshi rivojlanishi umumxalqimizning mehnat bozori oldiga qo‘ygan talablarga

mos kadr bo‘lib yetishishiga sababchi bo‘ladi.

Sun’iy intellektning boshqa sohalarga kirib borishi yetarlicha ishchi o‘rni kamayishiga va

yangi ishchi o‘rni ochilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ko‘pgina sohalarda hozirda AI ni
qo‘llaydigan bo‘lsak, o‘zinikini o‘tkazish, tarafkashlik, korrupsiya va bir qancha shunga o‘xshash

bemas’uliyat ishlarning kamayishiga asosiy omil bo‘ladi. Keyinchalik balki bu bizning

mafkuramizga juda katta ta’sir qiladigan ishlarning yo‘q bo‘lishiga va qaytib putur

yetkazmasiligiga olib keladi. Bu shunchaki yuqoridan qaralgan en

g asosiy narsalar bo‘ladi. Agar

chuqurroq qarab fikr qiladigan bo‘lsak mayda mayda ko‘zga ko‘rinmaydigan kamchiliklar

yopilib ketadi.

Biz aytadigan fikrlar qatoriga yana kiritishimiz kerak: texnologiyalar rivojlanganidek

insonlar ham shu texnologiyalarni o‘rganib ular bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib rivojlanishda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

12

davom etsa, ishsizlik kamayishi o‘rniga bir muncha mo‘tadil turgan bo‘lar edi. Albatta AQSh,
Xitoy, Yaponiya, Kanadalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xulosa qilib aytsak, Dunyoning

rivojlanishi odamlarning bilim ortidan harakat qilib qadam tashlayotganidan dalolat beradi.

Bilim esa insonlarning inson bo‘lib his qilishi va o‘zini anglab yetish omillarini anglatadi.

1-rasm. AI texnologiyasining rivojlanishiga misol rasmi

Mistral (Mistral AI- bu 2023-yilda Fransiyada tashkil etilgan sun'iy intellekt (SI)

sohasidagi startap bo‘lib, asosiy e’tiborni ochiq kodli katta til modellari (LLM) yaratishga
qaratadi.) bosh direktori Atur Menshning ta’kidlashicha, o‘zlarining sun’iy int

ellekt tizimlarini

yaratmagan davlatlar boshqa mamlakatlar pul oqimini xavf ostiga qo‘yishadi. U yana sun’iy

intellektni elektr energiyasining paydo bo‘lishi bilan taqqoslagan fikrida shunday degan ekan.

“100 yil oldin agar siz elektr zavodlarini qurmagan bo‘lsangiz, uni qo‘shnilaringizdan sotib
olishga o‘zingizni tayyorlagan edingiz, oxir oqibat, bu juda yaxshi emas, chunki u ba’zi

qaramliklarni keltirib chiqaradi.”

2023-yilda Mistral kompaniyasiga asos solgan Mensh Nvidia bosh direktori Jensen Xuang

bilan suveren sun'iy intellektga yo‘naltirilgan epizodda paydo bo‘ldi. Ikki bosh direktor har bir
mamlakat milliy sun'iy intellekt strategiyasini topishi va o‘zining sun'

iy intellekt

imkoniyatlarini yaratishi kerakligi haqida kelishib oldilar, chunki texnologiya keng miqyosda,

jumladan, davlat xizmati, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sohalarida qo‘llaniladi. Huang bundan

oldin ham xuddi shunday izohlar bergan, shu jumladan to

‘g‘ridan

-

to‘g‘ri hukumat

amaldorlariga.

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, har bir mamlakat o‘zining sun’iy intellekt tizimini

yaratishi va uni takomillashtirishi darkor. Albatta bu tizim o‘zining milliy qadriyat va
an’analariga mos ravishda muayyan qolib va filtrdan o‘tkazilgan bo‘lishi k

erak. Asosiy xulosa

qilib shuni ayta olamizki, rivojlanish bor joyda o‘sish, muayyan va turli inqiloblarga tayyor

turish ko‘nikmalari shakllanadi. Strategiyaning qanchalik kuchliligi oldimizda turgan sanoat va

iqtisodiy inqiloblardan eson omon chiqish salo

hiyatini yaratadi. Bunda o‘zlarida bor

texnologiyalarning barcha sohalaridan va o‘zida bor narsalardan oqilona foydalana olish

ko‘nikmalarni yaratadi. Sun’iy intellekt kelajakdagi bir qancha o‘zgarishlarga olib keladi.

Deyarli barcha sohaga kirib bora olad

i va bunda o‘ziga yarasha turli qiyinchiliklar, sinovlar,

yo‘qotishlar bo‘ladi. Iqtisodiyotda ma’lum bir yaxshiroq narsaga erishish uchun ba’zi
narsalarda ya’ni uni o‘rnini bosa oladigan narsalardan kechish iqtisodiyotimizni yanada

rivojlanishiga hissa qo‘

shadi deb hisoblaymiz.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, may

www.sci-p.uz

13

Adabiyotlar/Литература/References:

Amonov, S., Yo‘ldoshev, I. (2023) Sun’iy intellekt texnologiyalarining O‘zbekiston ta’lim

tizimiga integratsiyasi: imkoniyatlar va muammolar.

Toshkent: TDIU nashriyoti,

102 b.

Haider, Z., & Fang, W. (2024). The Impact of Artificial Intelligence on Economic

Development. Journal of Emerging Business and Digital Economy.

https://www.emerald.com

/insight/content/doi/10.1108/jebde-10-2023-0022/full/html

Kayumova M. (2025) “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari yordamida ta’lim

jarayonini moslashtirish”.

https://journal.nordicuniversity.org/article/raqamli-texnologiyalar-

va-suniy-intellekt-vositalari-yordamida-talim-jarayonini-moslashtirish

Qodirov, M. (2023). Sun’iy intellektning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli va

imkoniyatlari. Cyberleninka.ru. https://cyberleninka.ru/article/n/sun-iy-intellektning-iqtisodiy-

samaradorlikni-oshirishdagi-roli-va-imkoniyatlari

Raxmatova, D. (2022). Sun’iy intellekt: iqtisodiyot va bandlikka ta’siri.

Infocom.uz.

https://infocom.uz/articles/suniy-intellekt-iqtisodiyot-va-bandlikka-tasiri

To, C. (2021). idrokli mashinalar texnologiyalari va ularni oʻrganish sohasi. [online]

Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt

Xasanov, U. (2023). Sun’iy intellekt va uning iqtisodiyotga ta’siri.

Pedagoglar.org.

https://pedagoglar.org/04/article/download/4754/4331

yuz.uz (2023). Sun’iy intellekt: muammo va echimlar. [online] https://yuz.uz. Available at:

https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellekt-muammo-va-echimlar

References

Amonov, S., Yo‘ldoshev, I. (2023) Sun’iy intellekt texnologiyalarining O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiyasi: imkoniyatlar va muammolar. – Toshkent: TDIU nashriyoti,– 102 b.

Haider, Z., & Fang, W. (2024). The Impact of Artificial Intelligence on Economic Development. Journal of Emerging Business and Digital Economy. https://www.emerald.com /insight/content/doi/10.1108/jebde-10-2023-0022/full/html

Kayumova M. (2025) “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari yordamida ta’lim jarayonini moslashtirish”. https://journal.nordicuniversity.org/article/raqamli-texnologiyalar-va-suniy-intellekt-vositalari-yordamida-talim-jarayonini-moslashtirish

Qodirov, M. (2023). Sun’iy intellektning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi roli va imkoniyatlari. Cyberleninka.ru. https://cyberleninka.ru/article/n/sun-iy-intellektning-iqtisodiy-samaradorlikni-oshirishdagi-roli-va-imkoniyatlari

Raxmatova, D. (2022). Sun’iy intellekt: iqtisodiyot va bandlikka ta’siri. Infocom.uz. https://infocom.uz/articles/suniy-intellekt-iqtisodiyot-va-bandlikka-tasiri

To, C. (2021). idrokli mashinalar texnologiyalari va ularni oʻrganish sohasi. [online] Wikipedia.org. Available at: https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt

Xasanov, U. (2023). Sun’iy intellekt va uning iqtisodiyotga ta’siri. Pedagoglar.org. https://pedagoglar.org/04/article/download/4754/4331

yuz.uz (2023). Sun’iy intellekt: muammo va echimlar. [online] https://yuz.uz. Available at: https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellekt-muammo-va-echimlar