FOND BOZORI RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY O’SISH BILAN BOG’LIQLIGI

Annotasiya

Maqolada rivojlanayotgan fond bozorining mazmuni, uning faoliyat qilishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog’liqligi o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida fond bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar o‘z aksini topgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
64-69
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Saidov, J. (2023). FOND BOZORI RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY O’SISH BILAN BOG’LIQLIGI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(1), 64–69. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44629
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada rivojlanayotgan fond bozorining mazmuni, uning faoliyat qilishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog’liqligi o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida fond bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar o‘z aksini topgan.


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

64



FOND BOZORI RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA IQTISODIY

O’SISH

BILAN BOG

LIQLIGI

Saidov Jasurbek Latipbayevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Maqolada rivojlanayotgan fond bozorining mazmuni, uning faoliyat

qilishining o‘ziga

xos xususiyatlari hamda uning mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog’liqligi
o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida fond bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga
qaratilgan tavsiyalar o‘z aksini topg

an.

Kalit so‘zlar:

fond bozori, qimmatli qog‘ozlar, aktsiyalar kapitalizatsiyasi, bozor kapitalizatsiyasi,

fond bozori infratuzilmasi, investitsion qarorlar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, bozor riski.

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ФОНДОВОГО РЫНКА И ЕГО СВЯЗЬ С ЭКОНОМИЧЕСКИМ РОСТОМ

Саидов Жасурбек Латипбайевич

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

В статье изучено содержание развивающегося фондового рынка, особенности

его функционирования и его связь с показателями экономического роста стран, отражены
рекомендации, направленные на совершенствование механизмов функционирования фондового
рынка в Республике Узбекистан.

Ключевые слова:

фондовый рынок, акции, капитализация акций, рыночная капитализация,

инфраструктура фондового рынка, инвестиционные решения, макроэкономические показатели,
рыночный риск

.

FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF THE STOCK MARKET AND ITS RELATIONSHIP

WITH ECONOMIC GROWTH

Saidov Jasurbek Latipbayevich

Tashkent State University of Economics

Annotation.

the article explores the content of the developing stock market, the specifics of its

functioning and its relationship with the indicators of economic growth of countries, reflects

recommendations aimed at improving the mechanisms of action of the stock market in the Republic of
Uzbekistan.

Keywords:

stock market, securities, stock capitalization, market capitalization, stock market

infrastructure, investment decisions, macroeconomic indicators, market risk.

Kirish.

Bozor iqtisodiyotining muhim segmentlaridan biri

bu fond bozori hisoblanib, u vaqtincha bo‘sh

turgan pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirishga va qayta taqsimlash orqali maqsadli
joylashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday maqsadlarga qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy
va noan’anaviy segmentlari hisoblangan qimmatli qog‘ozlarning barcha turlari o‘z samarasini
bergandagina erishiladi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlarni j

oylashtirish, ular bilan oldi-sotdi qilish

kabi barcha operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi muomalalarni asosan tijorat banklari amalga oshiradi. Bu
ularning, avvalo, ustav kapitalini oshirish darajasini ta’minlasa, ikkinchidan, bozorlardagi tijorat

faoliyat

i yordamida chet eldagi bo‘sh kapitallarni xarakatga keltiriladi. Shuning uchun, ayni paytda

qimmatli qog‘ozlarning barcha instrumentlari to‘liq va samarali ishlashi uchun mazkur bozorlar

I SON - MAY, 2023

www.e-itt.uz

64-69-sahifalar


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

65

infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish davlat dara

jasiga ko‘tarilishini talab etmoqda.

Mamlakatimizda esa fond bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq

tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan aniq maqsadlar belgilanganligi bu vazifaning davlat

darajasiga ko‘tarilganligini yanada yorqin ifodalaydi. Xususan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev “…moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy
sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Yangi moliyaviy instr

umentlarni joriy etish va

obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot

texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur” deb ta’kidlaganida mutaxassislar va keng
jamoatchilikning e’tiborini aynan m

ana shu dolzarb masala - milliy fond bozorini yanada

rivojlantirishga qaratdi.

Yuqoridagi holatlar, fond bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlanishi uchun

avvalo shu bozorlarga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning yuqori likvidligi, b

ozorning kapitallashuv

darajasi, daromadliligi, kapitalni oshirish kabi xususiyatlarini ta’minlash uchun hizmat qiladi.

Fond bozorlarining yana bir xususiyatli belgisi - bu ularning risk darajasiga tobeligi hisoblanadi.

Shu sababli fond bozori infratuzi

lmasini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq

tahlil qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish lozim.

Ayni paytda fond bozorlari va ularning samarali faoliyati, ularning ishtirokchilari hamda

muomaladagi xalqaro maqomga

ega bo‘lgan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar turlari muhim

ahamiyatga ega. Fond bozorlarining rivojlanishi davlatning infratuzilmaviy rivojlanish darajasiga

bevosita bog‘liq bo‘lib, avvalo milliy fond bozorini xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuv

ini

ta’minlash orqali yuqori sur’atda rivojlanishga olib borsa, ikkinchidan, tijorat banklarining yuqori
likvidligi va moliyaviy barqarorligini xalqaro me’yorlarga tenglashuviga olib keladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar, ekspertlar

tomonidan tortishuvlar, ilmiy-

nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni

bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari

orqali hamda ularning

ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada

chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental
omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Xususan, fond

bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil
g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy

omillar asosida takomillashib bo

radi. Jahon fond bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda

noan’anaviy, zamonaviy, yangi va xilma

-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning

iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy

omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish maqsadga

muvofiq.


Adabiyotlar sharhi.

Shuningdek, Butikovning (2009) fikricha: “Bugungi kun nuqtai nazari bilan qaraganda, banklar va

dillerlarning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bo‘linishida uchta asosiy sababni ko‘rish mumkin. Birinchidan,
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni kafolatlash bo‘yicha banklarni biznesga kiritish o‘ta xatarli (risk)
tuyuladi. Ikkinchidan, ahvol tashvishli bo‘lib, anderrayter sifatida banklarning roli to‘g‘ridanto‘g‘ri
manfaatlar to‘qnashuvida tashvishli holatga olib keladi. Uchinchidan esa, tashvishli hol asosan moliya
sohasidagi kontsentratsiyaning o‘sib borayotganligini aks ettiradi”

Xojimatovning (2019) fikricha, mamlakatdagi davlat banklari tijorat banklarining qimmatli

qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birga, ularning fond bozorlari rivojiga ijobiy
ta’siri nihoyatda muhimdir. Fond bozorlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib

chiqqan holda, u

larning samaradorligini oshirishda tijorat banklarining noan’anaviy instrumentlarini

keng joriy etish muhim o‘rin egallaydi. Xususan, “avvalo mamlakatimizda fond bozorlarini
rivojlanishtirish, bozorlarni yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning noan’anaviy i

nstrumentlarini keng

joriy etish orqali tijorat banklarining kapitallashuvi va bozor kapitallashuvining xalqaro miqyosda

mavqeini oshirish uchun o‘rnatilgan me’yorlarga tenglashtirish, jahondagi yirik xalqaro moliya

-kredit

institutlari bilan teng raqobat d

arajasiga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun o‘zlarining yuqori

likvid an’anaviy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish lozim”

Shuningdek, Xojimatovning (2019) fikricha, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash

va banklarning likvidligini

oshirish uchun fond bozorlariga tijorat banklarining yuqori likvid an’anaviy

obligatsiyalarining xalqaro bozorlarga integratsiyasini rivojlantirish lozim. Mamlakatimizda


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

66

makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun, Markaziy bank transmission kanallarinin

g samarasini

inflyatsion targetlashga o‘tish orqali oshirish maqsadida uning mustaqilligini oshirish nihoyatda muhim

hisoblanadi.

Xalqaro kapital bozori rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalarini o‘rgangan Qulmatov va

To‘ychiyevlarning (2022) fikricha

,

“xalqaro kapital bozori moliyaviy globallashuv jarayoni mahsuli

bo‘lib, industrial mamlakatlarning umumjahon miqyosida iqtisodiy samaradorligini keskin oshirdi.
Lekin, bu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir

ko‘rsatishi hozirda barchaga ayon bo‘lib qoldi. Buning sababi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti
industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko‘proq bog‘liqdir”

.

Iqtisodiy adabiyotlarda fond bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bir xil mazmunda

gi

tushunchalar sifatida talqin etilgan. Shu sababli avvalo ushbu tushunchalarning turli davrlarda tadqiqot
olib borgan iqtisodchi-

olimlarning ilmiy ishlarida yoritilishini o‘rganish maqsadga muvofiq, deb

hisoblaymiz.

Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, zaruriyati, tasniflanishi hamda uning mamlakatdagi

iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni haqida ko‘plab iqtisodchilar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Sohaning etakchi olimlaridan Azizovning (2020) fikricha, kapital bozori aholining bo‘sh turgan

mablag

’lari iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilinishida, xorijiy to‘g’ridan

-

to‘g’ri investitsiyalar oqimi

ko‘payishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, fond bozori moliya bozorining tarkibiy qismi

sifatida kredit bozori bilan raqobatga kirishishi kapital

bozorida o‘ziga xos raqobat muhitini yuzaga

keltiradi. Bundan esa iqtisodiyot, qolaversa, farovonlik oshishi hisobiga aholi yutadi. Yana bir yetakchi

iqtisodchi olim professor Elmirzayevga (2019) ko‘ra, pul bozorida naqd pul, qisqa muddatli to‘lov

vositala

ri, bir yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli jamg’armalar muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida

esa “uzun pullar” muomalasi tashkil etilib, unda asosan aktsiyalar va obligatsiyalar amal qiladi.

Muomala muddati esa bir yildan ortiq bo‘ladi. Kapital bozori

ning pul bozoridan asosiy farqli jihati

uzoq muddatli investitsiyalardan foydalanilishi bilan izohlanadi va kapital bozorining iqtisodiy

mohiyatini aniqlashning asosiy mezoni sifatida bozor ishtirokchilari o‘rtasida kapitalni qayta

taqsimlash va kapitalni

jamg’armalardan investitsiyalarga transformatsiya qilish bilan bog’liq

funksiyalarning o‘zaro bog’liqligi deb hisoblaydi.

Zamonaviy iqtisodchilar Berzon, Buyanov (2019) kapital bozorini ishlab chiqarish omillari

umumiy bozorining ajralmas qismi sifatida iz

oh berishgan. Ular buni tushunish uchun “kapital”

toifasining mazmunini aniqlash kerak deb hisoblaydi. Ya’ni, kapital

-

bu pul, ish haqi to‘lovlari, ishlab

chiqarishni rivojlantirish uchun investitsiyalar ekanligi qabul qilingan. Rossiya Federatsiyasida xizmat

ko‘rsatgan fan arbobi professor Beloglazovaga (2015) ko‘ra, “Kapital bozori

-

bu uzoq pullar, ya’ni bir

yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan mablag’lar muomalada bo‘lgan moliya bozorining bir qismidir”

Mamlakat iqtisodiyotida kapital bozori segmentlari

samarali faoliyat olib borishi uchun ma’lum

bir shart-

sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Kapital bozorining eng katta segmenti valyuta bozoridir,

chunki u juda ko‘p sonli operatsiyalarni amalga oshiradi. Valyuta segmenti tashqi savdo operatsiyalariga

xi

zmat qiladi va bu yerda valyuta kursining o‘zgarishidan daromad oladigan eng spekulyativ

operatsiyalar amalga oshiriladi.

Kapital bozorining ikkinchi yirik segmenti sug’urta xizmatlari bozoridir. Daromadning katta qismi

sug’urtalovchilarning badallari hi

sobiga olinadi. Ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi

kompaniyalar turli o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin, ammo eng katta ishtirokchilar transmilliy
kompaniyalardir. Bu ishlab chiqarish sektori, shuningdek, uy xo‘jaligi sektori manfaatlariga xizmat

qiladi.

Kapital bozorining yana bir muhim segmenti fond bozoridir. Zero, qimmatli qog’ozlar bozori

moliyalashtirishning eng muhim manbalaridan biri bo‘lib, odatda iqtisodiyotning barometri sifatida tan
olinadi. U har xil turdagi qimmatli qog’ozlar, shuningdek de

rivativlar - fyuchers va optsionlar bilan

savdo qiladi. Ushbu segment omonatchilarni yanada faol investitsiya faoliyatiga undaydi va eng muhimi,

mablag’larni qayta taqsimlash imkonini beradi. Real sektor vakillari ko‘pincha qo‘shimcha moliyaviy

daromad oli

sh maqsadida moliyaviy aktivlarining bir qismini qimmatli qog’ozlarda saqlaydilar. Bundan

tashqari, ular turli vaqt oralig’ida risklar va daromadlarni taqsimlash imkonini beruvchi investitsiya

portfellaridan foydalanadilar.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada ilmiy abstraktsiyalash, tasviriy statistika, ekspert baholash, guruhlashtirish, dinamik

tahlil usullaridan foydalanilgan.


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

67

Tahlil va natijalar.

Dunyo bo‘ylab fond bozori faoliyatiga hukumatning aralashuv siyosati doimiy ta’sir ko‘rsatadi

.

2020-yilning birinchi yarmida jahon mamlakatlari COVID-

19 pandemiyasini e’lon qilganidan so‘ng, fond

bozorlari oldingi global moliyaviy inqirozlar (masalan, 1930-, 1987- va 2008-yillar) va Ispan grippi,
SARS va Ebola pandemiyasi davridagi darajalarga nis

batan ham misli ko‘rilmagan yuqori

volatillik(o‘zgaruvchanlik)ni qayd etdi.

Qimmatli qog‘ozlar moliya bozorida amal qiladigan moliyaviy instrumentlarning boshqa

turlaridan farqli o‘laroq eng katta va alohida bozoriga ega bo‘lgan guruhini tashkil etganligi

munosabati

bilan uni o‘rganish alohida yondashuvni talab etadi.

Qimmatli qog‘ozlar iqtisodiyotda o‘z ahamiyati, o‘rni va funksiyalarini allaqachon isbotlaganligiga

qaramay, ularning mazmuni to‘g‘risida hanuzgacha qizg‘in bahslar davom etmoqda. Qimmatli qog‘ozlar
bozorida bir paytning o‘zida bozor aylanmasining ob’ekti hamda tomonlarga mulkiy va boshqa turdagi
huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, ularning iqtisodiy

mohiyatini aniqlashda ushbu iqtisodiy hodisanin

g ham iqtisodiy, ham yuridik jihatlarini o‘zida

jamlovchi integratsiyalashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda, “fond bozori” va “qimmatli qog‘ozlar bozori”ni bir xil

mazmundagi tushunchal

ar sifatida qarashni o‘rinli, deb hisoblaymiz. Bir vaqtning o‘zida qimmatli

qog‘ozlar fond bozori (qimmatli qog‘ozlar bozori)da harakatlanadi.

Fond bozori -

qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularning oldi

-

sotdisi bilan shug‘ullanadigan soha

va qimmatli qog‘ozlar muomalasi bo‘yicha moliyaviy munosabatlar majmui bo‘lib, uning asosiy vazifasi
“jamg‘arma

-

investitsiya” mexanizmini ishga tushirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va

texnika taraqqiyotiga zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni to‘plash va ta

qsimlash, yuridik va jismoniy

shaxslarning sarmoyalarini jalb qilish, ularni yanada ko‘paytirish va iqtisodiyot tarmoqlariga
yo‘naltirish orqali iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvini ta’minlash kabilardan iborat. Shuningdek,

fond bozori va unda faoliyat

ko‘rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy qismi bo‘lib,

ortiqcha mablag‘larni investorlardan iste’molchilarga qayta taqsimlash jarayonini tezlashtirishga

imkoniyat beradi.

Fond bozorida bir paytning o‘zida bozor aylanmasining ob’ekti hamda t

omonlarga mulkiy va

boshqa turdagi huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish xususiyatiga ega bo‘lganligi bois,

ularning iqtisodiy mohiyatini aniqlashda ushbu iqtisodiy hodisaning ham iqtisodiy, ham yuridik

jihatlarini o‘zida jamlovchi integratsiyal

ashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq

bo‘ladi.

Fond bozorida bo‘sh turgan

pul m

ablag‘larini to‘plash, ularni

ssuda k

apitaliga aylantirish, so‘ngra

uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat
a

holisi) o‘rtasida taqsimlash munosabatlari: qimmatli qog‘ozlar, korxonalarning aktsiyalari hamda

davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. Fond bozori pul kapitalining qayta
taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari

majmuini o‘z ichiga oladi. Kapital bozori

pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat

uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.

Ka

pital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari bilan ham

shug‘ullanadi. Kapital bozori qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond

brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondlari,

sug‘urt

a kompaniyalari,

investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok
etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor (valyuta bozori,
birja).

Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi:

a)

birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori, bunda investitsiya va boshqa maqsadlar uchun

zarur bo‘ladigan kapital yangi aktsiya,

obligatsiya v

a boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hisobiga

shakllantiriladi;

b)

ikkilamchi bozor, bunda mavjud

qimmatli qog‘ozla

r bilan operatsiyalar

olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilardan xaridorlar qo‘liga o‘tishni

engillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya t

izimida muhim o‘rin egallab, aholining jamg‘arilgan

mablag‘larini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qog‘ozlar portfeliga aylantirish mexanizmi
bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo‘lgan “Toshkent”

fond

birjasi 1

994 yildan boshlab qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi.


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

68

Kapital bozori (qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida uning

barqarorligini ta’minlash, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil

hisoblanadi. Shu bois rivojlangan mamlakatlarda undan iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning asosiy
vositalaridan biri sifatida keng foydalaniladi. Negaki, kapital bozori rivojlanmasa, raqobatbardosh
iqtisodiyotni shakllantirish hamda investitsiyaviy faollikni oshirish borasidagi barcha harakatlar

besamar ketadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-

yil 13apreldagi “Kapital

bozorini yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-6207-son Farmoni bilan

mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilganligi kapital

bozorini taraqqiy ettirish borasida muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin (

Farmon 2021).

Har qanday biznes subyekti, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo‘lsin, o‘zining biron tadbirkorlik

faoliyatini amalga

oshirish uchun aksariyat holatlarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi.

Bizga ma’lumki, bugungi kunda ko‘pgina ijtimoiy

-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish manbasi sifatida

davlat tomonidan beriladigan mablag’lar yoki tijorat banklarining

kreditlari asosiy dastak vazifasini

bajarib kelmoqda. Shuning uchun ham moliyaviy bozorni taraqqiy ettirish bo‘yicha hukumatimiz oldida
turgan asosiy vazifalardan biri kapital bozorini rivojlantirish, qaysidir ma’noda uni bozor

iqtisodiyotining samarali elementiga aylantirish va harakatga keltirish masalasi hisoblanadi. Bu borada
amalga oshirilishi belgilangan ishlarning normativ-

huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2021-yil 13-

apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chor

a-tadbirlari

to‘g’risida”gi PF

-6207-

sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 17-

yanvardagi “Kapital bozorini qo‘llab

-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir

qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g’risida”dagi PQ

-90-son

Qarorlarini keltirib o‘tish o‘rinli. Ushbu me’yoriy

hujjatlarda kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular

quyidagilar (Qaror 2022):

-

kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga

qadar 45 trln. so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali

moliyalashtirish mexanizmini yaratish;

-

xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborotkommunikatsiya

texnologiyalaridan keng f

oydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg’or yondashuvlarni

qo‘llash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;

-

kapital bozorining uyg’un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta’minlash orqali

2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli

qog’ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;

-

sohaga ilg’or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish

orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan

investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

-

xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning

yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi qonunchilik bazasini yaratish;

-

kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash tizimini

rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-
sharoitlarni yaratish;

-

kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini

oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;

-

minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng

qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llabquvvatlash

dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.


Xulosa va takliflar.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, samarali faoliyat ko‘rsatuvchi fond

bozori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biridir. Rivojlangan fond bozori

korxonalarga katta hajmdagi sarmoya talab qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishda risklarni munosib

baholash va diversifikatsiyalash, mablag’larni samarali jalb qilish imkonini beradi. Bundan tashqari,
fond bozori iqtisodiy tendentsiyalarning indikatori bo‘lib xizmat qilishi mumkin, bu esa manfaatdor

tomon

larga (shu jumladan, hukumatga) o‘zining harakatlar strategiyasini ishlab chiqish va samarali

amalga oshirilishiga imkon beradi.

Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy elementlaridan biri fond bozori

to‘g’risidagi qonunchilikning uning

ishtirokchilari tomonidan amal qilinishi ustidan nazoratdir. Nazorat


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

69

organlari tajribasi hamda qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini umumlashtirish bo‘yicha

nazorat elementlarini uslubiy jihatdan tizimlashtirish lozimdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib,

fikrimizcha, fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimini bilvosita (to‘g’ridan

-

to‘g’ri) va

bevosita usullarga ajratish mumkin.

Rivojlanayotgan fond bozorining rivojlangan bozorga aylanish jarayonini o‘rganish natijasida

ushbu jarayonning asosiy iqtisodiy, texnik va siyosiy muammolari aniqlandi.

Iqtisodiy muammolarga iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, xususan, iqtisodiyotning

moliyaviy jihatdan to‘yinganlik darajasini oshirish, jamoaviy investitsiyalash tizimini rivoj

lantirish va

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish kiradi.

Rivojlanayotgan va rivojlangan fond bozorlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiyot pul resurslari

bilan qanchalik to‘yingan bo‘lsa, xo‘jalik aylanmasida qimmatli qog‘ozlar komponen

ti shunchalik yuqori

bo‘ladi, yalpi ichki mahsulotga nisbatan fond bozori kapitallashuvi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Fond bozorining rivojlanishi bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish siyosatiga bog‘liq, ammo

rivojlanayotgan mamlakatlar har doim ha

m to‘g‘ri va malakali siyosat olib boravermaydi. Zamonaviy

sharoitda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi ushbu iqtisodiyot tovar va moliya bozorlarining jahon
bozorlariga dinamik ravishda integratsiyalashuviga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida bozorlarn

i

erkinlashtirishni talab etadi. Biroq moliya sektorini erkinlashtirish bozor riski (tavakkalchiligi)

ko‘lamini hisobga olgan holda mutanosib ketma

-ketlikda amalga oshirilishi kerak.

Rivojlanayotgan fond bozorini rivojlangan bozorga aylantirishning texnik vazifalari

quyidagilardan iborat: jahon fond bozoriga samarali integratsiya qilish uchun zarur infratuzilmani

ta’minlash va fond bozoridagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Ko‘pgina rivojlanayotgan fond bozorlariga xos

bo‘lgan muammo shundaki, rivojlanayotgan

mamlakatlarda odatda fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan davlat va
jamiyatning e’tibori yetarli darajada bo‘lmaydi, davlat tomonidan qo‘llab

-quvvatlanmaydi. Binobarin,

fond bozorining rivojlanganligi uning mamlakat uchun qanchalik dolzarb va muhim ekanligiga bevosita

bog‘liq bo‘lib, bu davlatning xohish va qat’iyatida o‘z aksini topadi. Shuningdek, davlatning siyosiy
qo‘llab

-quvvatlovi milliy fond bozori manfaatlarini xalqaro moliya bozorlarida himoya qilish shaklida

ham ayniqsa muhimdir.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Azizov U.O‘.

(2020)

“Kapital bozori: Iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi drayver”

https://finance.uz/index.php/uz/fuz-menu-biznes-uz/6939-kapital-bozoriitisodijsishni-ta-minlovchi-
drajver

Elmirzayev S.E. (2019) va boshqalar. Moliya bozori. Darslik /

T.: “IQTISODMOLIYA”, –

324 b.

Farmon (2021)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 13-

apreldagi “Kapital bozorini

yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g’risida”gi PF

-6207-sonli Farmoni

Qulmatov Ch., To‘ychiyev N.

(2022) Xalqaro kapital bozori rivojlanishining tendentsiyalari.

Экономика. Научно

-

аналитический электронный журнал. Выпуск № 2. Июль

e-journal.uz

Qaror (2022)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 17-

yanvardagi “Kapital bozorini

qo‘llab

-quvvatlashning samarali mexanizmlarin

i joriy etishga doir qo‘shimcha chora

-tadbirlar

to‘g’risida”dagi PQ

-90-son Qarori

Xojimatov R.X. (2019) Fond bozorini rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari.

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2,

mart-aprel.

Bibliografik manbalar

Azizov U.O‘. (2020) “Kapital bozori: Iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi drayver” https://finance.uz/index.php/uz/fuz-menu-biznes-uz/6939-kapital-bozoriitisodijsishni-ta-minlovchi-drajver

Elmirzayev S.E. (2019) va boshqalar. Moliya bozori. Darslik /– T.: “IQTISODMOLIYA”, –324 b.

Farmon (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-6207-sonli Farmoni

Qulmatov Ch., To‘ychiyev N. (2022) Xalqaro kapital bozori rivojlanishining tendentsiyalari. Экономика. Научно-аналитический электронный журнал. Выпуск № 2. Июль e-journal.uz

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”dagi PQ-90-son Qarori

Xojimatov R.X. (2019) Fond bozorini rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel.