Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
37
O‘ZBEKISTONDA SOLIQ QARZDORLIGI ULUSHINI XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA
KAMAYTIRISH
YOʻL
LARI
Hakimov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada soliqlarning iqtisodiyotidagi ahamiyati hamda bugungi kunda,
mamlakatda soliq qarzdorligi qisqartirish dolzarb masalalardan biri ekanligi tadqiq qilingan. Soliq
qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha xorijiy iqtisodchi olimlarning qarashlari o‘rganilgan. Xorijiy
mamlakatlarda soliq qarzdorligini undirishning o‘ziga xos xususiyatl
ari tahlil qilingan. Yuqorida qayd
etilgan holatlardan kelib chiqib, mamlakatimizda soliq qarzdorligini qisqartirish, shu jumladan uni
samarali undirish amaliyotini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq
organi, soliq to‘lovchilar, yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, soliq
yuki, soliqlar va yig‘imlar, soliq qarzdorligi, davlat, budjet
.
ПУТИ СНИЖЕНИЯ ДОЛИ НАЛОГОВОЙ ЗАДОЛЖЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ
НА ОСНОВЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА
Хакимов Улугбек Фуркат угли
Ташкентский финансовый институт
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение налогов в экономике и то, что
сокращение налоговой задолженности является одним из самых актуальных вопросов в стране
на сегодняшний день. Изучены взгляды зарубежных экономистов на сокращение налоговой
задолженности
.
Анализируются особенности взыскания налоговой задолженности в
зарубежных странах. На основании вышеизложенных обстоятельств сформулированы
предложения и рекомендации по сокращению налоговой задолженности, в том числе по
совершенствованию практики ее эффективного взыскания в нашей стране.
Ключевые слова:
налоговый орган, налогоплательщики,
юридические лица,
индивидуальные предприниматели,
налоговое бремя, налоги и сборы, налоговая задолженность,
государство, бюджет.
WAYS TO REDUCE THE SHARE OF TAX DEBT IN UZBEKISTAN BASED
ON FOREIGN EXPERIENCE
Khakimov Ulugbek Furkat ugli
Tashkent Financial Institute
Abstract.
This article examines the importance of taxes in the economy and the fact that tax debt
reduction is one of the most urgent issues in the country today. The views of foreign economists on tax debt
reduction were studied. Specific features of tax debt recovery in foreign countries are analyzed.
Based on
the above-mentioned circumstances, proposals and recommendations have been formulated to reduce tax
debt in our country, including improving the practice of its effective collection.
Key words:
tax authority, tax payers, legal entities, individual entrepreneurs, tax burden, taxes and
fees, tax debt, state, budget.
II SON - IYUN, 2023
37-42
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
38
Kirish.
Jahonda soliq ma’muriyatchiligini rivojlantirish, xususan soliqlarni undirish mexanizmini
takomillashtirish, mamlakatda aholining soliq madaniyatini yanada oshirish hamda mamlakatda soliq
yukini pasaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yuridik shaxslarn
ing soliq qarzdorligini qisqartirish,
soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlariga qat’iy chora ko‘rish, soliq qarzdorligini soliq
to‘lovchilarning mol
-mulki hisobidan undirish va undirilmay qolgan soliq qarzini hisobdan chiqarish
kabi yo‘nalishlarda i
lmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, ammo bugungi kunda soliqlar va
yig‘imlardan
bo‘lgan qarzdorlik summalarini
xorij tajribalari asosida sinovdan o‘tgan, inson manfaatlarini himoya
etilishi bo‘yicha dunyo tan olgan usullardan foydalangan holda undiruv mexanizmini rivojlantirish
masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti.
O‘zbekistonda soliqlarni o‘z muddatida va to‘liq hajmda budjetga undirish soliq siyosatining
ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, soliq yukini pasaytirish va soliq turlarini unifikatsiya qilish orqali
soliq qarzdorligini qisqartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikada tadbirkorlik
faoliyatini
tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy
sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish
maqsadida, 2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning
27,5 foizidan 25
foizi darajasiga kamaytirish asosiy ustuvor ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida
belgilab berilgan (Farmon 2022). Mazkur vazifa ijrosini ta’minlashda yuridik shaxslar va yakka
tartibdagi ta
dbirkorlarning soliq qarzlarini to‘lash muddatini kechiktirish imkoniyatini berish tartibini
takomillashtirish, soliq yukini pasaytirish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab
-quvvatlash,
jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligini uning mol-mulki hisobidan undirish tartibini
soddalashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni asoslash hamda soliq qarzlarini undirish mexanizmini
takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Adabiyotlar sharhi.
Mamlakatda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan,
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik summalarini qisqartirishning ayrim masalalari qator xorijiy va
mahalliy olimlar tomonidan ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.
Mazkur masala bo‘yicha ilmiy tadq
iqot olib borgan xorijlik olim Morozning (2011)
fikriga ko‘ra,
“Soliq to‘lovchilarning soliqlar va soliq qarzini bir xil mazmunda tushunishi chalkashliklarni keltirib
chiqaradi. Hech qachon sud yoki soliq organi soliqlarni undirmaydi. Faqatgina soliq qarzi, penya hamda
moliyaviy sanksiyalar undirishni talab etadi. Hattoki, soliq qarzi ham undirilmay, balki ixtiyoriy
ravishda to‘lanishi mumkin. Aynan shu xulosa nafaqat soliq qonunchilikda belgilab qo‘yilsa va buning
natijasida fuqarolarning huquqiy ongida ha
m aks etsa, balki soliq to‘lovchilar uchun soliqlar “erkinlik”
belgisi sifatida ham namoyon bo‘ladi”
-
deb ta’kidlab o‘tgan.
Xorijlik olim Michael Brostek (2009)
esa o‘z tadqiqotida soliq qarzini undirilishining
samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi omillarini ko‘rsatib o‘tadi, xususan:
-
mamlakatda soliq qarzi summalarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yishni oldini olishda soliq yukini
pasaytirish kelajakda soliq qarzdorliklari kamayishiga olib keladi;
-
muddatida to‘lanmagan soliqlar va yig‘imlarni un
dirish strategiyasi faqat belgilangan davr
mobaynida o‘z ijobiy natijasini beradi.
Bundan tashqari, Vinoxodova (2019)
ham o‘zining ilmiy ishida soliq qarzlarini undirishda soliq
qarzi mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mol
-mulklarini xatlash jarayon
ini ko‘paytirish samarali
natija berishini aytib o‘tadi.
Mazkur masala bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan xorijiy iqtisodchi olim Podkolzinning (2016)
fikriga ko‘ra, quyidagi omillar ta’siri natijasida soliq qarzdorligi vujudga kelishi mumkin:
- ijtimoiy-siyosiy va tarixiy;
- tashkiliy-huquqiy;
- iqtisodiy.
Ijtimoiy, siyosiy hamda tarixiy
–
bunda, ayrim davlatlarning siyosiy faoliyatiga qarshilik va
e’tirozlarni kelib chiqishi, soliq madaniyatining shakllanmaganligi va bundan tashqari, boshqa bir
qancha ijtimoiy holatlar bilan izohlanishi mumkin.
Tashkiliy-huquqiy
–
mazkur holatda soliq ma’murchiligi takomillashmaganligi va soliqqa oid
huquqiy bazaning to‘liq shakllanmaganligi, soliq yukini yuqoriligi bilan izohlanadi.
Iqtisodiy
–
bu omil iqtisodiy o‘zgarish bilan izohlanadi. Bu asosan 2 guruhga bo‘linadi:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
39
- birinchi guruh umumiy iqtisodiyotdagi tizimning beqarorligi, yetarli darajadagi pul massasining
yo‘qligi, inflatsiya darajasining yuqoriligi, ishlab chiqarishning pasayishi yoki xarid
qobiliyatining
pasayishi;
-
ikkinchi guruh o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish va tovarlar oldi
-sotdisiga
bog‘liq bo‘lgan holatlar hamda faqat ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taalluqli bo‘lgan texnik
-
ishlab chiqarish bilan bog‘liq ho
latlar bilan izohlanadi.
Mahalliy iqtisodchi olimlarimiz Tangriqulov va Toshmatovlar (2010) fikricha, soliq qarzlarining
nazariy jihatdan vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
-
o‘zaro moliya
-
xo‘jalik munosabatlarida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to‘lov
intizomiga rioya qilmaslik va buning oqibatida debitorlik, kreditorlik qarzlarining oshib ketishi;
- moliya-
xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va bu faoliyatni noto‘g‘ri boshqarish;
-
xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotiga
(bajarilgan ish va xizmatlarga) iste’mol talabining
keskin o‘zgarishi;
- ishlab chiqarilgan mahsulotning (bajarilgan ish va xizmatlarga) sifati buyurtmachining yoki
bozor talabiga javob bermasligi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy mushohada, statistik kuzatish, statistik grafiklardan
foydalanilgan holda qiyosiy tahlil, ma’lumotlarni guruhlash, absrakt
-mantiqiy fikrlash, induksiya va
deduksiya usullaridan foydalanildi. Ushbu tadqiqot usullari soliq ma’murchiligini, x
ususan soliq
qarzdorligini qisqartirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflarni shakllantirishda
xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Respublikamizda soliqlar va yig‘imlar davlat iqtisodiyotining asosiy tayanchi hisoblanadi.
Soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq hajmda undirilishi har bir mamlakatning iqtisodiyotini barqaror
rivojlanishi bilan birgalikda ijtimoiy-
iqtisodiy hamda mudofaa qudratining oshishini ham ta’minlaydi.
Shuningdek, budjetga hisoblangan soliqlarning undirilishi respublika va mahalliy hokimiyat organlari
zimmasidagi ichki va tashqi majburiyatlarning bajarilishida muhim ahamiyatga egadir. Shu nuqtai
nazardan kelib chiqib, soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlardan bo‘lgan qarzdorlik summalarini
qisqartiris
h yo‘llarini takomillashtirish soliq organlarining muhim vazifasi sifatida belgilab qo‘yilgan.
Mazkur yo‘nalishni yanada rivojlantirishda quyidagi xorijiy mamlakatlar tajribalarini ko‘rib chiqishimiz
mumkin.
AQSh
da muddatida to‘lanmagan soliqlarga foizlar
yiliga 6 foiz stavkada hisoblanadi.
Kechiktirilgan jarimalarga esa oyiga 0,5
foizni tashkil etadi. Agar soliq to‘lovchi soliq qarzini 90
foizini
to‘lasa, jarimalarni to‘lamasligi mumkin, ammo soliqlar bo‘yicha hisoblangan penyalarni to‘laydi.
Tadbirkorlik subyektla
ri tomonidan kechiktirilgan soliq summalariga jarima va yig‘imlar kechiktirilgan
har bir oy uchun 10-
15 foizdan maksimal 25 foizli stavkada qo‘llaniladi.
S
oliq qarzi to‘lanmay qolsa,
soliq organi (Internal Revenue Service - IRS deb nomlanadi) tomonidan sol
iq to‘lovchining mol
-mulki
yoki boshqa aktivlari tortib olinishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari, ya’ni deklaratsiya
taqdim etmaslik, naqd pul tushumlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berish, soxta hisobvara
q-fakturalarni
yaratish va daromadlarni yashirishga qaratilganligi aniqlansa, soliq to‘lovchi jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Qasddan soliq to‘lamaslik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilib, 10
000 AQSh dollarigacha jarima yoki 5
yil muddatgacha ozodlikdan mahrum
qilish yoxud har ikkalasi ham qo‘llanilishi mumkin.
14
Avstraliya
da soliq to‘lovchilarda soliq qarzi vujudga kelsa, soliq organi soliq qarziga nisbatan har
chorakda foiz (GIS stavkalari) hisoblanadi va har chorakda foiz stavkalari kamayib boradi. Buni quyidagi
1-
jadval asosida ko‘rishimiz mumkin.
Noqonuniy foyda topayotgan soliq to‘lovchilarga kuchli choralar qo‘llaniladi. Kuchli choralarga:
-
soliq to‘lashdan qasddan qochgan soliq to‘lovchilarga audit o‘tkaziladi;
- hech qanday yordam berilmaydi.
14
https://ourworldindata.org -
sayt ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
40
1-jadval
2020-2021-yillarda GIS foiz stavkalari
15
Chorak
GIS choraklik stavkasi
GIS kunlik stavkasi
2021-yil, aprel-iyun
7,89 %
0,02155738 %
2021-yil, yanvar-mart
7,91 %
0,02161202 %
2020-yil, oktabr-dekabr
7,98 %
0,02186301 %
2020-yil, iyul-sentabr
8,54 %
0,02339726 %
Shuningdek, soliq qarzi mavjud yakka tartibdagi tadbirkorlarga, sherikchilik asosida tashkil
qilingan tashkilotlar va kompaniyalarga nisbatan quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin:
-
sudga da’vo ariza kiritiladi hamda sud tomonidan qarzdorlik tan olinsa, bankrotlik to‘g‘risida
bildirishnoma kiritilishi amalga oshiriladi;
-
bankrotlik to‘g‘risida xabarnoma kelganidan so‘ng 21 kun ichida qarzni to‘lashi yoki soliq organi
bilan reja tuzilishi kerak. Agar soliq to‘lovchi bu
ishlarni amalga oshirmasa, bankrot deb topiladi;
- soliq organining iltimosnomasiga asosan Federal sudga yoki Federal Magistratlar sudiga
korxonani bankrot deb e’lon qilish to‘g‘risida ariza kiritiladi;
-
korxona 21 kun ichida soliq qarzlarini to‘liq to‘l
ab berishi yoki soliq organi bilan reja tuzishi talab
etiladi, aks holda soliq organi korxonani Federal sudga uni tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat
qiladi;
-
sud korxonani tugatish to‘g‘risida qaror chiqarganda, tayinlangan rasmiy tugatuvchi
tugati
layotgan korxonaning aktivlarini kreditor (soliq organi va boshqa tashkilotlar) o‘rtasida
taqsimlaydi.
Ispaniya
da ham Avstraliyada qo‘llanilayotgan amaliyotga o‘xshash, ammo ularda soliq
to‘lovlarini kechiktirish yoki to‘lamaslik jarima (penya emas) solishga sabab bo‘ladi va buni quyidagi 2
-
jadval asosida ko‘rib chiqamiz.
2-jadval
Soliq qarziga nisbatan
qo‘llaniladigan jarimalar
tahlili
16
Muddatlar
Stavkalar
Yanvar-mart
qo‘simcha 5
%
Aprel-iyun
qo‘simcha 10
%
Iyul-dekabr
qo‘simcha 15
%
Bir yildan keyin
qo‘simcha 20
%
Yuqoridagi 2-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Ispaniya davlatida soliqlar va boshqa
to‘lovlarni kechiktirib to‘lash yoki soliq qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamaslik, soliq summasiga nisbatan
o‘sib boruvchi tartibda foiz miqdorida moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Soliqlarni to‘lash muddati
o‘tganidan so‘ng soliq to‘lovlari qancha tez to‘lansa, shuncha jarima stavkasi past bo‘ladi.
Shuningdek, soliq deklaratsiyasini (hisobot) kechiktirib taqdim etish yoki taqdim etmaganlik
uchun jarima 100 yevro, agar soliq organi tomonidan soliq deklaratsiyasini taqdim etish to‘g‘risida
ogohlantirish olganidan keyin ham soliq deklaratsiyasi taqdim etilmasa 200 yevroga jarimaga tortiladi.
Bundan tashqari Ispaniyada soliq qonunchiligini buzilishiga qarab 3
turdagi jarimalar qo‘llanilishi
mumkin:
- kichik qoidabuzarliklar soliq qarzi summasining 50 foizi miqdorida jarima, shuningdek, foiz
(penya)lar;
- jiddiy qoidabuzarliklar sodir etilsa, soliq qarzi summasining 50-100 foiz miqdorigacha jarima,
shuningdek, foiz (penya)lar;
- juda jiddiy qoidabuzarliklar sodir etilsa, soliq qarzi summasining 100-150 foiz miqdorigacha
jarima, shuningdek, foiz (penya)lar undiriladi.
Agar soliq to‘lovchi soliq summalarni qasddan yashirishga harakat qilmagan bo‘lsa va soliq qarzi
summasi 3
000 yevrodan kam bo‘lsa kichik qoidabuzarliklarda nazarda tutilgan tartibda foizlar
qo‘llaniladi.
15
https://www.ato.gov -
sayt ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
16
https://theonestopproblemshop.com -
sayt ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
41
Jiddiy qoidabuzarliklarga soxta hujjatlar aniqlanganda yoki deklaratsiyalarni qasddan soxta
rasmiylashtirilishi kiradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jiddiy qoidabuzarliklar bir yil ichida qayta takrorlansa, juda jiddiy
qoidabuzarliklar sifatida qaraladi va eng yuqori stavkalarda jarimaga tortiladi.
Fransiya
da soliq organi soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxslarda vujudga
kelgan soliq qarzini
undirishdan oldin uning qasddan yoki qasddan emasligiga e’tibor beradi. Agar soliq to‘lovchi tomonidan
soliq qarzi qasddan vujudga keltirilmagan (odatda soliq to‘lovchini olgan daromadining 5 foizi
miqdorida) bo‘lsa, soliq organi tomonidan soliq qarzini 30 kun muddatda to‘lash bo‘yicha xabarnoma
yuboriladi hamda hech qanday penya va jarimalar qo‘llanilmaydi.
Ammo, soliq to‘lovchi soliq qarzi vujudga kelishini qasddan sodir etgan bo‘lsa, soliq organi
tomonidan soliq qarzini 30 kun mudda
tda uzish to‘g‘risida talabnoma yuboradi. Shuningdek, soliq qarzi
summasiga nisbatan har oy 0,4 foizli penya hisoblanadi.
Agar soliq qonunchiligi buzilishi jiddiy bo‘lsa,
to‘lanmagan soliq summasiga nisbatan 10, 40 yoki 80 foizgacha jarima solinishi mumkin
.
Bundan tashqari, soliq to‘lovchi soliq organi tomonidan yuborilgan ogohlantirishlarga qaramay,
vijdonsizlik bilan soliq qarzini to‘lamasa, faoliyatini qasddan tugatsa, ularga nisbatan soliq qarzining
80
foiz miqdordagi jarima qo‘llanilishi hamda soliq qarzdorligi sezilarli darajada ko‘p bo‘lsa va soliq
to‘lovchi aybdor deb topilsa, u ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Jismoniy shaxslar esa daromadlari to‘g‘risida deklaratsiyani kechiktirib taqdim etsa yoki umuman
taqdim etmasa quyidagi jarima va penyalar
qo‘llanilishi mumkin:
-
10 foiz, agar rasmiy xabarnoma soliq organi tomonidan yuborilmagan bo‘lsa;
- 20 foiz, agar rasmiy xabarnoma soliq organi tomonidan yuborilgan va 30 kun ichida deklaratsiya
taqdim etilgan bo‘lsa;
- 40 foiz, agar rasmiy xabarnoma soliq organi tomonidan yuborilgan, ammo 30 kun ichida
deklaratsiya taqdim etilmagan bo‘lsa;
-
80 foiz, agar soliq organi xo‘jalik yurituvchi subyektning noqonuniy deklaratsiya taqdim
qilmasdan hamda rasmiy ogohlantirmasdan ishlayotganini aniqlagan taqdirda.
S
huningdek, soliqlarni kechiktirib to‘laganlik uchun har oyda 0,2 foiz miqdorda penya
hisoblanadi. Penya hisoblanishi deklaratsiya taqdim etilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.
17
Italiya
da esa soliq deklaratsiyasini taqdim etmaslik, soliq qarzi summasining 120 foizdan
240
foizgacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar deklaratsiyada soliq
majburiyati bo‘lmasa jarimaning eng kam miqdori (250 yevrodan 1
000 yevrogacha) qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslar tomonidan soliqlarni o‘z muddatida to‘lamaslik, soliq qarzdorligi summasining
30
foiz miqdorigacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Ammo, soliq qarzini kechiktirish 15
kungacha
cho‘zilsa 1
foiz miqdorda, 15-
90 kungacha to‘lanmasa 15
foiz miqdorda jarima solinadi. Buni quyidagi
3-jadval asosida
ko‘rishimiz mumkin.
3-jadval
Italiyada soliq qarzini undirishda qo‘llaniladigan jarimalarning
o‘ziga xos xususiyati
18
Soliq qarzdorligidan keyingi muddat
O‘rtacha
jarima
Kamaytirilgan
jarima
Har bir kechiktirilgan
uchun penya
14 kun davomida
15 %
1/10
0,1 %
15-30 kun davomida
15 %
1/10
1,5 %
31-90 kun davomida
15 %
1/9
1,67 %
91-kundan boshlab soliqni qaytarish-ning
oxirgi muddatiga qadar
30 %
1/8
3,75 %
Keyingi soliqni qaytarishdan oldin
30 %
1/7
4,29 %
Keyingi soliqni qaytarishdan oldin
30 %
1/6
5 %
Yuqoridagi 3-
jadval ma’lumotlariga asosan, agar soliq to‘lovchi soliq qarzini kechiktirgan kundan
boshlab 30 kun ichida soliq qarzini to‘lab bersa, unga nisbatan kamaytirilgan jarima qo‘llaniladi. Shuni
ta’kidlash joizki, Italiyada soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirib yoki teng ulushlarda taqsimlab to‘lash
mexanizmi mavjud emas.
17
https://www.french-property.com -
sayt ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
18
https://taxing.it -
sayt ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyun
www.e-itt.uz
42
Xulosa va takliflar.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan xorijiy tajribalarni umumlashtirib xulosa quyidagi xulosalarni keltirish
mumkin:
-
deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda soliq to‘lovchida soliq qarzdorligi yuzaga kelganidan
keyin har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblash bilan birgalikda to‘lov intizomini buzganlik
uchun moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Muallif fikric
ha, mazkur amaliyotning soliq tizimimizda joriy
etilishi soliq to‘lovchilarning soliq bo‘yicha majburiyatlarini o‘z muddatida bajarish mas’uliyatini
oshiradi hamda budjetga soliqlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda tushishi ta’minlanadi;
- Fransiya davlati tajribasi asosida, mamlakatimiz soliq tizimida soliq qarzdorligini majburiy
undiruv choralarini qo‘llash orqali undirishdan oldin uning paydo bo‘lish sababini o‘rganish lozim. Agar
soliq to‘lovchi tomonidan soliqlar va yig‘imlardan qarzdorlik summasi qasddan
vujudga keltirilgan
bo‘lsa, unga nisbatan keskin choralar ya’ni penya (foiz) va jarimalarni oshirilgan stavkada qo‘llash
tartibini joriy etilishi, kelgusida soliq qarzdorligining ulushini pasaytirishda va soliq to‘lovchilarda to‘lov
intizomini ta’sir ko‘rs
atishi mumkin.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
(Farmon 2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF-60-
son “2022
-
2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi.
Мороз
В.В.
(2011)
Налоговое администрирование задолженности организаций по налогам и
сборам: проблемы взыскания.: дис. канд. экон. наук. –
c. 36.
Michael Brostek (2009). Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to
individuals. // United States government Accountability office. P-27.
Виноходова
И.Г.
(2019)
Совершенствование практики взыскания задолженности
организаций по налогам и сборам. // Научное статя.
-c.22.
Подколзин А.Г. (2016) Журнал «Российское предпринимательство» №2
c. 74.
Tangriqulov A. va boshq. (2010)
Soliq qarzi va uni undirish. O‘quv qo‘llanmasi. –
T.: “Yangi asr avlodi”
nashriyoti.
–
b. 51.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 96
-modda.
–
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020-yil.
–
640 bet.
