Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
36
ZAMONAVIY PUL NAZARIYALARI VA ULARNING RIVOJLANISh BOSQIChLARI (M.FRIDMAN)
Ismoilova Gulnora Fayzullaevna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Menejment va marketing kafedrasi mudiri, i.f.n.,dos
Annotatsiya.
Maqolada monetarizm va uning rivojlanishi, nazariy tushunchalar va unga ta’sir
etuvchi omillar
o‘rganilgan bo‘lib, klassik olimlarning tadqiqotlari o‘rganilgan va zamonaviy nazariyalar
bilan taqqoslangan. Ilmiy maktabla
rda olimlarning monetarizmga bergan ta’riflari, ularning
iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishga ta’siri taxlil qilingan.
Kalit so‘zlar
:
iqtisodiyot, pul, monetarizm, pul talabi, pul taklifi, ishsizlik.
СОВРЕМЕННЫЕ МОНЕТАРНЫЕ ТЕОРИИ И ИХ ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ (М. ФРИДМАН)
Исмоилова Гулнора Файзуллаевна
Заведующий кафедрой менеджмента и маркетинга
Ташкентского университета информационных технологий имени
Мухаммада аль
-
Хоразми, к.э.н., доц.
Аннотация.
В статье рассматривается монетаризм и его развитие, теоретические
концепции и факторы, влияющие на него, изучаются исследования ученых
-
классиков и
сравниваются с современными теориями. Проанализированы определения монетаризма
учеными научных школ, их влияние на становление и развитие экономики.
Ключевые слова
:
экономика, деньги, монетаризм, спрос на деньги, денежная масса,
безработица.
MODERN MONETARY THEORIES AND THEIR STAGES OF DEVELOPMENT (M. FRIEDMAN)
Ismoilova Gulnora Faizullaevna
Head of the Department of Management and
Marketing of Tashkent University of Information
Technologies named after Muhammad al-Khorazmi, Ph.D
Abstract.
The article examines monetarism and its development, theoretical concepts and factors
influencing it, studies of classical scholars are studied and compared with modern theories. Definitions of
monetarism by scientists in scientific schools, their influence on the formation and development of the
economy were analyzed.
Key words:
economy, money, monetarism, money demand, money supply, unemployment.
Kirish.
O‘tgan asrnin
g 60-yillaridan boshlab iqtisodiy nazariya va siyosatda monetarist qarashlar tez
rivojlana boshladi va 70-
yillarda monetaristik qarashlar tarkibida “Yangi klassik qarashlarning
shakllanishi oqibatida” iqtisodiy nazariyalar qatoriga qadam bosd
i. Qolaversa, 1980
–
yillardan boshlab
bir qancha mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil, Turkiya) monetarist iqtisodiy siyosatning
amalda joriy qilinishi natijasida monetarizm maktabi borasida iqtisodiy nazariyotchilar o‘rtasida bu
maktab qarashlariga qiziqishlar
o‘yg‘ondi. Xususan, monetarizm nazariyasi borasida turli fikrlar paydo
bo‘ldi va hatto asosida Keyns nazariyasi yotgan bir qancha tushunchalarga monetarist qarashlar deya
ataldi. Monetarizm nazariyasining asoschisi mashhur iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori
M.Fridmandir.
V SON - SENTABR, 2023
36-42
UO‘K
: 336.741.28
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
37
Adabiyotlar sharhi.
Tadqiqotni amalga oshirishda bir necha mavzuga oid tadqiqotlar va adabiyotlar bilan tanishib
chiqdik va ularning natijalarini talqin qildik.
Tadqiqotda asosan M.Fridman asarlari o‘rganilgan bo‘lib, m
onetar siyosatning davlatlar
rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Jumladan Fridmanning (2006) “Kapitalizm va erkinlik” asarida
monetar siyosatning davlat rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan.
Yana bir tadqiqotchi Fozilovning (1995) Turkiyada chop et
ilgan «Yeni g
el
işen ülkelerde merkez
bankasının iktisadi ıstıkrarı sağlamadaki rolü» maqolasida markaziy bankning monetarizm siyosatini
olib borishdagi o‘rni tahlil qilingan bo‘lib, bunda muallif markaziy bankning vazifalari va iqtisodiy
rivojlanishidagi rolini tahlil qilgan.
Xorijlik tadqiqotchilardan biri, turk olimi Parasizning (1995) “Para ve banka: teorik ve politik
uygulamalar” maqolasida banklarning rivojlanish bosqichlari nazariy va siyosiy talqin qilingan va
tadqiqot jarayonida ularning fikrlari o
‘rganilgan.
Skopus bazasida Ismoilova, Nabieva, Rahmatullaev, Umarovalar (2020) tomonidan chop etilgan
“Macroeconomic development and factors affecting on it” maqolasida makroiqtisodiy rivojlanishda
Fridman nazariyasining o‘rni ta
hlil qilingan va
uning ahamiyati o‘rganil
gan.
Bir necha mualliflar tomonidan Skopus bazasida chop etilgan “Modern money theories”
maqolasida ham zamonaviy nazariyalar talqin qilingan va o‘rganilgan
(Ismoilova, Fozilov va boshq.
2019).
Tadqiqot metodologiyasi.
Uzoq muddat bu yangi maktabning qara
shlari e’tiborga olinmadi. 1960
-yildan keyin kutilmagan
bir holat yuzaga chiqdi. Bu holat iqtisodiyotda inflyatsiya bilan ishsizlikning birgalikda ortishi holati edi.
Bu holatga keynschilar izoh berisha olishmadi, ammo moneta
ristlar o‘z tafsilotlarini naza
riy jihatdan
izohlashdi. Shu ondan boshlab monetarist nazariyasiga universitetlarda qiziqish orta boshladi va ta’lim
dasturlariga kiritildi. Bu orada monetarist qarashlarning ta’siri siyosiy sohalarda ham ko‘rina boshlandi.
Maqolada asosan Fridman (2006)
qarashlari tahlil qilindi va u monetar siyosatning rivojlanishi va
boshqa olimlarning fikrlari bilan solishtirishga, fikrlarni bildirishga harakat qilindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ma’luiki, monetarizm
M.Fridman tomonidan ilgari surildi, ammo u yo
‘q joydan paydo bo‘lmadi.
Bugungi kunda ham yagona tushunchalarni himoya qiluvchi yagona monetarizm nazariyasi mavjud deb
ayta olmaymiz. Shuning uchun ham monetarizm nazariyasining rivojlanishini 4 bosqichga ajratgan
holda izohlash mumkin.
1-jadval
Ilmiy maktablar
№
maktablar
ishtirokchilar
qarashlar
1
Chikago ilmiy maktabining
paydo bo‘lishiga qadar
bo‘lgan davr:
So‘zli Chikago maktabi
Xenri Simon, Loyd Mints,
Paul Duglas, Aron Direktor va
Jakob Viner
Bu
olimlar o‘z qarashlarini yozma
–
ilmiy shaklda bayon qilmaganligi
uchun So‘zli Chikago maktabi deya
nom olgan
2
Monetarizm maktabi
Anna Shvars, Flipp Kogan,
Richard Seyldan
M.Fridman boshchilik qilgan va
mashhur iqtisodchilarni o‘z ichiga
olgan
3
Postmonetarizm maktabi Karl Bryuner va Alan Meltzer
kabi
ba’zi fi
krlari bilan M.Fridmandan
ajralib turgan
4
«Ratsional taxminlar
nazariyasi» maktabidir
Tom Mut, Robert Lukas,
Tomas Sarjent, Robert Barro,
Brayn Kantor va Stenli Fisher
1970-yillarda paydo
bo‘lib, 1980
-
yillardan buyon mashhur bo‘lgan
Keynsning nazariy qarashlariga qarshi AQSh Chikago Universitetining yosh professorlaridan
Milton Fridman 1946 yildan boshlab, bir tomondan iqtisodiyotda pulning ahamiyati va ikkinchi
tomondan amaldagi iqtisodiy siyosatlarning samarasizligi borasida o‘z fik
rlarini bayon qila boshladi. Bu
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
38
orada, Alan Meltzer va Karl Bryuner 1968 yilda ilk bora o‘zlarining monetarizm atamasini o‘rtaga
tashladi.
Monetarizm o‘z qarashlarining nazariy, siyosiy va metodologik va ideologik prinsiplarini ishlab
chiqqan nazariyadir. Bu prinsiplarning
hususiyati to‘g‘risida Tomas Mayer alohida bir asar yozgan.
Monetarizmning nazariy prinsiplari quyidagicha;
i.
iqtisodiy muvozanatning buzilishiga asosiy sabab pul taklifidagi beqarorlikdir.
Iqtisodiyotning
real tarmog‘i doimo muvozanatdad
ir
;
ii.
pul talabi funksiyasi barqarordir.
M.Fridman mazkur hulosaga kelishdan avval klassik va Keyns
nazariyalarida pul massasi va uning aylanish tezligini tahlil qilib chiqadi;
iii.
Klassik miqdor nazariyasiga ko‘ra, nominal daromaddagi o‘zgarishlar
baholar darajasidagi
o‘zgarish
larga olib keladi
.
Keyinchalik M.Fridman Keynsning
kunlik harajat uchun pul talabining faqat
aholi daromadiga bog‘liq va foiz darajalarini sezmaydi
degan fikrini, U.J.Baumvol va J.Tobinning 1950
yildagi nazariy fikrlariga tay
angan holda yo‘qqa chiqaradi;
Monetarizmning iqtisodiy siyosat bilan bog‘liq prinsiplari esa quyidagichadir;
i.
kengaytiruvchi pul siyosati doimiy ravishda foiz darajalarining va ishsizlikning kamayishiga olib
kelmaydi. Chunki, ishsizlik-inflyatsiya zanjiri har doim ham amal qilavermaydi.
ii.
uzluksiz ravishda olib boriladigan ochiq byudjet siyosati natijasida davlat harajatlarining ortishi
sababli foiz darajalari ham ortib xususiy tarmoqda investitsion harajatlarni qisqartiradi va shu tariqa
iqtisodiyotga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi;
iii.
holatga ko
‘ra, iqtisodiy siyosat iqtisodiy muvozanatni izdan chiqaruvchi va uni
keskinlashtiruvchi eng salbiy omillardan biridir.
iv.
yuqoridagi xavf-hatarning oldini olish uchun yagona taklifga
ko‘ra, iqtisodiy siyosat va bu qo‘rol
monet
aristlarning tavsiyasiga ko‘ra
, monetar rivojlanish dastagidir.
Monetaristlar metodologik nuqtai nazardan quyidagi prinsiplarni o‘rtaga tashlaydi. Ularga ko‘ra:
i.
fondlar bozori sof raqobat bozori hisoblanadi va shuning uchun monetaristlar iqtisodiyotning
tarmoq tahlilidan qochib kon’yuktura tahliliga katta e’tibor beradilar;
ii.
iqtisodiy tahlilda yirik modellardan ko‘ra, kichik modellarga yo‘naladilar. Chunki, kichik
modellar tahlili barcha kompanentlarning jamlangan tahlilini yuzaga keltiradi
. Ya’ni sodda til bilan
aytganda mukammallik -
mayda narsalarga e’tibor berishning mahsulidir;
iii.
asosiy e’tibor umumiy baholar darajasiga beriladi. Sababi, iqtisodiyotda sub’ektlar absalyut
bahoga emas, balki nisbiy baholarga, nominal pul qiymatiga emas balki real pul qiymatiga, nominal ish
haqiga emas b
alki real ish haqiga ko‘ra, harakat qiladi. Shuning uchun ham inflyatsiyaning olidini olish
kompleks tadbirlar majmuasini talab qiladi. Absalyut baho deganda bitta tovarning bahosini
tushunishimiz mumkin, nisbiy baho deganda esa bir tovarning boshqa bir tovarga nisbatan qiymatini
tushunishimiz mumkin. Umumiy baholar darajasida esa bu kompanentlarning barcha solishtirma
qiymatda izohlanishi demakdir. Keyingi nazariy qarashlarda hatto foiz darajalari ham umumiy baholar
darajasiga tarkibiga kiritilmoqda;
iv.
pul siyosatining asosiy maqsadi strukturaviy muammolarni yechish emas balki, pul miqdoridir.
Monetarizmning ideologik prinsiplari esa quyidagicha;
i.
iqtisodchilar ishsizlikdan ko‘ra, inflyatsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rishi lozim;
ii.monetaristlar liberalizmni yoqlab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qoralaydi.
Shu tariqa monetarizm nazariy qarash sifatida o‘z asoslarini yaratdi.
Dastlab, M.Fridman o‘z qarashlarini pul talabi va taklifi borasida to‘pladi deyishimiz mumkin.
M.Fridman pul talabining va pu
l talab funksiyasining barqarorligi tarafdori bo‘lishi bilan birga, ushbu
fikrlarini amaliy hamda nazariy jihatdan isbotlaydi. Shu
uslub bilan u o‘zining Keyns nazariyasiga
e’tirozlarini bayon qiladi va uni tanqid qiladi. M.Fridman Keynsning likvidlik tanl
ovi va Klassik
maktabning pul talabi o‘rnini ankes talabi nazariyasining egallashiga katta xissa qushadi. Shu tariqa pul
ayirbosh vositasi deb hisoblangan davrda pulning moliyaviy aktiv ekanligini isbotlashga xarakat qildi.
M.Fridman biroz ilgarilagan holda, pul talabini Neo
–
Klassiklarning foyda nazariyasiga olib borib
bog‘laydi. U o‘zining 1956 yilda yozgan
Pulni qayta hisoblashning kvant nazariyasi
(
The quant teory of
money a restatement)
nomli maqolasida ilk bor o‘zining pul talabi nazariyasini o‘rta
ga tashlaydi.
M.Fridmanga ko‘ra, pul, bir iqtisodiy sub’ektning sarmoya shaklida tutib turadigan aktividir.
Iste’molchi tanlov nazariyasida ta’kidlaganidek, pul talabi va boshqa aktivlar talabi uchta
omilga bog‘liq.
Bular daromad, baho va zavqlanish omill
aridir. M.Fridman pulga bir iste’mol tovaridan farqli ularoq bir
aktiv, to‘g‘rirog‘i sarmoya shaklida qaramoqda. U holda pul nazarisi sarmoya nazariyasining bir bo‘lagi
hisoblanadi. Shu shaklda M.Fridman pulni faqat ayirbosh vositasi sifatida tushunadigan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
39
miqdorchilarning va faqat moliyaviy aktivlarning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘radigan keynschilarning
va indivud foydasini maksimumga erishtirishda vositachi sifatida qaraydigan Neo-klassiklarning
qarashlarini inkor qiladi.
M.Fridmanga ko‘ra, pul bozori m
uvozanatini A.Marshallning moddiy tovarning baho-miqdor
muvozanati izohi borasida shakllantirgan modeli doirasida qidirish mumkin. Pul bozoridagi
muvozanatni belgilovchi taraflarning nazariy tahlili, pul talabining pul taklifidan farqli ekanligini
ko‘rsatm
oqda.
M.Fridman boyliklarni pul shaklida tutib to‘rgan iqtisodiy sub’ektlar bundan quyidagi to‘rt xil
daromad
ko‘tishlarini aytib o‘tadi
(Fridman, 2006);
i.
boylik pul shaklida tutib turilganda bu pulni omonat qilib banklarga joylashtirish orqali
qo‘shimcha
foiz daromadi olish mumkin. Bu yerda M.Fridman M
2
pul miqdorini nazarda tutmoqda;
ii.
agar iqtisodiy sub’ektlar kelajakda baholarning ortishi va inflyatsion tahminda bo‘lsalar, pulning
qiymat yo‘qotish havfi boshqa aktivlarga nisbatan kam bo‘lganligi sababli
o‘z boyliklarini pul shaklida
saqlaydilar
24
;
iii.
ishlab chiqaruvchilar uchun pul
–
ishlab chiqarish vositasi hususiyatiga ega. Boshqa moddiy
ishlab chiqarish omillarining marjinal daromadlari kamayib salbiy hususiyatga ega bo‘lsa, ishlab
chiqarish omili sifatida pulning marjinal daromadi kamayuvchi, ammo doimiy ijobiydir. Shuning uchun
ham firmalar ishlab chiqarish omili sifatida pul tutib turadilar.
Moddiy aktiv sifatida tovarlar iste’molida
chegara mavjud, ammo moliyaviy aktiv sifatida pulga bo‘lgan talabda
chegara yo‘q;
iv.
pul kishilarga
“
kuch va ishonch
”
baxsh etadi. Shuning uchun ham kishilar boshqa aktivlarga
nisbatan o‘z boyliklarini ko‘pincha pul shaklida tutib tutadilar.
Ammo,
boylikni pul shaklida tutib turishning ba’zi bir tannarxi ham mavjud. Bularni
M.Fridman
J.Tobinga qo‘shimcha ravishda
quyidagi 4 xil shaklda tannarx
bo‘lishini izohlaydi:
i.
inflyatsiya jarayonida baholarning ortishi natijasida, pul tutib turishning tannarxi ortadi. Chunki,
bunday hollarda pul tutib turishdan daromad kamayishi mumkin.
ii.
o‘z boyliklarini turli aktivlar shaklida tutib to‘rgan kishilarda fursat tannarxi
, boyligini faqat pul
shaklida tutib to‘rgan kishilarning fursat tannarxidan kichik bo‘ladi.
iii.
pulni yo‘qotish, ug‘irlatish, omonati ochilgan banklarning bankrot bulish havfi
ham naqd pul
tutib turishning tannarxini izohlaydi.
iv.
qo‘lda pul bo‘lgan paytda sarflangan 1 so‘m puldan olingan daromad darajasi ham vaqt
oralig‘ida turlicha bo‘ladi. Bugungi sarflangan 1 so‘mni, iste’molni kechiktirgan holda kelajakda sarflansa
bundan ham
yuqori daromad olish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Buni M.Fridman kelajakda iste’molni
orttirish uchun bugungi iste’molni kamaytirish iste’molning marjinal diskont darajasini orttiradi shaklida
izohlaydi. Ya’ni
,
ko‘p bo‘lsa ketadi, kam bo‘lsada yetadi
shaklida qo‘lda, naqd pul bo‘lgan paytda keraks
iz
sarf-
harajatlarning ortishi ham qo‘lda pul tutishning tannarxiga kiritiladi;
Shu tariqa M.Fridman boylikni pul shaklida bo‘lmagan moliyaviy qimmatbaho qog‘ozlar va
moliyaviy bo‘lmagan (moddiy va bashariy s
armoyalar) aktivlar shaklida tutib turishning daromadlari
va tannarxini izohlab, bular yordamida o‘zining pul talab funksiyasini yaratadi, ya’ni;
M/r = f(P, r, Rb, Re, 1/p.dp/dt, Yd, W, u)
[3]
Bu yerda;
p
–
umumiy baholar darajasi. Baholar ortishi ko
‘zatilganda aholi va firmalarning pul
talabi
kamayadi va boyliklarini boshqa moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar sifatida tutadi va aksincha;
r
–
foiz darajasi. Foiz darajasi ortishi pul talabining qisqarishga va pul miqdorining omonatlarga
yo‘nalishiga sabab bo‘ladi;
Rb, Re
–
qimmatbaho qog‘ozl
ar va aksiyalarning daromadlilik darajasi. Dvidentlar miqdorining
ortishi va mavjudligi doimiy daromadning shakllanishiga imkon berib pul talabini qisqartiradi;
1/r.dp/dt
–
vaqt birligi ichida ortuvchi baholar darajasi yoki inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya
darajasi ortganda pul talabi ham ortib boradi;
Yd
–
aholi daromadlari. Aholi daromadlarining ortishi pul talabining ortishiga olib keladi;
W
–
bashariy sarmoya. O‘z farzandi yoki xodimini pullik uqishga yuborgan oila
yoki firmaning pul
talabi orta boshlay
di. Bu ba’zan
kechiktirilgan qarz deb ham yuritiladi;
u
–
zavq
va qiziqishlar. Naqd pulga bo‘lgan qiziqish hamda zavq naqd pul talabini orttiradi;
24
Лекин инфляция даврида энг тез қиймат йўқотувчи актив пулдир, чунки инфляция пулнинг эпидемияси ҳисобланади®.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
40
M.Fridmanning pul talabi funksiyasining muhim jihati shundaki, ushbu pul talabi funksiyasi mikro
va mikroiqtisodiy tahlil talablariga t
o‘
la javob beradi, ya
’ni bu formula mikroiqtisodiy tahlilda boshqa,
makroiqtisodiy tahlilda boshqa ko‘rinish olmaydi. M.Fridman bu formulaga asoslangan holda olib
borgan tadqiqotlari natijasid
a kuyidagi natijalarni qo‘lga kiritadi
.
i.
pul talabi barqaror va muvozanatlidir,
pul talabining barqororligi Keyns ta’kidlagan spekulativ
pul talabini yo‘qqa chiqaradi;
ii.
pul talabiga doimiy daromad
tushunchasi katta ta’sir ko‘rsatadi va Natijada, kunlik hara
jat
uchun tutib turilgan pul miqdori j
oriy daromadning o‘zgarishiga bog‘liq;
iii.
doimiy daromadga bog‘liq holda pul talabi elastikligining yuqoriligi pulni bir tovar shakliga olib
kelmoqda va pul talabining ortish tezligi boylikning ortish tezligidan yuqoridir;
iv.
pul talabiga foiz darajalarining ta
’siri kam bo‘lsada mavjud. Chunki, iqtisodiyotda foiz
darajalarining bir qancha turlari mavjud. Doimiy daromadning mavjudligi foiz darajalarining pul talabi
ustida ta’sirini jo‘da kichik
holga keltiradi. Foiz darajalar
ining ta’siri nazariy nuqtai nazardan
yuqori
bo‘lsa
-da, amaliyotda
mavjud bo‘lmagan holatdir
.
Shunga ko‘ra, «likvidlik to‘zog‘i» amaliyotda yo‘q
hodisadir. Qisqa muddatdagina foiz darajasining pul talabiga ta’siri mavjud;
v.
pul talabi bu lyuks tovarlar talabiga uxshaydi. Demak, kishilarning real daromadlari qanchalik
ortsa pul talabi ham shunchalik orta boshlaydi. Bunga misol tariqasida M.Fridman 1867-1975 yillarda
AQShda real milliy daromaddagi 1% lik ortish, real pul miqdoridagi 1,8%lik ortish oqibatida yuz
berganligini izohlaydi;
vi.
pulning aylanish tezligi ma’lum darajada
barqarordir. Pulning aylanish tezligi qisqa muddatda
barqarordir. Iqtisodiyotning rivojlanish davrida ortib, iqtisodiyotning torayish davrida esa kamayadi
(Inkor nazaryasi aksiomasi).
Keyingi bosqichda, M.Fridman A.S.Pigouning nazariy qarashlari asosida doimiy daromad
nazariyasini yaratadi. Doimiy daromad tushunchasining paydo bo‘lishi klassik real daromad
tushunchasi sababli yuzaga kelgan iste’mol va jamg‘armaning holatiga bog‘liq amaliy va
nazariy
muammolarni bartaraf qildi. Ya’ni:
Amaliy nuqtai nazardan; M.Fridman Saymon Kuznesning tahminlarga asoslangan holda AQShda
XX asrning birinchi yarmida real daromadda muhim ortishlarning yuz berganligiga qaramasdan
jamg‘armaning daromadga ms shaklda
o
rtmaganligini ta’kidlaydi. Ayni shaklda marjinal iste’mol mayli
ham turli davrlarda o‘xshash holatlarni ifodalaganligini ham aytib o‘tadi. Xususan, marjinal iste’mol
mayli yuqoridaromad holatida past daromadga nisbatan past bo‘lganligini ham izohlaydi. N
atijada, uzoq
muddatda daromad ortishiga qaramasdan marjinal iste’mol mayli kamaymoqda. Demak, joriy daromad
uzoq muddatli daromadning asosi hisoblanadi;
Nazariy jihatdan; joriy daromad tushunchasini Artur S.Pigouu tanqid qiladi. Unga ko‘ra, iste’mol
xarajat
lari faqat daromadga bog‘liq emas, bir vaqtning o‘zida sarmoyaga ham bog‘liq. Demak, marjinal
iste’mol mayli sarmoya
-daromad munosabatlarining funksiyasi hisoblanadi.
M.Fridman o‘zining doimiy daromad nazariyasi bilan Keyns nazariyasiga qattiq zarba bera
di.
Jumladan;
i.
Jamg‘arma
-
daromad nisbati daromad darajasidan mustaqil bo‘lganligi sababli, bir mamlakatda
daromadning pastligi, shu mamlakatda jamg‘armalarning ham kamayishiga sabab bo‘ladi deyish xato.
Aksincha, daromadning qisqa muddatda ortishi jamg‘arma
lar miqdorining past darajada qolishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Chunki, daromaddagi ortishning doimiy ravishda davom etishi tahmini oqibatida, joriy
daromaddagiga nisbatan doimiy daromaddagi ortish, iste’mol xarajatlarining ortishiga sabab bo‘ladi.
ii.
Bir mamla
katning iqtisodiy rivojlanishida jamg‘armalarning shakllanish mexanizmi uning
miqdoridan muhimdir. Jamg‘armalarning shakllanish mexanizmida daromad tengsizligining ulushini
doimiy daromad nazariyasi yordamida tushuntirish mumkin.
iii.
Iqtisodiy kon’yukturada
gi
tebranishlar yoki samarasiz investitsiyalar sababli iste’mol va joriy
daromad o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish borasida iqtisodiy qarorlar qabul qilish noto‘g‘ri.
Shu tariqa, M.Fridmanning doimiy daromad nazariyasi o‘zining ijtimoiy ahamiyatga ega
ekanligini
isbotlaydi.
M.Fridman har bir iqtisodiy sub’ektning (shaxs, oila, aholi, firma va davlat) har yili pul miqdorida
ortishni kutishini ta’kidlaydi. Shunga ko‘ra, qayta yuzaga keladigan muvozanat omillarini
quyidagilardan iborat deb ko‘rsatadi:
i.
agar
iqtisodiy sub’ektlar real pul miqdorini qisqa muddatda talablariga moslashtirsa, real
ko‘rsatkichlar o‘zgarmaydi. Chunki, barcha sub’ektlar kelajakdagi baholar darajasini o‘zgarmas deb
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
41
tahmin qilganliklari sababli baholar darajasi va nominal daromad miqdori nominal pul miqdori kabi
xarakatda bo‘ladi;
ii.
agar iqtisodiy sub’ektlar real pul miqdorini qisqa vaqtda kutilgan darajada qulga kiritolmasalar,
real pul miqdoridagi o‘zgarishlar boshlang‘ich darajaga yetgunga qadar davom etadi. Agar, baholar
darajasi va n
ominal daromaddagi ortishlar pul miqdoridagi ortishdan past bo‘lsa (ya’ni pul miqdoridagi
1% lik ortish yuz berganda, baholar va nominal daromad 0,5%ga ortsa) daromadga ko‘ra real pul miqdori
tez ortadi. Natijada, iqtisodiy sub’ektlar boshlang‘ich hola
tga qaytish xarakati bilan baholarning ortishiga
sababchi bo‘lib qoladilar.
M.Fridman pul miqdoridagi o‘zgarishlarning daromad miqdoridagi o‘zgarishlarga baholar va
ishlab chiqarish miqdori vositasida ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilgandan sungra, nominal d
aromadni
belgilaydigan omillarni alohida tahlil qilishga kirishadi. M.Fridmanning bu mavzudagi tahlillari shiddatli
munozara va tortishmalarga sabab bo‘ldi. Miqdorchi sifatida M.Fridman ilk bosqichda monetar
tebranishlarning baholar darajasiga ta’sirini o‘
rgan
ib chiqadi, ya’ni M.Fridman inflyatsiya hodisasini o‘z
uslubi bo‘yicha tahlil qilib, baholar darajasidagi ortishga qarshi foiz darajasi qanday reaksiya
ko‘rsatishini o‘rganib chiqadi. Ikkinchi bosqichda esa mashhur Fillips egrisidan xarakat qilib, baho
lar
darajasi va ishlab chiqarish miqdori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganib chiqadi.
M.Fridmanga ko‘ra, baholar darajasidagi ortishning asosida katta miqdorda pulning muomilada
mavjudligi yotadi. Shu no‘qtai nazardan inflyatsiya hamma yerda va har
doim
monetar hodisa bo‘lib,
iqtisodiy sub’ektlarning xukumatga to‘lab beradigan yopiq shakldagi soliq turidir.
M.Fridmanga ko‘ra inflyatsiyaga qarshi tadbirlarda ikki masala o‘z yechimini topishi kerak. Biri,
monetar cheklov bo‘lsa, ikkinchisi boshqa nazor
at vositalaridan foydalanish. Shu bilan birga
inflyatsiyaning ikki xususiyati bor. Biri shakli ya’ni ko‘rinishi –
bu yuqori baholar darajasi, ikkinchisi esa
asosi ya’ni manbasi –
pul massasining ortiqchaligidir.
Antiinflyatsion tadbirlarda har yerda va har va
qt yagona chora pul masasining sur’atli ravishda
ortishining oldini olish hisoblangan. Boshqa barcha tadbirlar muvofaqqiyatsizdir. Xususan, nazorat va
idoraviy shakldagi tartiblar faqat inflyatsiyaning shaklini o‘zgartiradi, ya’ni baholarning ortishini
che
klaydi, ammo manbasini, ya’ni ortiqcha pul massasini tartibga solaolmaydi.
M.Fridman o‘z qarashlarini izohlash uchun baholarni nazarat qilish tadbirini inson tanasi xaroratini
o‘lchaydigan termometr misolida tushuntirib beradi. Termometr tana haroratini o‘
lchagani kabi baholar
ham inflyatsiya darajasini aks ettiradi. Tana harorat
ini o‘lchashni bilmaslik yoki termometrni sindirib
tashlash inson tanasi haroratining tushishiga sabab bo‘lmaganidek, baholarni nazorat qilish inflyatsiya
hodisasini yo‘qqa chiqarma
ydi.
Faqat bu ikki holat o‘rtasida muhim bir farq bor. Termometrni sindiri
sh inson tana haroratining
tushishiga sabab bo‘lmaganidek, uning ortib borishini kuzatish imkonini yo‘qqa chiqarsa, baholarni
nazorat qilish bundan ham og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi. Chunki, baholar o‘tish davrining (yuqorida
izohlandi) asosiy unsuri hisoblanadi.
M.Fridman monetar o‘zgaruvchilarning qisqa muddatda ta’sirini inobatga olgan holda
xukumatlar tomonidan nima uchun inflyatsiyani tashviq qiluvchi siyosatlar amalga oshirilishining
sabablarini ochib berishga harakat qiladi. Ma’lumki, inflyatsionist siyosatlar natijasida qo‘lga
kiritiladigan imkoniyatlar, antiinflyatsion siyosatdan so‘ngra o‘z kuchini yo‘qotishi bilan siyosatchilar
takroran inflyatsionist (inflyatsiyaga tashviq qiluvchi) siyosat yuritishni davom ettirsalar, bu safar
inflyatsiyanin
g oldini olish imkoniyati muammo bo‘ladi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiy holatga moslashib,
antiinflyatsion tadbirlarga qarshi immunitet shakllantiradi. Bu asosan iqtisodiy sub’ektla
rning
inflyatsion tahminlari hisobiga yuz beradi.
Xulosa va takliflar.
O‘r
ganilgan nazariyalarni taxlil qilish asosida quyidagi xulosaga kelindi.
1.Hukumatlarning pul miqdorini orttirish shaklida xarakatlarining mantiqli bir asosi, u ham bo‘lsa
xukumatlar
ning inflyatsiyadan o‘z daromadlarini orttirish istagidar. Ma’lumki, bahoda
gi ortishlar
iqtisodiyotdagi moddiy va moliyaviy aktivlarning qiymatini (narxini emas) tushiradi. Bu qiymat tushishi
uning egasiga baholarning ortishi hisobiga to‘lanadigan soliq shaklida ta’sir ko‘rsatadi.
2.Narxlarning ortishi natijasida aktivlarning baholardagi ortishi hisobiga
soliq changali
shakli
soliq yukini ortishi va soliq to‘lovlari ortadi. Inflyatsiyaga qarshi soliq to‘lovlarining indeksatsiya
qilinmasligi esa xukumatning foydasiga. Faqat omonatlarni inflyatsiya qarshi indeksatsiya qilinish esa
q
o‘shimcha daromadlardan qonuniy soliq to‘lovlarining ortishini olib keladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, sentabr
www.e-itt.uz
42
3.M.Fridman o‘z nazariy qarashlarida mehnat bozori borasidagi qarashlarga ham o‘z fikrini
bildiradi. M.Fridman tomonidan Fillips egrisi amaliy tadqiqot sifatida ikki
sababga ko‘ra, tanqidga
uchradi;
Birinchisi; past baholar darajasida, ya’ni past inflyatsiya darajasida ishsizlik mavjud ekan, nega
yuqori inflyatsiya darajasida ham, ya’ni stagflyatsiya davrida
ham ishsizlik mavjud? Demak,
inflyatsiyaning ishsizlik bilan
aloqasi yo‘qmi? Ushbu holat Fillips nazariyasida izohlanmagan.
Ikkinchisi; M.Fridmanga ko‘ra, Fillips yana ikkita xatoga yo‘l quygan. Ilk xatosi, nominal ish xaqi
miqdorini real ish xaqi miqdori
dan ahamiyatli deb hisoblagan bo‘lsa, navbatdagisi Tabiiy ishs
izlik
darajasiga e’tibor qaratmagan.
4.M.Fridman o‘z nazariy qarashlarida tarmoqlar nazariyasini tanqid qilgan holda kon’yuktura
nazariyasini ilgari suradi. Unga ko‘ra, pul miqdoridagi o‘zgaris
hlarning iqtisodiy tebranishlarning asosiy
manbasi ekanligini isbotlash uchun quyidagi uchta shart inobatga olinadi;
5.M.Fridmanning iqtisodiy nazariyaga qo‘shgan hissasi bo‘lar bilan tugamaydi. Biz bu yerda
M.Fridman qarashlarining asosiy mezonlarini ko‘
rib chiqdik. M.Fridman, nisbiy baholar tushunchasi
bilan nomin
al baholar tushunchasining mantig‘ini, doimiy daromad nazariyasi bilan nominal va rel
daromad tushunchalarining dinamikasini ochib berdi. Tabiiy ishsizlik nazariyasi bilan Fillips egrisining
mon
etar talqinini ishlab chiqdi. Kon’yukturaviy tahlilning ahamiy
atini ochib berdi. Ayniqsa, M,Fridman
xalqaro munosabatlar va valyuta ko‘rslari muvozanati borasidagi fikrlari tahsinga sazovordir. Bu yerda
u Markaziy bank vakolatini, vakolatdan ortiqcha xarakatlarning javobgarligini aniq chegaralar bilan
belgilab bergan.
Adabiyotlar / Литература / Literature
Fozilov R.P. (1995)
«Yeni gelişen ülkelerde merkez bankasının iktisadi ıstıkrarı sağlamadaki rolü»
Yük.lisans.tezi. Uludağ Üniversitesi. Türkiye
-Bursa. s.
–
43.
Fozilov R.P. (1995)
«Yeni gelişen ülkelerde merkez bankasının iktisadi ıstıkrarı sağlamadaki rolü»
Yük.lisans.tezi. Uludağ Üniversitesi. Türkiye
-Bursa. s.
–
51.
Fridman M. (2006) Kapitalizm va erkinlik / ing.tarjima.
–
M.: yangi nashr. -240 s
Ismoilova, G., Fozilov, R., & Nabieva, F. (2019). Modern money theories. International Journal of
Innovative Technology and Exploring Engineering, 8(6), 1425-1434.
Ismoilova, G., Nabieva, F., Rahmatullaev, M., & Umarova, G. (2020). Macroeconomic development
and factors affecting on it. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(3), 3542-3545.
Parasiz I.M. (1995)
“Para ve banka: teorik ve politik uygulamalar” Türkiye –
Bursa: Ezgi,. -s. 326.
